March 13

Qo‘llanma: Himoya orderini qanday olish mumkin?

Himoya orderi — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini beruvchi hujjat hisoblanadi.

Himoya orderi oilada eridan jabrlangan yo uchinchi shaxslarning zulmiga uchragan ayollarga, ota-onasi yoki boshqa shaxslarning zulmiga duch kelgan (voyaga yetmagan) qizlarga, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarda jabr ko‘rgan, ko‘chada, ishda, o‘qishda tazyiq yoki shilqimlikka uchragan, huquqbuzarlik yo jinoyat qurboni bo‘lgan xotin-qizlarga beriladi»,

Order qanday asoslarga ko‘ra beriladi?

Tartibga ko‘ra, himoya orderini berishga quyidagilar sabab bo‘ladi:

·         tazyiq va zo‘ravonlikdan jarblangan xotin-qizlarning murojaati;

·         jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar;

·         tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan aniqlanishi;

·         davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 2 sentabrda qabul qilingan «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun hamda Hukumatning 2020 yil 4 yanvarda tasdiqlangan «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan himoya orderini berish tartibi belgilangan.

Jarqo`rg`on tuman FHDY bo`limi 2-toifali inspektori Xudiyatova Nigora Axmatovna