Poison for paradise
-Lanati suyuģoyoq tezda bu yerni tozalab ol ògay onaning chinqiriģi butun boshli uyni qoplab oldi tepa qavatdan qòlida chelak va latta kòtarib tushayotgan chamasi òn besh yoshlar atrofida bòlgan qizaloq onasining qarshisiga keldi
-sizda faqat men emas opam ham bor òylaymanki bu sòzlaringiz opamga tegishli qizaloq nafis ammo òtkirlik bilan javob berdi Izabel, qòlidagi latta chelakni yerga tashladi va hovliga chiqishga choģlandi oyoq harakatlarining oshxonadan uzoqlashishi bilan ortidan eshtilgan sovuq ovozlarga etibor bermay yòlida davom etdi hovli juda katta moshina uchun mòljallangan yòlakning ikki chetini zabardast archa daraxtlari qòriqlab turgandek edi gòyo hovlining orqa qismida uning sevimli joyi boģ barpo qilingan aslini olganda bu uyda Izabel oddiy xizmatkor qiz ammo uyning har bir qarich qismini besh barmoģidek yaxshi biladi Izabel qadamlarini boģ tomon yònaltirdi ammo katta va qora darvozaning ochilishi qizni joyida tòxtatdi darvozadan kirib kelgan moshinalarni kòrgan qiz uyning haqiqiy egalari kelganini tushunishdi Izabel qòlini oyoģiga olgancha oshxonaga yugurib kirdi oshxonadagi Anna va ògay onasi turishganini kòrdi
-ular kelishdi qizning oģzidan chiqqan ikki oģiz sòz ona va qizning shoshilgancha oshxonadan chiqishiga sababchi bòlishdi barcha xizmatchi va tansoqchilar biz chiqizda turib ularni kutib olishga shaylanishdi avtomobilning birinchisidan er-xotin Maria Petrovna va Dmitriy Petrov tushib kelishdi ayolning yuziga tushib turgan bir tutam oq sochi uni yanada jozibador kòrsatardi yonidagi erkak esa kulmasa ham bilinib turgan kulgichlar sabab uning yuzini nurli qilib turardi ikkinchisida esa aka-uka Petrovlar oila birlashdi va qadamlarini ularni kuzatib turgan ishchilari tomon bosishdi erkak va ayol har bir ishchi bilan qòl berib kòrishishdi ammo farzandlari aksincha shunchaki bosh irģash bilan kifoyalanishdi navbat Izabel va oilasiga keldi Maria xonim Izabelning onasi Klara va Anna bilan quchoqlashib kòrishdi albatta ular bu uyda qariyb òn yildan ortiq xizmat qilishgan sodiq ishchi Maria Izabelning nimjon tanasiga tikildi va uni ham yengil quchib qòydi
-men seni oxirgi marotaba besh yoshligingda onang òlgan paytda kòrgan edim va kòrib turibmanki sen onangga juda òxshaysan Maria xonim samimiy tabassum ila gapirdi
-rahmat Maria xonim yumshoq ohangda korishish marosimi tugadi hamma òz ishiga qaytdi Izabel dasturxonga ovqatlarni joylashtirdi Anna (opasi ògay) muzlatgichdagi disertlarni ovqatdan sòng olib kirishga tayyorladi Petrovlar oilasi ovqat tanavul qilishdi hammasi òz maromida ketmoqda Izabel pvqat yuqi bòlgan idishlarni dasturxondan olarkan unga qarab turgan bir juft kòzlarni sezdi ammo etibor qaratmadi keyingisi disert va tabiiyki ularni ham Izabel olib kirdi har bir insonning oldiga borgancha qòlidagi likopchani qòydi...
Oshxonadagi rakvina ichida turgan bir dunyo idishlarga qarab xòrsingan qiz unga yordam berishga hech kim qolmaganini eslab labini asabiy tishladi oshxona stoli ustida turgan yuzi biroz qirilgan telefonini olib òziga yoqqan qòshiqni qidirdi va topdi Izabel beliga oq gulli u uchun tikilgan kichik fartukni beliga boģladi ishni boshlash arafasida turganda ortidan kelgan oģir nafas tufayli ortiga ògirildi va qarshisida yillar oldin uchratgan insoni tóģriroģi u uchun yagona dòsti bòlgan Andrey Petrov turardi qiz nima qilishni va nima deyishni bilmadi shunchaki sukut saqladi ammo bu sukutni Andrey buzdi
-askar ikki dòst yoshligida qòygan laqablarini bir-biriga tabassum ila aytishar ekan Andreyning yuragi toxtab qolgandek bòldi Izabel esa. . . undagi tuyģular mavhum va qoronģu
-òzgarmagansan faqat biroz bòying òsgan
-sen ham xuddi shunday òzgarmagansan faqat biroz bòying òsgan
-adashasan men ulģaydim allaqachon yigirma yoshdaman va men yigit emas haqiqiy erkakman! Andrey yuzida ģururli tabassum ila javob qaytardi
-ammo sen hali hanuz òsha ovsar va kaltafaxmsan buni òzingni òzing maqtab kòkka kòtarganingdan bilsa bòladi askar Izabel har doimgiday uni gap bilan mot qilganidan mamnun qiyofada idishlarini yuvishni boshladi Andrey bòlsa boshini devorga qòygancha uni kuzatdi Izabel yosh bola emas haqiqiy ayol bòlayotganini Andrey kichik jussasida namoyon bòlib turgan ajoyib qomatidan faxmladi va pastgi labini tishlab qòydi oradan yarim soat òtdi qiz òz ishini tugatdi ortiga ògirildi va unga qarab xayol surib turgan yigitni kòrdi unga biroz yaqinlashdi va qòllarini yigitning kòzlari oldida aylantirdi kimni xayol qilyapsan askar qiz oshxonadan chiqish barobarida sòradi
kimni xayol qilyapsan askar qiz oshxonadan chiqish barobarida sòradi
-deylik seni Izabelning ortidan qolmagancha ehtiyotkorlik bilan javob qaytardi va Izabel kirgan eshik yoniga yaqinlashdi ammo kirishga ijozat berilmadi
-askar sen yotoq xonangni unutib qòyding shekilli bu yer men xonam seniki esa yuqorida eng sònggisi xayrli tun Andreyning yuziga eshik yopildi yigit biroz eshikka suyangancha turdi sòngra yuqoriga kòtarildi zinalardan yuqorilar ekan tepa qavatdan qòlida stakan ushlab tushib kelayotgan akasi Martinni uchratdi
-bu yer meni uyim meni qasrim shunday ekan bu yerga foxishalaringni boshlab kelma tushunarlimi Andrey bir zumga ģazablandi va Martinni yoqasiga chang soldi
-uning ismi Izabel va u foxisha emas u meni bolalikdagi eng yaqin dòstim u begunox agar uni atrofida òralashsangiz sizni burdalab tashlayman ukasining taxdidlariga bepisand nigoh tashladida pastga tushib ketdi Andrey asabiy yuqori qavatga òz xonasiga kirdi va eshikni zarb bilan berkitdi xknaning burchagida turgan moychechak rasmi tushurilgan guldonni devorga otib yubordi xonada singan buyumning ovozi chiqdi va yerga guldonning har bir bòlagi parcha parcha bòlib tushdi
Tong*
Ertalabgi olti yoz bòlgani sabab quyosh allaqachon yer yuziga kòtarilgan budulnik ovozidan asabiy uyģongan qiz qòlidagi yostiqni jiringlayotgan soatga qarab otdi keyingi yotoqda yotgan Anna hali hanuz uxlamoqda undagi uyqu juda chuqur va sokin shu sabab bu qizni uyģotish mushkul Izabel har doimgidek malla rang jingalak sochlarini yiģishni boshladi egniga tizzasidan biroz pastroqqa tushib turgan yengi kalta pushti kòylakni kiydi oynaga qarab òzida kamchilik yòqligini kòrdi va xonasidan chiqdi bu paytda faqat Izabel va soqchilar uyģoq bòlishardi ammo bu safar tepa qavatdan tushib kelayotgan inson bu qoidani buzgandek edi gòyo Martin ish kiyimida qòlidagi telefon orqali kim bilandir òz tilida suxbat qurayotgandi Izabel uning pastga tushib kelishini jim kuzatdi qizning qarshsida tòxtagan erkak telefonni òzidan biroz uzoqlashtirdi va sovuq ohangda Izabelga nonushta tayyorlashini aytdi qiz boshini biroz quyi egib oshxona tomon yòl oldi gaz plita qarshisiga kelib kulrang kòrinishdagi tovani oldi va gazga qòydi ichiga ikki dona tuxum tashladi oldiga normal kattalikdagi sasiskalarni ham tòģrab tashladi biroz vaqt òtib barchasi pishdi Izabel nonushtani idishga oldi yoniga salat bargi va òziga yoqqan kòrinishda qizil kepchupni olib tuxum ustiga yulduz rasmini tushirdi boshqa tarafda qaynab turgan suvni olib kofe tayyorladi ovqat va kofeni patnisga qòyib oshxonadan chiqdi va Martin òtirgan xonaga kirdi patnisni stol ustiga qòyarkan Martin bir muddat tuxum ustidagi shaklga qaradi erkak patnisdagi kofeni oldi va bir kòtarishda ichdi albatta kofe issiq ammo uning ichidagi ģazabdek emas Martin patnis va likopchani Izabelning kòz oldida yerga tashladi qiz unga jinniga qaragandek qaradi gapirmoqchi bòlganida Martin òrnidan turib eshikka yaqinlashdi
-òz vazifangni bajar va ukamdan uzoq yur òzingga boshqa òlja top kichkina foxisha! Martin ģazab ammo sokin ohangda sòzladi va eshikdan chiqib ketdi Izabel qotib qoldi na gapiroshni bilardi va na jim turishni kòzidan bir tomchi yosh dumaladi qayerdandir kelgan jasurlik unga kuch baģishlab Martinning ortidan chiqdi erkak tansoqchilarga jiddiy ohangda gapirayotganini kòrdi ichkariga tezlik bilan qaytib kecha suvini bòshatmagan chelagini qòliga oldi va qaytib Martinning oldiga chopdi erkak moshinasiga yaqinlashayotgan paytda ortidan kelgan ovoz uni tòxtashiga sabab bòldi va ortiga qaradi hamki ustiga bir chelak loyqa suv sepildi Martin kòzlarini qattiq yumib ochdi va qarshisida unga kòzlari qizargan holatda qarab turgan kichik jussaga tushdi.