February 24, 2025

Baxt

Go'zal kunlarining boshlarida yani( bahor kunlarining boshida) hamma maktab uchun boshdan oyoq kiyim kechak qilib bozorma bozor yurgan payt.

Yujin ham hamma qatori bozor aylanardi. U oilada katta farzand va egizak ukalari bor( Hyun va Ryun). Qiz bu yili maktabni tamomlaydi va bilganingizdek bitiruvchi.

Maktab ham boshlandi . Yujin eski maktabidan yangi maktabga o'tdi va siz bilganingizdek, yangicha joy moslashish juda qiyin, chunki Yujin juda ham odamlarga nisbatan yovvoyi va umuman kirisha olmaydigan qiz edi. Yovvoyi boʻlgani bilan Yujin oʻzining yaqinlariga juda ham quvnoq va xushchaqchaq edi.Kelishi bilan o'zining sinf xonasini topdi. Sinf rahbari qizni sinfga tanishtirdi va u hammaga soxta tabassum qilarkan, ko'zlari bir yigitga tushdi

—Yo Xudoyim bo'lishi mumkin emas, nahotki u, u Jungkook...

Qiz hayajondan hapqirib ketgan yuragini tinchlantirishga urinarkan, eski go'zal va bir tomondan ayanchli bo'lgan xotiralarni esladi.
Yujin va Jungkook bir paytlar sevishganlar edi va Jungkookning xiyonati tufayli, ular ajralishgan va salkam yoshlikdan boshlangan, 11 yillik sevgi o'z nihoyasiga yetdi.

—Yujin hamma bilan tanishib, oʻzi joyiga oʻtirdi vaJungkookka bir qarab qoʻydi, albatta Jungkook ham qizga qarab turardi, lekin Yujin ham bilmagandi, Jungkook bu maktabda ko'chib o'tganini.

Tanaffus boʻldi va hamma sinf qizlari Yujinning yoniga o'tib, uni qurshab olishdi, chunki Yujin haqida ma'lumot olishni istashardi. Qiz esa, o'zini judayam noqulay his qilar, gapirishsa uncha e'tibor bermas edi, uni xayoli faqat tezroq darslar tugab, shu la'nati maktabni tark etish edi.

Kunlar shu zaylda o'tarkan, qizning qalbida birgina qo'rquv bor edi, u ham bo'lsa, sinfdagilar, Jungkook va Yujinning munosabatda bo'lishganini bilishmasin degan.

Oradan 2 oy o'tgan bo'lsa ham Yujinda atigi 2 ta dugonasi bor, ularning ismlari, Mira va Sera edi. Yujin ular bilan hattoki sirlarini baham ko'radigan darajada do'st bo'lgan edi va ular ham Jungkook haqida bilishdi va hatto Yujin ularga yig'lab aytib berganida, Jungkook bunga arzimasligini aytib uni tinchlantirishdi.

Kunlar bir-birini quvib o‘tardi. Vaqt shunday tez o‘tib ketardiki, ular bu tezlikni hatto sezmas edilar. Aynan shunday kunlarning birida sinfga yangi qiz keldi.

Asi – nihoyatda go‘zal, xushbichim, har qanday yigitni hayratga soladigan darajadagi jozibali qiz edi. U endi Yujinlar bilan bir sinfda o‘qiydigan bo‘ldi. Jk esa Asini bir ko‘rishdayoq yoqtirib qoldi. Aslini olib qaraganda, Jk juda ham beqaror yigit, qizlarga nisbatan sodiqligi kam edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Asi va Jk bir-birlariga mehr qo‘yishdi. Bu yangilik sinfda va hatto boshqa sinflar orasida ham tez tarqaldi. Kim ham bilmasdi deysiz, axir Jk qizlarning yuragini zabt etuvchi yigit edi. Ammo bu munosabatni kuzatayotganlardan biri – Yujin edi.

Yujin bu yigitning avval uning qalbini zabt etgani-yu, hozir esa Asiga nisbatan shunday hislarni namoyon qilayotganidan ich-ichidan ezilardi. Uning yuragida alam, dard va o‘kinch birlashib, og‘riqga aylanayotgan edi. Faqat buni faqatgina dugonalari – Sera va Mira bilardi.

Kunlardan bir kun YuJin bexosdan Asiga yelka bilan urilib ketdi. U bu voqeani na rejalashtirgan, na xohlagan edi. Lekin Asi bundan xayron bo‘lib qolmadi, aksincha, birdan jahli chiqdi:

— Sen nega meni turtib ketding?! Nima haqqing bor, iflos manjalaqi! – deb o‘zini tutolmay qichqirdi.

Yujin bu gaplarga chidolmay, shartta javob qaytardi:

— Kimni manjalaqi deyapsan?! Sendan uzr so‘radim-ku, endi yerga yotib yolvorishim kerakmi?!

Asining do‘stlari ham uni tinchlantira olmasdi. Lekin u bir lahzada vaziyatni o‘z foydasiga ishlatish yo‘lini topdi: Jkning kelayotganini ko‘rib, birdan ohangini o‘zgartirdi.

— Kechir, Yujin asalim, men seni tushunmadim... – deya unga mehr bilan qo‘l uzatdi.

Bu o‘zgarish Yujinni hayratga soldi. U nima bo‘layotganini tushunmay, Asining qo‘lini siltab tashladi:

— Mendan uzoqroqda tur, iflos! – dedi g‘azab bilan.

Lekin u bitta narsani bilmasdi: Jk ularning yoniga yetib kelgan edi. Shu on Asi ataylab yerga yiqildi va ojiz holatda yig‘lab yubordi. Jk buni ko‘rib, tezda unga yordamga shoshildi:

— Azizim, nima bo‘ldi?!

Asi yig‘lagancha pichirladi:

— U meni turtib yubordi... Men kechirim so‘ragandim, lekin u yana ham haqorat qildi…

Jkning nigohlari bir zumda sovuq va zaharli tus oldi. U Yujinga tik qarab, keskin ohangda so‘zladi:

— Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan, Yujin? U sendan kechirim so‘rasa, sen esa uni itarasanki?!

Yujin uning bunday gaplariga chiday olmasdi. U Jkning shunday muomala qilishi mumkinligini bilsa ham, bunday qattiq gap kutmagan edi. Yuzlari qizarib, ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi. Shu payt uning dugonalari yetib keldi.

Sera qahr bilan shivirlagancha Jkga tikildi:

— Iflos! Kim bo‘libsan sen unga baqiradigan?!

Mira esa Yujinni mahkam quchoqlab:

— Bo‘ldi, Yujin, yurma bu joyda, ketamiz…

Ular Yujinni yetaklab olib ketishdi.

Ko‘zlaridan yosh sizayotgan YuJin esa ichida nola qilar edi: “Axir men nega aybdorman? Nega hamma meni yomon ko‘radi? Axir bu hammasi Asining nayrangi-ku…”

Uning yuragi og‘rirdi, ko‘ngli siniq edi. Ko‘zlaridan oqayotgan yosh esa dardining cheksizligini bildirardi…


Qasos

Yujin alamini olmaguncha, ko‘ngli joyiga tushmasdi. Lekin qanday qasos olishni o‘ylab, bir qarorga kelolmay yurdi. Vaqt o‘tib, bu g‘am-g‘ussa uning xotirasidan o‘chdi, ammo do‘stlari bunday qilmoqchi emasdi. Nega deysizmi? Chunki ular Yujinning ko‘z yoshlarini bejizga oqishiga yo‘l qo‘yolmasdi. Mira va Sera uzoq o‘ylab, oxir-oqibat bir reja tuzishdi.

Oradan kunlar o‘tdi. Bir kuni Asi maktabga kechikdi. Yo‘lda esa kutilmaganda bir amaki unga yo‘liqib qoldi. Amaki unga tegajog‘lik qildi. Asining dovdirab qolganidan foydalanib, yuzidan qattiq o‘pdi. Qiz jon-jahdi bilan uni itarib, shapaloq tortdi. Bularning bari videoga tushirilgan edi.

Bu voqea tasodif emasdi. Mira va Sera barchasini oldindan uyushtirgan edi. Videoni qo‘lga kiritgach, ular shosha-pisha maktabga kirib ketishdi. Ko‘p o‘tmay Asi ham yetib keldi. Sinf eshigidan endi o‘tgan edi, Jk unga tabassum bilan qarab dedi:

— Azizam, nega kech qolding? — u qizning yuzidan ohista o‘pib qo‘ydi.

— Yo‘lda tirbandlik edi, — dedi Asi beixtiyor.

Sinfdagilar bu ikki sevishganing suhbati bilan ovora edi. Ammo birdan...

— Asi, jonginam, gaplaring rostmi? — dedi Sera kinoya bilan.

Asi hayron bo‘lib unga tikildi.

— Nima, menga ishonmaysanmi?

— Biroz shubham bor... Yaxshisi, sening so‘zlaring qanchalik rost ekanini hammaga isbotlab beramiz, — dedi Sera jilmayib.

Hamma jim bo‘ldi. Sinfda hatto pashsha uchsa ham eshitiladigan sukunat cho‘kdi. Asi esa xavotirga tushib, tahlika bilan ko‘zlarini pirpiratdi.

— Mira, qo‘y, — dedi Sera.

Mira telefonidagi videoni sinfdagi katta ekranga uladi. Ko‘zlar ekranga tikildi... Bir zum ichida sinfdagilar Asining musibatini ko‘rishdi. Amaki unga tegajog‘lik qilayotgani, yuzidan o‘pib, qizning esa unga qarshi turmagani tasvirlanmagan edi.

Jkning yuzi birdan tundlashdi. U joyidan otilib turdi.

— Aaaaaasi! — deb baqirdi u.

Qiz qo‘rquvdan titray boshladi. Jk oldiga keldi va yelkasidan siltadi:

— Sen... Ahmoq qiz! Kupaa kunduz kuni bunaqa ish qilganing rostmi?

— Yo‘q, sevgilim! Meni tushun! Men...

— Yetar! Hech narsa eshitgim kelmaydi!

Yujin esa barchasini kuzatib turardi. U dugonalariga bir qarab, istehzoli kulib qo‘ydi. Ha, bu aynan Mira va Seraning ishi edi. Ular qizning ustidan kulishdi, kulgilarida g‘alaba ifodasi bor edi.

Asi esa titragancha, ularning oldiga bordi va nafrat bilan baqirdi:

— Ifloslar! Manjalaqilar! Bu ham sizlarning ishingizmi? Yaramaslar!

Ko‘zlarida yosh chaqnadi, yuragi alam va xiyonatdan tilka-pora edi...