November 23, 2024

_Sahna Ortida_

By:💖Pink_moon💖
2__Qism 🍃

Jin

-"Hyung"

Ortga oʻgirildim RM men tomon yuguryotganini koʻrib toʻxtadim.

- Hyung sizni direktor PD nim oʻz xonasiga chaqirdi.

Qovogʻimni chimirdim.
PDnim ? Bu nima men no toʻgʻri ish qildimmi? Direktor kamdan kam hollarda bizni shaxsan chaqiradi.Odatda guruh sifatida uchrashamiz ,yolgʻiz chaqirilsa ham albatta u RM boʻlardi chunki u bizning yetakchimiz...

RM: Bilmadim Hyung...Men u bilan albomimiz haqida gaplashish uchun uchrashgandim qaytayotganimda sizni chaqirishimni soʻradi...

- Ey Xudoyim..men nima xato qildim...

- Xavotir olmang Hyung u jahldor emas.Ehtimol siz bilan muhokama qiladigan biror narsa bordir..Tezroq boring direktor sizni kutmoqda....

Ogʻir va savolchan qadamlar bilan kabinet tomon yoʻl oldim.Eshikni taqillatganimdan soʻng men uni ochdim va PD nim noutbook bilan ishlayotganini koʻrdim...

- PDnim meni chaqirgan ekansiz?

- Oh Jin avval ichkariga kirib oʻtir...dedi PDnim menga qarab.

Men uning stoli oldidagi stuliga oʻtirdim.Koʻp oʻtmay,u jilmayib menga oʻgirildi.Shubhali...
Jin yahshimisan?

-Hmm..menimcha yahshiman.. Direktor nima boʻldi men notoʻgʻri ish qildimmi soʻradim ikkilanib...

PDnim shunchaki kulib: Albatta oʻzingni notoʻgʻri ish qilgandek his qilyapsanmi? u menga koʻzlarini qisib qoydi...

Men shoshib yoʻq degandek bosh chayqadim.Keyin u jilmayib qoʻydi...
- Shunday qilib ...sen va Irene-sshi haqida eshitgansan?

Men qovogʻimni chimirdim: "Irene sshi" -hayron boʻlib soʻradim.

- Sen bilan u oʻrtasidagi kichik voqea haqida...

- Ah ...eshitdingizmi? Ahmoqona soʻradim.Albatta u buni eshitgan edi.Taxminan 2 kun davomida barcha ommaviy axborot vositalarining sarlavhasida boʻldi va muxlislar buni barcha ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilishdi.Men hatto oʻz aʼzolarim tomonidan masxara qilindim...

- Kechirasiz PDnim...bu boshqa qaytarilmaydi..bu voqea guruhimiz obroʻsiga tasir qilishini istamayman..menga javoblar boʻlishga ruxsat bering...Men jazolanishga tayyorman dedim pastga qarab...

-Shunday qilib Jin...sen Gucci brendi uchun Irene sshi bilan birga suratga tushasan...

- Yaxshi PDnim ...Kutib turing nima dedingiz ?
Men oʻrnimdan sakrab turdim...

- Nima ? Rozi emasmisan?

- Toʻgʻri eshitdimmi? Men oʻzimning fotosessiyamni oʻtkazaman ? Yana ayol bilan birgalikda hazil qilyapsizmi janob?

- Bu hazil emas Jin ...Bu toza biznes katta shartnoma...Cucci kompaniyasi aynan sen va Irene-sshi ni tanlab oldi..Bu bizning kompaniyamizga katta foyda keltiradi..

Men hamon hayratdaman ...PD nim hazil qilayotganga oʻxshamasdi...

- Savollar bormi?

Men bosh chayqadim ,hali ham oʻz hayollarim bilan bandman..

- Umid qilamanki sen bu vazifani yaxshi bajarasan. Men "SM intertaiment" bilan gaplashdim va biz ikkalangizdan ham bu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshiringizga umid qilamiz.. Tushundingmi Jin?...

- Ha direktor...

- Unday boʻlsa ketishing mumkin keyinroq menejer Sejin hammasini hal qiladi...

Men oʻrnimdan turib hayrlashdim uyga borar yoʻl davomida hayolim bularni barchasi haqida oʻylashni toʻxtata olmadi...
Men Irene bilan birgalikda suratga tushaman...

Tushunmay ahmoqdek jilmayishda davom etdim..

Irene

Menejer Nonaning soʻzlarini eshitib,uydagi muhit hayajonga tushdi. Albatta bu mening oʻsha yigit bilan suratga tushishim Men ham uni eslab gʻazablanaman,bularning barchasi u tufayli. Agarda menda toʻqnashmaganida aniqki bunday voqealar boʻlmasdi....

Mehmonxonada qoʻllari bilan qarsak chalib Wendy meni quchoqladi.
" Voy unnie Cucci sizni tanladi ,Bu albatta sizning reytiningizni oshiradi. Jin sunbenimga rahmat aytishingiz kerak.

Nega men unga rahmat aytishim kerak ...U boʻlmaganda ham albatta
Cucci brendining elchisi boʻlardim ...

Joy katta tabassum bilan: - Unnie suratga olishga men ham qatnashsam boʻladimi? Jin sunbenim bilan uchrashmoqchiman.

Men xirilladim..Joy oʻsha yigitni yoqtirib qolgan koʻrinadi..U bu yigitda nimani koʻrdi tushunmadim..uning kelishgan yuzi ...keng yelkalari ... chiroyli tabassumidan tashqari..kutib turing men nimalar deyapman oʻzi...

Nega yuzingiz qizarib ketdi opa..soʻradi Yeri..
- BTS ning boshqa aʼzolari ham keladimi? Agar shunday boʻlsa men ham bormoqchiman...

Nimalar deyapsizlar..men hech qanday muammo boʻlishini istamayman...Endi esa dam olmoqchiman...

Yotoqxonamga kirib oʻzimni karavotga tashladim...

Nega bularning barchasi sodir bólishi kerak?
Muxlislarimiz nima deydi? Ularning muxlislarichi? Men bu shafqatsiz izohlarni oʻqishni yomon koʻraman...

Birdan qoʻl telefonim jiringladi..uni jinsi shimimning choʻntagidan olib qaradim...Tanish boʻlmagan raqamdan habar keldi...

"Anyeong Irene sshi gaplashib olsak boʻladimi? Bu men BTS guruhidan Kim SeokJin" . Men darhol oʻrnimdan turdim u mening raqamimni qayerdan oldi.?
Yoki kimdur men bilan oʻyin qilyapti nega u men bilan gaplashmoqchi?

Yana xabar keldi: " Band boʻlmasangiz menga xabar bering"

Men javob yozdim : "Bu haqiqatdan ham Jin sunbenim mi? "

- Ha shunday..sizning raqamingizni menejerimdan oldim. U esa sizning menejeringizdan.. Band emasmisiz?

Men xoʻrsindim bu hazil emasga oʻxshaydi..

- Anyeong Sunbenim..Mendan biron bir yordam kerakmi?

Oradan ancha vaqt oʻtdi undan javob kelmadi...
15 daqiqa oʻtdi hali ham kiruvchi habarlar yoʻq...
Nega men asabiylashishim kerak?
Telefonimni stol ustiga qoʻyib charchagim tufayli uxlab qolganimni ham sezmay qoldim...

Soat 23: 50 birdan uygʻonib ketdim..Darhol telefonimni qoʻlimga olib qaradim ...ikkita oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroq va bitta xabar ham bor...

- Kechirasiz Irene sshi
menda qilishim kerak boʻlgan ishlarim bor edi javob berolmadim...Sizni bezovta qilganim uchun uzr ..Vaqtingiz boʻlganda men bilan bogʻlaning...

- Men xoʻrsindim ..nima deyishim kerakligini oʻyladim...

" Yaxshi sunbenim siz shunchaki xabar yozishingiz mumkin"

Kech boʻldi allaqachon uxlab qolgan boʻlsa kerak...
Boʻldi men boshqa undan javob kutmayman...
Telefonimni chetga qoʻyib uxlashga yotdim..Men uning raqamini " Zerikarli yigit " nomi bilan saqlab qoʻydim...

2- Qism yakunlandi....

(Fanfic muallifi bundan 4 yil avval shu hikoyani Wattpad ga joylashtirgan...Oradan vaqt oʻtib Seokjin hozir rostdan ham " Cucci brendining am ambassadoriga aylandi..)