May 4, 2025

MISSION OF LOVE

Ep 2

Miju qabulxonadagi qizga murojat qildi.

Miju: Salom. Men suhbat uchun kelgan edim.

– Ismingiz?

Miju: Ismim Miju.

Qabulxonadagi qiz kompyuter ekraniga qarab tekshirdi.

– 12 qavat 3 xona.

Qiz liftda 12 – qavatga chiqdi va 3 – xona oldida to'xtab eshikni taqillatdi. Ichkaridan Suganing sovuqqon ovozi eshitildi.

Suga: Kir!

Miju eshikni ochib xonaga kirdi. Suga stolda o'tirar edi va Miju ham uning to'g'risidagi stolga o'tirdi.

Miju: Salom. Men suhbat uchun kelgan edim.

Suga unga sovuq nigoh bilan qaradi.

Suga: Demak suhbat uchun kelgansan.... Unda tomda nima qilayotgan eding?

Miju: Kampaniyaga kirayotganimda tomdagi qizga ko'zim tushdi va men unga yordam berim. Qandaydir muammo bormi?

Suga: Yordam berishing shart emasdi. Bu mening shaxsiy masalam!

Miju: Shaxsiy masalangiz? Qanaqasiga?

Suga: Ha! U mening sobiq sevgilim.

Suga

U stol ustidagi hujjatlar orasidan Mijuning rezyumesini olib ko'zdan kechirdi.

Suga: Jurnalistika yo'nalishida o'qigan ekansan. Menga layoqadsiz ishchilar kerak emas. Bu yerda ishlash uchun odam qattiq mehnat qilishi va o‘ziga ishonishi kerak.

Miju: Ha lekin meni bu sohada tajribam bor!

Suga Mijuga sovuq nigoh bilan qarab turdi. U biroz jim qoldi va xuddi nimanidir o'ylayotgandek edi.

Suga: Tajribangiz bor? Unda shunday bo'lsin. Senga bitta topshiriq beraman. Agar uddalasang bu ish seniki bo'ladi.

Pov_Miju: Nafaqat bu ish sen ham meniki bo'lasan!

Miju: Alabatta. Qanday topshiriq berasiz?

Suga: Bugun soat 17:00 ga qadar 'Jin Corporation' haqida batafsil maqola yozib kelasan. Hujjatlar xatosiz va aniq faktlarga asoslangan bo'lishi shart!

Suga hech narsa demay yana hujjatlariga e'tibor qaratdi. Miju esa o'rnidan turib xonani tark etdi. Miju yaqin atrofdagi kafega kirib noutbukini ochdi va ishga kirishdi. Ma'lumotlarni saralab muhim faktlarni ajratdi va maqolasini yozishga kirishdi. Har bir jumlani ehtiyotkorlik bilan tanlab ishonchli ma'lumotlarga tayandi. Soat 16:30 ga borib u maqolasini tugatdi va darhol kafedan chiqib yana Suganing kampaniyasiga ketdi.

Miju kampaniya binosiga yetib kelib shoshilib ichkariga kirdi. Soat 16:50 va u tezda liftga chiqib 12 – qavatga chiqdi so'ng eshikni taqilatib Suganing xonasiga kirdi.

Miju: Maqola tayyor.

Suga hujjatlarni oldi va varaqlay boshladi. Ko‘zlari har bir sahifani sinchiklab kuzatar yuzi esa hech qanday his tuyg‘uni aks ettirmasdi. Nihoyat u hujjatlarni yopdi va ko‘zlarini Mijuga qadadi.

Suga: Hozircha seni qabul qilaman. Ertadan ish boshlashing mumkin.

Miju: Tushunarli.

Suga: Ertaga soat 8:00 da kampaniyada bo‘l. Kech qolishlarini yoqtirmayman!

Miju bosh irg'ab xonadan chiqib kampaniya binosini tark etdi. U yo'lak bo'ylab yurib yo'lda turgan taksilarning biriga o'tirdi. Uning hayolida 'Aynimuddo endi faqat Sugani rom etsam bas' degan o'ylar bor edi. Taksi manzilga yetib keldi qiz pul to'lab mashinadan tushdi va uyiga kirdi. Miju uyga kelib divanga o‘tirdi. U bir necha daqiqa ko‘zlarini yumib bugungi voqealarni xayolidan o‘tkazdi.

Miju: Suga sovuq va his – tuyg'ularini yashiradigan odam. Uning sevgisiga oddiy yoqimtoylik bilan erishib bo'lmaydi. Unga yaqinlashish uchun boshqa narsa kerak va bu mening oddiy xodim emas balki uni hayotiga ta'sir qila oladigan, e'riborini tortadigan inson bo'lishim kerak!

~ Erta tong ~

Quyosh nurlari derazadan tushib uyqidagi qizni uyg'otdi. Miju o'rnidan turib dush qabul qildi so'ng yangi ish kuni uchun libos tanlashni boshladi va kastyum shim kiyib sochini qisqich bilan yeg'di. Soat 7:20 bo'lishi bilan kampaniyaga yo'lga chiqdi.

Miju kampaniyaga yetib kelgach binoga kirdi. U to'g'ri lift tomon yurdi va 12 qavaqtga ko'tarildi. Suganing xonasini oldiga kelib eshikni taqilatdi va xonaga kirdi. Suga har doimgidek ish stolida o'tirar yuzida esa xech qanday hissiyot aks etmas edi.

Suga: Ayni vaqtida kelding!

U Mijuga bir nechta hujjatlarni uzatdi.

Suga: Bugundan boshlab sen mening shaxsiy yordamchim bo‘lasan. Ishing mening ishlarimni tartibga solish uchrashuvlarimni belgilash va kerak bo‘lsa muhim hujjatlar ustida ishlash.

Miju biroz hayron qoldi.

Miju: Sizning shaxsiy yordamchingiz? Men jurnalistika bo‘yicha ishlashni kutgandim.

Suga: Agar bu ishdan voz kechmoqchi bo‘lsang eshik ochiq.

Miju: Yo‘q men roziman.

Miju

Suga: Bugun men uchun ikkita uchrashuv belgilangan. Biri soat 10:00 da 'Jin Corporation' rahbari bilan. Ikkinchisi esa 3:00 da Investorlar bilan. Shu bilan birga kechga men aeropotga borishim kerak. Xalqaro biznes konferensiyasiga ketmoqchiman.

Miju: Tushunarli. Barcha aytganlaringizni yozib oldim.

Suga: Unda ishingni bugundan boshlaysan. Ko‘raylikchi sen qanchalik chidamli ekansan.

Miju ichida kulib qo‘ydi.

Pov_Miju: Chidamli bo‘lish muammo emas. Muammo sening yuragingni egallashda.

. . . #Yzk_Miju 🦋

MEINLAND_FANFIC - enjoy in Yamazaki world . . . 🦋