May 14, 2025

Shattered fate

[2-bòlim]

Mehmonlar bilan tòlgan zalda Jeonning nafasi urildi shu topda hamma jimib qoldi va bazi yosh xonimlar Jungkookga yangi òljadek tikilishdi Jeon hech kimga etibor bermay Doon-jinning oldiga bordi
-yo xudoyim janob Jungkook tushimmi òngimmi naxotki siz mening kamtarona bazmimga tashrif buyurdingiz bu men uchun sharaf Doon-jin erkakga qòlidan kelgancha tilyoģlamalik qilishga harakat qilarkan uning harakatlaridan Jeon shunchaki bosh chayqadi
-janob keling sizni oilam bilan tanishtiraman Moyun Mizuki buyoqqa tezroq erkak narigi stolda òtirgan insonlarni yoniga imladi
-tanishinglar bu Jeon Jungkook Jeon group rahbari Karea va Tailanddagi eng katta moshina fabrikasi janob Jeonga tegishli
-ortiqcha maqtovni keragi yòq janob Doon-jin Jeon oģirlik bilan javob qaytardi
-oh siz naqadar kamtarsiz bu taqsinga sazovor men Kang Moyun bu esa qizim Mizuki qizim salomlashmaysanmi ayol qizini belidan sekin chimchib qòydi
-salom Mizukiman qiz qòllarini erkak tomon yònaltirarkan Jeonning nigohi tepadan kelayotgan ovoz tovushlariga qaratildi keng gavdali asl zodalarga xos kiyimda tushib kelmoqda ammo uning ortidan jussasi kichik bòlgan kiyimida esa hatto ortiqcha bezak bòlmagan qiz ham kelmoqda hammaning etibori aynan Lalinga qaratildi Mizuki bòsh qolgan qòliga qarab asabiy uf tortdi

Lalin pastga tushib kelarkan kuchli xayajon uni chulģab olgandi atrofdagi hamma unga ģalati nigoh ila boqardi ortiga ògirildi va otasining ovozi sabab u tomon bordi albatta Teahyung ham unga sherik bòldi
-janob Jeon bular mening òģlim Teahyung va qizim Lalin erkak oģzini qiyshaytirgancha unga oilasini tanishtirar Jeon esa qòlidagi stakanni òynatib turgan qizdan bir zum bòlsin kòz uzmadi

Moyun Lalinga qarab turarkan miyyasiga kelgan fikrdan yuzida nima jilmayish paydo qildi sekinlik ila harakatga tushgan ayol oshxona tomon yòl oldi u yerda òzining ancha yillik xizmatchisi Estella turardi Moyun darrov uni yoniga chaqirdi
-Estella menga haligi doringdan kerak bormi
-uxlatuvchi dorini aytyapsizmi xonim ha albatta xonamda lekin uni nima qilasiz
-kòp savol bermasdan gapimni esht òsha doringdan ikta stakanga solasan va birini Lalinga ikkinchisini esa qora kastyum kiygan anavi yerdagi erkakga berasan tushunarlimi muammo chiqmasin ayol gapini yakunlagach oshxonadan chiqib yana mehmonlar orasiga qaytdi uzoqdan Lalinga qisqa nigoh tashlab oldidagi kibor xonimlar bilan soxta mulozamat qilishga kirishib ketdi

Lalin/
Hayajondan qòl oyoqlarim qaltirayapti axir men bunday bazmlarda bòlmaganman agar hozir kimdir menga kelib savol bersa qanday javob beraman e xudoyimm hozir shu yerda hayajondan yiqilib qolsam hayron qolmayman hammasiga Teahyung aybdor u meni pastga tushishga majburladi endi esa òzi yòq qiz qòlidagi bòshab qolgan idishga qararkan shu payt oldiga Estella kelib qòlidagi stakanni olib òrniga patnisdagi suv bilan tòla stakanni berdi va mayin tabassum qildi bunga javoban Lalin ham kichik jilmayish hadya etdi Estella yònalishini òzgartirib Jeon tomon harakatlandi jiddiy yuz ifoda bilan oldiga hech kimni haqinlashtirmay turgan erkak oldiga kelgan kichik jussaga bir qarab qòydi va yana nigohini Lalinga qaratdi erkakning qarashlari sovuq ammo u Lalinga hara safar qaraganda ichidagi nimadir unga titroq tuyģusini singdiradi
-haligi janob istaysizmi xizmatchi qòlidagi shampan vinosi solingan stakanga ishora qilarkan Jeon sovuq ohangda yòq dedi va xizmatchi ortiq gapirish boshiga balo bòlishini bilib indamay ketdi Lalin qòlidagi suvga biroz tikilib turarkan stakanni labiga yaqin keltirgancha bir ikki hòpladi bu orada Teahyung Lalinnning qarshisida paydo bòldi
-zerikmadingmi Lalin boshini tasdiq manosida qimirlatdi shu onda Teahyungning yuzida kichik jilmayish paydo bòldi va qizni yoniga tortib uni quchdi qiz harakatsiz turar na itarishni biladi na unga javoban quchishni chunchaki jim atrofdagi hamma ularga ģalati nigoh ila qarardi
-har doim shunday bòl bu ovozingni mendan boshqani oldida chiqarma xòpmi moychechagim qiz past ohangda xòp dedi va Teahyung uni qòyib yubordi shu payt Moyun xonim qayerdandir paydo bòlib oģlini davraning òrtasiga olib bordi
-qadrli mehmonlar sizlarga bugun ajoyib xushxabarni elon qilmoqchi edim bu yangilik òģlim Teahyung haqida Moyun xonim Lalin tomon qarab qòyarkan qiz hali hanuz hech narsa bòlmaganday turganiga biroz asabiy qosh chimirdi va gapini yakunladi biz Yamazaki oilasi bilan dòstligimizni qarindoshlik rishtalari bilan boģlamoqchimiz shu sababdan Yamazaki Meinni òģlim Teahyungga unashtirib qòydik hamma baravariga qarsak chaldi Yamazaki oila azolari ham bu yangilikni ancha oldin eshtishgani sabab hayron qolishmadi barchasi oldindan rejalashtirib qòyilgan ammo buni farzandlarga aytishga fursat bòlmagan xolos
-oyi siz nima aqldan ozdingizmi Teahyung past ammo asabiy ovozda gapirar ekan bir bir Lalin tomon qarab qòyishni ham unutmadi
-òģlim senga qòyib bersa haligacha uylanmasdan yurarfing shuning uchun senga aytmagandim va men tòģri ish qildim har xolda nasl nadabi yòq yetimga uylanmassan onasi kimni nazarda tutayotganini tushungan Teahyung qoshlarini chimirdi va qòllarini qattiq siqdi mehmonlar oldidan uzoqlashmoqchi edi ammo bòlmadi barcha mehmonlar Teahyungni tabriklashga tushib ketishdi Lalinning soyasi esa mehmonlar orasida yòq bòlib qoldi
Lalin/ Moyun xonimning gaplarini eshtar ekanman kòz oldim qoronģulashib yiqilishimga oz qoldi ammo shu payt kimdir meni tutib qoldi uning yuziga qaramoqchi edim ammo bòlmadi kòzlarim òz òzidan yumildi kimningdir qattiq kòksiga boshimni qòyganimni sezdim nim yumuq kòzlarim orqali oxirgi marotaba tim qora bir juft kòzlarni kòrdim xolos

Jungkook qizni yiqlishiga bir baxiya qolganida ushlab qoldi ammo endi uni qayerga olib ketishni va nima qilishni bilmay shunchaki xushsiz yotgan qizga tikilib turdi va ortidan kelgan ovoz sabab biroz avalgi mexr tòla kòzlarni jiddiylik bosdi
-voy Lalin xonimga nima qildi Estella òzini hech narsa bilmaganday hayron holatda tutdi
-agar hozir xonimni shu axvolda janob Doo-jin kòrib qolsalar bormi tamom bòladilar janob iltimos uni uyingizga olib keting bechora qiz qiynalib ketdi bu yerda men otasiga biror bir baxona topaman Jungkook xizmatchining gaplaridan angladiki bu uyda Lalinni hech kim yoqtirmaydi ammo yana bir narsa bor Lalinning stakanidagi suv Jungkook uni qòliga olgancha hidladi va bildiki suvda kuchli tasirga ega uxlatuvchi dori bor ammo erkak indamadi Lalinni kòtargancha tashqariga chiqib ketdi avtomobilning eshigini bir qòli bilan ochgan Jungkook extiyotkorona qizni oldi òrindiqqa qòydi va òzi ham joyini egalladi zum òtmay mashina shinalari qora asfaltga sirģalgancha Doon-jinning uyidan uzoqlashdi