"Eng mazmunli va ta'sirchan ijtimoiy rolik" tanlovi
“Eng mazmunli va ta'sirchan ijtimoiy rolik” tanlovi
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida Toshkent davlat yuridik universitetida “Til haftaligi” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida onlayn shaklda o‘tkaziladigan “Eng mazmunli va ta'sirchan ijtimoiy rolik” videoroliklar tanlovi
Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari – davlat tilining nufuzini oshirish, yoshlar o‘rtasida o‘zbek tiliga hurmat hissini yanada kuchaytirish hamda talabalar ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli talabalarni har tomonlama rag‘batlantirishdan iborat.
Videoroliklar ishtirokchining quyidagi mazmunda mahoratini ochib berishi kerak: o‘zbek tilini ulug‘lash; o‘zbek tili bilan bog‘liq ijtimoiy muammoning yechimi; faxr tuyg'usini ifodalash; ta'sirchanligini oshirish
Videorolik kreativ, mazmundor va ta’sirchan, e’tiborni o’zida jalb eta oladigan shaklda tayyorlanishi kerak.
“Eng yaxshi intervyu” tanlovi uchun taqdim etiladigan roliklardan tubdan farq qilishi, turli jarayonlarni aks ettirilishi kerak. Internetda mavjud videoroliklarni taqdim etgan ishtirokchilarning ishlari qabul qilinmaydi.
Videorolikni tayyorlashda ishtirokchi o’zining intellektual salohiyatidan foydalanishi, videorolikda ovozlar yoki sahnaviy chiqishlardan foydalansa albatta o’zining ijrosi ham bo’lishi talab etiladi.
Videorolik davomiyligi 5 daqiqadan oshmasligi zarur
Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan talabalar o'z ijodiy ishlarini elektron shaklda
16-oktabr kuni soat 17.00ga qadar @m7tkd telegram manziliga yuborishi kerak