Nogironligi bo‘lgan shaxslarga va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi fuqarolarga imtiyozlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil13 oktyabrdagi
Pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turgan vaqt shuningdek o`zgalarning parvarishiga muhtoj bo`lgan 80 yoshga to`lgan keksaga qarab turish vaqti ham pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga va vafot etgan nogironligi bo‘lgan shaxsning qaramog‘idagi mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga har oyda pensiya to‘lanadi.
Pensiyaga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi: a) I guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 150 foizi; b) II guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslariga - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 125 foizi; v) ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslariga - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi; g) I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslariga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining
75 foizi; d) II guruh yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslariga - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 75 foizi pensiya ustama haqlar belgilangan.