August 29, 2025

My Two Wiwes// Mening ikki xotinim

Bahor tugar oqshom , ikki dugona bugun universitetni alo baholar bilan tugatishdi, Yn va Jia yoshligidan beri doʻst edilar , chunki ularning ota onasi ham hamkorlar boʻlib qizlarning onasi ularni bir kunda dunyoga keltirishgan edi

Qiziq
Dedi Jia Ynga termulib

Bugun ham menikida tunab qolsang xolam urushmaydilarmi
Umuman olganda yoʻq axir sen va menga ishonishadi aksiga olib ularni bugun kichik bazmlari chet ellik hamkorlar bilan uchrashuv

Unda bir bazm qilmaymizmi ? Har holda katta qizlar boʻlib qoldik

Oʻhoʻ bu gaplarni oʻtgan hafta shokoladli qasrim boʻlishini xoxlayman degan qiz gapiryabdimi

Yn Jiaga qarab tirjaydi

Bu narsa allaqachon oʻtmishda qoldiku
Baribir seni yoshligingdan bilaman axir hech ulgʻayishni xoxlamas eding

Boʻldi gapni koʻpaytirma men bilan ketasanmi yoki shu zimiq uyda qolib xolang va amaking uyga qaytishini kutasanmi?
Eh boʻpti sen bilan boraman...
Unda kiyim

Jia hotirjamlikni yoqib garderobiga kirib eng kalta va chiroyli ochiq koʻylakni kiydi

Xoʻsh qalay yarashibdimi
Ochilib ketibsan lekin koʻylaging juda kalta emasmi

Oh Yn juda sodda sanda qaysi ahmoq qiz klubga shim kiyib boradi
Bilsang shim kiyish menga yoqadi Albatta hamma oʻziga yarashgan kiyimni kiyadida

Boʻpti sen bilan tortishganni foydasi yaxshisi tezroq keta qolaylik

Umuman olganda bu gapinga qoʻshilaman

Yn ham Jiaga ergashib qimmat rusumli BMW mashinasiga mindi va barcha boylarning kundalik ishiga aylanib ulgurgan mashhur OCTAGON klubiga ketishdi, bu klubda nafaqat boylar balki mafiyalar va kpop idollari ham koʻngilxushlik qilishardi

Jia Ynni qoʻlidan ushlab bar yoniga borishdi eng oʻtkir ichimlikni buyurtma qilishgancha shovqin surondan bahra olishardi
Toʻgʻridagi erkaklar esa qizlarni yeb qoʻygudek qarashar va chlendan havoga sigara tutunini chiqarishardi

Yn
Dedi Jia ulardan 3stol naridagi shira kayf yigitga ishora qilib

Nima deysan
Anavi yigit kelishgan ekan toʻgʻrimi balki u bilan tanishib koʻrarsan senga boshqacha qarayabdi

Qoʻysangchi Jia oʻzi shu yetmay turibdi bilasan yigitlarga hushim yoʻq hohlasang oʻzing borib tanish

Jon deb borardim lekin menga shira kayf yigitlar yoqmaydi

Jungkook sokin viskidan hoʻplab yoniga oʻng qoʻlini chaqirdi

Eshitaman janob
Bu qizlar kim taniysanmi?
Oʻng tarafdagisi Miss Jia janob Han Junning qizi , chapdagisi Park Yn Minho Parkning qizi, ikkalasining ham ota onalari Jeon Korporation hamkorlari
Ketishing mumkin

Shu ikki sovuq soʻz va yordamchi sekin u yerdan ketdi

Medival Castle ( Jeonlar qoʻrgʻoni)

Janob Han bu kelishuv oilalarimizga uzoq muddat manfaat keltiradi degan umiddaman

Janob Jeon , Janob Hanning qoʻlini siqib qoʻydi

Albatta Mr,Jeon axir mening yakkayu yagona durim Jungkookdek kelishgan yigitga mos
Ha Jia juda chiroyli qiz boʻlgan menimcha vaqtni choʻzmasdan tezroq toʻyni boshlasak boʻlardi
Dedi Jeon xonim

Mr.Jeon:Men roziman toʻy qancha tez boʻlsa shuncha tez nabiralik boʻlamiz

Barcha oila aʼzolari haholab kulib bugungi kelishuv tantanali nishonlashdi

.
.
.
.
.
Avtor by: Zara Xan