“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 12-um-son buyrug‘iga asosan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasida tumandagi mahallalarda hatlov o`tkazilib hatlov natijasida tegishli hujjatlari bo`lmagan, olinmagan va yuqotilgan fuqorolarga huquqqiy ko`mak berib kelinmoqda.
Joriy yilning 05-fevral kunida Jarqo`rg`on tumani Yangiobod mahallasida yashovchi M.M. Alimovaning 2 nafar farzandiga tug`ilganlik haqidagi takroriy guvohnomalar berildi.
Shuningdek Jarqo`rg`on tumani Beshbuloq mahallasida yashovchi fuqoro D.Q. Toshboltayevaning farzandiga tug`ilganlik haqidagi takroriy guvohnomalar berildi.
Shu bilan bir qatorda Beshbuloq mahallasida yashovchi fuqoro A.X.Amonovaning farzandlari vafot etgan ammo uzoq yillar davomida o’lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmagan 2 nafar farzandining o’limi qayd etilib, o’lim haqida guvohnomalari berildi.