Sen bilan baxt sari
Faqatgina ikki inson uchun bezatilayotgan stol atrofida 5, 6 ta hizmatchi qizlar aylanib yurishardi. Deyarli barchasi tayyor faqatgina dasturxonning asosiy taomi olib kelinsa bas.
- Saewon bo'ldingmi ular seni kutishyabdi.
Jungkook va Joshua dasturxon atrofiga kelib o'tirishgach Yura oshxonaga yugirgancha o'z qo'li bilan tayyorlagan ovqatini bezatish bilan band bo'lgan Saewonni yoniga kirib keldi.
Ikki likopchadagi taomni patnisga qo'yib kichik zalga kirib ikki yigitga toamni tortiq qila boshladi. Bo'sh patnisni qo'liga olgan Saewon ortga uch qadam yurib terilib turgan boshqa hizmatchi qizlar yoniga kelib qo'shildi. Hayajonli daqiqalar tayyorlagan ovqatim Jungkookga yoqarmikan deb o'ylayotgan Saewon uni har bir harakatini jimgina kuzatib turardi. Jungkook birinchi bo'lib taomni bezagiga etibor berdi, sanchiqi bilan go'sht bo'lagini kesib og'ziga joylagancha tishlari orasida go'shni maydalashni boshladi. Hammasi yaxshidek, demak unga tayyorlagan ovqatim yoqdi deb o'ylayotgan qizning Jungkookni keyingi harakatlari sabab jilmayib turgan yuzi tekis tortdi. Sochiqni lablari yoniga yaqinlashtirgan Jungkook og'zidagi go'sht bo'lagini sochiqga chiqazib tashladi.
- jin ursin go'shtni pishirdingmi o'zi yoki dasturxonga tortishdan avval shunchaki kesib keldingmi?
Qoshlarini chimirib olgan Jungkook ortiga o'girilib hizmatchi qizlar orasida turgan Saewonga jahl bilan gapira ketdi
- sabzavotlaring ham yaxshi pishmagan. Bo'ldi yetarli borib menga boshqa ovqat tayyorla.
Jungkook tarelkadagi ovqatni mensimagandek itarib yubordi.
- meni ish vaqtim allaqachon tugagan yoqmagan bo'lsa ertaga qaytadan yaxshiroq qilib tayyorlab beraman.
"Sal oldin menda hammasi joyida edi hatto o'sha vaxshiy ovqatimni jimgina yeyayotganini ko'rib biroz bo'lsada yaxshi munosabatda bo'lmoqchi edim lekin, og'ziga solgan luqmasini tomog'idan o'tqazishga or qilgandek barchani yonida sochiqga chiqazib tashladi. Yonimdagi bir nechta qizlar menga qarab huddi ustimdan kulgandek yoqmisiz nigoh bilan boshdan oyoq kuzatib chiqishdi. Uni bu ishidan kegin itoatkor ishchi bo'lish fikridan qaytim va men ham qastama-qast qilgandek asabiga tegishni xohladim.
- nima unaqada men hozir och o'tirishim kerakmi?
- uyingiz to'la hizmatchi qizlar birontasiga aytsangiz yeyishingiz uchun nimadir pishirib beradi.
"Jungkook gaplariga past ketishni istamay men ham unga qo'pol ohangda muomila qilardim."
- menga aqil o'rgatma! Men seni ho'jayiningman men nima desam shuni bajarishga majbursan. Ertalabki aytgan so'zlarim yodingdam chiqdimi? ...bugundan boshlab men uchun har bir ishni sen bajarishing kerakligini aytgandim shunday ekan hoziroq borib bularni barini boshqatdan pishirib kel.
- buncha yosh bolaga o'xshab bir gapni takrorladingiz. Arzimagan bir ovqatni deb meni majburlab ishlatmoqchimisiz bilsangiz bu qonunga zid...
- O'CHIR!!! Nima joningdan to'ydingmi?
- aksincha hali uzoq yashamoqchiman.
- hozirgi daqiqadan boshlab buni hayolingdan chiqazaver.
"Chuqur-chuqur chiqazilyotgan nafas, qo'llarning musht bo'lib tugulishi Jungkookni asabiylashayotganini bildirib turardi. Gapim yakuniga yetmay birdan baqirarkan keyingi galda o'rnidan turgancha katta qadamlar bilan qarshimga keldi va huddi hozir jonimni sug'urib oladigandek shivirlab gapirdi. Menga tahdid qilgancha qo'limdan mahkam ushlab kichik zaldan olib chiqab ketdi. Yurayotgan yo'nalishimiz pastki qavatda joylashgan yuvinish xonasi tomon yo'nalgan edi, eng yomoni shundaki men bu yerda faqatgina yuvinish xonasi emas katta bassen borligini juda yaxshi bilardim
- qayerga olib ketyabsan meni? Shosh...shoshma nega bu yerga keldik sendan so'rayabman!
- sen haqidagi ma'lumotlarni o'qiyotib bir narsaga ko'zim tushdi. Bilishim bo'yicha senda suv tubiga tushishdan fobiya bor emish
- yo'q vaxshiy so'zi ko'proq mos edi menga. Suzishni bilasan degan umiddaman azizam.
"Tushunarli demak u meni yana ojizligimdan foydalanmoqchi. Bassenli xonaga kirib kelgach bassendan 2 qadam uzoqlikda tohtab ko'zlarimga qaragancha ustimdan kulgandek jilmayib suv tubidan qo'rqishimni aytayotganda hozir suvga itarib yuborishini o'ylab qo'rqib ketdim. Qo'rquv tufayli kaftim bilan kiymidan mahkam qisgancha ko'zlariga tikilib turardim lekin Jungkookning nigohida shavqat ko'rinmasdi. Bassen yoniga olib kelib gapirishga ulgurmasimdan suvga itarib yubordi."
"Alam qildi, shuncha hizmatchilarim va do'stim yonida meni yerga urishi alam qildi. Hali shu paytgacha menga bironta ishimchim bunday muomila qilmagandi, gapiryotgan gaplariga ortiq chidab turolmadim g'azabimga qul bo'ldim. Ko'zimga hechnarsa ko'rinmasdi nima qilayotganimni anglolmasdim, jahl bilan Saewonni qo'lidan tutgancha bassen yoniga olib keldim. Suvni ko'rgan Saewon gaplarimni tinglab turib nima qilmoqchiligimni sezishi bilan qo'rquvdan ko'zlari porlab ketdi kiymimdan mahkam tutgancha huddi iltijo qilgandek ko'zini mendan uzmasdi. Bir onga tohtab qoldim, kiymimdan tutib turgan qo'llarga qarab g'alati hislarni tuya boshladim. Bu nima o'zi jin ursin men hali biron marta bunday tuyg'uni his qilmaganman, Saewonni tutib turgan qo'lim sekin bo'shasharkan uni qiynamaslik haqida o'ylay boshladim, bassendan uzoqlashtirish uchun qo'lidan qayta tutgan onim yana g'ururim ustunlik qildi. Qulog'im tagida aytgan qo'pol gaplariga javob berishi kerek ahir, ortiq o'ylanib o'tirmay uni suvga itarib yubordim
Havoni bulutligi odamni asabiga tegmoqda yetmaganiga yurakdagi havotir hissi ob-havo tufayli battar ko'ngiln hira qilishga hissa qo'shmoqda. 10-marotaba dugonasiga qo'ng'iroq qilgan Yeonji asabga teguvchi aperator ovozini eshitib jahl bilan telefonini stolga qarata otib yubordi.
- biron narsa bo'ldimi asabiy ko'rinasiz?
Ortidan kelgan yo'g'on ovozni eshitgan qiz hayratlangancha ovoz kelgan tomonga o'girilib qaradi.
- janob Mujin, qachon kelgandingiz bu yerga?
- Men eshikni ko'p bora taqillatdim javob kelmagach hechkim yo'q deya kiravergandim.
- haaa uzur hayolga berilib eshitmay qolibman.
Bir daqiqaga ikkisi jimib qolgach Mujin xonani kuzatish bilan band bo'lganda Yeonji uni qo'lidagi qog'ozlarni ko'rib Mujin biron ish bilan kelgan deya o'ylay boshladi.
- haligi menda biron ishingiz bormidi?
- shunaqa desa ham bo'ladi. Agar hali nonushta qilmagan bo'lsangiz balkim birga nonushta qilarmiz?
Katta kampaniyaning shundoqqina tagida joylashgan kichik qahvaxona. Bu yer hozirda tinchroq lekin tushlik paytida kampaniyadagi ishchilar bilan to'lib hatto bir-birini ovozini eshitib bo'lmaydigan shovqin yuzga keladi. Afitsan yigit qahva va kichik idishda inchikcha yupqa qog'zoli shakarni mijozlar stoliga qo'yib ketdi. Yeonji yupqa qog'ozli shakardan birini olib ikki chetidan qattiq bosgan on o'rtasidan shakar qog'ozidan yorilib finjondagi qahvaga to'kildi. Hafsalasizlik harakat bilan qoshiqchani olib shakarni yaxshi erishi uchun uni aralashtira boshladi. Jimgina qarshisidagi qizni nigohlari bilan kuzatib o'tirgan Mujin bugun unda boshqacha qiyofani ko'rib yomon nimadir yuz bergan deya o'ylardi. Uni birinchi bor bunday holatda ko'rib turgandi kechagina qiz tinmay kulib, gapirib turganda bugun birdan huddi bir onda barcha energiyayu gapirish qobilyatini yoqotgandek yurishi ochig'i Mujinga yoqmayabgandi. Uni doim kulib turishiga o'rganib qolgandi
- kechagidek energiyaga to'lib toshgan qizdan asar ham qolmagan. Hayollaringiz parishon, nimadandir xavotir olyabsizmi?
- ha aslida dugonam haqida o'ylayotgandim. Kecha birga kechki nonushta qilish uchun uyiga borgandim lekin u kelmadi. Ammo unga qo'ng'iroq qilganimda ishdaligini ohirgi ishini yakunlab tezda uyga qaytishini aytgandi.
- unga qo'ng'iroq qilib ko'rdingizmi?
- albatta kecha tundan to tonggacha telefon qulog'imdan tushgani yo'q. Qo'ng'iroq qilsam telefoni o'chirib qo'yilgan.
- ..hmm tashvishlanmang balkim ishda ushlanib qolgandir.
- ishqilib rostan shunday bo'lsin. U meni yagona yaqin dugonam undan boshqa sirdoshim yo'q. Agar unga biron narsa bo'lsa men chidolmayman.
- erta aza tutmang. Yomon hayollarni miyyangizdan chiqazib yuboring. Umid qilamanki dugonangizda hammasi joyida.
- kechirasiz sizdan bir narsani so'rasam maylimi?
- meni sen deb chaqirishingiz mumkin. Sizlasangiz biroz o'zimni noqulay his qilyabman.
- agar buday muomilam bilan sizga noqulaylik tug'dirgamn bo'lsam uzur. Yaxshi unda bugunda boshlab sen deb murojat qilaman.
Katta xona va bezak sifatida joylashtirilgan qimmat baho aksessuvarlar xonaga chiroy qo'shib turibdi. Xona kiraverishda chap tarafda kiyim javoni joylashgan bo'lib uni ichida narhi ancha baland kiyimlar qator ilgichlarga ilinga holda turibdi. Javon eshigi ochilishi bilan erkaklarning o'tkir shu bilan birga yoqimli va har bir qizni o'ziga rom qila oladigan atir hidi ufirib turadi. Huddi o'sha javonning qarshisida ya'ni o'ng tomonda esa bir nechta javonlarga ega katta ko'zgu o'rnatilgan bo'lsa uni yoniga erkaklarning qimmat baho bir nechta atirlari va soqol olishda ishlatiladigan kremlar qator joylashtirilgan edi. Bularning barchasidan bilish mumkinki bu xona egasi o'g'il bola lekin xona markazidagi yostiq jildidan tortib ko'rpasigacha qora rangga burkangan ulkan yotoqda go'zal qiz miriqib uxlab yotardi. Qizning o'zi o'ng tomonga o'girilib yotgan bo'lsa uzun sochlari ortidan yoyilgan holda turib bo'sh o'rinni tepa qismini egallab olgandi
Sekin xona eshigi ochilib ichkariga xona egasi kirib keldi. Sukunat ichida qolgan xona uzra yigitning oyoq qadamlari yangray boshladi. Yotoqni aylanib o'tib pastroq qismiga o'tirdi. Bir maromda nafas olgancha miriqib uhlayotgan qizni kuzatayotgan yigit keyingi galda nigohlarini uning uzun sochlariga qaratdi. Barmoqlari bilan bosh qismidan to sochini uchigacha asta yurgazib tushdi. Qiz hali ham uhlamoqda paytdan foydalanib qolishni istagan Jungkook qiz tomon egilib bo'yin qismiga lablarini asta bosib o'pib qoydi.
- kecha juda ajoyib eding ishon hatto bu menga yoqdi lekin, oshirib yubording va shuning uchun seni jazoladim. Bu senga dars bo'lsin keyingi safar qilayotgan ishingni va gapiryotgan gaping o'ylab gapir yo'qsa keyingi safar sen xohlamaydigan men esa intizorlik bilan kutayotgan jazoni qo'llashim mumkin azizam.
Qizni uyg'otib yubormaslik uchun pichirlagancha gapiryotgan Jungkookni qo'llari uzun sochni silashda davom etardi. So'zi yakunida yana bir bor Saewonni bo'yin qismida o'pich qoldirib qizdan uzoqlashgancha yotoqdan tushdi. Kiyim javoni eshigini ochib ishga kiyish uchun kiyim olgan Jungkook yana yotoq yoniga yaqinlashib ilgichga ilingan kiyimni uloqtirib ustidagi futbolkani yechib tashladi. Keyingi galda ilgichdagi oq ko'ynakni egniga kiyib tugmalarini taqishdan oldin shimini yechib uni ham almashtirdi. To'liq kiyinib bo'lgach bo'yin qismiga doim sepadigan atirni sepib xonadan chiqib ketdi.
- janob siz so'ragan narsalarni olib keldim.
- yaxshi, uni Saewonga berib chiq.
Qo'lida mashhur brend logotipi tushirilgan qalin karto'nli sumka ko'tarib olgan Sera zinadan yuqoriga ko'tarilgancha Jungkookni xonasi tomon ketardi. Yuqori zinani ohirgisiga qadam qo'yishi bilan xonasidan chiqib kelayotgan Jungkookni ko'rib qadamlarini tezlatib qarshishida paydo bo'ldi. Bir necha daqiqa oldin boshlig'i buyurgan narsani olib kelganini aytgach Jungkook uni Saewonga berishini aytib pastki qavatga tushib ketdi. Biroz oldin Jungkook chiqib ketgan xona eshigi qayta ochilib ichkariga nozik oyoqlaridagi baland poshnali tuflisi bilan Sera kirib keldi. Ulkan yotoqda bamaylixotir uxlab yotgan Saewon tomon nigohlarini qaratarkan bir necha soniyadan so'ng qorachig'ini ko'z devori bo'ylab aylantirib chiqib qizni tepasiga kelib turib oldi
- hoy Saewon uyg'on. Jin ursin hoy Saewon senga gapiryabman tursangchi.
Qo'pol harakat bilan qizni yelkasidan turtkilayotgan Sera yoqimsiz ovozda Saewonni uyg'otishga harakat qilardi. Uzoq turtkilashdan so'ng sekin qizni ko'zlari ochilarkan tepasida turgan Serani ko'rib hayratdan ko'zlari kattalashib ketdi.
- Sera xonim me..meng bu yerda nima qilyabman?
Keyingi galda ko'zlarini xona bo'ylab kezdirgan Saewon bu xona egasi kimligi esiga tushishi bilan qanday qilib bu yerga kelib qolgani haqida o'ylay boshladi.
- us..ustimdagi kiyimlar qa..qanday qilib egnimda paydo bo'lib qoldi.
- tinchlan buncha dovdiramasang. Kecha nima bo'lgani yodigdami o'zi, suvga tushib ketganding esingdami? Suvga tushgach hushingni yoqotding keyin seni bu yerga olib kelishdi.
- men kiygazdim kiyimlarni. Xullas mana bu sumkada senga yangi kiyimlar olib keldim egningdagilarni almashtirib uyinga ketishing mumkin janob Jungkook buguncha senga ruhsat berdi.
Kerakli barcha gaplarni gapirib bo'lgan Sera qo'lidagi sumkani yotoqda qoldirib o'zi xonadan chiqib ketdi.
"Bugun Juma ishdan ertaroq javob olib supermarketga borib bozorlik qildim. Oilada ikki kishimiz onam va men lekin shunday bo'lsada men onam bilan yashamayman universitetni tamomlab ishga joylashgach uydan chiqib ketganman. Onam ikkimiz boshqalarga o'shab yaxshi chiqisholmasdik, arzimagan gaplarni deb urshib ketardik va men bundan charchagandim shuning uchun ham uydan chiqib ketganman. Qo'lim to'la haltalar kichik gavdam uchun og'irdek tuyilsada onamni ko'rish haqida o'y menga energiyaga berayotgani uchun ular menga og'irdek tuyilmasdi. Lifdan chiqib eshik yoniga kelib ochilish kodini terdim, ichkaridan eshik ochilganligini bildiruvchi signal eshitilgach eshik ochildi. Uyga kirib ostonada tohtab qo'limdagilarni yerga qo'ydim, oyoq kiymimni almashtirish uchun pastga qararkanman ostonada begona erkak kishinin oyoq kiymi turganini ko'rib qotib qoldim. Jahil bilan oyoq kiymimni yechib yo'ldagi haltalarni chetlab o'tgancha ovozimni balandlatib oyimni chaqira boshladim. O'z xonasidan ustiga tungi halatini bog'ichini bog'lagancha shoshib yoniga yurib keldi.
- Yeonji bu..buyerda nima qilyabsan?
"Xonasidan yugirgilab chiqib kelgan oyimni ko'rib battar g'azab oshib ketdi, egnidagi kiyim va ostonadagi oyoq kiyim barini ko'rsatib turardi.
- qizim iltimos sekinroq gapir, kel oshxonaga kirib o'sha yerda gaplashamiz.
- savolimga javob bering. UYGA YANA KIMNI BOSHLAB KELDINGIZ?!
- jim bo'l tentak qiz. O'zingdan-o'zing nega uyni boshinga ko'taryabsan?
"Jahildan o'zimni bosolmay baqirgancha gapirishim bilan oyim barmog'ini burni ustiga qo'yib jim bo'lishimni aytdi. Qayerdandir kelgan begona erkakni uyg'otib yuborishimdan qo'rqishi meni battar asabiylashtirardi.
- shuncha vaqt ichida o'zgardingiz deb o'ylagandim hali ham aqlingiz kirmabdida? Hammasi yana pul uchunmi, ayting pul uchun shundaymi? Men beraman sizga o'sha pulni bu ishlaringni tashlang. Ahir..ahir oyi meni sharmanda qilyabsiz.
- ha to'g'ri oradan ko'p vaqt o'tdi lekin o'zing shu paytgacha mendan xabar oldingmi? Noqal yaxshimisiz deb qo'ng'iroq ham qilmading. Yolg'iz qolib ketdim ukang shundoq ham meni tashlab ketdi senchi sen, sen nima qilding?
- ukam bekordan-bekor ketib qolmagan. Sizni mana shunaqa bahayo ishlaringizni deb bosh ko'tarolmay ketib qolgan. Uni o'rnida men bo'lganimda men ham ketib qolgan bo'lardim.
"Ha meni ukam bor edi, 15 yoshida uydan qochib ketgandi. Oyim boshqalarga o'xshab qahvaxonada farroshlik qilib yoki fabrikada oddiy ishchi bo'lib ishlashdan ko'ra o'z qomati bilan erkaklarni qondirib pul topish yo'lini avzal ko'rgandi. Va bu ishi bilan meni va ukamni hayotini barbod qildi. Ukamku mayli meni maktabda hamma ustimdan kulardi, onamni qilayotgan ishini gapirib hammani oldida sharmanda qilishardi ukam esa meni ustimdan kulgan bolalar bilan mushtlashib meni tarafimni olardi. Ohiri ukam bunday sharmandachilikga chidaolamy ketib qoldi. Jahil ustida aqil ketadi deganlari rost men ham jahil ustida oyimga og'zimga kelgan gaplarni aytib yuboryotgan edim birdan yuzimga kelib tushgan tarsaki tufayli jimib qoldim.
"Ko'ziga yosh olgan oyim ortini og'irgancha xonasiga kirib ketdi. Xona o'rtasida toshdek qotib turarkanman ko'ksimda turgan yuragim huddi hanjar sanchilgandek achishib borardi. Yuzim bo'ylab yoshim lablarim orasidan sirpanib og'zimga kirib kelarkan uni sho'r tamini sezdim. Oyim kirib ketgan xona eshigiga asabiy kulgancha qarab qanday kelgan bo'lsam shunday uydan chiqib ketdim.