December 26, 2024

Sen bilan baxt sari

8-qism

"Allaqachon kech tushib bo'lgan, oyning shulasi yo'limni yoritib turarkan kechgi manzaraga yanada go'zallik qo'shardi. Bir ikki qadamdan so'ng o'ng tomonga burilib uyim joylashgan ko'chaning boshiga kelib turdim. Uzoqdagi uyimga qarab chuqur nafas chiqazdim. Oldin uyga kirishdan oldin hech bunday qo'rqmaganman aksincha oyim bugun kechga nim ovqat tayyorlabdilar deya shoshilib kirib kelardim. O'sha damlarni so'g'indim, judayam.

Eshikni quluflab ostonada turgan uzun ilgichga bo'ynimdagi qora sharif va ustimdagi kurtkani yechib ilgichga osib xonam tomon yura boshladim.

- tohta.

Kutilmaganda oshxonadan otam chiqib kelganini ko'rib tanam muzlab qoldi. Qo'lida men urish uchun ushlab turgan charimdan yasalgan kamarni ko'rib titirab ketdim.

- dada.

- qayerdan kelyabsan?

- ha..haligi ishdan.

- kecha qayerda eding?

- me..men Yeonjinni uyida tunab qolgandim.

- rostanmi? Nega unda kecha Yeonji biznikida tunab qoldi?

Bo'ldi men tamomman. Kechagi ho'rliklar yetmagandek endi kamar bilan kaltaklanishib qolgandi. Endi nima deyishim mumkin, Yeonji biznikida qolishi mumkinligini nega o'ylab ko'rmadim ahir kecha u bilan gaplashgandimku.

- ... dada.

- DADA DEMA MENI! Qayerda eding kecha? JAVOB BER!

To'satdan otamni baland ovozi yangragani bois cho'chib tushdim. Tanamdagi qaltiroq esa yanada oshib ketgandi. Bo'ldi hammasi tugadi. Saewon kamardan zarba yeyishga tayyor tur. Nima deb o'zimni oqlashni ham bilmasdim, birgina xato va tanam charim kamar tamini tortadi.

- kasalxonada edim. Ishxonada tobim qochib xushimni yoqotdim keyin meni kasalxonaga olib borishdi o'sha yerda bir kun qolishimni aytishdi.

- isbotla.

- mana bu qog'ozdagi dorilarni menga shifokor yozib berdi. Hatto tagida shifokorni imzosi ham bor.

- nega unda menga yolg'on gapirding?

- sizni xavotiga qo'yishni xohlamagandim.

Qizini ko'zlariga tikilib turgan janob Park rost gapiryotganiga ishonch hosil qilib ortiq siquvga olishni xohlamadi. Dori retsepi yozilgan qo'g'zoni qizini qo'liga jahil bilan tutqazdi.

- agar yana bir marotaba shu hol takrorlamsa menda yaxshilik kutma. Tushundingmi meni?

- ha.

- xonaga kirishing mumkin.

Oyog'imni qo'limga olib tezlik bilan xonamga kirib oldim. Jin ursin nega shuni avvalroq o'ylamadim, kecha meni davolagan shifokor yozib bergan dori retsepi.

Kechagi kun | Saewon suvga tushib ketgandan kegin.

"Qo'rquv hissi. Ha u meni ashshadiy dushmanim, uni deb o'zimni ojiz his qilaman. Suv tubiga tushib borarkanman mendan oldinda soch tolalarim suzib yurardi. Erkin nafas olishdan ayrildim, borgan sari bu meni qiynoqga solardi. Yurak urishim qulog'im tagida yangrarkan asta sekinlik bilan gupirlab urishi pasayib borayotganini his qilardim. Ko'z oldim qorong'ulasha boshladi, ortiq chiday olmayman lablari orasi ochilib shoshiqqancha suv ichimga kirib ketdi. Mayda ko'pikchalar yuqoriga qarab suzarkan ohirgi ko'rgan narsam shu bo'ldi.

- Jungkook nimalar qilyabsan ahir u o'lib qolishi mumkin!

Suv o'rasida harakatsiz qolgan Saewonni ko'rib Joshua baland ovozda baqirdi. Uni o'lib qolishidan qo'rib Jungkookga qutqarishini aytardi.

- o'zingni uni hoyin demayabkanmiding, nega edi himoya qilyabsan? Qo'yaver o'lib keraversin!

O'zini hotirjam saqlashda davom etgan Jungkook Saewonni yordamga muhtoj holda turganiga pinak ham qoqmadi. Haligacha jahlidan tushmagan, g'ururi esa qizni qutqarishiga yo'l qo'ymasdi.

- lekin shuncha guvoh oldida uni o'ldirib bo'lmaydi. Agar chindan hoyin bo'lsa unga boshqa jazo qo'llaymiz lekin, bu yerda va bunday tarzda emas.

Ohirgi so'zlarini aytib bo'lgan Joshua bassenli xonani tark etdi. Suv tubida yotgan qiz tomon qaragan Jungkook nima qilishi haqida o'ylardi. To'g'ri u xato qildi ammo uni bu darajada jazolash notoģri. Ko'zlarini bir soniyaga yumib ichki ovoziga quloq tutdi. Ustidagi kastyumini yechib sportchi suzuvchilar holatiga turib ikki qo'lini oldinga cho'zgancha suvga otildi

- xo'sh unda hammasi joyidami?

- qattiq qo'rquv sababli hushini yoqotgan. Suv tubida hushini yoqotish bu juda xavfli aslida. Ichiga ko'p suv yutgan bo'lishi mumkin, men unga qayd qildiruvchi dori beraman u orqali yutib yuborgan ortiqcha suvlarini chiqazib tashlaydi. Ko'pi bilan ikki marotaba qayd qiladi.

- tushunarli.

- bu esa tinchlantiruvchi dori. Odatda biron narsadan qattiq qo'rquvi bor insonlar qo'rquviga sababchi bo'ladigan narsani ko'rishlari bilan o'zlarini yomon his qilib nafasi siqilishi mumkin. Yozib bergan dorim ayni shu masalada yordam beradi.

- yaxshi. Kelganingiz uchun raxmat. Marhamat sizni kuzatib qo'yishadi.

Ulkan yotoqda yotgan qizning chap tomonida shifokor ayol uni tekshirish bilan band bo'lsa yonida esa Jungkook ust-boshi ho'l tarzda uni kuzatib turardi. Shifokor barcha kerakli ishlarni qilib, bemorga zarur dorini kichik o'lchamdagi qog'ozga yozib tokcha ustida qoldirdi va xonani tark etdi Jungkook esa shifokorni eshikgacha kuzatib qo'ydi. Saewon hali ham uyquda, Jungkook kabi uni ham kiyimlari jiqqa ho'l edi. Kiyim javonidan almashtirish uchun kiyimlar olayotgan Jungkook Saewon uchun ham bir nechta kiyimlarni qo'shib oldi. Qizni ho'l kiyimlarini tozasiga almashtirishni Seraga buyurib o'zi yuvinish xonasiga kirib ketdi. Saewon hushsiz bo'lgani uchun Sera ishini bajarishga qiynalardi, bir amallab barchasini yakunlagach xonani tark etdi. Bir necha daqiqadan so'ng ikkisi yana yolg'iz qolishdi, Saewonni ustida Jungkookga tegishli kiyimlar va u kiyimlarda qiz yanada jozibali ko'rinmoqda.

- seni suvga itarib yuborganim uchun kechir. Seni zayif tomonidan foydalanmoqchi emasdim, to'g'risini aytsam seni yoqtirib qoldim chog'a. Lekin buni o'zim ham aniq bilmayman, buni yaxshilab aniqalashtirib olmagunimcha esa seni aslo qo'yib yubormayman.

Yotoqni bir chetiga dahanini tirab olib qizni kuzatayotgan Jungkook qizni uyg'otib yubormay deya pichirlagancha gapirardi. Bugal uni nihohlarida g'azab emas yoqimli mehir jilovi sochilib turardi. Chap qo'lini ko'tarib ko'rsatkich barmog'ini burni ustiga qo'yib tepa-pastga surib siypalardi. Birdan o'rnidan turgan Saewon kafti bilan og'zini berkitib olib yotoqdan tushishga urinardi. Kutilmaganda qizni uyg'onishdan cho'chib ketgan Jungkook yerga qo'llari bilan tayangancha o'tirib qolgandi, qizni qayd qilmoqchiligini ko'rib shoshgancha uni yuvinish xonasiga boshlab unitaz tepasiga olib keldi. Huddi joni sug'irib olayotgandek kuchli yo'talib qayd qilayotgan qiz holsiz qo'li bilan yon tomoniga tushib turga sochini ortga itarib yubordi. Jungkook oqchib quyasotgan Saewonga rahimdil nigoh bilan tikilib qo'li bilan yengilgina qizni ortiga urib siypalab qo'yardi. Dori tasiri hali ketmagan, ko'zlar uzoq ochilib turolmasdi tezroq yumilib uyquga ketishni xohlardi. Lekin qayd qilishdan so'ng og'izdan kelayotgan badbo'y hid barchasini qilishga halaqit qilardi. Jungkook yordamida o'rnidan turgan Saewon chanog' tepasiga kelib turdi. Jungkook qizni devorga tirab jumrakni burab muzdek suvni yoqdi, ulkan kafti bilan suv olib qizni yuzini yuva boshladi. Lablar atrofiga yopishgan qayd qilishdan qolgan narsalar Jungkookni qo'liga suykalib ketarkan ulardan sir ham jirkanmasdi.

Jumrakni o'chirib qizni o'rniga qayta joylashtirib ko'rpa bilan ustini yopib qo'ydi. Buguncha u boshqa xonada uxlash uchun o'ziga tegishli yostiqni olgancha qizni yolg'iz qoldirdi.

Bu voqeyalarni bir muncha vaqtga qayta eslagan Saewon tinmay tishini ishqalayotgan cho'tkadan qo'lini olib lunjlarini ishirgancha qarshisidagi oynaga tikilib qoldi.

- nahotki meni chindan ham u qutqargan bo'lsa? Ahmoq o'ylab ham o'tirmay suvga tashlab yubordiya meni!

Qiz jahil qilib cho'tkani tez-tez ishqalashda davom etd.

- ertaga meni yana qanday og'ir ish kutib turgan ekana u uyda? Qaydanam o'sha elon menga kelib qoldiya o'zi, qaydanam Yeonji menga uni yubordi. Shoshma... YEONJI JIN URSIN. Ahir unga kechadan buyon qo'ng'iroq qilmadim.

Og'zini shosha-pisha chayib xonasiga kirib sumkasini titgancha telefonini oldi, Yeonjinni raqamini terib gudok ketishini kuta boshladi. Ammo u kutgan signal o'rniga aperator ovozi yangradi, Saewon qizil tugmani bosib yana bir marotaba qo'ng'iroq qilib ko'rdi bu safar ham aperator ovozi eshitilgach holsiz telefonni qulog'idan uzoqlashtirdi.

- menimcha mendan yaxshigina xafa bo'lgan ko'rinadi. Ertaga ishdan chiqib uyiga borib kelmasam ko'nglim hotirjam bo'lmaydi.

Telefonini tokcha ustiga qo'yib, ko'rpa ichiga joylashgan Saewon uxlashdan oldin tungi chirog'ini o'chirib boshini yostiqqa qo'ygancha ko'zlarini yumdi.

Ertangi kun.

Ko'ziga tushgan quyoshning yorqin nurlari sabab ko'zini qattiq yumib olgan qiz boshini boshqa tomonga burib olib uxlashda davom etdi. G'ashiga tegkan yorug'lik ketidan telefonidagi budunlik ovozi qizni asabiga tega boshladi. U o'zi istagan uyquga erisha olmagach eringancha o'rnidan turib telefonidan yangrayotgan musiqani o'chirib qo'ydi. Keyingi galda soat nechchi bo'lganiga qararkan ishga kech qolganini o'ylab so'kinib yubordi.

- jin ursin kech qolibman!

Shoshib o'rnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Tezda yuzini muzdek suvda yuvib tishlarini apil-tapil yuvgancha xonasiga qaytib kiyinishga tushib ketdi. 10 daqiqada kiyinib bo'lgan Saewon xonasidan otilib chiqib eshik tomon yugurdi, eshikni qulufdan chiqazishi bilan qarshisida tirjaygancha qo'lida kichik quti ko'tarib olgancha Guoyongga duch keldi. Shoshiqib chiqayotgan Saewon eshikni ochishi bilan to'satdan Guoyongni ko'rib cho'chib tushdi.

- lanati, sen bu yerda nima qilyabsan?

- hayrli tong.

- endi hayrli bo'lmasa kerak.

Boshini chap tomon burib olgan Saewon Guoyongni yuziga qarashni xohlamasdi, buni esa chimirilgan qoshlaridan bilish mumkin edi.

- mana bu shirinlikni onam bo'lajak keliniga berib yubordi ya'ni senga.

- nima! Sen nima deyabsan qanqa kelin?

Birdan eshitgan gapidan keskin Guoyong tomon yuzini burgan Saewon bugal nafaqat chimirilgan qosh bilan balkim butun yuzini burishtirib olgandi.

- o'tgan kuni onamga seni yoqtirishimni aytgandim onam esa seni otang bilan gaplashibdi otang seni bizga berishga rozi bo'libdi. Nima kecha otang senga bu haqida aytmaganmidi?

- Men bu to'yga hechqachon rozi bo'lmayman.

- seni roziliging kerak emas, otang shundoq ham biz bilan barchasini kelishib bo'lgan.

- meni roziligimsiz hechnarsa bo'lmaydi. Ko'p ham xursand bo'laverma baribir senga turmushga chiqmayman.

Saewon uni gaplarini telbalikga yoyib parvo qilmagancha ishga ketish uchun oyoq kiyimlarini kiya boshladi. Ostonada turib olib krasofka ipini bog'layotgan qizni yuqoridan kuzatib turgan Guoyongni ichida qandaydi g'arazli hissiyot uyg'ona boshladi, o'zicha uni qonuniy rafiqasidek ko'rib buyruqlar bermoqchi bo'ldi. Asil niyati esa uni boshqa yigitlardan berkitib uyda olib o'tirish edi, u chiroyli bo'lgani uchun boshqasi ilintirib ketishini o'ylab ichidagi shaytoni uni qo'rqitardi.

- qayerga ketyabsan ishgami?.. Endi ishga borishni ham yig'ishtirsang bo'lardi menga bunday yurishing yoqmaydi go'zalim.

- sen menga xo'jayin emassan lanati. Meni bunday atashni bas qil!

Bunisi ortiqcha. Qandaydir bir ahamiyatsiz odam kelib olib buyruqlar berishi Saewonga yoqmadi. Qaddini tiklab Guoyongni ko'zlariga g'azab bilan tikilib uni haqorat qildi. Bunda Guoyongni biroz jahli chiqdi, qizni bo'yni orqasidan ushlab o'ziga keskin yaqinlashtirdi.

- tshsh menga ovozingni ko'tarma. Menimcha uyda otang yo'q agar seni bo'lajak kuyoviga qilayotgan muomilangni eshitsa yaxshigina jazolagan bo'lardi. Mayli uni o'rniga o'zim seni aqlingni kiritib qo'yaman.

Guoyong Saewonni ichkariga itarib yubordi. Eshikni yopib qiz tomon katta qadamlar bilan yurib kela boshladi.

- menga nisbatan shuncha qilgan xurmatsizliging yetar bundan buyog'iga gapirgan har bitta yomong so'zing uchun mendan jazo olasan.

- Sen kim bo'libsanki menga buyruq berasan! Hatto meni o'ldirish bilan tahdid qilishsa ham senga aslo turmushga chiqmayman!

- buni hali ko'ramiz.

Guoyong belidagi kamarini kuch bilan yechib bosh tomonini qo'liga mahkam o'rab ushlab oldi. Saewon o'rnidan turib qochishga uringanda Guoyong kamar bilan qizga zarba berdi. Beliga berilgan zarbadan yuzi burishib ketgan Saewon tasilim bo'lishni xohlamay xonasi tomon yurishda davom etdi.

- mendan qocha olaman deb o'ylayabsanmi? Seni aslo qo'yib yubormaysan Saewon. Boshida senga yaxshi gapirishga urindim lekin sen meni yerga urishda tohtamading endi esa yomon ko'rinishimga chidashinga majbursan, chunki mana shu holatimda men bilan bir umir yashaysan!

Saewonni xonasiga yetib qolganini ko'rib Guoyong yana bir marotaba kamar bilan zarba berdi bugal Saewon yerga tizzasi bilan o'trib qoldi. Qaltiragan qo'li bilan zarba bergan joyiga tegkizarkan joni qattiq og'riyotganidan yig'lab yuborardi.

- yaramas qiz baribir qo'limga tushding. Aytgandimku sen mendan qocholmaysan deb.

Chuqur-churuq nafas olayotgan bois ko'kraki tepa-pastga borib kelarkan kuchli harakati sababli chakka qisimlaridan terlar oqib tushardi. Kamarni yanayam mahkam qilib kaftiga bog'lab qo'lini yuqoriga ko'targancha ohirgi kuchli zarbani berdi

- kecha seni uyinga kelganimda otang hali uyga kelmaganingni aytgandi, soat yarim tunga yaqinlashib qolgandi o'shanda. Qayerda eding, kecha tunda qayerda eding. GAPIR!

Uyni Guoyongning ovozi tutib ketdi. Peshonasidagi terni artgancha qo'lidagi kamarni yerga uloqtirib yubordi. Qizni yoniga kamar zarba bilan uloqtirilarkan yoshlangan ko'zlari bilan Saewon o'sha kamarni kuzatib yotardi. Birdan eshik qo'ng'irog'i chalindi, Guoyong yerda yotgan qizga bir qarab qo'yib borib eshikni ochdi. Eshik ortida bo'ylari baland, tanasi baquvvat, ust-boshi qora rangga burkangan yigit turardi. Guoyong bir ko'rishda undan biroz cho'chigandek bo'ldi. Jungkook ostonada turgancha nigohlari bilan Saewonni qidirarkan uni yerda yotganini ko'rib qo'li musht bo'lib tugildi. Yonida yotgan kamarni ko'rib unga nima bo'lganini darhol tushundi, o'tli nigohlarini yigitga qaratib ichkariga bir ikki qadam yurib kirdi.

- hali kuching qizlarga yetadigan bo'lib qoldimi?

- sen kim..kimsan o'zi?

- sen qo'l ko'targan qizning sevgilisi. Meni sevgan qizimga qo'l ko'targanlar aslo tirik qolmaydi, hatto u otasi bo'lsa ham.

Jungkookni so'zlariga javob qaytaraman deb og'iz ochgan Guoyong jag'idan musht yedi. Bunday kutilmagan zarabdan yigit darhol yerga quladi, Jungkook Guoyongni yoqasidan tortib turg'izgancha ketma-ket ayovsiz zarbalar berardi. Allaqachon Guoyongni burnidan qon ketishni boshlarkan ohirgi kuchli zarbadan hushini yoqotdi.

- janob menimcha Saewonni ahvoli yaxshi emas.

Boshlig'ini ortidan kelgan Heeseung yerda yotgan qizni ahvoli haqida gapirarkan ovozi past eshitilganiga qaraganda qizga achingan ko'rinadi. Jahil otiga mingan Jungkook ayovsiz yigitni kaltaklarkan bir onda qulog'iga eshitilgan isimni deb harakatsiz qoldi. Chuqur-churuq nafas olgancha Saewon tomon qararkan achinarli ahvolda yotganini ko'rib ichidan tog'lar qulagandek bo'ldi. Qizga yaqinlashgach asta boshini ko'tarib bo'yin qismiga olib mahkam quchoqladi.

- Saewon.. yagonam.

Qizni bazor nafas olishidan ahvoli og'irligini sezgan Jungkook ortiq kutib o'tirmay uni qo'llariga ko'tarib oldi.

- janob bu yigitga qanday jazo berishni xohlaysiz?

Eshik yoniga yaqinlashib qolgan Jungkook yordamchisini so'zlarini eshitib bir soniyaga tohtadi, yigitni eski omborga olib borishni aytib o'zi shoshgancha uydan chiqib ketdi.

- tashvishlanma senga azob berganlarni ayab o'tirmayman. Oyoqqa turmagunincha o'zim seni davolayman

Qo'lida kichik qalin muqovali kartichkani ushlab turgan yigit unda yozilgan raqamga qo'ng'iroq qilish qilmaslik haqida o'ylanib turardi. Ohiri bir qarorga kelib qog'ozdagi raqamlarni telefoniga tera boshladi, bir necha soniya o'tgach aperatorning abonet aparati o'chirilgan degan ovozi yangradi. Havsalasiz nigoh bilan telefonidagi raqamga tikilib turgan yigit huddi shunday bo'lishini bilgandek asabiy kulib qo'ydi. Biroz vaqat mehmon bo'lgan tamandixonadan chiqib eshik tagida biroz tohtab undan bir necha metr uzoqlikdagi ulkan binoga qaraba qoldi.

- u shu yerda ishlashini aytgandi. Ish vaqti allaqachon tugab bo'lgandir, hoynahoy uyiga yetib ham olgan bo'lsa kerak.

Lablarini bolalarcha cho'chaytirib araz ohangida o'ziga-o'zi gapirib ketayotgan Joshua bir necha kun oldin huddi shu yerda bezori yigitlardan qutqarib qolgan yoqimtoy qiz haqida o'ylardi. O'zicha bino tomon qarab qizni allaqachon uyiga ketib bo'lganini tahmin qilarkan boshqa kutishdan foyda yo'q deya mashinasi yoniga yura boshladi. Shu yaqin atrofdagi bekat yonida mashinasi qoldirgan Joshua uzoqdan mashinasiga signal berib qulufdan ochdi. Mashinasi tomon yaqinlashib kelarkan bir necha qadam narida joylashgan bekatda homush o'tirgan qizga ko'zi tushib qoldi, yonon tomondan o'sha juda ham Yeonjinga o'shab ketardi. Joshua ikkilangancha qiz tomon yaqinlashib kela boshladi qizni tepasiga kelib asta yelkasidan turtdi

- hoy xonim ahvolingiz joyidami?

- ...ha hammasi joyida.

Qiz egik boshini ko'tarib tepasidagi xush muomila yigitga holsiz jilmayib qo'ydi.

- yo xudo Yeonji bu sizmi?

- meni taniysizmi?

- ha albatta, sizni tanidim. Nahotki siz meni tanimagam bo'lsangiz.

- kechirasiz sizni tanimadim.

- men o'sha sizni haloskoringiz.

- Nima?

- sizni ikki bezoridan qutqarib qolgan yigitni eslaysizmi, o'sha menman.

To'satdan haligi yigit qizni yuzini ko'rib uni ismini aytgancha quvonib ketganini ko'rgan Yeonji nima bo'layotganiga tushunmasdi.

- ...haa endi esladim.

- uyga ketyabsizmi?

- ha, avtobusim kelishini kutayotgandim.

- agar shoshilmayabkan bo'lsangiz sizni kechki ovqatga taklif qilsam bo'ladimi?

- lekin men...

- o'tgan safar dugonangizni bahona qilgandingiz bugal hechqanday qarshiliklar qabul qilinmaydi. Ahir vada bergansiz, vadangiz ustidan chiqishingiz kerak.

- hop mayli.

Yigit tinmay qizga birinchi uchrashuvini eslatishga urinarkan miyyasidan 2, 3 kunlik xotiralarni titib chiqayotgan Yeonji nihoyat uni esladi. Joshua Yeonjinni uchratib qolganidan juda baxtiyor edi, uni kechki ovqatga taklif qilayotganda qiz rad javobini berishdan biroz cho'chidi. Ammo Yeonji tezroq uyga ketishni xohlardi Joshuani taklifini rad qilmoqchi bo'lganda Joshu uni so'zlarini eshitishni istamadi, bir amallab ko'ndirib hozirgina chiqgan tamandixona olib kirib ketdi. Joshua qizni qarshisida o'tirib olib qizni qanday ovqatlanishini kuzatarkan negadir uni harakatlarida birinchi ko'rishishgandagi energiya yo'q edi. Ishtahasi yo'q bo'lsa ham ro'parasida o'tirgan yigitni ranjitmasligi uchun bajburan ovqatlanyotgan Yeonji tarelkadagi chuchvaradan yana birini og'ziga solib xohlamaygina chaynay boshladi.

- ishda toliqib qolgan ko'rinasiz, ko'zlaringiz charchaqdon jar solmoqda.

- Kampaniyaga yangi ishchilar kelgandi ularga esa meni masul qilib qo'yishdi. Butun boshli kampaniyani ko'rsatib tanishtirib chiqguncha ancha charchab qoldim.

- tushunarli. ...Ishingiz o'zingizga yoqadimi?

- ha juda ham. Bu ishim meni hayotim mazmuni.

Joshua ko'proq suhbatlashish uchun Yeonjinga ketma-ket savol bera boshladi. Ammo Yeonji gapirishni xohlamasdi, tezroq bu suhbatni tugatib uyga ketgisi kelardi.

- kechirasiz men juda charchagandim uyimga borib uxlashni xohlayman. Meni mazur tuting bu safar ham vadamni bajarolmadim.

- qarshi bo'lmasangiz uyingizga olib borib qo'ysam.

- yaxshi.

Asabga tegovchi sukunat, bu sukunat bazilarni noqulay ahvolga solardi. Yuzini oyna tomon burib atrofni kuzatib ketayotgan Yeonji bu noqulaylikdan uzoqda. Uni hayollari bir joyda emas, qandaydir tushkun hissiyotga berilib qolgan va bu bilan u o'zini biron narsaga qiziqishi qolmagan insonlarga aylanib qolganman deya o'ylardi.

- khm havoni bulutligini menimcha birozdan so'ng yomg'ir yog'sa kerak. Yeonji sizga yomg'ir yoqadimi?

- doim ham emas lekin hozir yomg'ir ostida turishni xohlardim. Yomg'ir tagida tursam yig'layotganimni hechkim sezmaydi, hatto yig'layotgan bo'lsam ham kulib turishim mumkin. Quyosh esa aksincha barini sotib qo'yadi.

Sukunatni buzish uchun gapni nimadan boshlashni bilmayabkan Joshua yo'l davomida u ham atrofni kuzatib ketardi. Birdan hayoliga kelgan fikirdan qiz tomon qarab gapira boshladi. Ammo u bergan birgina savoli uchun umuman boshqacha javobni oldi, bu javob tagida Yeonjinni hozir nima xohlayotganini va uni nima qiynayotganini bilish mumkin edi.

- Yeonji biron narsa bo'ldimi? Negadir bugun boshqachasiz.

- qandayman? Nima ko'rinishim shunchalik achinarlimi?

- yo'q unday emas, biroz tushkun ko'rinyabsiz. Men shuni nazarda tutgandim.

- yetib keldik. Olib kelganingiz uchun raxmat. Vadamni keyingi safar albatta bajaraman, ko'rishguncha.

"Tushkun ko'rinyabmanmi? O'zim ham shunday deb o'ylagandim. Hayolimdagi o'ylar va ichimdagi ayibdorlik hissi meni hech tinch qo'ymayabdi. Onam bilan tortishib qolgan kunimdan beri shu ahvol, aytgan gaplari esa haligacha qulog'im tagida jaranglamoqda. U meni emas o'sha o'ynashini ustun qo'yib ranjitgani g'azabimni qo'zitadi. Kamiga Joshuani menga rahmi kelgandek tikilishidan o'zimni bechoradek his qilardim. Uyimga yetib kelishimizga hali ancha bo'lsada begona bir uy tagida mashinani tohtadib jahil bilan tushib ketdim.

- hoy shoshmang! Biroz shoshmang.

- agar biroz suhbat qurishni istasangiz men jon deb tinglovchingiz bo'lardim. Istagan narsangz haqida gapirishingiz mumkin, shu yo'l bilan o'zingizni yengil his qilsangiz men judayam xursand bo'lardim.

"Mashinani ortda qoldirib yurib borarkanman ortimdan eshitilgan chaqiriq tufayli tohtashga majbur bo'ldim. Joshua yonimga shoshgancha kelib menga suhbatdosh kerak bo'lsa uni chaqirishimni aytd. Uni so'zlarida samimiylik sezilib turardi, gapirgan gaplarini iloji boricha yumshoqroq qilib tushuntirish mobaynida ko'zlarimga qarolmasdi. Men jim edim, unga nima deyishni ham bilmasdim. U ortga o'girilib yurishni boshlagan on hayolimga kelgan va anchadan beri qiynab kelayotgan narsalarni gapirishga tushdim.

- men charchadim..

- aynan nimadan?

- majburan kulib yurishdan, insonlarga keraksiz mehir ulashishdan. Shuncha harakatim evaziga esa tarsaki olyabman holos. O'zimni, shanimni qutqarish uchun qilgan ishimni deb meni ayibdor qilishdi, ularni tashlab ketganim uchun mendan g'azablanishdi. Lekin, lekin ularga shunga munosib! Ular shunga Munosib!

"Ko'zlarim bir nuqtadan uzilmasdi, hissizlarcha o'sha nuqtaga qarab turarkanman bir, ikki tomchi yuzimni siypalab tushdi. Aslida men insonlar yonida yig'lashni yoqtirmayman, bu men uchun uyatli. Ko'zimni yumin qo'lim bilan yuzimni berkitib oldim. Ichimda o'zimni shunaqanki lanatlardimki, yig'layotganimda uyalardimki bu yerdan g'oyib bo'lib qolishni xohlardim.

- senga ayiblayotgan insonlarga o'zingni oqlashga majbur emassan. Seni ranjitganlarga sariflayotgan mehringni shu mehirga muhtoj bo'lgan insonlarga ulash.

- ammo meni atrofimda bu mehirga muhtoj bo'lgan insonlar yo'q.

- adashding bor.. o'sha inson men.

- ni..nima?

"Men umuman kutmagan javob. Keskin unga ko'zlarimni qaratdim. Ko'zim atrofida hali ham yoshlar oqmoqda lekin ularni yashirish o'rniga hayrat bilan unga tikilib turardim. Bu bilan u nima demoqchi?

Avtor: #Kwon_Yeonji