Xorijga chiqish pasportini qanday olish mumkin?
Xorijga chiqish pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markazi, “pasport stol” yoki Yagona portal orqali ariza kiritish xizmatidan foydalanish mumkin.
Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish uchun sahifaga ega bo‘lish kerak. Portalga kirgach, qidiruv tizimiga “Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish” kalit so‘zlarini kiritib, kerakli sahifani topish mumkin. “Xizmatdan foydalanish” tugmasi orqali esa, ariza jo‘natiladi.
Ariza jo‘natilgach, qo‘l barmoq izlarini topshirish va suratga tushish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga borish kerak.
Xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha fuqarolik pasporti yoki unga tenglashtirilgan hujjatni belgilangan kun va vaqtda vakolatli organga taqdim etish zarur.
Shuningdek, harbiy xizmatga majburlar uchun:
· harbiy guvohnoma, chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi guvohnomasining nusxasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi;
· ota-onalar, vasiylar (homiylar) yoki ularga hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan roziligi taqdim etilishi kerak.
· Ariza jo‘natilib, barcha hujjatlar taqdim etilgach Xorijga chiqish pasportini 10 kun ichida olish mumkin.