Bir nafar bola uchun to’lanadigan aliment miqdori qancha?
O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 99-moddasiga asosan : Agar ota bilan ona aliment miqdori qancha bo’lishi haqida bir qarorga kela olmasa, bu miqdor sud tomonidan o’rnatiladi., bir bola uchun aliment miqdori to’lovchi jami daromadining to’rtdan bir qismiga teng bo’lishi kerak. Jami daromadlari deganda aliment to’lovchining ish haqi, biznesidan qilayotgan foydasi yoki boshqa manbalardan topadigan daromadlari tushunilishi mumkin. Aliment miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e‘tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, ota-ona voyaga yetmagan bolalarni har jihatdan ta‘minlashi shart. Voyaga yetmagan bolalarga ta‘minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi.