November 25, 2022

“Konstitutsiya haqida eng yaxshi ilmiy maqola”

Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi;

  • mavzuning mazmun-mohiyati to'laqonli ochib berilganligi (ilmiy kriteriyalariga mos va mavzu dolzarbligiga ko'ra);
  • ijodiy ishlarning stilistik va gramatik jihatdan to'g'ri yozilganligi;
  • mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
  • mavzu yoritishda o'ziga xos ilmiy va ijodkorlik xususiyatlari ifoda etganligi;
  • mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to'g'risida takliflar keltirilganligi;
  • maqolada kalit so'zlar, o'zbekcha, ruscha va inglizcha annotatsiyalarning mavjudligi;
  • Taqdim etiladigan maqolalar hajmi 5-8 betdan iborat bo'lishi mumkin.
Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o'zbek, rus yoki ingliz tillarida) kompyuter Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 o'lchamda yozilgan bo'lishi hamda matnlar, ilmiy, texnik, stilistik tahlil qilingan bo'lishi shart. Ijodiy ishlarni joriy yilning 5-dekabr kuniga qadar online tarzda ma'lumotlaringiz (familiya, ism, sharif, fakulteti, kursi va guruhi) to'liq ko'rsatilgan holda @TDYUijodkor telegram manziliga yuborishingiz lozim.