Xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi haqida .
Prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda foiz stavkalarini Moliya vazirligining jamg‘armasi qoplab beradi. Xotin-qizlar esa asosiy qarzni o‘qishni tamomlagach, 7 yil davomida to‘laydi.
Imtiyozli ta’lim kreditini rasmiylashtirish uchun quyidagilar talab etiladi:
· imtiyozli ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi tijorat bankiga ariza;
· kredit oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
· ta’lim muassasasining to‘lov-kontrakt shartnomasi;
· kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush o‘rtog‘i) yoki uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchining tijorat bankining kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq imtiyozli ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat.
Bunda, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan imtiyozli ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.
Jarqo`rg`on tuman FHDY bo`limi ish yurituvchisi Yayra Davronova