December 16, 2023

Kimlar kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarga ega?  

O‘zbekiston Prezidentining Farmoniga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha eng kam ish haqi hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etilgan. Huquqiy ahborot kanali uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga asosan kompensatsiya to‘lovlari kimlarga berilishi haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

Quyidagi shaxslarga kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar beriladi:

·         1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

·         o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

·         ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlari;

·         Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;

·         yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Jarqo`rg`on tuman FHDY

bo`limi 2-toifali inspektori G.RUSTAMOVA