February 9, 2025

Vampir va Peri sevgisi 💋

Suga: ha oglim sen buni hammasini eplading.

Jk: bilaman dada

Rina : N..nima?

Jungkook birdan yovuzlarcha kulib yubordi. Rina nima boʻlayotganiga tushunmay Jungkookga yosh toʻla koʻzlari bilan qarardi.

Jungkook : Bilasanmi Rina sen juda juda soddasan. Bu soddaliging har doim mening kulgimni qistatgan.

Jungkook Rinani quchogʻidan itarib oʻrnidan turdi. Rina hali ham hech nimani anglab yetmagan, Jungkookning gaplarini tahlil qilardi.

Jungkook : Axx Peri boʻlish meni rosa toliqtirdi.

Suga : Oʻlikni olib keling.
Suga
Suga bir ikkita vampir yigitga jang payti oʻlgan Perilarning birini olib kelishdi. Jungkook hech bir ikkilanishlarsiz uning boʻyniga tishlarini sanchib uning oxirgi tomchisigacha soʻrib oldi.

Rina koʻrgan manzarasidan hayratda edi. Nima qilishni bilmasdi. Huddiki kimdir uning yuragini yulib olib koʻz oʻngida maydalab unga yedirayotgandek boʻldi.

Rina : J..Jungkook. S..sen vampirmisan. Yoʻq, yoʻq boʻlishi mumkin emas. Q...qanaqasiga? Men ishonmayman.

Jungkook perining qonini ichib boʻlib yana Rinaga yuzlandi

Jungkook : Axx Rina gʻirt laqmasanda. Nima koʻrmayapsanmi? Qonni sogʻingandim. Lanati seni sevish rejasini deb qonsizlikdan oʻlib ketishimga bir bahya qolgandi.

Rina : Sen meni sevmaysanmi? Nega meni aldading?

Rina endi ojizlik hissini tuydi. Sevgilim degan insoni uni yuragini parchalagandi. Koʻzlaridan yoshlar oqqancha atrofga qaradi. Bir nechta perilar oʻlgan, Taehyung ogʻir axvolda, Jimin zoʻrgʻa oʻzini ushlab turibdi u ham koʻp qon yoʻqotyapti.

Rina: Bariga men aybdorman. Seni sevmaganimda bu ishlar boʻlmasdi.
Rina
Jungkook : Sen shundogʻam meni sevmaysan. Sen shunchaki vampir jodusi taʼsiridasan. Bu orqali men seni hohlaygan koʻyimga solishim mumkin azizam Rina.

Jungkook yana qah qah otib kula boshladi. Isuu sekin Jungkookning yoniga keldi. Jungkook ham Isuuni koʻrib belidan mahkam quchib oldi va boʻynidan chuqur boʻsa oldi.

Isuu bu holatdan hijolatlik bilan ularga gʻazab bilan boqib turgan Jungwoonga qaradi. Uning qoʻllari musht boʻlgandi. Koʻzlaridan olov yonardi. Isuu huddi oʻzini xiyonat qilayotgandek his qildi.

Jungwoon

Jungkook : Axx seni qanchalar sogʻinganimni bilsang edi. Azizam Isuu bugun tunimiz ajoyib boʻladi. Sening tanangni juda sogʻindim.

Jungkook Rinaning ularga koʻzlaridan tinmasdan yosh oqayotgan koʻzlari bilan qarab turganini korib Isuuning boʻynidan yana chuqur boʻsa oldi.

Rina/pov : Yuragim qattiq ogʻriyapti. Lekin Jungkook uchun emas. Men doʻstlarimni, Taehyungni qattiq xavf xatar ostiga qoʻyganim uchun. Men nimalar qilib qoʻydim. Bu men uchun eng ogʻir jazo boʻldi.

Jungkook : Rina xonim sizga tomosham yoqti deb oʻylayman. Bu uchun qancha harakat qildim axir. Qanchadan qancha jirkanch boʻsalar u quchoqlashishlar. Oson boʻlmadi menga.

Rina: Sen dunyodagi eng jirkanch maxluqsan Jeon Jungkook.

Jungkook qattiq kulib yubordi. Sekin Rinaning yoniga kelib uning iyagidan qattiq ushlab oʻziga qaratdi.
Jungkook
Jungkook : Hayoting mening qoʻlimda ekanligini unutma Jeon Rina. Bundan tashqari mana bu doʻstlaring ham ortingdan ketishi mumkin. Shunday ekan tilinga ehtiyot boʻl. Keyingi safar ogohlantirib oʻtirmayman.

Jungkook uning yuzini qattiq siqib qoʻyib yubordi. Rina ogʻriqni his qilsada oʻzini kuchli tutishga harakat qilardi.

Jungkook : Xalqim men sogʻingandir. Men juda charchadim. Ularni olib zindonga tashlang. Keyinroq ishni boshlaymiz. Hozir esa men goʻzalim Isuu bilan dam olmoqchiman.

Jungkook Isuuni belidan ushlab olib keta boshladi. Isuu Jungkookga ogʻir kulib qoʻyib Jungwoonga yana bir bor qaradi lekin u allaqachon ketib boʻlgandi.

Isuu/pov : Negadir oʻzimni gʻalati his qilyapman. Jungkook yonimga qaytdi. Buni uzoq vaqtdan beri kutgandim. Sevgilim yonimda lekin negadir baxtli emasman. Nima boʻlyapti oʻzi menga? Jungwoonni qarashlari meni juda xafa qildi.
Isuu
Suga : Ularni olib keting. Hammasini zindonga tashlang. Oʻliklari sizlarga sovgʻa.

Suga ham Jungkook va Isuuni ortidan ketdi. Rina hissizlarcha bir nuqtaga qarab turardi. Vampirlar kelib uni qoʻpollik bilan turgʻazib vampirlar saroyi tomon olib ketishdi.

Isuu va Jk xonaga kirishdi.

Isuu: sevgilim tayyorlanaymi, bugun tunda yana birga bolamizmi.

Jk: xonadan chiqib ket, Isuu

Isuu: nimaga axir hozir birga bolamuz dedingku.

Jk: xonadan yoqol yolgiz qolishni xoxlayman, hozir senga muhtoj emasman, meni tushundings Isuu.

Isuu: ha mayli biroz tinchlan keyinroq kelaman......