O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati haqida nimalarni bilasiz
O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 27-moddasiga asosan,O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim keyinchalik shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi yozma ravishda ma’qullaganidan so‘ng, u ham haqiqiy hisoblanadi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:
1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish;
4) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar o‘zlari tuzgan bitimlar bo‘yicha mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladilar. Bunday voyaga yetmaganlar o‘zlari yetkazgan zarar uchun javobgar bo‘ladilar.
Etarli asoslar mavjud bo‘lganida sud ota-onalar, farzandlikka oluvchilar yoki homiyning yoxud vasiylik va homiylik organining iltimosnomasiga muvofiq o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganning o‘z ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil tasarruf etish huquqini cheklab qo‘yishi yoki bu huquqdan mahrum qilishi mumkin,.