August 13, 2025

Tested Love

Ep_5

Hammadan kech uyquga ketgan bo'lsada, hammadan erta uyg'onga Jimin xonasidan deraza orqali hovlidagi bog'ni biroz tomosha qildi. Garchand qarshosida go'zal manzara bo'lsada, hayolida kecha kechqurungi qaynoq tun edi. Uning bu kabi hayollarini telefonining ovozi buzib yubordi

Odatda Jiminni tong saharlab hech kim bezovta qilmaydi, shuning uchun ham uning qoshlari biroz chimirildi ammo telefondagi yozuvni ko'rib biroz yuziga tabassum yugurdi

— Nahotki, nahotki Jeon Jungkook bizni tong saharlab eslab qolibdilar. Nima bo'ldi yomon tush ko'rdingmi?
Yuzida tabassum bilan kesatiq gaplar gapirgan yigitning gapiga telefon orqasidan biroz yengil kulgu ovozi eshitildi

— Kesatishingiz shart emas janob Park shunchaki do'stimdan bir habar olib qo'yay degandim

— Meni ahvolim yaxsh do'stim. Ko'riahmaganimizga ham ancha bo'ldi, chet eldan kelganingdan beri eslamaysan ham ....
O'zicha hafa bo'lgandek nolidi Jimin. Uning bu harakatlaridan kulgan Jungkook negadir undan Mayani so'ramoqchi bo'ld

Aslida ham Jungkook Mayani ahvoli haqida so'rash uchun Jiminga qo'ng'iroq qilgam edi. Chunki Jungkook juda yaxshi bilar edi, kecha Maya juda hafa va tushkun ahvolda edi. Ammo nima qilsin unga borib taskin berolmasdi axr uning bu holatga tushishiga o'zi sababchiku

— Hamma yaxshimi Amakim, Yunxi xolam .... Mayachi uni ahvoli qanday....
So'ng jumlalarini biroz titrab aytgan yigit do'stidan singlisini ahvolini suragani uchun ham biroz o'ziga lanat o'qidi ammo nima ham qilsin uni ahvini faqat Jimin orqaligina bilib turishi mumkin edi

Mayaning ismini eshitganidan keyin Jiminning qoshlari biroz chimirildi va biroz sovuq ohangda

— Ha ahvoli yaxshi .... faqat kecha zinadan yiqilib tushdi shunga do'ktir tinchlantiruvchi dori bergan hozir uhlab yotibdi

Jiminning gaplarini eshitib Jungkookning yuragi qinidan chiqib ketay dedi

— Nima, ahvoli hozir yaxshimi. Unda men uni ko'rgani boraman
Undan havotir olganidan nima deyayotganini bilmagan Jungkook so'zlarini yakunlab bo'lganidan so'ng anglab yetdi nima deb qo'yganini

— Ya'ni ko'rishmaganimzga ham ancha bo'ldi. Amakimni ham bahonada ko'rib kelaman, Maya ham singlimdek bo'lib qolgan uni ham ko'rib kelaman

Jungkookning bu gapirgan gaplariga Jimin ham kamida Jungkookning o'zidek ishonmasada ammo do'stini hafa qilishni hoxlamasdi va o'zini bosishga harakat qildi

— Albatta kelaver seni kutamiz
Deb majburlikdan biroz jilmaygan Jimin aloqani tez yakunladi va chuqur nafas olib o'ziga kelishga harakat qildi

Quyoshning kuchsiz nurlari xonani yoritar ekan ko'zlariga tushgan yorug'lik sabab Lilly joyidan biroz qo'zg'aldi ammo tanasidagi bu og'riq va o'girlik sabab ko'zlari kattalashib ketdi. Asta o'zini o'nglashga harakat qilayotgan tanasidagi chidab bo'lmas og'riq va kecha tundagi voqealar sabab ko'zidan to'xtovsiz yoah oqar edi

Lillypov: Bu nimasi, men nimalarni kutgan edimu ammo nimalar qarshimdan chiqdi. O'sha mahluq, men akam bo'lishini orzu qilgan mahluq meni nima ko'ylarga soldi. Qanday qilib menga bu ishni qildi. Meni unga nima yomonligim tegdi. Nega mendan bunchalar nafratlanadi? Nega men bunchalar baxtsizman

Hayolidan shunday fikrlarni o'tkazgancha ancha vaqt yig'lagan Lilly endi hamma narsaga kech ekanini anglab o'g'riqlarga qaramay o'rnidan turdi va hommomga kirib ketdi. 30 daqiqalar dushda chiqqan qiz tashqaridagi shovqin sabab eshik tomon tura boshladi

Qarama - qarshi vaqt

Maya allaqachon ko'zlarini ochgan atrofida esa hamma bor edi hatto Jungkook ham kelib bo'lgan edi. Maya atrofiga ko'zlarini bir - bir pirpiratib qarar ekan uning nigohi Jungkookda to'xtadi va biroz tabassum qildi

Jimin uning atrofida parvona bo'lib tinmay savol berar edi

— Mayam, go'zlim ahvoling yaxshimi? Bizni qo'rqitib yubordingku. Hech qayering og'rimayaptimi? Boshing aylanmayaptimi?
Havotirli niohlar bilan unga qarab turgan akasining savollariga Maya biroz jilmayib javob berdi

— Qo'rqmang akajon ahvolim juda ham yaxshi. Hech qayerim og'rimayapti. Bunchalar ko'p havotir olasiz aaa, axir yosh bola emasmanku
Mayaning so'zlaridan Jimin yengil kulimsirab sochlarini siladi

— Sen men uchun doimo jajji qizaloqsan malikam. Ho'sh aytchi seni kecha Lilly zinadan itarib yubordimi?

Jiminning keskin gapidan Jungkook va Yunxi xonim birox bezovtalanib Janob Parkga qarashdi. Maya esa akasining gaplarini eshitib ko'zlari sezilarli darajada kattalashdi va hayron qoldi

— Aka bu nima deganingiz. Meni yiqilganimga Lillyning nima aloqasi bor. U hech narsa qilgani yo'q
Jimin esa Mayaning gaplariga ishonmaygina undan ko'zlarini uzmadi

— Malikam sen qo'rqma menga hammasini aytishing mumkin. Nima u seni qo'rqityaptimi?
Jiminning bu gaplarini ezhitgan Maya biroz ko'zini yuqoriga aylantirdi

— Aka nega ishonmaysiz Lilly menga hech narsa qilgani yo'q. Kecha kun bo'yi ovqatlanmagan edim shunga biroz boshim aylandi keyin esa hushimdan ketibman va buyog'i o'zingizga ma'lum
Mayaning beparvolik bilan gapirgan gapini eshitgan Yunxi xonim chuqur "uh" tortdi. Jimin esa o'tirgan joyidan hatto qo'zg'alolmay qoldi

Jiminpov: Jin ursin* demak u Mayaga hech narsa qilmagan ekanda men esa kecha uni....
Shu hayollarni o'ylagancha eshik tomon qaragan Jiminning nigohi ko'zlarida yosh bilan ularni suhbatini tinglab turgan Lillyga tushdi. Lilly esa Jimin uni ko'rganini payqab darrov xonasi tomon ketib qoldi

— Haligi dada sizlar Mayaga qarab turinglar men hozir qo'ng'iroq qilishim kerak edi
So'zlarini yakunlab katta qadamlar bilan tashqariga chiqib ketgan Jiminning ortidan bir muddat hamma tikilib qoldi so'ng Yunxi xonim gap boshladi

— Qizalog'im nega och yurasan aaaa. Biz sendan juda ham xavotir oldik
Yunxi xonim kuyinib gapirar ekan Maya esa yuzida afsus bilan biroz bosh egdi

— Kechiring oyijon ....
Mushukchadek ko'zlarini mo'ltillatib turganini ko'rgan Yunxi darrov borib Mayani quchoqlab oldi

— Uzr so'rama qizim ammo qaytib bunday qilma. Sen dam olib tur men senga hozir qaynoq sho'rva tayyorlab kelaman
Yunxi xonim so'zlarini yakunlab Janob Park bilan oshxonaga tushib ketiahdi

Yunxi xonim

Oraga g'alati sukunat cho'kdi, bu sukunatga ortiq bardosh bera olmagan Jungkook gap boshladi

— Rostdan ham hech qayering og'rimayaptimi?....

— Bu sizga chindan ham qiziqmi?
Mayaning keskin gaplari Jungkookni biroz hayron qoldirdi ammo o'zini yo'qotib qo'ymadi

— Agar qiziq bo'lmaganida hozir bu yerda bo'lmas edim
Jungkookning bundan javob berishini kutmagan Maya biroz jim qoldi

— Nega kecha ovqatlanmading?
Jungkookning bergan savoliga yalt etib qaragan Maya biroz kulimsiradi

— Menimcha buning javobini hammadan ham siz yaxshi bilasiz...? Xo'sh, kecha tushligingiz qanday bo'ldi? U qiz bilan vaqtingizni juda ham yaxshi o'tqazgandirsiz
Ko'zlarida yosh bo'lmasada ovozidagi titroqdan qizning ichki o'g'rig'ini his qilib turgan yigit biroz boshini quyi solib Mayaning yaravatini chetiga o'tirdi

— Men kecha biroz oshirib yubordim meni kechir ....
Yigitning hatto shu gaplarini o'zida erib ketgan qiz darhol yigitning qo'llaridan ushladi

— Bu sizning aybingiz emas. Men sizdan hafa emasman
Qizning ko'zlariga qarar ekan shu kichik gapga ham undan qanchalik umidlanayotganini sezgan yigit darhol qo'llarini tortib oldi va hech narsa demay xonadan chiqib ketdi

Uning ortidan termulib qolgan Maya esa o'zi eshitadigan darajada pichirlab ko'zlaridan bir tomchi yoah oqdi

— Doim shunday mendan qochadi ....

Xonasiga kirishi bilan yig'lab yuborgan qiz joyiga o'tirib qoldi ammo eshikning ochilganini sezganidan keyin ko'z yoshlarini artib biroz sergak to'rtdi. Orqasiga o'girlar ekan o'zi mahluq deb ataydigan o'sha " akasi " turganini ko'rib Lillyning ko'zlariga yana yosh to'ldi

— Xo'sh, Mayaning gaprini eshitdingizmi? Siz hali ham ....
Gaplarini gapirib bo'lmasidan Jimin uning gaplarini bo'lib u tomon yaqinlashdi va qo'llarini mahkam ushlab uni siqib qo'ydi

— Ha Mayaning gaplarini juda yaxshi eshitdim. Sen uni itarib yubormagan ekansan. Ammo sen ham meni gaplarimini ikki qulog'ing bilan ham eshitib ol. Sen bu ishda ayibdor emassan degani men seni yaxshi ko'rib qolaman yoki senga ishonaman degani emas. Qadamingni o'ylab bos. Mendan uzoqroq yur. Bizni oilamizni buzishga harakat qilma ta'kidlayman Mayaning o'rnini bosishga umuman harakat qilma. Sen doimo oilamiz uchun begonasan. Kechagi ishlar esa sen uchun dars bo'lsin. Men qarahimdan qaytib chiqma
Jimin so'ngi so'zlarini urg'u bilan aytib Lillyni polga uloqtirdi va xonadan chiqib ketdi