“Yoshlar giyohvandlikka yoʻq deydi”
Tanlovga taqdim etiladigan insholar ( o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida) kompyuter Word dasturida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda , 1 intervalda chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bo‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik, tahrir qilingan bo‘lishi shart.
Yozma materiallarda talabalarning o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan flayerlar rangli, A4 hajmda ko'rinishi va matni yaxlit, diqqatni tortadigan, axborot, reklama, targ'ibot-tashviqot uchun foydalanishga mo'ljallangan bo'lishi lozim. Flayerni tayyorlashda turli innovatsion-amaliy uslublardan foydalanish mumkin.
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlatiladi.