March 13
Qayday toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi ?
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalariga kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi. Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida taqdim etiladi:
- kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;
- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
- turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
- nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
- 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.