October 25, 2023

O‘limni qayd etishning alohida hollari haqida bilasizmi?

Shaxsi aniqlanmaganlarning o‘limini qayd etish davlat sog‘liqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining xabariga asosan shu muassasa joylashgan hududdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Bu hollarda o‘lim haqidagi guvohnoma marhumning shaxsi aniqlangandan keyingina beriladi.

Jazoni ijro etish muassasalarida vafot etgan shaxslarning o‘limini qayd etish mazkur muassasa ma’muriyatining xabariga ko‘ra, FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.

Sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori asosida va o‘limi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning o‘limini qayd etish FHDY organi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

Jarqo`rg`on tuman FHDY bo`limi ish yurituvchisi Y.Davronova