November 6, 2025

YANGI YIL 2026 Zamindor Resortda

Tog‘lar bag‘ridagi yangi yil sehri

Zamindor Resort — O‘zbekistonning Zomin milliy bog‘ida joylashgan nufuzli kurort mehmonxona

☃️ Bayram muhitiga sho‘ng‘ing: Yangi 2026-yilni Zamindor Resort hashamatli premium mehmonxonasida kutib oling!

Sizni Yangi 2026-yilni hashamat, qulaylik va haqiqiy qish mo‘jizasi muhitida o‘tkazishga taklif etamiz. Zamonaviy qulayliklar, lazzatli taomlar, jonli musiqa va qishki tabiat sehri. Bularning barchasi esa Zamindor Resortda sizni kutmoqda!

Sizga quyidagilar taqdim etiladi:
• Xalqaro va o‘zbek taomlaridan iborat "shved stoli" asosidagi kundalik nonushta, tushlik va kechki ovqatlar
• 31-dekabr kuni jonli musiqa, balet tomoshasi, musobaqalar va sovg‘alar o‘yini bilan gala-kechki ziyofat
• Yarim tunda kurantlar jarangi ostida tantanali tabrik, mushakbozlik va boshqalar
• Diskotekalar: "Qishki kechalar", "Yangi yil kechasi" va "Mo‘jizalar kechasi"
• "Oltin mikrofon" karaokesi va musiqali kechalar
• Bolalar uchun kundalik ko‘ngilochar tadbirlar: "Qishki kino klub" va mehmonxona foyesida shou-animatsiyalar
• Qishki bog‘da sayrlar qilish, stol o‘yinlari o‘ynash va tog‘ manzarasini tomosha qilib dam olish uchun bo‘sh vaqt
• Zomin Wellness SPA majmuasidan to‘liq foydalanish imkoniyati: yopiq basseyn, hammom, sauna

🎄 Bayram dasturi (2025-yil 30-dekabr — 2026-yil 2-yanvar)

🎁 Yangi yil dasturi uchun joriy narxlar!

🎁 O‘zingiz va yaqinlaringizga uzoq vaqt yodda qoladigan bayram hadya qiling. Joylar cheklangan, bron qilishga ulgurib qoling.

📍 Joylashuv: Zomin milliy bog‘i.

📞 Batafsil ma’lumot va xonalarni bron qilish uchun: +998 (95) 159-55-11