November 22, 2024

Sahna_ ortida 

By: 💖Pink_moon💖
🍃1_Qism_🍃

Jin pov/

Biz yil yakuni boʻyicha musiqiy tadbirni oxirida turibmiz.Koreaning eng katta musiqiy tadbiri barcha mashxur guruhlar idollar shu yerda.Faqatgina katta tadbirlarda doʻstlarimiz bilan uchrashishimiz mumkin edi.Bundan tashqari ARMYLAR bilan oxirgi martda uchrashish imkoniyati yil oxirida biroz vaqt tanaffus qilib barchamiz oilamizning oldiga yangi yilni nishonlash uchun qaytib ketamiz.

Men katta tabassum bilan ARMYLAR larga qoʻl silkitib hayrlashdim. Bu yil BTS uchun qiziqarli boʻldi.Biz Jahon turnerimizni yakunladik yangi albom chiqardik katta muvaffaqiyatlarga erishdik, albatta bularning barchasi ARMY lar tufayli.
Men Jimin bilan sahna chetida edik qolgan aʼzolarimiz butun sahnaga tarqalib ketishdi.Biz juda xursand edik to Jiminning koʻzlari hayratdan katta boʻlib "Hyung" dedi u meni qoʻli bilan tutmoqchi boʻlib,men nima dedim lekin keyin toʻsatdan orqam kimgadur tekkanini his qildim . Ortimga oʻgirilib qarasam bir qiz yerga yiqilganini koʻrib qoʻrqib ketdim...Ha..bu qiz Red velvet guruhining aʼzosi Irene edi..Mening yurak urishim tezlashib dovdirab qoldim shoshib uni turgazishga urindim ..
- Yahshimisiz? Kechirasiz bu mening aybim edi..
Men ahmoqdek jilmayib nima qilishimni bilmay qotib qolgandim...

Irene/pov

-Ahhhh...men uyali telefonimni tasodifan divanga uloqtirib Televizor koʻrayotgan Seulgi menga oʻhirildi.
- Nima boʻldi onni ...
- Koʻrdingizmi men bugun yangilik sarlavhasiga tushib qoldim.Online qidiruvlar roʻyhatining birinchi oʻrnida ismimni koʻrish meni bezovta qildi.
Hammasi oʻsha yigit tufayli...Men koʻkargan tizzalarimga qarab xoʻrsindindim..Hayollarim kechagi kunga qaytdi.U mening oldimda qotib qoldi turishimga yordam bermadi ham . Keyin Jimin uning ortidan kelib mendan kechirim soʻradi. Men hech narsa demay ularga tazim qilib ulardan uzoqlashdim ...Har doim erkak idollar bilan oʻzaro munosabatlarni cheklab kelaman..Shuning uchun ham muxlislarimiz meni muz malikasi deb nomlashgan boʻlsa kerak...

Voqea sodir boʻlganiga oʻn soat ham boʻlgani yoʻq lekin biz allaqachon trend mavzusiga aylandik...
:
" Jin va Irenening yoqimli lahzalari" buning nimasi yoqimli tushunmadim...

Seulgi telefonidagi habarlarni koʻrib kulib yubordi...
"Jinrene" onni muxlislaringiz sizlarni shunday atashni boshlashdi...

- Nimaa? men baqirib yubordim...
Joy(red velvet azosi)qayerdandir yugurib kelib Seulgini qoʻlidagi telefonini olib vidiolarni tomosha qilishni boshladi..
"Jinrene" " Jinrene" bu chiroyli eshitiladi ...Bu menga yoqadi onni...

Qizlar meni masxara qilayotganini koʻrib jahlim chiqdi...-Nima sizlarni boshqa qiladigan ishingiz yoʻqmi boʻldi bu mavzuni yoping...Meni avvallari ham boshqa guruh yigitlari bilan juftlashtirishgan masalan "Exo " guruhidan Sehun sunbenim biz xattoki birga ishlaganmiz ham " Jinrene" ham shulardan biri vaqt oʻtishi bilan hammasi unutiladi...

Onni sizga Jin sunbenimning nimasi yoqmaydi u kelishgan chiroyli keng yelkali uning ustiga mehribon boʻlsa ....
- Nima sen u bilan uchrashganmisan qanday ekanini bilasan..men ikkilanib Joy dan soʻradim...
- Men hech qachon qachon Jin sunbenim bilan gaplashmaganman shunchaki internetdan baʼzida ular haqida malumotlar qidirganman bunday kelishgan yigit kimni etiboridan chetda qolishi mumkin...

Bemaʼni gaplarni toʻxtating lar qani hamma endi oʻz xonasiga kirib dam olsin..
Men qizlarni ketkazib yuborib maqolalarda rasmi tushirilgan yigitga tikilib qoldim..Uning koʻzlari men ularga qaray olmayman...

Irene
Seulgi
Joy

Birinchi qism tugadi...