October 13, 2023

O‘zbekiston — 2030 strategiyasida nimalar belgilandi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli farmoni bilan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqdi.

Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi quyidagi 5ta ustuvor yo‘nalish hamda 100ta maqsaddan iborat:

·         har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;

·         barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;

·         suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

·         qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

·         “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, soha va yo‘nalishlarni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shu ma’noda mazkur hujjatlar yurtdoshlarimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Ayniqsa, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va ulkan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, yuqoridagi hujjatlar doirasidagi qator maqsad-vazifalar kelgusi 7 yil davomidagi taraqqiyotimizga zamin, huquqiy dasturilamal bo‘ladi.

Jarqo`rg`on tuman FHDY

bo`limi mudirasi Z.Jabborova