March 17, 2025

Sen_bilan_baxt_sari

- nima? Men buncha vaqt bu yerda qololmayman. Tezroq Koreyaga qaytishim kerak. Otamga Yeonjinni tobi yo'qligi uchun unikida 3 kun qolib qarab turaman deb aytganman. Agar yolg'on gapirganimni sezib qolsa oyoqlarimni sindiradi.

- otangiz haliyam ichib kelib sizga qo'l ko'taryabdimi?

Saewon otasini jahli yomonligi haqida gapirishi bilan Sunghoonni nigohlari mayuslashdi. Ovoz to'nini pasaytirgancha qizga savol berdi.

- ha qo'l ko'tarmasada lekin hali ham juda ko'p ichyabdi. Lekin bazan biron kim bilan urshib kelgan bo'lsa zahrini menga sochib bir, ikki tarsaki tushurib turadi.

- nega haligacha o'sha uydan qochib ketmadingiz?

- qaniydi buni qilish onson bo'lganda allaqachon ketgan bo'lardim. Oldin biroz ishlab pul to'plab olay birato'li Koreyadan ham qochib ketaman.

- istasangiz o'zim sizga yordamlashaman.

- yo'q kerakmas. Hammasiga o'zimni mehnatim evaziga erishmoqchiman.

- ha aytgancha yana mana bu jarohatingiz bilan ishlab yurmang. Chandig'ingiz butunlay bitib ketgunicha 1 oy vaqt kerak bo'ladi.

Pichoqlangani yodiga olgan Saewon birdan kulib yubordi.

- nega kulyabsiz?

- jonim shunchalar qattiq ekanki hatto pichoqlansam ham haligacha tirikman.

- ha ayollarning joni 40 ta deb bekorga aytishmaydi.

- yaramas.

Sunghoonni gapidan biroz jahli chiqgan qiz kafti bilan yelkasiga urib qo'ydi. Lekin Saewonni bu jahli uzoqga yetib bormadi, Sunghoon aytgan gapni eslab ikkisi baravariga kulib yuborishdi.

11-qism tugadi

Avtor: #Kwon_Yeonji

11-qism

Fransiya | kasalxona

Yo'lakdan kelib turgan xlor hidi bemorlarga qayerga kelganliklarini eslatib turardi. Oq halat kiyib olgan Fansuz ayolllari bemor tashxisi yozilgan qog'ozlarni ko'tarib shifokor xonasiga kirib ketishardi. Ayrimlari hali yosh turmush qurmagan va qolganlardan ancha chiroyliroq qizlar qabulxonada bazilari esa ro'yxatxonada ishlashardi. Qabulxonada ishlaydigan qizlardan birini etibori kalidorda u yoqdan bu yoqga yurib tinmay so'kinayotgan Jungkookga tushgandi. Hozir jahli chiqayotgani sabab qoshlari chimirilgan, ko'zlarida g'azab porlab turardi va uni bunday holatini haligi qiz kelishgan deb hisoblardi.

- jin ursin bu ishni kim qilganini bilaman bu aniq Danielani ishi.

Bir qo'lini beliga tiragan Jungkook boshqasi bilan sochini ortga tarab yonida turgan Joshuga gapirardi.

- o'zingni bos Jungkook, hozirgi vaziyatda jahilga yengilib bo'lmaydi

- Men u marazni o'ldiraman chin so'zim uni topib qiymalab tashlayman.

- Jungkook senga tinchlan dedim.

- qanaqasiga tinchlanay! Anavi xonada Saewon jon olishib yotibdi uni bu ahvolga men soldim tushunyabsanmi? Uni bu yerga olib kelmaganimda u hozir pichoqlanmagan bo'lardi, jarohat olmagan bo'lardi.

- o'zingni nohaq ayiblayabsan bunda seni aybing yo'q! Saewon seni jon kuydirishinga arzimaydi, bo'ldi o'zinga kel.

- hech tushunmayman Saewonni nimasini yoqtirmaysan, u senga nima yomonlik qildi?

- u keladidan beri ko'ngilsizliklar yuz beryabdi. Nahotki shuni sen sezmagan bo'lsang?

Bir muddat o'ylanib qolgan Jungkook devorga suyangancha bir nuqtaga tikilib qoldi. Jungkookni birdan jimib qolganidan shubhalangan Joshua ham jimgina uni harakatlarini kuzata boshladi.

- yo'q men bu yerda qo'l qo'vushtirib turolmayman.

Bdjdjzidoissjsnnnsndj

Hjdidididjdhdbndn