December 6, 2025

Sen bilan baxt sari

3-qism

Tashqarida salqin havo uy ichi esa issiq va yoqimli. Bunday paytda hech bir inson issiqina o'rnidan turishni xohlamaydi.
O'zini katta karavotida, ko'rpa ichiga o'ranib yotgan yigit harakatlanib asta yon tomonga o'girildi, ko'rpasini yanayam o'zi tomon tortarkan birdan dimog'iga urilgan hid ko'zlarini ochishga majbur qildi. Kuz faslining o'rtasida ko'rpasidan olcha hidli atir ifori kelib turishi Jungkookni hayron qoldirdi. Hid dimog‘iga tegishi bilan Jungkook boshini yostiqqa bosib turgan og‘irlikni biroz ko‘tardi. Avvaliga bu shunchaki tasodifiy tuyulgandi, lekin hid chuqurroq kirib kelgan sayin ko‘zlarining ortida nimadir qimirlagandek bo‘ldi.
U bunday hidlarni farqlashga odatlanmagan ayollarning atiri, mayin hidlar, nozik ohanglar unga doim bir xil ko‘rinar edi. Chunki u uchun odamlarning hidlari ahamiyatsiz edi. Lekin bu gal boshqacha. Olcha hidiga qorishgan iliq ohang uning ichidagi muzdek sukunatni teshib o‘tgandek bo‘ldi. Go‘yo hid emas, balki kimningdir bekinib kirgan nafasidek… kuchsiz, ammo charchoqni eritadigan iliqlik. Jungkookning jag‘i qattiq qisilib ketdi. “Nima bu? Kimning hidi bu?”
Bu savol g‘azab bilan emas, balki o‘ziga ham tushunarsiz ichki titroq bilan paydo bo‘ldi. Shunda u to'satdan kechagi voqeyani yodga ola boshladi, kun ohirida yuz bergan voqeyalarni qayta esladi va bu ifor kecha u zo'rlashga uringan hizmatkor qizga tegishli ekanligini o'ylab qoldi.

"Nega kecha men sezmadim? Nima shu qadar aqlimni yoqotganmidim? Shunchalar burnim tagida turgan ifori sezolmadim? Bu ifor, chindan o'zgacha edi, hayotim davomida birinchi bor ayol zotidan tuzukroq atir iforini his qilishim.

U bunday tarzda hech qachon hech kimni his qilmagan. Ayollar unga qiziq emas edi, ular uni faqat bezovta qilardi. Yaqinlashishga urinadigan har qanday inson undan sovuq devorga urilgandek orqaga qaytardi. U shunaqa bo‘lishni o‘zi tanlagan. Ammo hozir…birgina hid uning yillar davomida o‘rnatilgan sovuqligini bir zumga qimirlatdi. U bunga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. U yoqtirmasligi kerak edi. Lekin hid asta-sekin o‘zini tiya olmaydigan darajada yoqimli bir bezovtalikka aylana boshladi, ko‘kragining chuqurida qattiq va iliq narsa qo‘zg‘algandek. Bu his unga yoqmadi. Yoki… yoqib ketganidan jahl chiqdi. U asta o‘rnidan turar ekan, yuzidagi g‘azabni yashirishga ham uringani yo‘q, faqat ichida uyg‘ongan notanish, xavfli tuyg‘u uni tinch qo‘ymayotgani bilinardi.

Jungkook

Hayollarini jamlab yana o'ziga, o'z olamiga qaytgan Jungkook kiyinib pastga tushdi. Nonushta tuzab qo'yilgan dasturxon tepasiga Jungkook kelib joylashishi bilan hizmatkor qizlar issiq qahva quyib berishdi, Jungkookga achchiq qahva yoqmaydi u doim sutli qahva ichadi shu bois hizmatkor qiz qahva ketidan darhol sut quydi. Doim nonushta payti gazeta o'qishni odat qilib olgan Jungkook bu gal ham qahva tayyor bo'lguncha bugungi nashirdan chiqgan gazetasini o'qishni boshladi. Gazetasini varoqlash vaqti Jungkook sekin bildirmay hizmatchi qizlar ichidan kechagi qizni qidirardi. Nega unday qilayotganini o'zi ham bilmasdi, ko'zlari gazetadan ko'ra ko'proq atrofga yugurar, burni esa tongda his qilgan olcha iforini izlash bilan ovvora edi.

- Hayirli tong.

Ko'p o'tmay Joshua ham dasturxon atrofiga qo'shildi.

- Senga ham. Kecha ko'p ichib yubordingmi deyman, ko'zlaringni ocholmayabsan.

- Ha, bir necha kunlik charchog'imni chiqazib yubordim. Xo'sh o'zinchi? Kechasi qanday uxlading?

U kechagi qizlar bilan bo'lgan vaqtiga shama qilib gapirdi. Qizlar Joshuani aqildan ozdirar darajada mast qilishni xohlashgan chog'a juda ko'p ichkilik berishibdi.

- doimgidek.

- Bugun shu yerda qolasanmi?

- Yo'q uyga qaytaman.

- Uyda bir o'zing nima qilasan, shu yerga ko'chib kelsangchi?

Norozi ohangda gapirdi Joshua. Bu uy aslida Joshuaga tegishli, bir, ikki yil oldin Jungkook va Joshua birga yashashardi. Ohiri bunday yashash Jungkookga yoqmadi, aslida Jungkookga yolg'iz yashash yoqardi shu bosi alohida uy olib chiqib ketdi. Shundan beri Joshua hayhotday uyida yolg'iz o'zi yashardi, hizmatkorlarini hisobga olmaganda. U bundan bazan zerkib ketardi, tog'ri u kun bo'yi uyda bo'lmaydi lekin ishdan kelgach birga gaplashib o'tiradigan va zerikkan payt kampyuter o'yinlarini birga o'ynaydigan sherikga muhtoj edi.

- Kim aytdi yolg'zi yashaydi deb, ahir Bam borku.

Joshuani jahil bilan aytgan gapiga Jungkook miyindan kulib qo'ydi.

- Haya seni qadirli iting. Mendan ham qadirli.

- Bo'ldi bas qil, undan ko'ra qahvangni ich, sovub qolyabdi.

Joshua

Soat allaqachon 9 dan oshdi, endigina uyg'ongan qahramonimiz allaqachon ishga kech qolgandi. Bundan sira ham tashvishlanmayotgan Saewon hotirjam oshxonaga kirib nonushta tayyorlay boshladi. Ko'p o'tmay ertalabgacha bo'kib ichib olib haligacha kayfi tarqamagan janob Park zo'rg'a yurgancha oshxonaga kirib keldi. Janob Parkni ko'rgan Saewonni bir onda noqulaylik hissi egallab oldi, ko'rinmas qandaydir bosim uni ushlab turgandek har bir harakatini ehtiyotkor qilardi.

- Hayirli tong dada.

Ahmaqona jilmaygancha gapirdi Saewon, so'ngida esa qilgan harakatidan o'zini-o'zi koyib berdi.

- Seni ko'rdim endi hayirli bo'lmaydi.

- Nonushta qilasizmi?

Otasini gapini eshitmagandek yana o'sha ahmaqona jilmayishi bilan gapira boshladi. Bu tirjayishi o'ziga yoqmasada otasi yonida u shunday turishga majbur, yo'qsa janob Park shu arzimasa narsa uchun ham qizini jazolashi mumkin.

- Xohlamayman. Sen nega bu yerdasan, ishda bo'lishing kerakmasmidi?

Qizini qarshisiga o'tirgan janob Park qizi quyib bergan muzdek suvni bir ko'tarishda ichib yubordi. Bu suv uning tanasiga huddi jon kirgazkandek bo'ldi, tomog'idan o'tgan muzdek harorat huddi uzoq kutilgandek lazzatni his qildi. Ko'p ichkilik ichish tufayli boshdagi og'riq shu arzimagan muzdek suvni deb sal yengillashgandek bo'ldi. Janob Park birdan qiz tomon qarab u hozir ishda bo'lishi kerakligi yodiga tushib qoldi va qiziga kutilmagan tarzda savol berdi.

- Ishdan bo'shadim

Albatta Saewon bunday savol kelishini kutgandi. Endigina og'zi tomon olib boratotgan luqmasini joyiga qaytarib, bosiq va biroz qo'rquv bilan ishdan bo'shaganini aytdi.

- Nima haydashdimi? To'g'ri qilishibdi, foydangdan ko'ra zararning ko'proq tegadi shu sababli hechkimga keragin yo'q. Bekorga haydab yuborishmagan, seni bir ko'rishdayoq shum qadamligini bilishgan.

Janob Park

Janob Parkni aytayotgan bu so'zlari Saewonga huddi sanchilgan hanjar kabi og'riq berardi. Otasidan boshqa nimayam kutishi mumkin, ahir u qiziga nisbatan doim shunday munosabatda, doim uni yomonlab kelgan bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Otasini gaplari ohiriga yetay demas ekan Saewonning ham sabrini kosasi to'lib borardi. O'zi bilmagan qolda musht qo'li bilan stolga zarba berishi hammasini o'zgartirib yubordi.

- Bo'ldi bas!!!

Jahil ustida nima qilganini bilmay qolgan Saewon soniyalar ichida tushunib qoldi. Huddi vaqt tohtab qolgandek, birdan hammayoq suv bosgandek Jim bo'lib qoldi. Tanasidan muzdek ter chiqara, yuragi esa huddi qulog'i tagida turgandek juda tez va baland gupurlab urardi.

- Yaramas qiz hali otangga jahil qiladigan bo'lib qoldingmi? AAAA!!!

- Me..men ota...

- O'CHIR!!!

Janob Park qizini qilgan ishidan jahlini bosib turolmadi, bosib turolmasdi ham. U huddi qutirgan hayvon kabi qiziga baqira boshladi. Saewon endigina gapirishga og'zi ochganda kuch bilan yuziga kelib tushgan tarsaki sababli labi chetidan qon oqa boshladi.

- Anchadan buyon sen bilan ishim bo'lmay qolgandi. O'z holinga tashlab qo'yganimga otamga bemalol istagan ishimni qila olaman deb o'ylayabsanmi? Hozir senga ko'rsataman Alvasti.

- otajon iltimos kechiring, men bunday qilishni xohlamagandim iltimos otajon.

Janob Park qizini iltimosyu yig'lashlariga etibor ham bermadi. Shimidan kamarini sug'urib olib bir uchini qo'liga mahkamlab oldi. Yerda tiz cho'kib o'tirgan qiz hozir bo'ladigan ishlarni har bir sennarisini bilgani uchun keyingi qadamda tanasiga beriladigan og'riqga o'zini tayyorlay boshladi, ko'zlarini chirt yumib tanasini esa biroz bukib oldi. Otasi qo'lini yuqoriga ko'tarib zarba berishi bilan oshxonani qizning kuchli ingrashi tutib ketdi.

Saewon

- Jin ursin, jin ursin meni judayam qornim ochib ketdi.

Lift yoniga yugurgilab kelgan qiz qorni ochligini aytgancha tinmay so'kinardi.

- Hoy Yeonji.

- Ah jin ursin.

Uzoqdan kelyotgan janob Lee ya'ni Yeonjinni boshlig'i qizni baland ovozda so'kinganini eshitib qoldi. Qizni yoniga kelgach undan yana bir so'kinish so'zini eshitdi. Yeonjinni hayollari faqatgina ovqatlanishda bo'lgani bois atrofidagi insonlarni unitib qo'ygandi, to'satdan boshlig'ini chaqirig'ini eshitib cho'chib ketdi va shuning uchun so'kinib yubordi.

- Sen buncha ko'p so'kinib gapirasan?

- Chunki qornim juda ham och.

Lift haligacha kelmayotganidan asabiylashyotgan Yeonji tepaga chiqish tugmasini jahil bilan ketma-ket bosa boshladi. Qizni bunday harakatlaridan uni tezroq qornini to'yg'azish kerakligini o'ylagan janob Lee uni mehmon qilish istagi uyg'onib qoldi.

- Istasang seni mehmon qilaman.

- Rostanmi? Mayli.

Uzoq o'ylanib o'tirmagan Yeonji tezda rozi bo'ldi. Teking ovqat kelib turganda kim ham uni rad etardi, shundaymi?

Yeonji

- Nima yeyishni xohlaysan?

- Qovurilgan tovuq oyoqlari.

- Ishtahang karnayku.

- Siz ham menga o'shab u xonadan bu xonaga qog'oz ko'tarib yursangiz bilardingiz ahvolimni. Lekin bilmaysiz, chunki siz kun bo'yi xonangizda o'trib, hodimlaringizni qiynashni bilasiz.

- Tushunmadim.
Nima sababdan tushlikni kech qilayotgani yodiga tushib qolgan qizni hayollari yonidagi odam boshlig'i ekanligini unitib og'ziga kelgan narsani gapirishni boshladi. Ichidagilarini gapirib bo'lgach hammasini tushunib yetgan Yeonji ayibdorona yuzini janob Lee tomon burdi, lekin endi kech edi.

- Ke..kechiring.

- Seni mehmon qilish fikridan qaytdim. Borib o'zing ovqatlanaver. Ha aytgancha, Kwon xonim agar ish joyingizda 12:30 da bo'lmasangiz oylik muoshingizdan kech qolgan vaqtingizni kesib tashlayman.

Sovuq nigoh bilan qizga tikilib turgan janob Lee birdan odamni jonini sug'urib oluvchi vaxshiyona jilmayib qizga ish vaqtida 12:30 bo'lishini agar kech qolsa oylik muoshidan kesib olishini aytib Yeonji boyadan beri kutayotgan liftga chiqib qizni o'zini qoldirib ketdi.

- Nimaaa?! Men shunchaki hazillashgandim janob.

- Keyingi safar tilingizga ehtiyot bo'lib gapirasiz.

Eshik yopilishga soniyalar qolgan paytda janob Lee qizga qo'l siltab qo'ydi. Vaziyat umuman kutilmagan tomonga burilib ketganidan jahli chiqgan qiz kalidorni boshiga ko'tarib baqirgancha sochlarini tortib tashladi.

- Jin ursin, hammasi rasvo bo'ldi.

Janob Lee

Tushlik qilish maqsadida Xitoy oshxonaga tashrif buyurgan ikki yigitni restaran hodimlarini ularni eng yaxshi stolga joylashtirishdi. Yosh qizlar menyu olib kelishgan payt boshqa qizlar esa ularga vino quyib berishdi, ular buyurtma berishgach qizlar ketishdi.

- Hamkorimiz Chen bilan gaplashish uchun Xitoyga borib kelish kerak.

Qonday qizil vinodan bir qultim ichgancha gapirdi Joshua. Qadahini joyiga qaytib qo'yib gavdanini devanga suyab oyoqlarini esa chalishtirib qulay o'trib oldi.

- Bilaman, o'zim 2 kundan keyin borib kelaman.

- U bilan yaxshilab gaplashib biz bilan qora dori biznesimizda hamkorlik qilishiga ko'ndiroshimiz kerak.

- Undan avval Meksikadagi Enrikoni yo'q qilish kerak. U sababli ham qora dori biznesimiz tohtab qolgan.

Enriko haqida gap ketishi bilan Jungkookni jahli chiqib ketdi. Devanga suyanib o'tirgan payt tezda gavdanini tik tutib uni yoqolgani haqida Joshuaga asabiy gapirdi.

Jungkook

- To'g'ri lekin avval uni qayerda ekanligini topib olishimiz kerak, ahir u 3 oydan beri qidiruvda.

- Ha buni bilaman. Huddi yer yutib yuborgandek uni hech qayerdan topib bo'lmayabdi. Shoshma nega o'zi birdan Xitoy oshxonasida ovqatlangin kelib qoldi?

Erniko haqidagi gaplardan so'ng birdan hozir Xitoy oshxonasida o'tirishgan esiga tushib qolgan Jungkook kulgancha Joshuaga nega bu yerga olib kelganini so'radi.

- Xitoy lag'monini juda sog'ingandim.

Joshua ham yengil kulib lag'mon uchun kelganini aytdi.

- Xitoy restaranida Xitoylik hamkorimiz va Meksikalik dushmanimiz haqida gaplashib o'tirish qanday ajoyib tasodif.

Birozdan so'ng ular buyurtma qilgan taomligi olib kelishdi. Ovqatlanish paytida ikkovi ham gapirmadi. Joshua o'z ovqatini lazzat bilan tanavvul qilardi, u bu taomni juda yoqtirardi. Agar u o'zi uchun yaqin bo'lgan va yoqtirgan insonlari bo'lsa ular bilan mana shu ovqat bilan mehmon qilardi.

- Men qo'limni yuvib kelay.

- Yaxshi.

Ovqatlanib bo'lgach labi chetiga teggan yog'ni salfetkaga artib bir qultim vino ho'plagan Jungkook biroz o'tib qo'lini yuvib kelishini aytib turib ketdi. Restaranning pastki qavatidagi burchakda joylashgan erkaklari xonasiga kirib ketgan Jungkook bir necha daqiqalardan so'ng qator joylashtirilgan kichik xonadan chiqib to'g'risida turgan qo'l yuvish chanog'i tepasiga kelib turib suvni yoqdi. Barmoqlari orasiga suv yugurtirib qo'lini yuvayotgan qahramonimizni yonidagi chanoq tepasiga bir erkak kelib u ham suvni yoqgancha qo'lini yuva boshladi.

- bilasanmi nima? - asabiy kulgan Jungkook qo'lini yuvgancha birdan gapira boshladi. - shunday paytlarda nima deyishni bilmayman.

- qanday paytda?

- kimnidir o'ldirishdan oldin.

Jungkook gapini yakunlashi bilan haligi erkak yonidan pichoq chiqazib Jungkook tomon olib bordi lekin pichoq unga ziyon yetqazishga ulgurmasidan Jungkook qo'lini qayirib pichoqni olib tashladi. Erkak qo'lidagi og'riqdan asabiylashib Jungkookni o'zidan uzoqlashtirishga urundi va tezda zaxira pichog'ini chiqazib u tomon yaqinlashib kelayotgan Jungkookni son qismiga tiqib oldi. Pichoqni ichkariga kuch bilan itarib Jungkookga kulgancha qarab turarkan Jungkook ham boya erkakdan tortib olgan pichog'i bilan erkakni bo'yniga zarba berdi. Bir necha soniyadan so'ng erkakni tishlari orasidan qon sizib chiqarkan shu holidayam tinmay so'kinardi. Boyniga sanchilgan pichoq tufayli biroz kuchsizlangan erkakni pichoq ushlab turgan qo'li sekin bo'shasha boshladi, Jungkook erkakni devorga qarata uloqtirib soniga sanchilgan pichoqni sug'urib oldi. Devorga bazor suyanib turgan erkak tepasiga kelib turgan Jungkook u bilan bo'y baravar bo'lish uchun cho'kka tushdi.

- seni kim yubordi?

- ... toshingni ter ahmoq.

- bekor qilasan. U seni bunday himoyangga arzimaydi tirik qolishni istasang menga uni kimligini ayt.

- baribir aytmayman.

- ahh... mayli o'zinga-o'zing tilab olding.

Erkakni qaysarligidan jahli chiqgan Jungkook labini tishlagancha biroz vaqt ko'zlariga tikilib turib so'ng, asabiy kulib yubordi. Bu erkakdan baribir hech qanday foyda yo'qligini bilgan Jungkook uni o'ldirishga qaror qildi, qo'lidagi o'tkir pichoq bilan erkakni ko'krak qafasiga zarba berdi. Kuch bilan ichkarigacha itarib borarkan erkakni og'riqli ovozi butun xonani egallab olgandi. Ko'p qon yoqatayotgan erkakni sekin asta tanasi bo'shasha boshladi, bir necha soniya va erkakni jonsiz tanasi yerga quladi.

Erkaklar xonasi

- jin ursin.

Yurish uchun qadam tashlamoqchi bo'lgan Jungkook oyog'idagi og'riq tufayli so'kinib yubordi, sekin oyog'ini harakatlantirgancha erkaklar xonasidan chiqib keldi. Jungkook eshikdan chiqishi bilan to'satdan Joshua yugurgancha qarshisiga keldi. Uni yuzida qon dog'lari bor, qo'lida esa to'pponcha turardi. Nima bo'layotganini tushunmagan Jungkook tezroq uni gapirishini kutardi.

- Enrikoni odamlari shu yerda, bizni o'ldirishmoqchi edi. Ammo, ammo men ularni yo'q qildim.

Shoshib kelgani sababli to'g'ri nafas ololmayabkan Joshua tinmay tez-tez nafas olardi. Aftidan do'stini hayoti xavf ostida deb o'ylab, havotir olganidan yugurib kelgan ko'rinadi.

- Ichkarida ham bittasi yotibdi.

Boshi bilan ichkariga imo qilgancha hotirjam ovozda gapirdi Jungkook.

- Ahvoling yaxshimi?

- Ha, o'zindachi?

- Menda ham hammasi joyida. Yur tezroq bu yerdan ketamiz.

Joshua endigin yurishni boshlaganda ortidan Jungkookni og'riqdan ingragan ovozini eshitib tohtab qoldi. Biroz oldin etibor bermagan oyog'iga mana endi qararkan uni jarohatlanganini ko'rib shoshib qoldi.

- Jungkook nega jarohatlanganing haqida aytmading.

- Hammasi joyida, bu umuman og'ritmayabdi. Qani ketdik, yuqaqol.

- Hoziroq kasalxonaga boramiz.

Jungkook o'z sog'lig'iga befarq bo'layotgani Joshuani jahli chiqazrdi. U borishni xohlamasada borishga majbur.

- Kerak emas.

- Yo'q kerak.

Restaranning kirish qismida qonga belangan jasadlar yotardi, restaran hodimlarining hammasi qo'rquvda, qizlar tinmay qichqirib yordam so'rashardi. Qora kastyum-shim kiyib olgan bir to'da yigitlar esa Jungkook va Joshuani himoya qilgancha restarandan olib chiqib ketishdi.

- Bizni bu yerdaligimizni, Koreyaga qaytib kelganimizni Enriko qayerdan bilgan bo'lishi mumkin?

Joshua

Restarandan chiqishgach tashqarida turgan qora limuzinga joylashishdi. Joshua do'stining olgan jarohati tufayli juda qattiq asabiylashardi. Garchi bu oddiy pichoq sababli olingan jarohat bo'lsa ham Joshua uchun kattadek ko'rinardi. Enrikoni bunday hujum qilishini Joshua kutmagandi, umuman ularni bu yerdaligini u qayerdan bildi ahir u necha oydan beri qorasini ham ko'rsatmas edi.

- O'ylashimcha ichimizda hoyin bor.

- Jin ursin.

Birdan Joshuani telefoniga qo'ng'iroq kelib tushdi. Joshua uzoq suhbatlashmadi, gapiryotgan odamni tinglab bo'lib "hozir tezda yetib boraman" deb qo'ng'iroqni tugalladi.

- Tinchlikmi kim bilan gaplashding?

- Mehmonxonadan qo'ng'iroq qilishdi, yangi hamkorlarimiz to'satdan mehmonxonamizga kelishibdi, men bilan ko'rishishmoqchi ekan.

- Tushunmadim nega?

- Bunisini bilmayman.

Limuzin eshigi ochilib ichkariga Heeseung kirib keldi. Hozirgi bosqinchilikni yopti-yopti qilib kelgani haqida Joshuaga hisobot bera boshladi.

- Janob hammasini tog'irladim. Kamer yozuvlari yo'q, guvohlqr yo'q. Agar xitlardan kimdir so'rab kelganda ham bir og'iz ham gapirmasliklari uchun pul berib keldim.

- Yaxshi. Sen hozir men bilan mehmonxonaga borasan. Mashinaga borib tur

- Xo'p.

- Uyga borishdan oldin Jungkookni kasalxonaga olib boring.

- Xo'p janob.

- Yaxshi, unday bo'lsa kechiroq uyda ko'rishguncha.

Heeseung limuzindan chiqib tashqarida turgan boshqa mashina ruliga joylashib Joshua chiqishini kuta boshladi. Joshua mashinadan tushishdan oldin haydovchiga birinchi kasalxonaga borishligini aytib, Jungkook bilan xayirlashib mashinadan tushib ketdi.

- Tog'ri uyga boramiz, hechqanday kasalxona yo'q.

- Ammo janob Joshua...

- Hozir u yo'q faqat men borman, shunday ekan aytganimni qil va uyga hayda.

- Xo'p janob.

Manzilga kelib tohtagan mashinadan birinchi haydovchi tushib, orqa o'rindiqda o'tirgan ho'jayini uchun, eshikni ochib berdi. Jungkook ehtiyotkorlik bilan mashinadan chiqarkan oyog'idan olgan jarohatini haydovchisiga sezdirgisi kelmay odatiy yurib uy ichi tomon oldimlab ketdi. Yuqoriga ko'tarilish uchun zina tomon qadam bosayotgan Jungkook oshxonadan kelayotgan g'alati ovozlar tufayli birdan tohtab qoldi, biroz vaqat u ovoz qayerdan kelayotganiga quloq solib so'ng, ovoz kelayotgan tomon yura boshladi.

- jin ursin nega bular ezilib ketyabdi o'zi shunday bo'lishi kerakmidi?

Yarim soatdan beri qog'ozda yozilgan ovqatni o'xshatolmayabkan Saewon jahil bilan tinmay so'kinardi. Qizni har bir harakatiyu og'zidan chiqayotgan haqoratli so'zlarni ostonada turgan Jungkook jimgina kuzatib turardi. Saewon jahil bilan qo'liga pichoqni olib alam bilan pomidorlarni to'g'ray boshladi, bundan buyog'iga ovqatni o'zi bilgancha tayyorlashga ahd qilgan qiz, yonida turgan ahlat qutisiga taom retsepi yozilgan qog'ozni g'ijimlab tashlab yubordi. Kuzatib turishdan zerkigan Jungkook nihoyat harakatga kirib sezdirmay qizni ortidan kelib ochiq bo'yniga lablarini bosdi.

Saewon

Yana o'sha ifor, yana o'sha harakat va yana o'sha qo'rquv hissi. Ishga berilib ketganimdan oshxonaga kirib kelgan odamni ham sezmabman, birdan bo'ynimga bosilgan qaynoq taftdan cho'chib tushib yelkamni qisgancha ortimga o'girildimu qarshimda o'sha vaxshiy insonni ko'rdim.

- salom kichkintoy.

"Jin ursin u qachon qaytdi uyga? U menga tirjaygancha qarab turarkan o'tgan safargidek meni yana "kichkintoy" deb chaqirdi. Men bir necha soniya hayratdan qimirlay olmadim toki qo'lini ko'tarib men tomon yo'naltirmagunicha. Tirjayib turgan yuzi birdan o'zgarib qoldi, ko'zlari bir nuqtaga, meni lablarimga qaratilgandi. Men sekin ortga qadam tashlamoqchi bo'lganimda yelkamdan ushlab tohtatib qoldi, dahanimdan ushlab bosh barmog'i bilan labim chetidagi jarohat ustidan sekin silab qo'ydi.

- Buni kim qildi?

Jahil bilan gapirdi Jungkook

- Hechkim qilgani yo'q, yiqilib tushdim.

- Shu gapinga ishonadigan darajada ahmoqga o'shayabmanmi?

- Bu bilan sizni ishingiz bo'lmasin. Marhamat qilib oshxonani bo'shatib qo'ysangiz men kechki ovqat tayyorlayabman.

- Bu yerdan qachon ketishimni sen hal qilmaysan.

Jungkook qiz tomon egilib chuqur nafas oldi. U bir zum ko‘zlarini yumdi mana shu hid…Tongda uning ko‘rpasidan kelib turgan mayin olcha ifori. Endi esa yanayam yaqin, yanayam ravshan.
Yuragi birdan keskin urib ketdi. Ichidagi allaqanday g‘alati, nazorat qilib bo‘lmaydigan hissiyotlar ko‘tarildi. Saewon esa qotib turgancha unga tikilib qolgan edi qo‘rqinch, tushunmovchilik Jungkook asta ko‘zlarini ochdi. Nigohi Saewonning lablariga biroz muddat qadalib qoldi. So‘ng yuzidagi keskin ifoda sekin yumshab, o‘rnini xavfli tinchlik egalladi. Nihoyat u egilib sekin lablarini qizniki bilan birlashtirdi. Avval pastki keyin tepa labni o'parkan pastki qisimni tortib qo'yardi. Yumshoqlik bilan boshlangan bo'sa sekin kuchaya boshladi, mana endi Jungkook qo'pollashishni boshlashi bilan qizning labidagi jarohat kuchli og'riq berdi va Saewon ingrab yubordi. Qiz bechora hayajondan qimir ham etolmagan bir paytda labidagi bu og'riq unga ortiqchalik qildi, jahli chiqib ketdi.

Saewonni qattiq jahli chiqdi, birdan u o'zini boshqarolmay qoldi. Tinimsiz baqira boshladi, og'ziga kelgan gaplarni aytardi. Jungkook esa indamay oshxona mebeliga suyangancha uni kuzatardi. Oshxonadagi baqir-chaiqrdan Sera shoshgancha oshxonaga kirib keldi, u yerdagi holatni ko'rib jahil bilan keldiyu Saewonni yuziga tarsaki tushurdi.

- Tarbiyasiz! Janob Jungkookga ovozingni balandlatib gapirishga kim ruhsat berdi. Hoziroq kiyinish xonasiga yoqol. Tez!

Saewon boshini eggancha oshxonadan chiqib ketdi. Qiz ketishi bilan Sera tinmay tazim qilgancha Saewonni qilgan ishi uchun Jungkookdan kechirim so'ray boshladi.

- Janob Jungkook iltimos bizni kechiring. Uni bugunoq ishdan haydayman, kechiring boshqa tarorlanmaydi janob.

- Yo'q, u ishlayversin.

- Ni..nima?

- Menimcha gapimni eshitdingiz Sera xonim, boshqa takrorlab o'tirmayman.

- Xo'p janob.

Jungkookni nega bunday qilayotganini tushunmagan Sera Jungkookni ortidan qarab qoldi. Qizni bu qilgan ishiga aslida haydalishdan ham kattaroq jazo qo'llash kerak edi lekin Jungkook shunchaki unga qolishiga ruhsat bergani Serani hayron qoldirdi. Birdan shavqatsiz arslon yuvosh mushukga aylanib qoldimi deya o'ylanib qoldi.

Sera

• 3- qism tugadi •
• #Ishikawa_Yeonji •