January 11

Sen bilan baxt sari

4-qism

Kichik yuvinish xonasidan shirlagancha, chanoqdan oqib turgan suv ovozi eshitilib turardi. Suv tagida turgan chelakni to'lishini kuzatib turgan qiz hayolga berilgandi. To'xtovsiz oqayotgan suv jilosi qizning hayolini o'g'irlagandi, chelakdagi suv chegara chizig'iga yaqanlashib qoldi lekin hayolga cho'mgan qiz haligacha oqayotgan suvga tikilib turardi. O'ziga kelgan qiz suvni toshib ketganini ko'rib tezda jumrakni bosdi, toshib ketgan chelakni chanqodan chiqazib oppoq kafel ustiga qo'ydi. U hafsalasiz devorga tirab qo'ygan shibavrasini olib chelakni ko'targancha yuqori qavatga ko'tarildi.

"Bunday ishda ishlashdan charchadim, uyga, oilam yoniga qaytishni xohlayman. Asli Koreyalikman lekin 3 yoshga to'lganimda otamning ishi tufayli yangi Zealandga ko'chib ketishga majbur bo'lganmiz. Ingliz tilida bemalol gaplasha olaman, bu yerga o'qish uchun kelgandim. Garchi menda imkoniyatlar ko'p bo'lsada men Koreyada o'qishni xohladim, o'ylashimcha bu tanlovim to'g'ri bo'lmadi. Boshida hammasi yaxshi edi lekin keyin hammasi teskarisiga keta boshladi. Ishlab turgan kampaniyam kasotga uchrab yopilib ketdi, ishlagan joyimdan tavsifnomam bo'lmagani sababli boshqa kampaniyalar meni ishga olishni xohlashmadi. Birgina bunga emas chet ellik ishchi bilan ishlash ularga noqulaylik tug'dirishini aytib rad javobini berishardi. Tez orada uy ijarasiga, kammunal tolovlarga va eng muhimi o'qishimga to'lashga pulim qolmagandi. Ko'p o'tmay menga o'qishimdan xabar keldi, unda yozilishicha, agar men 2 hafta ichida o'qish pulini to'lamasam o'qishdan haydab yuborishlari yozilgandi. Men bunday vaziyatda nima qilishni bilmay qoldim, internetdan bo'sh ish o'rinlarini qidira boshladim va "uyga hizmatchi qizlar olamiz" deb yozilgan e'longa duch keldim. O'ylanib o'tirmay ular bilan bog'lanib ishga joylashdim. Shunday qilib yarim yildan buyon shu yerda ishlayabman. Bu yerga ishga kelgan qizlar bir hafta ham ishlay olmasdi, janob Jungkookning tez jahli chiqishi, janob Joshuaning esa o'ta talabchanligi sababli qizlar chiday olmay tezda juftakni rostlashrdi. Lekin kechagi qiz bilan unday bo'lmad, boshida hammasi yaxshi edi ammo janob Jungkookning qilgan ishi sababli qiz juda qattiq qo'rqib ketdi. U qiz bilan hali yaqin bo'lishga ulgurmasimdan ketib qoldi.

- Ehhh afsus ajoyib sherik edi.

Yura

Xo'rsinib qo'ydi Yura. U shibavradan lattani chiqazib chelakdagi suvga soldi, uni suvda yaxshilab yuvib, ishqalab oldi, keyin chiqazib bor kuchi bilan kichkina kaftchalariyu barmoqlarini ishga solgancha lattadagi suvni chiqazib tashladi. O'rnidan turib nafas rostlash uchun chuqur nafas chiqazdi, peshonasidagi terni kafti usti bilan artayotib birdan hovliga ko'zi tushib qoldi. Derazadan janob Jungkookni tushib kelayotganini ko'rib birdan lablari yoyilib jilmayib qo'ydi. Huddiki o'ziga sehirli trazda kuch olgandek o'zini tetik his qila boshladi, biroz oldingi charchoq uni tark etgandek edi. U derazadan uzoqlashib shibavrayu chelagini olib xonadan yugurgilab chiqib ketdi, zinadan tez-tez tushib kelayotgan payt Jungkook ham uyga kirib kelgandi. Uni ko'rib biroz qadamlarini sekinlatdi, u bilan yuzma-yuz bo'lish maqsadida u bilan baravar yurarkan birdan Jungkook tohtab oshxona tomon yurib ketdi. U eshik tagida turib ichkaridagi odamni tomosha qilib turarkan Yura tushunarsiz uni nima qilayotganini jimgina kuzatardi.

- U nima qilyabdi?

O'zi eshitilar ovozda pichirlab qo'ydi Yura.

Jungkook ostonani hatlab o'tib ichkariga kirib ketdi, Yura ham uni ortidan mayda qadamlar bilan yurib bordi. Bildirmay eshik ortidan ichkariga mo'ralarkan Jungkookni Saewondan bo'sa olayotganini ko'rib tanasi jimirlab ketdi. Ko'zlar qorachig'i doimgidan ancha kattalashgan, quloq tagida esa yurak urishi shundoqqina yangrab turardi, tomoqga esa bir narsa tiqilgandek yutinishga imkon bermasdi. Qiz bir necha daqiqa joyida toshdek qotib qoldi, huddi ustidan muzdek suv quyilgandek qimir etishni xohlamasdi. Birdan ichkaridan eshitilgan baqir-chaqir ovozlardan keyin Yura o'ziga keldi, u yerdan uzoqlashib zina ostonasida qoldirgan latta-puttalarini oldiyu kir yuvish xonasiga kirib ketdi.

Yura

Menga nimalar bo'lyabdi o'zi? Nega hayotimda bunday voqeyalar yuz beryabdi? Aybim nima o'zi? Sera xonimning yuzimga tushirgan tarsakisi tufayli yuzim yon tomonga qarab qoldi. Qaltiragan qo'lim bilan tarsaki yegan yuzimga qo'yarkanman kuchli achishishni his qilardim, huddi olov kabi yondirardi bu esa jonimni battar og'ritardi. Boshimni eggancha tashqariga chiqarkanman o'zimga kelib olish uchun yuvinish xonasi tomon ketdim. Ichkariga kirib eshikni qulufladim, suvni yoqgancha qaltiragan qo'lim bilan suv olib yuzimga separdim. Kuchli asabiylashish natijasida qo'limdagi qaltiroq hech bosilmasdi, aksincha battar kuchayardi.

- O'zingni bos Saewon, hammasi joyida, tinchlan.

O'zimni bosishga urinib chuqur nafas chiqazdim, tanamdagi issiq haroratni yoqotish uchun ko'proq muzdek suv bilan yuzimni yuvdim.

- Bo'ldi endi ishingni davom ettirsang bo'ladi.

Saewon

Yana shivirlagancha oynadagi aksimga qarab o'zimga-o'zim gapira boshladim. So'ng yuvinish xonasidan chiqib ishimni davom ettirish uchun oshxonaga bordim.

- Saewon!

Ortimdan kelgan chaqiriq ovoz tufayli yurishdan tohtab ortga o'girildim, qarshimda Sera xonim turardi.

- Eshitaman Sera xonim.

- Ketishing mumkin, senga bugunchalik ruhsat.

- Nega hali ishimni tugatmadimku?

- O'rninga boshqasi tugatib qo'yadi, bemalol ketaver. ...Va yana, yuzinga tushirgan tarsakim uchun meni kechir.

- Ni..nima?

Sera xonim aytgan ohirgi gapirdan biroz hayron qoldim, umuman kutilmagan vaziyat. Eshitmay qoldimmi deb o'ylab nima deganini qayta so'radim.

- Yuzinga tushirgan tarsakim uchun kechir deyabman.

Tishlari orasida shu so'zlarni bazoʻr chiqazib aytayotganini uni yuz harakatlaridan bilish qiyin emasdi.

- xo'p ya..yaxshi, kechirdim.

Saewon ohirgi gapini aytib bo'lgach Sera qizga ortini o'girdi lekin bir qadam ham jilmadi. U yuqorida ularni kuzatib turgan janob Jungkookga bir nigoh tashlab so'ng u yerni tark etdi. Saewon ham yuqoriga qararkan zina panjaralariga suyanib, huddi qiziq filim tomosha qilayotgandek qo'lida bir stakana viskiy bilan Saewonga kulib qarab turgan Jungkookga ko'zi tushdi. Bularning bari uning ishi ekanligini darrov sezgan Saewon uni tirjayib turishiga nisbatan ensa qotirish bilan javob qaytardi, belidagi fartukni jahil bilan yechib kiyinish xonasiga kirib ketdi.

Sera

- Janob Lee ertaga tushda yangi hamkorimiz bilan uchrashuvingiz bor, uchrashuv tushlik paytida bo'lgani uchun mehmonlarimizni restaranga taklif qilsak nima deysiz? Mazzali ovqat ustida suhbatlashib bazi takliflarni ko'rib chiqardik.

- sen qiz bir soniya bo'lsa ham ovqatni o'ylamasdan turolmaysana.

Kulimsirab gapirdi janob Lee. Yeonjinga restaranlarda tayyorlangan ovqatiyu, ichish uchun beriladigan o'tkir ichimliklari yoqishini bilardi. Agar qiz restaran tanlashi kerak bo'lsa u o'zi yoqtiradigan restanni tanlashini o'ylab kulib qo'ygandi.

- ha nima sizlarga yaxshi bo'lsin deyabman. Bilsangiz agar hamma yaxshi narsalar dasturxon atrofida, bir oila bo'lib yig'ilib, shirin taom ustida suhbatlashish bilan boshlanadi.

- Kotibangiz juda tog'ri gapiryabdi janob Lee

To'satdan eshik tagidan erkak kishining ovozi yangradi. Sochlari biroz uzun, bo'ylari baland, kelishgan erkak qo'lida qog'oz ko'targancha eshik tutqichini ushlab turardi.

- Janob Kim anchadan beri shu yerda turibsizmi?

Birdan paydo bo'lgan erkakga hayron qarab qolgan Hojun uni

- Kotibangiz oila haqida gapirishni boshlaganidan beri.

Shunday degancha eshikni yopib ular tomon yaqinlashdi Mujin.

- So'roqsiz kirib kelgani uchun uzur lekin eshigingiz biroz ochiq qolgan ekan. Men eshikni taqillatmoqchi bo'ldim lekin ichkaridan kelgan so'zlarni eshitib o'zimni tutib turolmadim.

Hojunni Mujinga g'alati nigoh bilan qarab turganini sezib qoldi. Hojunga xonasiga so'riqsiz kirib kelganlarni yoqtirmasdi, kim bo'lishidan qatiy nazar doim eshikni taqillatib kirishini aytardi. Bu janob ularning yangi hamkori, kelgusida kampaniyasiga katta foyda olib keladigan inson bo'lishiga qaramay undan deyarli hafsalasi pir bo'lishga ulgurgandi. Hojunni bunday nigohini sababini darrov sezgan Mujin esa nega eshikni taqillatmasdan kirib kelganini tushuntirishga o'tib ketdi.

Lee Hojun

- Yeonji tanishing bu bizni yangi hamkorimiz Kim Mujin.

Biroz oldin Yeonjinga sen deb murojat qilayotgan Hojun hozirda oldiligida yangi hamkorligi turganini inobatga olgan holda qizga siz deb murojat qila boshladi.

- Hayirli kun janob Mujin, siz bilan shaxsan tanishganimdan xursandman.

- Men ham. Aslida biz ertaga uchrashishimiz kerak edi lekin men mana bu hujjatlarni bergani kelgandim. U yerda bizni kampaniya tomonidan kiritilgan bir qator takliflar va bazi o'zgartirishlar bor. Buni yana ertaga hammamiz gaplashib muhokama qilib olamiz, shunchaki oldidan bilib qo'yganingiz yaxshi deb olib kelgandim.

- Tushunarli, raxmat buni albatta ko'rib chiqamiz.

Hojun Mujin uzatgan hujjatlarni olib stoli ustiga qo'ydi.

- Agar ruhsat bersangiz ertangi restarangdagi uchrashuvimizni o'zim tashkillatirsam. Ming bor uzur so'rayman xonangiz yoniga kelgunimcha ochiq qolgan eshikdan suhbatingiz behosdan qulog'imga chalinib qoldi, ishonchim komil sizlarga albatta u joy yoqadi, ayniqsa yosh xonimga.

- Mayli meni qarshiligim yo'q.

Yuzida sohta jilmayishni chiqazgancha gapirdi Hojun.

- Unday bo'lsa ertaga ko'rishguncha janob Lee, sizni esa go'zal xonim, ko'zlarim to'rt bo'lib kutaman.

Mujin

Mujin ketishidan oldin ikkisi bilan xayirlasharkan Yeonjinga kelganda mayin ovoz bilan, nigohlarini unga qaratgan holda so'zlarkan bir onda Yeonjinni hayollarini o'g'irlashga ulgurgandi.

- Nima bo'ldi, nega jimib qolding?

Qizni to'satdan jimib qolganini sezgan Hojun u tomon nigohini qaratdi. Uni hozirgina Mujin chiqib ketgan eshikdan ko'zlarini uzmay qarab qolganiga ko'zi tushdi.

- Shu..shunchaki hali hech kim menga bunday gapirmagandi.

Hojun qizning gaplarini eshitib, ko'zlarini osmonga qaratida, yuzini g'alati burishtirdi. U barmog'ining uchlarini birlashtirib, go'yo "og'iz" yasagandek havoda tez-tez ochib-yopa boshladi.

- Darrov uni so'zlariga sehirlandingmi? "Hali hech kim menga bunday gapirmagandi" emish.

U qizning ovozini masxaralab, ingichka ohangda qaytardi. Uning bu qilig'i Mujinning gaplarini mutlaqo asossiz va zerikarli "valdur-vuldir" deb hisoblayotganini bildirardi.

- Sizga nima bo'ldi? Nega menga jahil qilyabsiz?

Hojunni bu ohangi tezda Yeonjinni o'ziga qaytardi, uni ustidan kulgancha gapirishi qizni jahli chiqazdi.

Yeonji

- Men jahil qilayotganim yo'q, kim aytdi jahil qiylaybdi deb.

- Birov aytishi shart emas, bu shundoq ham ko'rinib turibdi.

- Sen qiz bugun juda ko'p gapirib yubording. Bor ket bo'shsan.

Hojun biroz oldin qizni masxara qilgancha yuzini burishtirgan bo'lsa endi esa uni baland ovozi tufayli yuzini burishtirib olgandi. U o'zini aylanma kreslosiga o'trib Mujin bergan hujjatlarni qo'liga oldi, ammo Yeonji haligacha tepasida unga nimadirlani gapirishdan tohtamasdi. Bu bosh og'riqdan qutilish maqsadida unga ishdan erta javob berib yubordi.

- Hali ish vaqtim tugamadiku.

- Buguncha senga ruhsat ketaver, ko'p gapirib boshimni og'ritib yubording.

- Rostanmi? Katta rahmat janob Lee.

- Ha ha tezroq ketaqol endi.

- Xayr boshliq ertaga ko'rishguncha.

Nihoyat xona biroz tinchidi, nafaqat xona Hojunni qulog'i ham bu shovqindan ancha tinchigandi, endi bemalol o'z ishi bilan shug'ullanishi mumkin.

Lee Hojun

Kiyinish xonasiga kirsam devorga suyanib o'tirgan Yuraga ko'zim tushdi. Negadir u yig'lab o'tirgandi, undan havotirlanib darrov yoniga o'tirdim, yelkasiga asta qo'limni qo'yishim bilan yuzini men tomon qaratdi, nigohi menga tushishi bilan undan hol-ahvol so'rashga tushdim.

- Sen qachon kelding? Nega seni ko'rmadim.

Yig'laganini yashirish maqsadida kafti bilan yoshlarini artib tashladi, tezda mavzuni boshqa yerga burib meni qachon ishga kelganim haqida so'rashga tushdi.

- Bugun ishga kech keldim shunga ko'rmagandirsan.

- Nega keldin?

- Ni..nima?

To'satdan uni ovoz to'ni o'zgardi, huddiki meni kelishimni xohlamagan insondek " nega keldin " deya savol berdi. Men uni bunday tarzda gapirishini kutmagandim shu bosi biroz dovdirab qoldim.

- Aytmoqchimanki kechagi voqeyadan keyin kelmaysan deb o'ylagandim.

Yura

- Aslida o'zim ham kelishni xohlamagandim, lekin ishlamasam bo'lmaydi. Menga pul kerak.

- Tushunarli.

Gapim yakuniga yetishi bilan qisqagina so'z aytib o'rnidan turdi. Ust-boshini to'g'irlab, bir ko'zini to'sib qo'ygan sochlarini esa qulog'i ortiga o'tqazib qo'ydi. Uni bir necha soniya jimgina kuzatib so'ng yana gapira boshladim.

- Xo'sh, senga nima bo'ldi? Nega yig'layotganding?

- Tongda oyim bilan biroz tortishib qoldim, shunga asablarim chidamay yig'lab yubordim.

U bugun negadir boshqacha bo'lib qolgandi. Gapirish ohangiyu o'zini tutishigacha o'zgarib qolgandek edi. Huddiki mendan o'zini olib qochayotgan odamdek, gaplashishni istamay darrov gapirib xonadan chiqib ketdi. Men bularga etibor berib o'tirishni xohlamadim, bunga vaqtim ham yo'q, o'zimni tashvishlarim o'zimga yetadi boshqalarniki bilan ovvora bo'lishni xohlamayman.

- Negayam so'radim o'zi?

Men ham o'rnimdan turib ketish uchun narsalarimni yig'a boshladim. Bugun biroz ertaroq ishdan ketayotganimni o'ylab Yeonjinni uyiga borishni reja qila boshladim. Sumkamga kiyimlarimni solayotgan payt u uchun sotib olgan sovg'am yodimga tushib shkafim ichidan uni qidirishga tushdim.

- Shu yerda ekan.

Uni tez topolmaganimdan yoqotdimmi deb o'ylagandim, yo'q u joyida turgan ekan. Hamma narsalarimni olgach kiyinish xonasidan chiqib ketdim. Yeonjinni uyiga borayotganimni unga aytishni xohlamadim, u bunday payt ko'pincha ishda bo'ladi, ishidan chalg'itmaslik uchun qo'ng'iroq qilmadim. Men Yeonjinni uyiga tez-tez tunab qolgani borib turaman shu sababli u ishda payt ko'chada qolib ketmasligim uchun o'z uyini kalitidan menga qo'shimcha yasattirib bergan. Manzilga yetib keldim, doimgidek eshikni kalitimda ochishdan oldin eshik qo'ng'irog'ini chalaman. Bu menga shunchaki odat bo'lib qolgan, agar 5 daqiqada eshikni ochmasa demak u uyda bo'lmaydi, shunday keyin o'z kaltidimdan foydalanishim mumkin. Qo'ng'iroqni chalgach uni uyda bo'lmasa kerak deb o'ylagandim va shu bois o'z kalitimda eshikni ochish reja qilayotgan paytim to'satdan eshik ochilib Yeonji chiqib keldi.

Saewon

- Voy Saewon, nega kelishingdan oldin xabar bermading?

Egniga kamalak rangli mayka, pastiga esa havo rangli kalta sho'rtik kiyib olgan Yeonji chiqib keldi. Ovqatlanyotgan ko'rinadi, qo'lida deyarli tugab qolgan gimpap turardi. U ham Saewonni kelishini kutmagani hayron qolgan yuzidan bilish qiyin emasdi.

- Ishda bo'lsang bezota qilmay deb indamay kelverdim.

- Qani ichkariga kir.

Qiz chetga o'tib Saewonni ichkariga kirishini aytgancha qo'llari bilan imo qildi.

- Nima qilayotganding?

- Deyarli hech narsa. Biroz oldin kechki ovqat uchun yegulik tayyorlagandim. Shoshma! Nega bunday g'alati qadam bosyabsan, tinchlikmi?

- O'zi shuning uchun yoninga kelgandim.

- Nima bo'ldi gapirsangchi!

Saewon qalin qora jenfirini yuqoriga ko'tarib boshidan oshirib yechib oldi va Yeonjinni ko'z oldida Saewonni ko'karib, shilinib, qizarib ketgan tanasi nomoyon bo'ldi.

- Bu nima ahvol Saewon, kim seni bu ahvolga soldi?

- Otam jahlini tiyolmadi va doimgidan oshirib yubordi.

- Jin ursin.

- Ertalabdan buyon zo'rg'a yuribman, iltimos shu yaralarimga biron dori suritib qo'y.

- Hop ho..hozir.

Saewonni bunday tanasini ko'rish Yeonji uchun odatiy hol edi. Saewon otasidan kaltak yesa shifokorga bormay tog'ri shu yerga kelardi, Yeonjinni o'zi uni yaralariga malham qo'yardi. Lekin bugalgi jarohatlar oldingilaridan ancha yomonroq edi, shu bosi ham Yeonji biroz gangib qoldi.

Bo'shagan qadahini o'tkir ichimlik bilan to'ldirgan Jungkookni hayollari tarqoq, o'zida emasdi. Bunday paytda ichkilik eng yaxshi sherik bo'lib, birozga bo'lsada dardini yengil qilardi.

Yeonji

- Menimcha bugun ko'p ichib yubordim.

Biroz oldin to'latgan qadahini qayta bo'shatib gavdanini kreslosiga suyadi, kresloni deraza tomon burib kechki manzarani kuzatdi. U turgan xona derazasi shundoqqina Namsanga qarab turardi, uni atrofidagi narsalarni o'sha yerdan bemalol ko'rish mumkin edi.

- hh, hech o'ylamagandim bir qiz uchun shundayin uzoq o'ylanaman deb. Uzoq o'ylanaman, ichkilik ichaman, .... achinaman deb.

O'ziga-o'zi gapirishni davom ettirarkan ko'z o'ngida Saewon tasviri gavdalandi. Uni labidagi jarohati va Seradan yegan tarsakisini eslab qandaydir o'zini g'alati his qildi. Jungkook bu his nomini tilga olishni xohlamasdi, bu "achinish hissi" edi.

- Uni ilk ko'rganimni o'zida barini bilgandim, o'sha ilk uchrashuvimiz bizni ohirgi uchrashuvimiz emasligini, yana uchrashishimizni bilgandim. Senga nisbatan shu 2 kun ichida ancha qizig'ishim ortib boryabdi.

Tik turgancha keyingi qadahni ham bo'shatdgan Jungkook stol yoniga yaqinlashib qadahni qo'ydi, qo'llarini stolga tirab boshini egib oldi. Chuqur-churuq nafas olar, hayolidagi o'ylar sabab boshi aylanar bundan esa Jungkookni asablari battar taranglashardi.

- Bularni o'ylashdan charchadim. Jin ursin bari jonga tegdi.

Qaddini rostlarkan stol burchagida turgan segaret qutisini olib xonaning balkon qismiga tomon yura boshladi. Katta oynali eshikni ikki yonga itarishi bilan yuziga qish havosining salqin shamol urildi, birgina ko'ylakda bo'lishiga qaramay bu salqin havo unga tasir qilmasdi, u balkonga chiqib panjara yoniga yaqinlashdi. Kichik quti ichidan bor yo'g'i bitta qolgan segaretni olib oliv burgachi bilan yoqdi, ikki barmog'i bilan lablari orasiga olib kelarkan soniyalar ichida uni lablaridan uzoqlashtirib oppoq tutunni osmonga qarata puflab yubordi.

- Qish faslini yomon ko'raman. Lekin bu sovuq havo menga yoqyabdi, qanchalik tanam muzlamasin negadir uni ko'proq his qilishni xohlayabman.

Qo'llarini balkon panjarasiga tirarkan gavdanini biroz egib uzoq masofaga tikilib qoldi. Barmoqlari orasidagi zararli narsani yana lablari yoniga olib kelib undagi zahar bilan o'pkasini to'ldirdi.

Jungkook

- Birimizni otamiz bo'lmasa, birimizni onamiz yo'q.

- Haa to'g'ri. Birimizni onamiz yengiltak bo'lsa boshqa birimizni esa otamiz g'irt piyonista

Biri qorin qismi bilan devanda cho'zilib yotgan bo'lsa, boshqasi esa qo'liga boshini tiragancha hayol surardi.

- Hoy Yeonji, onang haqida bunday gapirma, ahir u sening onang.

Yeonjinni bu gaplaridan jahli chiqib ketgan Saewon o'ng qo'liga tayanib o'girilgancha baland ovozda gapira ketdi. Uni gapirish payti ko'rsatgich barmog'i dugonasiga qadalib turardi.

- Sen ham otang haqida yomon gaplar aytasanku nima, menga mumkin emasmi.

Dugonasini kayfiyati tushib borayotganini ko'rgan Saewon o'rnidan turib dugonasi yoniga o'tirdi. Butun yuzini u tomon qaratib sekin ohangda gapira boshladi.

- Tog'ri lekin hozir vaziyat boshqacha. Hech bo'lmaganda onang seni yaxshi ko'radi. Meni otam esa na meni, na o'zini qadirlaydi.

- Bir kam dunyo deb shunga aytishsa kerak.

Yeonjinni titirab chiqayotgan ovozini eshitib Saewon darhol qizni yuzini o'ziga qaratdi va uni qizargan ko'zlariga duch keldi.

- Nima, yig'layabsanmi?

— Unday emas. Men borib ovqat tayyorlayman, sen joyingdan qimirlama.
Ko'zidan endigina sizib chiqayotgan yoshni bildirmay artgan qiz shartta o'rnidan turib, oshxonaga kirib ketdi. Dugonasi yonida majburan jilmaysa-da, ichkariga kirishi bilan Yeonjinning kayfiyati battar tushdi. Xayol bilan bo'lib, qozonning qaynoq qopqog'ini ushladi-yu, qo'llarini kuydirib oldi. Ammo bu og'riq uning qalbidagi yarasi oldida hech narsa emasdi.

Yeonji

Anchadan buyun uyda tayyorlangan ovqatni yemagan Saewon hozirda Yeonji tayyorlagan dengiz o'tili sho'rvani ichib o'zini huddi bolalik paytlariga qaytib qolgandek his qilardi.

- xo'sh qalay, ovqatim yaxshi chiqibdimi?

Qarshisida o'tirgan dugonasi zavqlangancha o'zi tayyorlab bergan sho'rvani ichishini kuzatib undan ovqat qanday chiqganini so'radi va bunga javoban Saewon bosh barmog'ini ko'tarib "zo'r" belgisini ko'rsatdi.

- tariflashga til ojiz juda ham mazali.
- senga yoqganidan xursandman.
Saewon aslida hammani oldida ham o'zini quvnoq tutavermaydi. U juda ham og'ir-bosiq, bazan esa juda cho'rt kesar, qaysar va qo'pol qiz, lekin dugonasi bilan bo'lganda u doim o'z chegaralaridan tashqarida tutadi o'zini.

Saewon og'ziga bir qoshiq guruchdan solib huddi biron narsa esiga tushganday tezda o'rnidan turib oshxonadan chiqib ketdi, Yeonji qizni ortidan hayron qarab turarkan bir necha soniyadan so'ng qiz qo'lida narsa ko'targancha Yeonjinni tepasiga kelib turdi.

- Bu senga.

- Nima bu?

Saewon uzatgan kichik qutiga qarab qolgan qiz, uni to'satdan buni berayotganidan Yeonji biroz hayron qoldi.

- Surat solgich, sen uchun sotib oldim ochib ko'r.

Yeonji kulgancha bejirim qadoqdagi qutidan surat solgichni chiqazib qo'liga olarkan uni juda did bilan bezatilganini ko'rib quvonib ketdi.

- Oo Saewon bu juda chiroyli ekan. Raxmat senga menga judayam yoqdi.

- Aslida senga raxmat sen tufayli yaxshi ishga joylashib oldim agar o'sha e'lonni menga yubormaganinda men haligacha ishsiz yurgan bo'ardim.

Saewon gaplarini yakunlab qayta o'rniga o'trib ovqatlanishda davom etdi. Garchi Saewonni ish paytida bo'lgan g'alati voqeyalar bo'lgan bo'lsada dugonasi u uchun qayg'urgani juda yoqimli edi. Ikki dugona kechgi ovqatni qilib bo'lgach idishlarni yuvib yig'ishtirib olishdi. Dugonasi bilan bazor xayirlashgan Saewon sumkasini yelkasiga ilgancha uyiga ketdi.

• 4 - qism tugadi •
• #Ishikawa_Yeonji •