"LANATLANGAN"
Hech kim meni xudochalik sevmadi,oxir oqibat ortimda yonimda qalbimda faqat tangri borligini his qildim va insonlardan uzoqlashdim
Kuzning ilk oylari bòlishiga qaramay havo anchayin sovuq izģirin shamol cherkovdan chiqqan kichik qizaloqning sochlarini goh gohida tòzitib uning asab tolalarini òynardi qizaloq atrofga tikilgancha turardi birozdan sòng uning qòllarini erkak kelib ushladi sòngra qarshisidagi sòngi rusumli avtomobilga nigohlarini tikdi
-ota qachon uyga qaytamiz qizining mayin ovozi sabab qarashlarini qiziga tikkan erkak chuqur xòrsinish orqali qizi tengi chòkkaladi
-sona bilaman men namunali ota bòlolmadim bunga harakat ham qilganim yòq sababi men doimo sovuq bòlganman va onang meni yagona nurim edi endi esa meni hayotda saqlab turgan yagona inson bu sensan seni òzimga òxshatib qòyishdan juda qòrqardim ammo bu lanatlangan dunyoda tirik qolishing uchun sen ham xuddi mendek sovuq qòrqmas va jangchi bòlishing lozim hozir esa sen uzoq joyga yòl olasan
-ammo sizchi qizning mayus kòzlarida allaqachon yosh aylangandi ammo uni yuzaga chiqarishni hohlamadi
-otang gapini bòlganlarni yoqtirmaydi qat'iy ohangda dedi erkak -men seni vaqti soati kelgach òzim oldimga olib kelaman ammo hozir sen ketishing kerak kuchli bòl menga kuchsiz va zaif qiz kerak emas qachonki sen menga foyda beradigan inson bòlasan òsha paytda sen meni kòrishing mumkin
-ammo ota men ketishni istamayman iltimos meni òzingizdan yiroqlashtirmang
-sen ketishing kerak òylaymanki sen juda yaxshi katta bòlasan hayr
Erkakning sòngi sozlarini aytib cherkov ichiga kirib ketdi moshinadan tushgan qòriqchi Sonani qòllaridan mahkam ushlagancha avtomobilning orqa tomoniga tiqdi shinalarning qora asfaltga ishqalanishi sabab moshina harakatga keldi va manzil tomon harakatlandi katta yòlga chiqar payti oldindan kelayotgan katta yuk mashinasini ilģamagan haydovchi avtomobilni aģanashiga sabab bòldi moshina charxpalak misol uch tòrt marotaba aylanib yòlning chetiga chiqib qoldi yuk mashinasi esa hech narsa bòlmaganday yòlida davom etdi xuddi bu uyushtirilgan hodisadek edi gòyo avtomobilning kòrinishi allaqachon yomon ahvolga kelgan qòriqchining bóyniga kirgan shisha bòlagidan allaqachon jon taslim qilgandi ammo orqa òrindiqdagi qizaloq hali hanus nafas olayotgandi Sona taqqan kamarni kichik qòlchalari orqali yechib tashladi va astalik bilan harakatlandi qizaloq oģzidagi suyuqlikni avtomobil tagidan chiqqach tupurib yubordi va gandirakalagancha moshinadan uzoqlashdi oradan bir necha daqiqa òtib avtomobil portlab ketdi qizaloq quloqlarini yopgancha jon holatda yugurdi shu payt boshqa tomondan kelayotgan avtomobilga urilishiga sal qoldi mashinadan tushgan ayol yugurib Sonaning qarshisiga chòkkaladi
-axvoling yaxshimi yuzing u qonayapti ayolning biroz havotir orqali gapirgan gaplari qizaloqni yiģlashga majbur qildi axir u endigina òn yoshda hayot unga bunchalar shavqatsiz bòlmasligi lozim edi ayol uni kòtargancha avtomobil saloniga soldi va òzi moshinani harakatlantirdi oradan biroz vaqt òtgach ayol moshinasini tor kòcha bòylab haydadi va orqa òrindiqda yiģlagancha uxlab qolgan qizga bir qarab qòydi avtomobil manzilga yetib kelgach qizaloqni yana kòtargancha omborxona kòrinishadi uyga olib kirdi aslida u yerni uy deb ham bòlmasdi deyarli hech qanday jihozlar yòq bitta krovat va kiyim javoni bor edi holos ayolning qadamlari biroz sekinlashib qizni yotoqqa qòydi dori olib kelish uchun chiqib ketdi shu paytda eshik yana ochilib yopildi ammo bu safar biroz yògon bòlgan tòrt beshta erkakning ovozi eshtildi ularning baland ovozi sabab kòzlarini ochgan Sona begona hududda ekanini kòrib tezda òrnidan turib ketdi va ovoz kelayotgan tomon harakatlandi oshxonadagi notanish insonlarni kòrgan qiz nima qilishni bilmay qotib turdi shu payt erkaklardan biri uni payqap qolganlarga ham imo qildi
-hoy qizaloq bu yerda nima qilyapsan yuzida biroz kòkarishi bor bòyi baland erkak gapirdi
-men qizaloq emasman mening òz ismim bor bu yerda nima qilayotganimni òzim ham bilmayman yòlda bir ayolga duch keldim u meni mashinasiga midirdi uyoģi esimda yòq
Batafsil malumot berdi Sona novchadan kelgan erkak uni gaplarini tinglab sòz boshladi
-menimcha seni bu yerga Greys olib kelgan kòrinadi yaxshi unda kel bizga qòshil qizcha
-men qizcha ham qizaloq ham emasman meni òz ismim bor! kichkina qizaloqning bunday qat'iy ohangi hammani hayron qoldirdi qòlida piva ushlab turgan erkak unga kichik jilmayish hadya etib undan ismini sòradi
-yaxshi ismingiz ayting kichik honim
-Sona Yamazaki Sona yoshim ònda va men allaqachon mustaqil fikrlovchi shaxsman ha yana bu yerda biron nima bormi qornim ochdi yigitlar bir-biriga manoli qarash qilishar ekan shu payt eshikdan Sonani mashinasida olib kelgan ayol kirib keldi
-òzingga keldingmi ayol qòlidagi dori va oziq ovqat mahsulotlarini stol ustiga qòygancha gapirdi -yigitlar qachon keldingiz
-kòp bòlgani yòq Greys nega uni bu yerga olib kelding axir bu yer
-bilaman Nik bilaman shunchaki unda tanish bir insonni kòrgandek bòldim va u yolģiz edi uni shunchaki tashlab ketolmasdim ayol stullardan biriga òtirgancha gapirdi
-xòsh kirishdan oldin ismingni eshtib qoldim demak isming Sona shundaymi ayol oshxona eshigi yonida turgan qizga qarab gapirdi
-ha xonim shunday sona ham odob bilan tasdiqladi
-yaxshi meni ismim Greys Greys Lon Kaster sezgadirsan bu yerlik emasman va bular Greys oldidagi uch yigitga qaradi -bular mening hamkasblarim biz birga ishlaymiz bu Nik qòlida piva ushlab turgan erkakga ishora qildi -bu esa Devid yuzida kòkarishi bor insonga ishora qildi -bu bizning qariyamiz Loren ayol hammani birma-bir tanishtirdi
-menimcha sizlar yaxshi ish qilmaysizlar ya'ni sizning ishingiz juda qiyin va xavfli shundaymi?
Sonaning gaplari qisman tóģri edi qizaloqning topqirligidan xonada kichik kulgu ovozi yangradi
-topding xòsh biz bilan ishlashni istaysanmi Sona Greysning gaplari uchchala erkakni ham hayron qoldirdi
-aqldan ozdingmi Greys u atigi òn yoshda qariya Loren norizilik bildirdi
-nima qilipti men besh yoshimda sotib yuborilganman va òlganim yòq tirikman menimcha bu taklifim qizning óziga ham yoqib tushdi tòģrimi
Sonaga ilmoqli qarash qildi Greys
-men roziman qizning javobidan mamnun bòlgan ayol kulgancha uning yoniga yaqinlashdi va u tengi egildi
-tòģri men senga yaxshi ģamxòrlik qilolmasman ammo ózim bilgan barcha narsalarni senga qunt bilan orgataman vada beraman ayol Sonani qòlidan ushlagancha davraga olib kirdi -bizning shogirtimiz tanishing
-qachondan buyon biz shogirtlikka kimnidir oladigan bòldik biroz jaxl aralash gapirdi Devid
-Devid bas qilsangchi hayotimizda birinchi bor kimgadir yordam qòlini chòzyapmiz buni nimasi yomon gapirgan bòldi Nik
-qanaqa yordam qòli axmoq biz uni endi boshlanayotgan hayotini barbod qilyapmizku
-mendan xavotirlangmang janob Devid kimnidir òldirish bu men uchun qórqinchli bòlishi mumkin ammo vaqt òtgach bu narsaga kònikaman qizaloqning kattalardek gapirishi va fikrlashi yana bir bor atrofidagi insonlarni lol qoldirdi
-bilganingizni qiling shaxdam qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi Devid
-unga etibor berma u shunchaki yosh bolalarni uncha xushlamaydi ertaga bu yerdan ketamiz qòshimcha qildi Greys
-Narvegiyaga u yerlar juda chiroyli senga yoqishi aniq
-u yerda cherkov bormi qizning savolidan biroz noqulay ahvolga tushgan Greys boshini tasdiq manosida qimirlatdi
-sen cherkovga borganmisan savol berdi Loren
-u yerga kòpincha oyim bilan birga borardim va oxirgi marotaba dadam bilan borganman qiz bugun bòlgan voqealarni eslab biroz yuzi burishdi
-yaxshi boshqa savollar bòlmasa Sona kel yaralaringni tozalash kerak yòqsa infeksiya yuqadi kelaqol Greys stol ustidagi dorilarni olib bir ikkita shirinlik va sharbat olgancha qizni birinchi kirgan xonasiga olib kirdi
Quyosh hali yer yuzni tòliq egallashga ulgurmay kulbadan chiqqan insonlar Greysning moshinasiga òtirishdi oldi òrindiqqa òtirmoqchi bòlgan Lorenni ayol yòlini tòsdi
-orqaga òt Loren bu yerda Sona òtiradi axir u hammaningizdan kichik eshikni ochib qizni òrindiqqa òtirishga ishora qildi yòl uzoqligi sabab barcha choralarni oldindan tayyor qilib qòygan ayol mashinasini ishga tushurdi ....
Avtomobil salonida faqatgina musiqa va unga monand xirgoya qilayotgan ayol ovozi eshtilardi xolos orqadagi yigitlar barvaqt turishgani bois uyqu saltanatiga yòl olishdi oldi tarafdagi oynadan kirayotgan yoqimli shamol Greysning yuziga urilarkan u shunchaki bundan rohatlanayotgandi Sona yonidagi ayolga nigohlarini qaratar ekan uni sinchiklab tekshirdi noodatiy rangdagi sochlar bir juft qirmizi lab kiygan kiyimi uning qomatini yaqqol bilintirib turardi ayol unga qaratilgan nigohlarni sezib musiqani biroz ppasaytirdi va Sonaga savol nigohi bilan qaradi
-men ham sizdek gòzal bòlishni istayman qizaloqning gaplari Greysning yuzida tabassum paydo bòlishiga sabab bòldi
-sen shundoģam chiroylisan qizaloq indamadi va yana salon ichida òlik sukunat hukmronlik qila boshladi uzoq masofalik yòldan sòng manzilga yetib kelishgan guruh moshinani tanish insonga topshirishdi òzlari esa yana biroz yurishgach qamoqxonaga òxshash bino ichiga kirishdi ichidagi qiziqishni bosolmagan Sona oxiri yorildi
-qayoqqa ketyapmiz nega bu yerlar buncha eski
-chakagingni yummasang òzim butun umrga yopib qòyaman Devidning qòrs javobidan jaxl bilan qaragan qizcha erkakga òrta barmoģini kòrsatdi va yugurib Greysning oldiniga òtib oldi
-sen... yaramas orqadan kelayotgan ikki erkak bu holatda kulishdan òzlarini zòrģa tiyishardi
Bino kòrinishidan eski bòlsada ichi juda hashamdor edi va bilish mumkinki bu yerda kòpchilik istiqomat qiladi yigitlar òz xonasiga kòtarilishdi Greys esa Sonani yetaklab boshliq oldiga olib bordi avaliga rad javobini bergan erkak keyinchalik kichkina qizchaning aytgan gapidan rozi bòlishga majbur bòldi ortiqcha xato va bu yerdan yòq bòlishini takidladi boshliq shu ondan ayni damdan boshlab òn yoshli qizaloqning haqiqiy hayotga sayohati boshlandi