May 31, 2025

Fucked for Fortune

Ep 2

Qiz va xizmatkor ayol jim bo'lib qoldi. Taehyung to'satdan paydo bo'ligani ularni bir oz do'vdiratib qo'ydi. Qiz tezda o'zini tutib jilmaygancha Taehyungning galstugidan o'ziga tortdi.

Miju: Men janob Park uchun dorivor choy tayyorlashni aytdim.

Taehyung: Masofani saqlang xonim!

Taehyung jiddiy qiyofada oshxonadan chiqib ketdi. Qiz ham dori qo'shilgan choyni olib Park o'tirgan xonaga bordi.

Miju: Azizim... siz uchun dorivor choy olib keldim.

Qiz yuzida soxta havotir bilan stakanni eriga uzatdi. Park barchasidan bexabar dori qo'shilgan choyni ichar edi.

Park: Sen tayyorlagan hamma narsa juda ajoyib.

Miju: Albatta... chunki men mehir bilan tayyorlayman azizim.

Qiz stakanni bo'shashini ko'rib sezdirmasdan kulimsiradi. Park xonasiga yo'l oldi. Qo'l oyog'ida ozgina titroq bor edi. Ammo u buni charchoqdan deb hisobladi. Qiz telefonini olib kerakli odamiga qo'ng'iroq qildi.

๐Ÿ“ž Hayirli kun.

๐Ÿ“ž Men aytgan hujatlarni tayorladingmi?

๐Ÿ“ž Ha hujatlar tayyor.

๐Ÿ“ž Yaxshi... hujatlarni menga yubor.

๐Ÿ“ž Tushundim.

Miju: Bir oy... Faqatgina bir oydan so'ng barcha boylik, kampaniya, uy, mashina bir umirga meniki bo'ladi.

Miju

Kunlar o'tib borgani sayin janib Parkning sog'lig'i tobora yomonlashib borardi. U har kuni bosh og'rig', charchoq, nafas qisishi va yurak urishidagi zaiflikdan shikoyat qilardi. Miju esa har kuni mehribon va g'amho'r rafiqa ro'lini mukammal o'ynar edi. Shifokorlar esa bunga qariligi sabab deb dorilar maslahat qilishardi. AmmoPark har kuni ichayotgan "dori qo'shilgan choy" uni asta sekinlik bilan umrini qisqartira boshlagan edi. Qiz xonasidagi seyfdan bir qancha hujatlarni oldi va Parkning ish xonasiga kirdi.

Miju: Azizim... siz dam olishingiz kerak.

Park: Doim men haqimda qayg'urasan...

Qiz stol ustidan viskiy va stakani olib eriga uzatdi. Park 4 - 5 qadah ichgandan so'ng mast bo'lib qoldi. Qiz esa bundan foydalanib ruchkani oldi va qo'dagi qog'ozlarni stolga qo'ydi.

Janob Park

Miju: Manabu qog'ozlarni imzolashingiz kerak sevgilim.

Park mast bo'lganligi uchun o'zida emas edi va ko'zlarini arang ochib qiz ko'rsatgan har bir varoqga imzo chekdi. Ohirgi varoqga imzo qo'ygach Miju hujatlarni ehtiyotlik bilan oldi. Park kresloga suyanib yotdi. Ko'zlari yumilib og'ir nafas olar edi. Qiz yuzida tabasum bilan xonasiga birib hujatlarni seyfga joyladi.

Miju: Ana endi uning o'limidan havotirlanmasam ham bo'ladi barchasi meni nomimda.

~ Ertasi kun ~

Quyosh nurlari xonani yiritib turar edi. Qiz xonasidan chiqib oshxonaga bordi. Xizmatkor ayol esa oshxonada nonushta tayorlayotgandi. Qiz dori idishni xizmatkorga uzatdi.

Miju: Dorini dozasini ko'p ham kam ham solma. Men aytganimdek o'z meyorida bo'lsin.

โ€“ Janobni axvoli kundan kunga yomonlashyabdi...

Miju: Aytganimni qil! Faqat iz qoldirma!

Ayol dori shishachasi bilan choyga bir necha tomchi quydi. Shu payt zinadan qadam tovushlari eshitildi. Bu janob Park edi. Miju xizmatkor aylning qo'lidagi dorini tezlik bilan oldi. Park bir necha qadam yurdiyu oshxona o'rtasida hushini yo'qotdi. Buni ko'rgan qiz xizmatkor ayolga tezda Taehyungni chaqirishini aytdi.

Taehyung

Xizmatkor ayol tezda hovliga yugurib chiqdi va hansiragancha yigitga yuzlandi.

โ€“ Taehyung...

Taehyung: Nima bo'ldi?

โ€“ Janob hushini yo'qotdi!

Taehyung xizmatkor ayolning so'zlarini eshitib oshxonaga yugurib kirdi. Qiz erining tepasida soxta havotir bilan turdi.