November 16

Sen bilan baxt sari

4-episode

Xitoy | Gangkom

Bejirim qurilgan restaran. Polga qondan ham to'q rangdagi qizil gilam solingan, devorlari esa o'rmon maysazorlarini rangiga oxshab yashil rangda lekin yolg'iz turmasin deb tilla rangni eslatuvchi sariq rangda naqshlar chizilgan, kelgan mizolar o'tiradigan stollari dumloq shakilda ustidan solingan dasturxon esa huddi qaymoqni eslatuvchi oqga biroz sariq rang aralashgan dasturxon solingan edi. Albatta bunday bejirim restaraning stolida bejirim idish-tovoqlar ham joylashgan bo'ladi. Bu restaran mashxur bo'lib mijozlari esa asilzoda boylar va kallakesarlar uchun ajoyib joy edi. Restaran egasi Xitoyning enga boy odami bo'libgina qolmay mafiyaga ham aloqador odam edi, shu bois ham bu yerga mafiya to'dalari va kallakesarlar ko'p kelib turishardi. Bejirim restaranning ikkinchi qavati bo'lib u yerda asosan restaran egasining yaqin odamlari va restaran egasi o'tirardi, shular qatorida hozir Koreyaning eng kuchli va boy bo'lgan odami Jeon Jungkook ham o'tirar edi. U bu yerga shunchaki ovqatlanish uchun kelmagan aksincha yangi hamkori bilan kelishish, bitim tuzish uchun kelgandi bu yerga.

- ming bor uzur janob Jeon biroz kech qoldim.

Yoshi tahminan 40 dan oshgan qari erkak Jungkookni qarshisidagi bo'sh o'ringa joylashgancha shunday dedi.

- ko'p kutganim yo'q men ham yaqindagina kelgandim.

Bashang kastyum-shim boshida esa kiymiga mos rangda shlyapa kiyib olgan erkak cho'ntagidan olov yondirgichni chiqazishi bilan tepasida turgan qo'riqchisi darhol oddiy segaretalardan farq qiladigan katta va semiz segaretani olib boshlig'ini qo'liga tutqazdi.

- xo'sh men bilan nima masalada gaplashmoqchi edingiz?

Segaretasini olov yordamida yondirgan haligi erkak undagi zaharni ichiga yutib so'ng bir necha soniyadan so'ng qolgan havoni biroz tepaga qaragancha puflab yubordi.

- bilasiz janob Huang Jin bizni jamoa Koreyadagi eng yirik mafia. Deyarli barcha mafiyaga va qotillikga aloqasi bor odamlar faqatgina bizdan qurol sotib olishadi, lekin shu kunlarda qurol sotish bo'yicha ishimiz yaxshi yurimayabdi sababi esa Vetnamdagi eng katta dushmanimiz sababli. Bizga asosan qurollar Vetnamdan yetib keladi lekin u yerdagi mafia to'dasini bo'shlig'i Daniela qurol yetqazib beradigan yo'limizni yopib qo'ydi.

- mendan nima istaysiz?

- Vetnamdagi muammoni hal qilib berishingizni xohlardim, bilishimcha sizni Daniela bilan aloqangiz yaxshi ekan hatto u sizdan yaxshigina qarzdor ham emush.

- qaydam.- dedi Huang Jin u huddi Jungkook qo'shimcha qilib yana biron narsani gapirishini kutgandek ataylab gapni cho'zishga urinardi, lekin Jungkook uni maqsadi tushunib turardi va qariyani gapirishini kutmay yana o'z so'zini davom ettirdi.

- eshitishim bo'yicha sizning ham qora dori biznesingizga mol yetishmayabkan ekan. Meni iltimosimni bajarib berishingiz evaziga sizga... mana shu chamadondagi narsani beraman.. Marhamat ochib ko'ring.

Jungkook qariyaga aytagn ishini bajarib berishi evaziga nima berishini aytarkan yonida turgan qora kichikroq chamadonni stol ustiga qo'yib qariya tomon surib qo'ydi. Qariyani tepasida turgan qo'riqchi darhol chamadon ichini ochib avval ichida nima borligini o'zi ko'rib olib so'ng xavfli buyum bo'lmagach boshlig'iga ko'rsatdi. Qariya chamadon ichidagi qora dorilarni ko'rib kulgan on labi orasida tishlab turgan segaretasi yon tomonga surilib qoldi.

- kelishdik. - dedi qariya va qo'lini Jungkook tomon uzatdi. Jungkook ham bu holatdan kulib qo'yib qariyani qo'lini siqib qo'ydi.

Koreya | soat 12 : 30

Qasirdek uyning orqa hovlisidagi kichikroq bog'da maysalar ustiga oyoqlarini cho'zgancha joylashib olgan Saewon sendvich yeb o'tirardi.

"Qanday go'zal manzara. Oyim doim shunday bog'i bo'lishini orzu qilgan, zerikgan paytida borib o'zi ekgan gullarini tagini yumshatishni, ular bilan uzoq suhbat qurishni xohlardi."

- Saewon qayerdasan?!

- nima gap Yura?

Hayolga berilgancha o'tirgan Saewon birdan baland ovozda o'zini ismini chaqirlyotganini eshitib qoldi va tezda o'rnidan turib ovoz kelayotgan tomonga yurib bordi.

- qayerda eding seni qidirmagan joyim qolmadi.

- men bog'da o'tirgandim.

- Sera xonim aytdi ketishimiz mumkin ekan.

- nima, hali ertaku.

- qiladigan ishimiz qolmabdi shunga bizga ertaroq javob beryotgan emush.

- hmm tushunarli. Mayli sen boraver men ham ortingdan boraman

- ... yaxshi

Yura Saewonni gapidan biroz vaqt unga qarab turib so'ng indamay uy ichiga kirib ketdi. Saewon esa bog'ga qaytib u yerda unitgan telefon va sendvich qog'oznini olib u ham uy ichiga kirib ketdi.

Ishdan chiqgan qiz to'g'ri uyi tomon keta boshladi. Bugun ishdan erta chiqdi qizni uyidagi odatga ko'ra bunday paytda otasi yo ichib o'tirgan bo'ladi yoki bo'lmasam endi uyga kirib kelib mehmonxonada tilivizor tomosha qilayotgan bo'lardi. Nima bo'lganda ham har ikkila vaziyatda otasi tomonidan aytiladigan gaplar bazida esa beriladigan kaltaklar kutib turardi qizni. U bunday holatdan charchagan edi tezroq ko'proq pul to'plab o'zi istagan davlatga qochib ketishni xohlardi. Shundoq ham Saewonda chipta uchun yetarli pul mavjud, ko'p bora ishlagan joyidan haydalgan bo'lsa ham lekin doim ishlagan vaqtidagi ish haqqini berishgan. Hozirda u boshqa davlatga borgach u yerda vaqtinchalik yashab turish uchun uy ijarasiga va yeb ichishi uchun ishlatishga pul to'playotgandi.

Uyi eshigi tagiga kelib turgan qiz eshikni ochishdan oldin chuqur nafas chiqazib bir necha soniya o'ylagancha eshikni ochdi va ichkariga kirib keldi. Saewon uyga kirishi bilan dimog'iga shirin ovqat isi urildi. Hayron qolgan qiz sekin qadamlar bilan tinmay idish tovoqlarni tovushi chiqayotgan oshxona tomon yura boshladi. Saewon hayollarida otasi o'ziga qaytgan u yana oldingidek yaxshi insonga aylangan deya o'ylab oshxonaga kirib keldiyu lekin umuman kutmagan insoni oshxonada ovqat tayyorlayotganini ko'rib hayratdan qotib qoldi

- Yeonji se..sen bu yerda nima qilyabsan?

O'z ismini eshitgan qiz ortiga o'girilib eshik tagida haykaldek qotib turgan dugonasini ko'rdi va tezda yuzi yorishib yugurgancha o'zini qizning bag'riga otdi.

- ahh Saewon keldingmi? Seni kech qaytasan deb o'ylagandim.

Dugonasini qucha turib shularni aytarkan gapi tugagach bag'ridan chiqib ko'zlariga tikildi.

- sen hozir bu yerda bo'lmasliging kerak, otam seni ko'rsa jahli chiqishi mumkin tushunyabsanmi?

Yeonjinni kulgancha gapirgan gaplarini Saewon anglolmasdi. Hayrat qoplagan yuzi mana endi qo'rquvga o'zgarib Yeonjinga qarab turardi. U qo'rqardi otasi Yeonjinni bu yerda ko'rsa mastlik tasirida unga ham qo'l ko'tarib qo'yishidan qo'rqardi, chunki otasiga uyga begona odamlar kelishi yoqmasdi.

- ket Yeonji hoziroq bu yerdan ket!

- ni..nima nega ahir?

- savol berma shunchaki gapimga kir. Tezroq ket yo'qsa bu uydan ranjib chiqib ketishing mumkin.

Vaqt deyarli 14 : 20 ga yaqinlashib qolgan demak hademay otasi uyda bo'ladi tezroq Yeonjinni uydan ketqazib yuborish kerak. Yeonjinni qo'lidan mahkam tutib qo'rquv porlab turgan ko'zlari bilan dugonasiga jon kuydirib gapirgancha chiqish eshigi tomon yetaklab kelardi. Eshik yonida turgan ilgichdan dugonasini plashi va sumkasini olib qizni qo'llariga tutqazdi.

- bunday qilayotganim uchun kechir lekin senga hammasini keyinroq tushuntirb beraman

- ammo Saewon meni bir soniya eshit.

- hozir gaplashib turadigan vaqt emas tezroq ket deyabman senga Yeonji!

Yeonjinni yelkasidan ushlab eshikni ochgan on uni ortida turgan odamni ko'rib rangi oqarib ketdi. Bu o'sha qizini onasi o'limida ayiblagan va shuni sabab qilib juda ko'p kaltaklagan ota, eshik ortida turgan odam edi. Saewon huddi azroilni ko'rgandek qotib turarkan qo'rquvdan gapirishni unutib qo'ygandek nima deyishni ham bilmasdi.

- ota u ho..hozir ketadi, iltimos faqat unga te..tegmang.

Otasi bir qiziga bir qizini ortida turgan dugonasiga qarab qo'yib uyga kirib eshikni yopdi. Saewon otasini harakatlaridan qo'rqib Yeonjinni yanada ortiga yashirib qo'lidan mahkam tutdi. Otasi Saewonga yaqin kelib biroz ko'zlariga qarab turdiyu so'ng o'zi bilan olib kelgan bir halta guruchni qizini qo'liga tutqazdi.

- tuxum topolmadim lekin guruch bor ekan shuni o'zini bo'lsa ham olib kelaverdim.

- hechqisi yo'q bo'laveradi. Katta raxmat amaki.

Janob park ohirgi marotaba qiziga bir nigoh tashlab qo'ydiyu so'ng xonasiga kirib ketdi.

- shunga shuncha vahima qildingmi? - Yeonji qo'lida turgan sumkasi va plashini qayta ilgichga ilib qo'ydi. - qani menga berchi buni.

Yeonji Saewonni qo'lidan guruchni olib oshxonaga kirib ketdi, bir necha soniya joyida qimirlamay turgan Saewon biroz o'tib u ham shoshgancha oshxonaga kirib keldi

- hozir aqildan ozaman. Nimalar bo'lyabdi o'zi menga barini tushuntirib ber.

- nimasiga tushunmading? - tepasiga kelib olib yetmaganiga bir joyda turolmay u yerdan bu yerga tinmay yurgancha savollar berayotgan dugonasiga bir nigoh tashlab qo'ygan Yeonji yana ishida davom etdi.

- qanday qilib otam sen bilan bunday yumshoq ohangda gaplashdi? Ye...yetmaganiga mana bu guruchni qanday olib kelishiga ko'ndirding?

Ohiri Yeonji ham asabiylasha boshladi. Guruchni suvda tez-tez yuvib stol ustiga taraqlatib qo'ydi va ortida turgan dugonasi bilan yuzlashdi.

- nima otang bir maqluqmidiki u bilan gaplashib bo'lmasa yoki o'ldirib qo'yadimi biron narsa iltimos qilsang?! Qanday bo'lsa shunday gaplashdim huddi odamlar tilida.

- Men unday demadim aytmoqchimanki otam ohirgi 3 yil mobaynida birovga yaxshi gapirganini ko'rmadim, hatto menga ham ohirgi marotaba qachon... erkalab gapirganini eslolmayman.

Saewon shunqadar achchiqlanib gapirardiki ko'zidan alam yoshlari oqardi. Biroz oldin dugonasiga jahil bilan qarab turgan Yeonji uni yig'lab yuborganini ko'rib tezda bag'riga oldi.

- buni bilaman baridan xabarim bor... Bo'ldi yig'lashni bas qil, undan ko'ra menga yordamlash muzlatgichdan bodring va pomidor olib kesib tur men esa guruchni pishirishim kerak qani bo'laqol.

Vaziyatni yumshatish maqsadida tezda gapni ishga burib yubordi. Saewonga qo'shilib o'zi ham yig'lab yuborgan Yeonji yuzidan oqib tushayotgan yoshlarini artib yana gaz tepasiga qaytib keldi dugonasiga ish buyurgancha o'zi guruchni pishirishga tushdi

Xitoy | Gangkom

Restaranning pastki qavatidagi burchakda joylashgan erkaklari xonasiga kirib ketgan Jungkook bir necha daqiqalardan so'ng qator joylashtirilgan kichik xonadan chiqib to'g'risida turgan qo'l yuvish chanog'i tepasiga kelib turib suvni yoqdi. Barmoqlari orasiga suv yugurtirib qo'lini yuvayotgan qahramonimizni yonidagi chanoq tepasiga bir erkak kelib u ham suvni yoqgancha qo'lini yuva boshladi.

- bilasanmi nima? - asabiy kulgan Jungkook qo'lini yuvgancha birdan gapira boshladi. - shunday paytlarda nima deyishni bilmayman.

- qanday paytda?

- kimnidir o'ldirishdan oldin.

Jungkook gapini yakunlashi bilan haligi erkak yonidan pichoq chiqazib Jungkook tomon olib bordi lekin pichoq unga ziyon yetqazishga ulgurmasidan Jungkook qo'lini qayirib pichoqni olib tashladi. Erkak qo'lidagi og'riqdan asabiylashib Jungkookni o'zidan uzoqlashtirishga urundi va tezda zaxira pichog'ini chiqazib u tomon yaqinlashib kelayotgan Jungkookni son qismiga tiqib oldi. Pichoqni ichkariga kuch bilan itarib Jungkookga kulgancha qarab turarkan Jungkook ham boya erkakdan tortib olgan pichog'i bilan erkakni bo'yniga zarba berdi. Bir necha soniyadan so'ng erkakni tishlari orasidan qon sizib chiqarkan shu holidayam tinmay so'kinardi. Boyniga sanchilgan pichoq tufayli biroz kuchsizlangan erkakni pichoq ushlab turgan qo'li sekin bo'shasha boshladi, Jungkook erkakni devorga qarata uloqtirib soniga sanchilgan pichoqni sug'urib oldi. Devorga bazor suyanib turgan erkak tepasiga kelib turgan Jungkook u bilan bo'y baravar bo'lish uchun cho'kka tushdi.

- seni kim yubordi?

- ... toshingni ter ahmoq. Senga hechqachon uni kimligini aytmayman.

- bekor qilasan. U seni bunday himoyangga arzimaydi tirik qolishni istasang menga uni kimligini ayt.

- baribir aytmayman.

- ahh... mayli o'zinga-o'zing tilab olding.

Erkakni qaysarligidan jahli chiqgan Jungkook labini tishlagancha biroz vaqt ko'zlariga tikilib turib so'ng asabiy kulib yubordi. Bu erkakdan baribir hech qanday foyda yo'qligini bilgan Jungkook uni o'ldirishga qaror qildi, qaddini rostlab kastyumini orqasidan to'pponcha chiqazib otish uchun tayyorladi so'ng birinchi nishondayoq o'qni erkakning peshonasiga joylab uni o'ldirdi.

- jin ursin

Bir necha soniyadan so'ng erkakni jonsiz tanasi kafelga quladi. Yurish uchun qadam tashlamoqchi bo'lgan Jungkook oyog'idagi og'riq tufayli so'kinib yubordi, to'pponchani o'z joyiga joylab erkaklar xonasidan chiqib bazor bu restarandan chiqib avtoturargohda turgan mashinasi oldiga kelib eshikni ochgancha sekin mashina boshqaruviga joylashdi.

- kim bo'lardi albatta Danielada boshqasi meni o'ldirish uchun qotil yubormagan bo'lardi.

Jungkook oyog'idagi yaraga qarab yuzini burishtirarkan boya o'ldirgan odamini kim yuborganini tahmin qilgancha o'ziga-o'ziga gapirib qo'yardi. Mashinani o't oldirib bugungi charchoqli kunni tezroq unitish uchun mehmonxona tomon yo'l oldi

Koreya | 19 : 00

Anchadan buyun uyda tayyorlangan ovqatni yemagan Saewon hozirda Yeonji tayyorlagan dengiz o'tili sho'rvani ichib o'zini huddi bolalik paytlariga qaytib qolgandek his qilardi.

- xo'sh qalay, ovqatim yaxshi chiqibdimi?

Qarshisida o'tirgan dugonasi zavqlangancha o'zi tayyorlab bergan sho'rvani ichishini kuzatib undan ovqat qanday chiqganini so'radi va bunga javoban Saewon bosh barmog'ini ko'tarib "zo'r" belgisini ko'rsatdi.

- tariflashga til ojiz juda ham mazali.

- senga yoqganidan xursandman.

Saewon og'ziga bir qoshiq guruchdan solib huddi biron narsa esiga tushganday tezda o'rnidan turib oshxonadan chiqib ketdi, Yeonji qizni ortidan hayron qarab turarkan bir necha soniyadan so'ng qiz qo'lida narsa ko'targancha Yeonjinni tepasiga kelib turdi

- bu senga.

- nima bu?

- surat solgich, sen uchun sotib oldim ochib ko'r.

Yeonji kulgancha bejirim qadoqdan surat solgichni chiqazib qo'liga olarkan uni juda did bilan bezatilganini ko'rib quvonib ketdi.

- oo Saewon bu juda chiroyli ekan. Raxmat senga menga judayam yoqdi.

- aslida senga raxmat sen tufayli yaxshi ishga joylashib oldim agar o'sha e'lonni menga yubormaganinda men haligacha ishsiz yurgan bo'ardim.

Saewon gaplarini yakunlab qayta o'rniga o'trib ovqatlanishda davom etdi.

Ikki dugona ovqatlanib bo'lgach stol ustini yig'ishtirib idishlarni yuvib olishdi. Yeonji ishlarni tugatib uyga ketish uchun tayyorlanyotgan payt Saewon qizni kech bo'lganda qo'yib yuborishni xohlamadi buguncha shu yerda qolishini aytib xonasiga olib kirib ketdi. Saewonni yotog'i katta bo'lgani uchun bemalol ikki qiz yotsa bo'lar edi, uxlashdan oldin birgalikda kulguli filim tomosha qilishni xohlab bir filim tanlashdi ko'rib bo'lgach esa ko'rpani ichiga o'ranib uyquga ketishdi.

3 kundan so'ng | soat 10 : 15

Ohirgi daqiqalarda ish joyiga yetib kelgan Saewon kecha tunda o'z uyini tozalab kech uxlagani uchun ishga kechikib kelgandi. Tezda kiyimlarini o'zgartirib chiqgan qiz shoshgancha yurarkan birdaniga yo'lida uy boshqaruvchisi Sera chiqib keldi.

- ha..hayirli kun Sera xonim.

- senga ham. Qayerga bunchalar shoshilib ketyabsan?

- men ha..haligi bog'ga gullarni tagini sug'orishim kerak edi.

Yo'lidan Serani chiqib qolishini kutmagan Saewon dovdiragancha boshqaruvchini savollariga javob qaytarardi.

- senga boshqa ish bor. Qani ortimda yur.

Sera Saewonga ko'z uchida qarab ortidan yurishini aytib o'zi oshxona tomon oldimlab ketdi. Saewon ham Serani harakatlariga ensa qotirib xohlamaygina qizni ortidan ergashdi.

- bugun oshpaz ayol kelolmaydi o'rniga sen ishlab turasan. Boshqa qizlarga aytolmayman ularning har biriga alohida vaziga yuklatilgan sen kech kelganing uchun qutulib qolding. Tayyorlashing kerak bo'lgan taomnoma muzlatgichga yopishtirib qo'yilgan, qanday masalliqdan foydalanishing kerakligi ham yozilgan o'sha qog'ozda yozilganlarga qarab ish qilasan tushindingmi?

- ha xonim

- judasoz. Agar birontasi ishini tugatsa senga yordamlashish uchun yuboraman

Gaplarini tugatgan Sera sochini o'ynab oshxonadan chiqib ketdi. Yolg'iz qolgan Saewon esa aytilgan ishni qila boshladi, muzlatgichga yopishtirib qo'yilgan qog'ozni olib unda yozilganlarni birin-ketin o'qib chiqa so'ng retsep asosida masalliqlarni ola boshladi.

Bir necha daqiqa oldin Koreyaga qaytib kelgan Jungkook mashinada o'tirgancha uyi tomon yo'l olardi. Manzilga kelib tohtagan mashinadan birinchi haydovchi tushib orqa o'rindiqda o'tirgan ho'jayini uchun eshikni ochib berdi. Jungkook ehtiyotkorlik bilan mashinadan chiqarkan oyog'idan olgan jarohatini haydovchisiga sezdirgisi kelmay odatiy yurib uy ichi tomon oldimlab ketdi. Yuqoriga ko'tarilish uchun zina tomon qadam bosayotgan Jungkook oshxonadan kelayotgan g'alati ovozlar tufayli birdan tohtab qoldi biroz vaqat u ovoz qayerdan kelayotganiga quloq solib so'ng ovoz kelayotgan tomon yura boshladi.

- jin ursin nega bular ezilib ketyabdi o'zi shunday bo'lishi kerakmidi?

Yarim soatdan beri qog'ozda yozilgan ovqatni o'xshatolmayabkan Saewon jahil bilan tinmay so'kinardi. Qizni har bir harakatiyu og'zidan chiqayotgan haqoratli so'zlarni ostonada turgan Jungkook jimgina kuzatib turardi. Saewon jahil bilan qo'liga pichoqni olib alam bilan pomidorlarni to'g'ray boshladi bundan buyog'iga ovqatni o'zi bilgancha tayyorlashga ahd qilgan qiz yonida turgan ahlat qutisiga taom retsepi yozilgan qog'ozni g'ijimlab tashlab yubordi. Kuzatib turishdan zerkigan Jungkook nihoyat harakatga kirib sezdirmay qizni ortidan kelib ochiq bo'yniga lablarini bosdi

"Yana o'sha ifor, yana o'sha harakat va yana o'sha qo'rquv hissi. Ishga berilib ketganimdan oshxonaga kirib kelgan odamni ham sezmabman, birdan bo'ynimga bosilgan qaynoq taftdan cho'chib tushib yelkamni qisgancha ortimga o'girildimu qarshimda o'sha vaxshiy insonni ko'rdim.

- salom kichkintoy.

"Jin ursin u qachon qaytdi uyga nahotki 3 kun shunchalar tez o'tib ketgan bo'lsa? U menga tirjaygancha qarab turarkan o'tgan safargidek meni yana "kichkintoy" deb chaqirdi. Men bir necha soniya hayratdan qimirlay olmadim toki qo'lini ko'tarib men tomon yo'naltirmagunicha, uni bu harakatidan so'ng o'zimga kelib bir qadam ortga tashladim. Bu harakatimga nisbatan jilmayib qo'lini men tomon yaqinlashtirgancha sochimni bir tutamini qulog'im ortiga olib qo'ydi."

- nima seni shunchalar jahlingni chiqazdiki bechora qog'ozni g'ijimlab tashlab yubording?

- menga bemalol teginishni bas qiling, men sizni istagan payt istagan ishini qilishga qo'yib beradigan foxishangiz emasman

"Qanchalik undan nafratlansamda kimligini unutmagan holda xohlamaygina "siz" deb murojat qilardim."

- gaping to'g'ri foxisha emassan chunki tanang unchalik ham ulardek jozibali emas lekin sen meni hizmatkorimsan meni har bir aytgan ishimni so'zsiz bajaradigan ishchimsan. Shunday ekan o'zingni foxishalarga o'xshatishing shart emas huddi ularga qilganimdek senga ham istagan paytim istagan ishimni qila olaman.

- hechqachon sen o'ylagandek bo'lmaydi tushindingmi? Hechqachon seni aytganlaringni bajarmayman.

- rostanmi? Lekin men allaqachon o'ylagan ishimni boshlab bo'ldim... ya'ni seni.
- nima?

Jungkook aytgan ohirgi gaplarga tushunmagan Saewon qoshlarini chimirgancha qarab turarkan Jungkook esa qizni bergan savoliga nisbatan bilagidan mahkam tutib xonasi tomon olib ketdi.

4-qism tugadi.

Avtor: #Kwon_Yeonji