November 24, 2024

_Sahna Ortida_

By: 💖Pink _moon💖. 4__Qism🍃

Jin...

---Yah Hyung nega bunchalar ahmoqsan?
deb xitob qildi J hope ...
Men , Hobi RM va Suga xonamda edik.Boshqa chiday olmaganim uchun ularga Irin bilan suratga tushish paytida nima boʻlganini aytib berdim.

Bir necha kun oldin ,uyga kelishim bilan...meni savollarga koʻmib tashlashdi...Ayniqsa maknelar....Ularni asabiy xolatda kirish qiziqarli chunki men hech nimani aytib bermadim ..hehe ...

" Soʻzlaringa etibor ber Hoseok " men behosdan dedim...

J hope tingladi - lekin siz haqiqatan ham ahmoqsiz ..nega uni bezovta qildingiz? U Red velvet guruhidan "Irene" ...
J hope hayol sura boshladi...ehtimol u qizning yuzini tasavvur qilgan boʻlsa kerak...

- Men notogʻri ish qildimmi? U tinmay mening oldimda gʻazablangandek yurdi...
Unga xabar yuborganim shunchalar yomonmidi?

RM ni ogʻzi ochilib hayron qoldi...

"Hyung sizda Irene sshi ni raqami bormi , xabar ham yubordingizmi?"

Men qoʻlim bilan boshimga urdim ,ahmoq nima deb qoʻydim endi ularga tushuntirishim kerak...

" Hyuuunggg" raqamini qayerdan oldingiz...J hope mingʻirladi...rashk qilyapman..shoshmang nega unga xabar yubordingiz?

" Men faqat kechirim soʻramoqchi edim ...Sahnada yiqilib tushishiga sababchi boʻldim.Yana boshqa nima uchun boʻlardi...
Koʻzlarimni J hope ning nigohidan olib qochdim...
Lekin buning oʻrniga Suganing nigohiga duch keldi. Uning tabassumi meni titratdi..

- Demak siz buni shunday qoldirdingiz mi?

Rostini aytsam bu kutilmagan voqea menga foyda keltirdi . U bilan bunchalik yaqin gaplashishimni kim ham oʻylabdi...Avvallari shunchaki taʼzim qilib uzoqdan qarab turardim..Endi esa xattoki menda uning raqami ham bor...

- Nima haqida oʻylayapsiz Hyung...RM soʻradi...

-Hech narsa...

- Sizning omadingiz bor Hyung...Bizning oramizda Red velvet ga eng kam qiziqadigan siz edingiz ...
Va bu imkoniyatga ega boʻlgan ham siz boʻldingiz ...J hope xoʻrsindi..

- Men ham qiziqmayman...deb baqirdi Suga...Hyung sizni rostdan ham qiziqtirmasligi rostmi?

- Albatta Jin Hyung qiziqmaydi u hech qachon Red velvet yoki boshqa qizlar guruhlari haqida gapirmaydi . Uning hayolida faqat BTS bor ..toʻgʻrimi? - soʻradi J hope..

Men shunchaki barmoqlarim bilan oʻynab ularga javob bermadim...

- Agar qiziqmasangiz nega bunchalar asabiylashasiz hech narsa boʻlmagandek oʻtib ketavering...orangizda hech qanday munosabat yoʻq boʻlsa...kim biladi sizlar yana qachon uchrashasiz...

RM ning gaplari toʻgʻri edi.Kim biladi deysiz balki u men haqimda oʻylamagandir...Nega men bunchalar ahmoqman ...Axir yana qachon uchrashishimiz faqatgina Musiqiy festivallarda uzoqdan kuzatib turishim mumkin...

Irene

--- Koʻp gapirdimmi? Irene Seulgi va Wendy ga bir hafta oldin nima boʻlganligini aytib bergandan keyin soʻradi...

Ular bosh chayqadilar .Men xoʻrsindim.

"Unnie...sizga Jin sunbenim yoqadimi?..soʻradi Wendy..

Bu qanday savol? Albatta yoʻq... Nega uni yoqtirishim kerak?

Men tezda javob berdim..nega qoʻllarim birdan terlab ketdi...

Bilmayman men shunchaki soʻradim. Qolaversa nimaga yoqmaydi u BTS dan kelishgan , mehribon...

- Qoʻysangchi Wendy nega sen Joy bilan bir xilsan?
Nima sen yoqtirasanmi?

Seulgi biroz kulib yubordi...
Siz uni yoqtirmasligingizga ishonchingiz komil mi? Nega asabiylashasiz... Yaʼni siz Jin sunbenim haqida boshqa erkaklarga qaraganda koʻp gapiradigan boʻlib qoldingiz ...

U haq edi...Bunda nimadir notoʻgʻri..Qanday qilib men birovni qisqa vaqt ichida yoqtirishim mumkin...Koʻp yigitlar menga yaqinlashishga harakat qilishadi ...lekin ularning hech qaysi biriga eʼtibor bermaganman...Red velvet mening ustuvorligim ... Munosabatda boʻlishimiz taqiqlangan...

Menimcha siz kechirim soʻrashingiz kerak...

Men Wendyga oʻgirildim..
Buni shunchaki unitib yuborsam boʻlmaydimi? Goʻyo hech narsa boʻlmagandek harakat qilamiz...Baribir tez orada bir birimizni koʻrmaymiz...Uning oldida ahmoqlik qilishdan charchadim...

4__Qism yakunlandi...