October 9, 2023

"O'zbek tilim - faxrim mening" mavzusida "Eng yaxshi intervyu"

Bunda ishtirokchi o’zi tomonidan 4 daqiqadan oshmagan holda “O‘zbek tilim – faxrim mening” mavzusida erkin video-intervyu tashkil etadi.

Intervyuning mazmunini o‘zbek tili, millat, faxr-tuyg’usi ekanligini to’liq aks ettirgan holda tashkil etilishiga ahamiyat berilishi kerak.

Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan intervyu ravon va tutilishlarsiz, O’zbek tili qoidalariga rioya etgan holda mazmundor tayyorlashiga ahamiyat beriladi. Ishtirokchining davlat tiliga bo’lgan muhabbati taqdim etgan intervyusida xush kayfiyatda aks ettirilishi kerak.

Video-intervyu 5 daqiqadan oshmasligi talab etiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan talabalar o'z ijodiy ishlarini elektron shaklda
16-oktabr kuni soat 17.00ga qadar @zavqiddinovna_21 telegram manziliga yuborishi kerak