November 23, 2024

_Sahna Ortida_

By: 💖Pink_moon💖
3__Qism 🍃

Uchrashuv...

Jin tinmay oldinga orqaga yurardi...I allaqachon suratga olish joyida edi..
Shunchaki Iren hali kelmagan qoʻl telefonini olib unga qoʻngʻiroq qilish haqida oʻyladi...
Oxirgi martda ular sms yozishganda oʻrtasidagi munosabat yaxshi emas edi... Irenening xabariga javob berish uchun uzoq vaqt talab qildi...

Jin boshini burdi menejer Sejin kim bilandir kelayotgan edi..Bu ularning fotosuratchisi edi.Jin unga yaqinlashib suhbatlashdi. Suratga olish xonasi gavjum edi. 1st Look jurnalidan Cucci vakillari va boshqa xodimlar bor edi.

" Anyeong...kechirasiz kech qoldik ..."

Hamma ovoz kelgan tarafga qaradi shu jumladan Seokjin ham...
Irene menejeri bilan kirib keldi...
Yana Jinning nafasi toʻxtagandek boʻldi ..Irene kundalik kiyimlarda chiroyli koʻrinardi... Oddiy ustki kiyim ,katta koʻzoynaklar va krasofkalar...

Jin boshini burdi va ularning fotografi unga qarab jilmayib turganini koʻrdi...

- Sizning bu qarashlaringiz fotosessiya ni yanada chiroyli qiladi...

- Qanday qarash ?- soʻradi Jin. Ammo fotograf shunchaki kulib Irenning menejeriga qoʻl silkitdi...

Kechikkanimizdan afsusdaman bu yerga kelishdan oldin direktor bizga qoʻngʻiroq qildi...
Irenning menejeri ularga tushuntirdi...

- Hech qisi yoʻq tashvishga oʻrin yoʻq javob berdi Sejin.

Irene hammaga tazim qilib salomlashdi.

Jin shunchaki taʼzim qildi. U nima deyishni bilmay qolgandek edi. Bundan tashqari Irene ham unga nisbatan befarq...

Seok Jin

Irene

Kichkina suxbatni tugatgandan soʻng, fotosuratchi hammani tayyorlanishini soʻradi. Jin va Irene boʻyanish joyiga yoʻl olishdi. Ular tayyorgarlik vaqtida yonma yon oʻtirishdi...

Ikkalasi ham jim edi. Jin Irenga va u yer bu yerga koʻz tashladi...

" Irene sshi " chaqirdi Jin.

Irene boshini burdi. --Ha sunbenim? U xushmuomalalik bilan javob berdi...

- Hali ham mendan jahlingiz chiqyaptimi?

- Yoʻq Sunbenim nega sizdan jahlim chiqishi kerak?

- Oʻsha kuni sizga behosdan urilib ketdim bu katta muammolarga olib keldi..

- Hammasi joyida uzr soʻrashingizga xojat yoʻq...

- Lekin sizning bu qarshingizdan hammasi yaxshi emasga oʻxshaydi...

Iren darrov roʻparasidagi oynaga oʻgirildi. U oʻzining gʻazablangan yuzini koʻrdi.
U chuqur nafas oldi...
Asabiylashma Joohyun a bu yigit chindan ham zerikarli..Koʻp odamlar bizni kuzatib turibdi...Men Red velvet ning rahbaridan. SM intertaimentning muz malikasi...U meni ahmoq qilishiga yoʻl qoʻymayman...

Irene jilmayib yana Jinga oʻgirildi..Men asabiy emasman sunbenim. Xushmuomalalik darajasi yuz foizga koʻtarildi.

Jin sahnadagi Irene bilan kundalik hayotdagi Irene ham bir xil harakterda ekanini koʻrib hayron boʻldi... U bilan doʻstona munosabatda boʻlish juda ham qiyin.

Tayyormisiz ? -- soʻradi fotograf.
Ikkalasi ham bosh irgʻadi.

Bugungi fotosessiyaning mavzusi " Ikki sevishganlarning yoqimli lahzalari"

Jin bu soʻzlarni eshitib yutunib yubordi... Irene hech qanday munosabat bildirmadi...

- Sizlar bir nechta kiyimlar bilan har xil koʻrinishda suratga tushasizlar...
Birinchi vaziyat ,siz oʻtirib, bir biringizni sevadigan juftlik ekanligingizni koʻrsatishingiz kerak...

Jin tanasini kameraga qaragan holda oʻtirgan pozani oldi. U hozirgina Irenga qanday poza qoʻyish kerakligini muhokama qilish uchun oʻgirildi. Ammo Irene allaqachon uning yoniga oʻtirgan edi. Avtomatik ravishda ularning yuzlari bir biriga juda yaqin qarab turardi. Ularning hech biri bir soʻz demadi.

Irenning yuragi tez urdi. Lekin asabiyligini koʻrsatmaslikka harakat qildi . Uning koʻzlari hamon Jinning koʻzlari bilan toʻqnashdi..Bu koʻzlar ...men koʻrishni istamaydigan koʻzlar...Irene chuqur nafas oldi...

Jin tabassum qilib koʻzlarini qisib qoʻydi..

Irenning yuzi darhol qizib ketdi..Jin kulib yubordi. U qizning qizarib ketgan yanoqlarini koʻrdi... Chiroyli..oʻziga oʻzi shivirladi...

Irene shoshib oʻrnidan turib orqaga qadam tashladi...

Nima boʻldi Irene sshi - soʻradi fotograf.

- Ah ...kechirasiz Irene oldinga va orqaga taʼzim qildi. Nega bunday munosabat bildirganini uning oʻzi ham bilmasdi..Jinga bunchalik yaqin boʻlishga uning yuragi chiday olmaydi...

Jin xavotirlanib qaradi: Yahshimisiz? Oʻzingizni yaxshi his qilmayapsizmi?
u darhol Iringa yaqinlashdi.

Irin jahl bilan qaradi : " Bu odam qanday qilib hech narsa boʻlmagandek oʻzini tutishi mumkin.Nega u menga koʻz qisib qoʻydi..Irin oʻyladi u juda gʻazablandi..

- Hey ...Jin hayol surib turgan Irenga qoʻlini tekkazdi..

Irene qoʻpollik bilan undan uzoqlashdi. Men yaxshiman kechirasiz ..keling davom etaylik...

Jin xoʻrsinib qoʻydi...

Suratga tushish qayta boshlandi ...Ular koʻrsatmalarga muvofiq poza berishdi.. Bu safar Jin va Irenning fotosessiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ularning fotografi natijalardan juda mamnun boʻldi. Bu sheriklarni tanlash notoʻgʻri boʻlmagan edi...

Jin bugun yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi . U Irene va menejeriga qaradi.

- Irene sshi bir soniyaga gaplashsak boʻladimi..

Menejer boshqa ishlar bilan ketdi. Shunday qilib ular yolgʻiz qolishdi...

- Nima haqida ...sovuqqonlik bilan soʻradi Irene..

- Agar siz men bilan suratga tushishga majbur boʻlgan boʻlsangiz uzr soʻrayman...Toʻsatdan qoʻngʻiroq qilganimdan bezovta boʻldingizmi ? Sizga yaqinlashish qiyin ekan ...

- Sunbenim biz bir birimizni ancha vaqtdan beri bilamizmi? Biz faqat bir martda birga ishladik...Nega oʻzingizni yaqindek koʻrsatayapsiz?

- Ha ,chunki siz menga doim sovuq yuz bilan qaraysiz? Men nima xato qildim? - Jin xijolat boʻlib soʻradi...

Irene Jinning yoqimtoy yuzini koʻrib chimchilab qoʻyishiga sal qoldi ...Irin tomogʻini qirib tashladi..
Qolaversa...nimadan xavotirda siz? Menga yaqinlashmoqchimisiz?

Irene va Jinning suratlari

💖💖💖

💖💖💖

3_ qism yakunlandi...