February 6, 2024
16 yil hujjatsiz yashagan oila.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 12- umson “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida"gi buyrug‘i tasdiqlangan.
Aksiya doirasida Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan tumanning "Quldovli” mahallasida shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo`lmagan fuqarolar N.R Tasimov va N.F Toshboyevalarning 15 yoshli, 7 yoshli va 4 yoshli farzandlariga birinchi marta tug`ilganlik haqida dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirib guvohnomalari topshirildi.
Jarqo`rg`on tuman FHDY bo`limi 1-toifali inspektori A.Xushnazarova