February 9, 2023

"Buyuk allomalarga ehtirom" shiori ostida "Eng yaxshi maqola" va "Eng yaxshi insho" tanlovi

Tanlovda TDYU talabalari hamda universitet qoshidagi akademik litsey o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Ijodiy tanlov uchun maqola va insholar quyidagi mavzularda qabul qilinadi:

- “Alisher Navoiy ijodidan hayratlanaman!”;

- “Alisher Navoiy asarlarida adl (odillik) masalalari!”;

- “Zahiriddin Muhammad Bobur jasorati bizlarga o'rnak!”;

- “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida huquq va davlat boshqaruvi masalalari”.

Yuqorida ko'rsatilgan mavzular asosida taqdim etilgan ijodiy ishlar 2 ta "Eng yaxshi maqola" va "Eng yaxshi insho" nominatsiyalari bo'yicha 1,2,3-o'rin uchun g'oliblar aniqlanadi.

Ijodiy ish kompyuterda word dasturi (14 shrift)da yozilgan hamda ma'lumotlaringiz (familiya, ism, sharif, kursi va guruhi) to'liq ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan talabalar o'z ijodiy ishlarini elektron shaklda 13-fevral soat 17.00ga qadar @TDYUijodkor telegram manziliga yuborishi kerak.