June 23, 2025

Fiery Hearts

Samolyot asta osmonga ko‘tarilib borarkan, salon ichida tinchlik hukm surardi. Yoritilgan derazadan quyosh nurlari ichkariga tushib, yumshoq nur sochayotgandi. Maya oynaga tikilgancha o‘tirar, hech kimga bir og‘iz so‘z demasdi. Uning nigohi uzoqqa, bulutlar orasiga qadalgandek, go‘yo yuragidagi bo‘shliqni osmonga aytmoqchidik.

Uning yonida o‘tirgan Zara Mayaning yuzida paydo bo‘lgan mayuslikni darrov sezdi. U asta qo‘lini Maya qo‘liga qo‘ydi.

— Nima bo‘ldi, Maya? — dedi muloyimlik bilan.

Maya chuqur nafas oldi. Labini tishlab, bir muddat jim qoldi. So‘ng ovozida og‘riq bilan sekin gapirdi:

— Qancha vaqtda qaytyapmiz Koreyaga? Bilmayman… Ularni yana ko‘ramizmi. Ular bizni eslasharmikan?..

Uning ovozi pasaydi, ko‘zlari esa allaqachon namlangan edi. Derazadan osmonga tikilgancha, yuragidagi savollarni javobsiz qoldirdi.

Ularning ortida o‘tirgan Lilly bu gaplarni eshitib, jilmayib qo‘ydi. Og‘irlikni yengillashtirmoqchi bo‘lib, har doimgidek hazil qilishga urindi:

— Bilmadim, Maya… Seni eslasharmikan, yo‘qmi… lekin bizni albatta eslashadi!

Maya unga ortga burilib, ajablanib qaradi:

— Nimaga bunaqa deyapsan?

Lilly kulimsirab, yelka qisdi:

— Axir bolaligingda sen irkit o‘rdakcha eding-ku! Hozir ham o‘zgarganing yo‘q, xuddi o‘sha-o‘shasan

Shu so‘zlardan Maya avvaliga hayron bo‘ldi, so‘ngra beixtiyor kulib yubordi. Ko‘zidagi yosh bilan kulgi birga aralashib, yuragini ozgina bo‘lsa ham yengillatdi.

Zara esa Lillyning bu so‘zlarni ataylab, Mayaning yuragidagi og‘irlikni yengillatish uchun aytganini sezdi. U bir-biriga suyanib yashaydigan bu do‘stlikdan yuragi iliqlik bilan to‘lib ketdi.

Samolyot Seul aeroportiga qo‘nganida, uchalasi ham jim edi. Har birining ko‘nglida turli xil o‘ylar aylanardi. Yangi boshlangan hayot, orzular, va ortda qolgan xotiralar...

Penxausga yetib kelishganida, ularning oldida keng, yorug‘, zamonaviy va har jihatdan qulay uy kutib turgan edi. Har bir hizmatchilar hurmat bilan qizlarni xonalarini tayyorlab — "Xush kelibsiz" deb turardi.

— Hozircha dam olaylik, — dedi Zara charchagan ohangda. — Keyin hammasini o‘tirib gaplashamiz,deb oʻz xonalariga kirib ketishdi

Politsiya bosh mahkamasida.

Tinchlik. Faqat devordagi soatning "tik-tak" tovushi eshitilardi.

Jungkook, Taehyung va Jimin kutish xonasida zerikkancha o‘tirishardi. Har uchalasi qora forma kiygan, maxsus agentlarga o‘xshar, lekin nigohlarida biroz befarqlik va sabrsizlik ufurib turardi.

Jimin ikki do‘stiga qaradi.
— Yana qancha kutamiz, a? Qani o‘zi bu bizga tanishtiradigan sirli agent? — dedi, peshonasini tirishtirib.

Jungkook ko‘zini telefonidan uzmasdan javob berdi:
— Ozgina sabr qil, hozir kelib qoladi. Hamma narsani rejalashtirish osonmas.

Jimin burnini jiyirib, ohangida hafsalasizlik bilan pichirladi:
— Axir bir soatdan beri shu yerdamiz-ku... Menimcha, bu "sirli agent" o‘zi yo‘q.

Taehyung ularning gaplariga kulib qo‘ydi.
— Balki bizni sinayapti. Sabrsizlik ham zaiflik, unutmanglar, — dedi ko‘z qisib.

Shu payt eshik sekin ochildi. Uchovlon birdan jiddiylashib, nigohlarini eshik tomon burishdi.

Ular agent deb o‘ylagan inson – baland bo‘yli, sovuq qiyofali bir erkak deb tasavvur qilishgan edi. Ammo...

Oldilariga barchaning nigohini o‘g‘irlaydigan darajada go‘zal, o‘ziga ishonchli bir ayol kirib keldi. Yelkalari tik, qadamida qat’iyat bor. Ko‘zlarida esa sir yashiringan.

U jilmayib, salom berdi:
— Kechirasiz, janoblar. Biroz ushlanib qoldim. Lekin... buning evaziga sizlarga juda muhim ma’lumotlar olib keldim

U deraza pardalarini tushirdi. So‘ng xona chirog‘ini o‘chirib, katta ekran yoqildi. Yorqin chiroqlar ichra birinchi surat paydo bo‘ldi.

Agent ekranga qarab sekin gap boshladi:
— Marhamat, e’tiboringizni qarating. Tanishinglar — bu Elizabet

Mayaning surati ekranda porlab turardi. Soddaligi, beg‘ubor nigohi, sokin qiyofasi. Moviy koʻzlar,uzun sochlari. Ammo...

— Bu qizni ko‘rib, uni bechora yoki oddiy deb o‘ylamang. Elizabet — zamonaviy dunyoning eng mohir hakeri. U buzib kira olmaydigan sayt yo‘q. Hattoki kirganini sezmasligingiz mumkin. Ko‘rinish aldamchi,u oʻziga hos qiyofasi bilan har qanday erkakni chuv tushirishga qodir — bu qiz otash kabi xavfli

Ekranda keyingi surat paydo bo‘ldi — bu Lilly edi.

— Navbatda — Veronika. Elizabetning opa-siñgildek yaqin sherigi. Har qanday seyfni, eshikni, kodli qulfni ochishda tengi yo‘q. Hatto maxfiy harbiy xavfsizlik tizimlari ham unga bardosh bera olmaydi. Qiyinchilik? U uchun bu faqat chaqaloq o‘yinchog‘i.

Keyingi suratda esa Zaraning surati paydo bo‘ldi. U boshqa suratlardan farqli ravishda, o‘ziga xos jozibasi, jiddiy nigohi bilan ajralib turardi.

— Va nihoyat — Stifaniya Bu qiz eng shafqatsizi. U uchun o‘g‘irlay olmaydigan narsa yo‘q. Har qanday muhofazali, imkonsiz deb hisoblangan hudud — uning o‘yin maydonchasi. U xohlaganini oladi. Iz qoldirmaydi. To‘xtash nima ekanligini bilmaydi.

Xona jim bo‘lib qoldi. Uchala yigit suratlarga tikilgancha, o‘yga cho‘mishdi.

Agent ohangini biroz pasaytirib, so‘zini yakunladi:
— Ular bizni bir necha bor chuv tushirishgan. Doim suvdan quruq chiqadigan suv parilari koʻrinishidagi oʻgʻrilar

Taehyung jilmaydi.
— Xavfli go‘zallar, a?..

Jimin boshini qashidi.
— Bu endi qiziq bo‘lishiga o‘xshaydi...

Jungkook esa Mayani suratidan ko‘z uzmasdi. Ichida allaqanday notanish his uyg‘ongan edi.

Xona sokin. Tashqaridagi mashinalar tovushi eshitilmasdi. Deraza yopiq, chiroqlar o‘chiq. Ekran hali ham xira yaltirardi. Xonaning o‘rtasida agent Misu tik turardi. Qorong‘ilik ichida faqat uning ovozi aniq eshitilardi.

U qo‘llarini oldida qovushtirib, ohangini pasaytirdi. Ko‘zlarida jiddiylik, yuzida tiniq ifoda.

— Bu uch qiz har doim chiroyli. Har doim mukammal. Ularni ko‘rgan odam, ayniqsa erkaklar… birinchi nigohdayoq hushini yo‘qotadi.

U yurib, ekranning oldiga yaqinlashdi. Suratlar almashib turgan ekran to‘liq yoritilganida, Misuning yuzi hamda orqasidagi qizlarning suratlari bir-biriga qo‘shilib ketganday ko‘rindi.

— Ularning otasi — Venchenzo. Sobiq mafiya boshlig‘i. Juda qattiqqo‘l. U qizlarini beg‘ubor mehr bilan emas, sovuq intizom bilan tarbiyalagan. Ular bolaligidan qonun buzishning har bir nozik jihatini o‘rgangan.

U barmog‘ini suratdagi qizlarga tik qaratdi.

— Bugun bu qizlar... jinoyat olamining malikalariga aylanishgan.
Boshqacha aytganda, ular iblisga ham dars beradigan darajadagi ayollardir.

Shu payt u chiroq tugmasini bosdi.

Xona birdan yorishdi. Yorug‘likka ko‘zlari ko‘nikgan yigitlar bir muddat jim turishdi. Ular so‘zsiz nigoh almashdi.

Jungkook ohangsizgina boshini quyi solgancha, so‘ng ko‘zlarini ko‘tardi. Qoshlari chimirilgan, yelkalari biroz tik.

— Demak, bu qushchalarni hozirgacha hech kim qo‘lga ola olmagan, a? — dedi u ohangida nafaqat hayrat, balki ozgina g‘azab ham bor edi.

Agent Misu chuqur nafas oldi, so‘ng muloyim, ammo qat’iy ohangda javob qaytardi:

— Afsuski, ha. Ularning qo‘li juda uzun. Eng muhimi — iz qoldirishmaydi. Tizimda, kamerada, hatto guvohlarda ham iz yo‘q. Shu sababli, hech kim ularni fosh qila olmagan.

Taehyung qulog‘i ostidan yengil kulib qo‘ydi. Ko‘zlarini qisib, stulda yelkasini orqaga tashladi.
— Qiziq... — dedi u. — Balki boshqa hech kim tutolmagandir... lekin biz tutamiz. Hatto o‘zlari ham sezmay qolishadi.

Jimin ham unga ergashdi. Qovog‘i ochilgan, labida kulgi, lekin ohangida ishonch bor edi:
— Men ham bunga ishonaman. O‘ylab ko‘ringlar... ular o‘zlari kelishdi. O‘z yuragimizga kirib kelishdi. Bu — ularga qimmatga tushadi.

So‘ng, birdan savol berdi:
— Qani endi, aytingchi, qaysi olmos uchun kelishgan? Ma’lumot bering.

Agent Misu stulga cho‘kdi. Sumkasini ochib, ichidan silliq, muhrlangan, o‘ziga xos maxfiy belgilar tushirilgan ko‘k rangli konvertni chiqardi. U qog‘ozni sekinlik bilan ochdi va uchalasi tomon surdi.

— Bu olmos “Qora Gul” deb nomlanadi. Dunyoda yagona. Tarixiy va madaniy qiymati juda katta. Hozirda Seuldagi markaziy muzeyda ko‘rgazmada turibdi. Faqat bir hafta. Faqat yetti kun.

Jungkook qog‘ozni olib ko‘zdan kechirdi. Har bir tafsilotga e’tibor berardi. Yonida Taehyung va Jimin ham yonma-yon qarashardi.

Biroz sukut. So‘ng Jungkook ohangida qat’iylik bilan so‘z ochdi:

— Unda... ularni kuzatamiz. Har bir qadamlarini.

Taehyung:
— Va qachon ushlanganlarini o‘zlari ham anglamay qolishadi.

Jimin esa jilmaydi:
— O‘yin boshlandi, agent Misu

Misu hech narsa demadi. Faqat labida yengil, sirli tabassum bilan yigitlarga tik qarab turdi.

Seul Markaziy Muzeyi.

Yomg‘ir tomchilari muzey tomini ohangli urib turardi. Tashqarida qorong‘ulik, ichkarida esa sukunat... go‘yoki hamma narsa tinch. Ammo bu tinchlik — bo‘ron oldidan.

Muzeyning orqa tomonida qora mashina ichida uch nafar agent — Jungkook, Taehyung va Jimin yashirin kuzatuv holatida o‘tirishardi. Har birining qulog‘ida maxsus aloqa qulog‘ochi, ko‘zlari esa tungi ko‘ruv ko‘zoynagi bilan to‘la tayyorlikda.

Jungkook past ovozda gapirdi:

— Obektivda harakat bor. O‘ng qanot tomondan... Ayol silueti. Yolg‘iz emas. Ikkinchisi ham ko‘rindi. Uchinchisi orqada.

Taehyung pichirladi:

— Tasdiqlayman. Soat 01:47. Bizning parilar uchib kirishmoqda…

Jimin:
— Ajoyib. Qani endi, biz ulardan qadam oldinda bo‘laylik. Bugun tuzoq tayyor.


Ichkarida. Muzey binosi.

Qizlar — Elizabet (Maya), Veronika (Lilly) va Stifaniya (Zara) qora libosda, yuzlarida niqob, harakati yengil va sukunat bilan ilgarilab borishardi. Har bir qadam — rejalashtirilgan, muvofiqlashtirilgan.

Maya past ovozda gapirdi:

— Tizim o‘chirilgan. Veronika, kameralarni uzib qo‘ydingmi?

Lilly (Veronika) jilmayib javob berdi:
— Ular hozir menga TikTok ko‘rishyapti deb o‘ylashmoqda. Hammasi joyida.

Zara (Stifaniya) qo‘lida kichik qutichani silkib ko‘rsatdi:

— Olmosga olib boradigan eshik ochildi. Uch daqiqa ichida olamiz va chiqamiz.

Maya chuqur nafas oldi.
— Unda boshladik. Qizlar, bu safar ham biz afsonamizni davom ettiramiz.


Tashqarida. Kuzatuv mashinasi.

Jungkook mikrofonni yoqdi:

— Ular harakatni boshladi. Jimin, orqa eshikdan kirasan. Taehyung, chap qanot — seniki. Men markaziy zaldan. Hammasi aniq bo‘lsa — reja bo‘yicha ushlaymiz.

Uchovlon mashinadan tusha boshlashdi. Yomg‘ir ostida sukunat, faqat yurak urishi tezlashgan edi.


Ichkarida. Olmos saqlanayotgan xona.

Zara qutini ochdi. Uning ichida — "Qora Gul" nomli betakror olmos. Uning nuri xona ichini yoritganday bo‘ldi. Qizlar bir lahza jim bo‘lib, unga qarab turishdi. Go‘yoki o‘g‘rilik emas — san’at edi bu.

Lekin shu payt —

— Qo‘llaringni ko‘tar! Harakat qilmang! Sizlar qo‘lga olindingiz!

Eshik ochilib, Taehyung, Jungkook va Jimin uch tomondan ularni qurshab olishdi. Qizlar hayratlanmadi. Hatto cho‘chib ham tushmadi.

Maya asta orqasiga o‘girildi, niqobini yechdi. Yuzida yengil jilmayish bor edi.
— Sizlarni kutgan edik.

Jungkookning qo‘lida qo‘rquv aralash g‘azab bor edi.
— Bu safar bunday oson qochib qutulmaysizlar!

Taehyung Zarani qoʻlidan olmosni oldi va kulib kishanlamoqchi boʻldi

Lekin Maya ko‘z qisdi:

— Qani ko‘ramiz...

To‘satdan pol tagidan yengil tutun chiqa boshladi! Xona birdan tuman ichida qoldi.

Jimin:
— Yo‘q! Havo tutuni! Ko‘rish qobiliyati yo‘qolmoqda!

Zara kulib Taehyungni boʻynidan qoʻllarini oʻtkazib qulogʻiga pichirladi:
— Bizni tutish bu shunchaki oson ish emas,bu ilojsiz — deb uni koʻkraklaridan silab pastladi va yengil aʼzosini ehtiros bilan siladi
Bunday holatni kutmagan Taehyung joyidan qimirlolmay qoldi
Zara osongina olmosni olib, tutun tarqalguncha qizlar allaqachon yo‘qolib bo‘lishgan edi. Faqat oynadagi barmoq izlari va orqada qoldirilgan bitta qora vizitka bor edi.

U vizitkada yozuv bor edi:

> “Rahmat, yigitlar. Olmos juda go‘zal edi 😉

— Parilar”


Tashqarida.

Yomg‘ir yana yog‘ardi. Qizlar qora mashinaga o‘tirib, yo‘qolib ketishdi. Salonda Maya jilmayib o‘tirar, qo‘lida "Qora Gul" porlardi.

Lilly kuldi:
— Yana bir marta... mukammal chiqdi.

Zara haydovchilik qilayotib kulib javob berdi:

— Bizni tutaman deganlar… faqat orzu qiladi.


Orqada esa...

Jungkook jim turardi. Ko‘zlarida g‘azab bilan qizishgan alam bor edi.
— Bu hali tugamadi.

Taehyung unga qarab sekin dedi:

— Ular bizni chuv tushirishdi.

Jimin boshini qimirlatdi:
— Lekin bu o‘yin endi jiddiy boshlanyapti...