May 4, 2025

MISSION OF LOVE

Ep 3

Miju o‘zini dadil tutdi va u sekin bosh irg‘ab so'ng ishga kirishdi. Xonasiga borib belgilangan uchrashuvlar uchun jadval tuzdi va kerakli hujjatlarni tayyorlashga kirishdi. Miju soat 9:30 da Suganing xonasiga kirib uchrashuv haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Miju: Soat 10:00 da 'Jin Corporation' ga borishimiz kerak. Men barcha hujjatlarni tayyorlab qo‘ydim.

Suga: Mana bu qora fayl ham kerak bo'ladi.

Soat 10:00 da Suga va Miju birga 'Jin Corporation' ga kelishdi. Katta zamonaviy ofis. Uchrashuv davomida Miju hujjatlarni o'qib kerakli joylarda izohlar qoldirdi va har bir detalga e'tibor berdi. Vaqti vaqti bilan Suga bilan ko'z urishtirib turdi lekin Suga ko'zini qizdan olib qochmasa ham yuzida hamon sovuq ifoda bor edi. Uchrashuv tugagach ular mashinada o'zining kampaniyasiga qaytishdi. Investorlar bilan uchrashuvdan oldin Miju Suga uchun kofe olib kirdi va birgalikda barcha hujjatlar barcha slaydlarni ko'zdan kechirishdi.

Investorlar soat 14:50 da Suganing kampaniyasiga yetib kelishdi va majlislar xonasiga kirishdi. Bir necha daqiqadan so'ng Suga ham majlislar xonasiga kirdi va hamma o'z joyini egalkadi. Majlis vaqtida esa investorlardan biri Mijudan ko'z uzmasdan tikilib qoldi lekin bu Suganing e'tiboridan chetda qolmadi.

– Siz yangi kotiba oldingizmi? U chiroyli va latofatli ekan janob Suga.

Suga: Biz loyiha haqida gaplashish uchun yeg'ildik! Kotibamni muhokama qilish uchun emas!

Investorning bexosdan aytilgan so‘zlaridan keyin xonada qisqa sukut cho‘kdi. Miju biroz noqulay ahvolda qog‘ozlarni tarqatdi. Suga esa jiddiy ohangda gapini davom ettirdi.

Suga: Demak loyiha bo‘yicha birinchi bo‘lib moliyaviy rejalashtirishni ko‘rib chiqamiz. Miju slaydni och.

Miju: Albatta. Mana bu yerda siz ko‘rayotgan grafiklar bu o‘tgan chorakdagi daromad va sarf harajatlar balansi.

– Bu ko‘rsatkichlar haqiqatda juda yaxshi. Sizning kampaniyangiz raqobatchilarga qaraganda ancha barqaror ishlayapti janob Suga.

Suga bosh irg‘ab investorlarni kuzatarkan yonida turgan Mijuga nazar tashladi. U ehtiyotkor lekin aniq ishlayotgandi.

– Bilasizmi men bunday yosh va iqtidorli yordamchini uzoq yillardan beri ko‘rmaganman. Siz haqiqiy topilmasiz – dedi investorlardan biri Mijuga qarab.

Suga biroz ohangini pasaytirgancha lekin sovuqligini yo‘qotmasdan.

Suga: Mening jamoamdagi har bir inson o‘z vazifasini mukammal bajaradi! Endi esa asosiy mavzuga qaytsak – rashk aralash ovozda.

Uchrashuv davomida atmosfera yana jiddiy tus oldi. Miju o‘zini butunlay ishga qaratishga harakat qildi lekin Suganing va investorlarning unga bo‘lgan qiziqishlari ozgina noqulay edi. Majlis tugagach investorlar ketishdi. Miju esa hujjatlarni yig‘ishtirib xonadan chiqmoqchi bo‘ldi. Lekin Suga uni to‘xtatdi.

Suga: Bu investorlar bilan shartnoma tuzilmaydi! Menga masuliyatsiz sheriklar kerak emas!

Miju Suganing to‘satdan aytgan gapi uni hayratda qoldiradi lekin ehtiyotkorlik bilan so‘raydi.

Miju: Siz jiddiymisiz? Axir ular bizga katta investitsiya kiritmoqchi edi....

Suga ko‘zlari Miju tomon qaradi ovozi qat’iy ohangda.

Suga: Men uchun investitsiya miqdori emas sheriklik sifati muhim! Qolaversa ular sizga haddan tashqari noz karashma qildi....

Miju: Ular bilan shartnomani bekor qilish sababi faqat shu emas to‘g‘rimi?

Suga qizning gaplarini eshitib ko'zlarini olib qochdi va qisqa javob berdi.

Suga: Yo'q va Xalqaro biznes konferensiyasiga sen ham men bilan borasan. Hozir uyinga borib narsalaringni yeg'.

Miju: Nima? Men siz bilan boramanmi?

Suga: Nima men konferensiyaga yordamchisiz borishim kerakmi?

Miju: Unda men uyga ketdim....

Suga: Soat 19:00 ga tayyor bo'l uyinga haydovchim boradi.

Suga aytgan vaqtga yarim soat qolganda Miju allaqachon tayyor edi. U oynaga qarab sochini to‘g‘riladi ich ichidan hayajon aralash qiziqish bor edi. "U meni investorlardan rashk qilidimi?" deb o‘yladi u.

Miju

Soat 19:00 da qora rangdagi avtomobil uning uyi oldida to‘xtadi. Haydovchi hurmat bilan eshikni ochdi. Miju avtomobilga o‘tirganida ichkarida allaqachon Suga kutib o‘tirgan edi. U har doimgidek jiddiy ammo ko‘zlarida bir nimadir o‘zgarib ulgurgan edi lekin buni aniqlab bo‘lmasdi.

Mashina jimjitlikda harakatlanardi. Faqat dvigatelning shovqini va orada qisqa muddatlik signal tovushlari quloqqa chalinar edi. Miju Suga tomon bir ikki marta qaradi lekin uning yuzida haligacha o‘sha qattiq ifoda bor edi. Shunga qaramay ko‘zlarida avvalgidan boshqacharoq narsa bor edi chuqur yashiringan his tuyg‘u balki ichki kurash. Miju bu nigohdan bir narsani fahmlagandek bo‘ldi lekin aniqlik kiritishdan cho‘chidi.

Miju: Bu konferensiyada kimlar bo‘ladi?

Suga: Xalqaro investorlardan tortib Yevropadagi IT vakillarigacha. Yana biz hozir restoranga boramiz keyin aeraportga.

Miju: Restoranga nima uchun ketyabmiz?

Suga: Muhim ish uchun.

Nihoyat mashina bir zamonaviy ammo juda romantik restoran oldida to‘xtadi. Restoran tashqaridan juda hashamatli ko‘rinardi devorlari tabiiy toshlardan qurilgan derazalaridan esa iliq yumshoq yorug‘lik tushar edi. Kiraverishda mayin musiqa eshitilardi go‘yo har bir nota kimningdir yuragiga bevosita tegayotgandek. Ichkariga kirishganlarida restoranning ichki ko‘rinishi qizni lol qoldirdi. Devorlarda nozik san’at asarlari osilgan har bir stol atrofida shamlar yondirilar romantik atmosfera hukm surardi. O’rtada esa yengil pianino ohangi yangrardi. Ular deraza yonidagi atrofini ingichka parda ajratib turgan sokin burchakdagi stolga o‘tirishdi.

Miju: Nega aeroportga emas bu yerga keldik?

Suga: Bir narsa haqida gaplashishimiz kerak.

Miju: Nima haqida....

Suga: Men odatda faqat ish bilan band bo'laman. Lekin sen kelganingdan keyin hammasi o'zgara boshladi. Avval senga e'tibor bermay faqat ish uchun tanladim va endi vaqt o'tib senga nisbatan hislarim borligini tushundim.

Suga

Suganing ko'zlari Mijuning ko'ziga tikildi. Bu safar u qarashini yeashirmadi. Suganing nigohlari ma'noli va chuqr edi. Go'yo yuraining tubidan so'zlar edi.

. . . #Yzk_Miju 🦋

MEINLAND_FANFIC - enjoy in Yamazaki world . . . 🦋