Yo`qolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 230-moddasiga muvofiq dalolatnoma yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv bo‘lganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar bo‘lganida yo‘qolgan yozuvlarni qayta tiklab qo‘yish tushuniladi.
Tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra tiklanadi.
Agar o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishi haqidagi yozuv yo‘qolgan bo‘lsa yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.
Yozuvni tiklashdan manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yozuvni tiklash O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar dalolatnoma yozuvining ikkala nusxasi ham yo‘qolgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvini tiklash 16 yoshga to‘lgan fuqaroning shaxsiy arizasiga ko‘ra FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Dalolatnoma yozuvlarini tiklash ularni tiklash uchun asos bo‘lgan barcha holatlar FHDY organi tomonidan aniqlangandan keyingina amalga oshiriladi.