April 30, 2025

Shattered fate

[1-bòlim]

Afsus va nadomatlar ichida voyaga yetgan insonlar ularga nisbattan qilingan har bir hurmatsizlik va etiborsizlikni eslab qolishadi fanfikning 70% qismi real hayotdan olingan

Tailand Phu Lom lo

Yanvar oyining òrtasi ayni damda olcha gullar qiyģos ochilayotgan palla havo yoqimli salqin ammo sovuq emas qiz Sakura gullarini tomosha qilarkan shu payt u tomon kelayotgan ògay onasini kòrib biroz hadiksiradi

-Sakuraaa sen qiz meni bir kun tamom qilasan siz bu yerda mazza qilib gullarni tomosha qilib yuring uyda esa meni qizim seni idishingni kiringni yuvsin shundaymi iflos haromi tezda uyga jòna hozir tovuq miyya otang keladi uningni chiqarmay xonangda òtirasan uqdingmi meni javob ber ayolning ótkir va daģdaģali gaplarini tinglagan Sakura xotirjam bosh chayqadi va uyga qarab ravona bòldi ortida esa Moyun (ògay onasi) xonim asabiylashgancha qoldi

Moyun&
Lanati bir oģiz bòlsin gap qaytarmaydiya nima qilib bòlmasin seni bu uydan ham bu davlatdan ham ravona qilaman va shundagina otangni boyliklari oģlim Taehyungga qoladi

Uyiga yaqin qolgan qiz ortidan kelgan baland signal ovozi sabab daraxt chetiga òtdi va avtomobilning ótishiga yòl ajratdi mashinaning haddan tashqari tezlik ila bosilgan pedali sabab kichik yòlak chang tòzonda qoldi biroz chang tekkan oq pushti gulli kòylagini qoqgan qiz yòlida davom etdi darvoza ostonasiga qadam qòygan Sakura tepa qavatdan kuzatilayotganini his qildi va òsha tomonga boshini kòtardi xa bu Teahyung Sakuraning ógay akasi Sakura yana boshini egdi va uy ichiga kirib ketdi qasrning birinchi qavatining chap tomonida oshxonaga eltuvchi yòl bor qizning oyoqlik biroz shoshilinch ammo sokin xolatda harakatlandi ovqat uchun kerakli mahsulotlarni muzlatgichdan oldi har bir masalliqni mehr va etibor berib tòģradi oxirida ularni aralashtirib qovurdi gaz plitasining bòsh joyiga idishga guruch solgancha qaynatishga qóydi navbat rakvina ichidagi idishlarni yuvishga sochining bir ikki tutami yuziga tushganligi bois tòģnoģichi orqali sochlarini yiģdi bir ikki qadam tashlab qòliga gel solingan idishdan yetarlicha suyuqlikni oldi sòngra idishlarni ishqalagancha yuva boshladi oshxona eshigining biroz siljigan ovozi quloģiga chalindi qiz chalģimagan holda idishini yuvdi toki belidan chirmoviqdek qòllar òralmaguniga qadar

-seni soģindim nafis gulim Teahyung gaplarini qizning quloqlariga shivirlab aytar ekan qòllarini tepaga harakatlantira boshladi Sakura qòlidagu idishlarni qayta rakvina ichiga tashlarkan suv orqali qòllarini chayidi va Teahyungning qòllarini òzidan olib tashladi ammo undan bir sm bòlsin uzoqlasholmadi

-mening Sakuram mendan xafami? Bilaman kòp qolib ketdim ammo qara men keldim shu yerdaman endi seni hech kim xafa qilolmaydi yigit gapirish asnosida qizning yuziga yaqinlasharkan tòsatdan ochilgan eshik sabab barchasi barbod bòldi asabiy uf tortgan Teahyung eshikdan kirgan insonni ichida sòkib qòydi

-Teahyung qachon kelding otasining gaplaridan yuzida soxta tabassum paydo qilgan yigit ortiga ogirilgancha otasi bilan quchoqlashib kòrishdi ammo nigohlari hali hanuz idishlarni yuvayotgan qizda edi

-Sakura ovqating bormi qornim ochqadi Teahyung sen ham ovqat yeysanmi òģlining bosh chayqashidan tushungan otasi qiziga ikki kishilik ovqat suzishini aytdi stol atrofida ota-bolaning suhbati qizģin ketarkan eshikdan Moyun va qizi Mizuki kirib kelishdi patnisda ovqat olib kirgan Sakura oyisi va singlisini kòrib darrov ular uchun ham ovqat olib keldi ishini yakunlagan qiz kiyumidan kelayotgan ovqat hidini sezib yuvinish uchun òz xonasi tomon qadam tashladi shu payt dasturxon atrofida òtirgan Teahyung uni harakatlarini tòxtatdi

-Sakura kel biz bilan ovqatlan oģlining gapidan fiģoni falakka chiqqan ayol muloyimlik ammo jiddiy ohangda gapirdi
-Teahyung Sakura yaqinda ovqatlandi yana yesa oshqozoni buzilishi mumkin toģrimi Sakura qizga yuzlangan Moyun kòzlari orqali imo ishora qilardi Sakura yana bosh chayqash orqali tepa qavatga kòtarildi dasturxon atrofida yana sokinlik hukm surmoqda Teahyung oģzini quruq salfetkada artgancha òrnidan turdi

-qayoqqa oģlim onasining savoliga asabiy uf tortgan yigit indamay tepa qavatga qarab harakatlandi Sakuraning xonasi Teahyungning xonasidan keyingisi Teahyung yònalishini òzgartirgancha qizning xonasini taqillatmasdan kirdi xona bòm bòsh va qoronģu shu payt hammomdan chiqib kelgan qiz hech narsaga etibor bermay garderob tomon harakatlandi ichki kiyim va tunda uxlash uchun biroz kalta shortik va oq pijama oldi sòngra yana hammomga kirib ketdi labini tishlagancha xonada qolgan erkak ayyor qarashlari bilan qizning yotoģiga borib yotdi bir necha daqiqa òtib hammom eshigi ochildi Sakura tinch va sokin holatda nam sochlarini quritish uchun oyna oldiga yaqinlashdi shu payt kòzi yotoģidagi jismga tushdi erkak ham buni sezdi va sekinlik ila qizning oldiga yaqinlashdi
- bu ifor mening nafas manbaim ekanini bilasanmi qòlini harakatga keltirgan Teahyung Sakuraning belidan qisib oldi va òziga yaqinroq tortdi va bòyniga yuzini kòmdi aynan shu daqiqada qiz biroz past ammo Tea ga eshtilarli darajada gapirdi
-iltimos erkak bir zum harakatsiz turdi va qaddini tiklab Sakuradan uzoqlashdi jiddiy ammo muloyim ohangda gapirdi
-kechir òzimni boshqarolmay qoldim sen bilan bari risoladagidek òtishini istayman seni majburlash niyatim yòq yaqin kunlarda ketamiz ishim Germaniyada shu sabab bu yerda kòp qololmayman seni esa òzim bilan birga olib ketaman ósha yerda nikohdan òtamiz va qaytib bu yer yutgur joylarga kelmaysan erkin bòlasan ozod bòlasan nima istasang muhayyo qilaman faqat oldimda bòl oradagi masofani butkul yopib qòygan yigit Sakurani qattiq baģriga bosdi qiz peshonasidagi iliq òpichni his qildi va tanasida sezilarli titrash paydo bòldi

Timeskip&

Teahyung xonadan chiqib ketganiga bir soatdan oshgan ammo ifori hali xanuz xonada yotoqning chetida boshini shiftga qaratgancha yotgan qiz ichida tòfonni bosish uchun xonadagi bor kislarodni yutayotgandek

Pov&Sakura
Botqoqga tushgan irkit òrdakchaman qanchalar harakat qilmay bu botqoqlik meni battar òz domiga tortib ketyapti yordam sóraydigan insonim yòq sòraganim bilan buni foydasi bòlmaydi qochishga urinish bekorchi ish tan berib yashash bu juda qiyin balki bu botqoqlikdan quqtulish uchun òzimni òldirarman ammo keyinchi? Balki òlmay tirik qolsam nima bòladi? Miyyamda savollar kòp ammo kòzlarim ular shunchaki hech narsani òylamay yumilishni istaydi

Tong&
Moyun xonim va Doong-jin òģli kelgani munosbati bilan bugun bazm uyushtirishmoqchi ertalabdan hamma boy va taniqli shaxslarga taklifnomalar jònatgan Doong-jin qolgan ishlarni xotiniga tashlab òzi ishga ketdi pastdagi shovqindan kòzlarini ochgan qiz biroz esnagancha órnidan turdi òzini epaqaga keltirgancha pastga tushdi oshxona va zalda xizmatchilar tinim bilmay ishlashar tepasida esa ularni koyib turgan onasini kòrdi Moyunning kòzi tepadan tushib kelayotgan Sakurani kòrarkan xizmatchilardan ololmagan alamini undan olishga choģlandi
-lanati shaytonni urģochisi men bu yerda tinim bilmay yelip yugurib yursamu bukshim endi uyģondilar bor tez oshxonaga bugun bazm ortiqcha harakat qilganingni sezsam ishonaver meni qòlimdan seni hatto òģlim ham qutqarib qololmaydi uqdingmi ayol gapirish asnosida qizni qòllaridan qattiq qisdi oģriqdan yuzi burishgan qiz boshini qimirlatib qòydi va oyisni qòlidan siltangancha oshxonaga chopdi

Kechki payt bazm
Atrofdagi chiroqlar yorqin nur socharkan bejirim bezatilgan stollar va qòlida ichimlik kòtarib yurgan afitsantlar bazmga òzgacha kòrk baģishlar edi hamma shu yerda ammo bir insondan tashqari u bu kechaning asosiy bosh qahramoni Teahyung. Eshikdan kirib kelgan Teahyung uydagi bazmni kórib biroz hayron qoldi shu payt oldiga singlisi mizuki keldi

-aka keldingizmu xonangizda kiyimlaringiz tayyor kiyib chiqing mexmonlar kutib qolishdi
-balki menga nimalar bòlayotganini tushuntirarsan singiljon tea tishlari orasida vishillagancha singlisiga yuzlandi
-oyim bilan dadam sizni kelishingizni nishonlashyapti bor gap shu qani endi tezroq bora qoling akasini oldinga silkitgan qiz mehmonlar oldiga qaytdi asabiy uf tortgancha tepa qavatga kòtarilgan Teahyung xonasiga kirgancha kiyimlarini almashtira boshladi xuddi shu paytda bazmga Doong-jin hamkor bòlishni istagan kampaniya boshliģi eshikdan kirib keldi bu -Jeon Jungkook edi.

Bu mening ikkinchi fanfigim òylaymanki bu fanfik ham "Majruh" dek qalbingizdan joy oladi