Sen bilan baxt sari
Qo'lida daftar ushlab olib yo'lak bo'ylab yurayotgan yosh shifokor yigit bugun ancha charchagandi. Xonasiga kirib daftarni ish stolini chetiga qo'yib o'zi aylanma stuliga o'tirgancha bor gavdasini unga suyadi. Ko'zlarini yumib boshini yuqoriga qaratgan koyi eski xotiralarni yodga ola boshladi.
"6 yil oldin uyidan qochgan bolakay. Bundan 6 yil muqaddam jahil ustida uydan qochib ketganman. Qochib ketishimga esa onam bilan tortishib qolganim sabab bo'lgan. 5 yoshligimda otam bir ayolga elakishib bizlarni tashlab ketdi. O'sha paytlarda oilamiz ancha qiynalib qolgandi. Onam opam ikkimizni boqaman deb ikkta joyda ishlashiga to'g'ri kelardi. Oradan yarim yil o'tgach onam uyga kech qaytadigan odat chiqazdi, bazan esa tonga yaqin turli xil mashinalarda uyga kelardi. Bir kuni onam o'zi bilan bir erkakni uyga boshlab keldi, yarim tungacha onam bilan ichib so'ng onamni xonasiga kirib ketdi. O'sha kundan boshlab uyimizga har xil begona erkaklar kela boshladi. Onam pul topishning onson yo'lini topgandi. Lekin bu ishi tufayli opam va mening kelajagimiz barbod bo'lib borardi. Maktabda hamma ustimizdan kular, bezori yigitlar esa opamga tegajonlik qilishardi. Men bunga ortiq chidolmadim, o'sha kuni uydan qochib ketgan kunim yarim tungacha ko'cha sang'idim yetmaganiga ichib olgandim, g'irt mast edim. Uyga mast ahvolda bazor yurib kelarkanman uyimizdan begona erkak chiqib kelganini ko'rib jahlim chiqib ketdi. Shu paytgacha bazor bosib kelgan qadamlarimni shaxdam bosgancha uyga kirib keldim. Onamga yuzlashib ovozim boricha baqirgancha hamma haqiqatlarni aytdim. Ichimdagi barcha alamu hasratlarimni to'kib tashladim. U esa meni bu qilgan ishimga javoban yuzimga tarsaki tushurdi. Men mana shu tarsaki zarbiga chiday olmay uydan chiqib ketdim va shu bo'yi uyga qaytib bormadim. Park Saewon. Ochig'ini aytganda uni bu yerda uchrataman deb o'ylamagandim. Saewon opamni yaqin dugonasi va meni birinchi muhabbatim. Saewon ham meni huddi o'z ukasidek yaxshi ko'rardi, doim menga mehribonchilik qilar qiynalgan paytlarimda yordam qo'lini cho'zadigan sevgi farishtasi edi. Opamga aytolmagan sirlarimni u bilan bo'lishardim u esa men bilan sutli picheynelarini bo'lishardi, shuning uchun ham u menga sutli picheyne deb laqab qo'yib olgandi. Uni 13 yoshimda sevib qolganman. O'sha kuni hayotimdagi eng yomon va eng yaxshi kun bo'lgandi
Yuz-ko'zi ko'kargan bolakay yanog'idan oqib tushayotgan yoshni jahil bilan artib tashladi.
- opa aytdimku men hechnarsa qilmadim uni o'zi birinchi boshladi. Jonsu meni haqorat qildi shuning uchun uni urdim.
Opasiga yalgudek ovozda gapirgan bolakay uni gaplariga ishontirishga urinardi.
- unda uni soati seni sumkanga qanday tushib qoldi?
- Aytdimku Jonsuni o'zi sumkamga solib qo'ygan.
- senga ishonmayman hoziroq men bilan o'sha sinifdoshingni uyiga borib ota-onasidan va Jonsudan kechirim so'raysan.
Qanchalar ukasini jarohatlanganiga achinmasin hozirgi holatda ukasiga yon bosishni notoģri deb hisoblagan Yeonji ukasi tomon yaqinlashdi. Jonsuni uyiga borib oilasidan uni urgani uchun kechirim so'rashini aytdi.
- men qilmagan ishim uchun kechirim so'ramayman.
Opasini bu qaroridan Sunghoonni qattiq jahli chiqdi. G'azab ko'zlari bilan opasiga tikilgancha Jonsuni uyiga borishdan bosh tortdi va uydan jahil bilan chiqib ketdi.
- Sunghoon qayerga ketyabsan hoziroq ortinga qayt! Sunghoon!
Qayerga ketayotgani nomalum, oyoqlari shunchaki qayergadir bormoqda lekin qayerga? Ko'ksida turgan yurak kimgadir muhtoj.. kimnindir daldasiga, yupatishiga, mehriga muhtoj edi. Malum vaqt o'tgach oyoqlar yurishdan tohtadi. Egik boshini ko'targan Sunghoon ro'parasida turgan uyga nigohini tashladi. Bu uy kimga tegishli ekanligini o'ylab esa biroz hayrat bilan atrofiga qarab qo'ydi. O'zi bilmagan holda oyoqlari olib kelgan manzilga hayrat bilan qarashdan tohtamasdi.
Kutilmaganda uydan chiqib kelgan qiz uyidan bir necha metr uzoqlikda turgan bolakayga ko'zi tushdi. Uni kimligini bilish maqsadida uzoq tikilib turarkan ohiri uni tanib u tomon yaqinlasha boshladi.
- sen bu yerda nima qilyabsan?
- sizni oldingizga bir ish bilan kelgandim.
Nima deyishni bilmagan Sunghoon hayoliga birinchi kelgan gapni aytib yubordi. Aslida uni qizda hechqanday ishi yo'q edi.
- bir o'zing keldingmi? Opang Yeonji qani?
- shoshma yuzinga nima qildi? Yo xudo kim seni bu ahvolga soldi?
Sunghoonni jarohatlangan yuziga endigina etibor bergan Saewon vahima bilan bolakayni yuzini o'ziga qaratdi.
- nega endi bo'lmas ekan. Qara yuzing juda yomon jarohat olibdi. Qani ortimdan yur darhol jarohatingni davolayman.
- ko'p gapirmasdan aytganimni qil.
Saewon bolakayni qarshiliklariga qaramay uni uyi tomon boshlab ketdi. Sunghoonni xonasida qoldirib o'zi oshxonadan dori qutisini olib kelish uchun bir daqiqaga yolg'iz qoldirdi.
Xonasiga qaytib kelgan qiz qo'lida dori quti va onasi pishirgan sutli picheynelarni ko'targancha kirib keldi.
- bular senga, jarohatinga malham qo'yib bo'lgach yeb ol.
- nega menga mehribonchilik qilyabsiz ahir sizni yaqiningiz, ukangiz emasmanku?
Bunday mehribonchilikni opasi emas boshqa bir begona odam qilayotganidan ranjigan bolakayni ko'zi atrofi biroz yoshga to'ldi.
- kimgadir yaxshilik qilish uchun albatta u odam seni yaqining bo'lishi shart emas. Bazida odamlar begona odamlarning yaxshiligiga, mehriga muhtoj bo'lib qolishadi. O'z yaqini yordam bermagan bechora odamlar yettiyot begonaga borib yalinishga majbur bo'ladi. Ayni shu damda odam insoniylikni unitmagan holda yordam so'rab kelgan odamga qo'ldan kelgancha yordam berishi kerak. Yo'qsa dunyo shavqatsiz odamlarga to'lib ketadi.
Saewon savolga javob bergancha asta-sekin dori qutisini ochib bolakayni jarohatiga malham qo'yib borardi. Sunghoon jimgina Saewonni tinglab o'tirar uni gapini bo'lishni xohlamasdi. Qizni oliyjanobligi, undagi insoniylik hislati sabab bolakayni unga nisbatan yanada mehri oshdi. Sunghoon qizni jon qulog'i bilan tinglardi, fikru hayoli faqat unda qizni shirali ovozi bolakayni allaqachon sehirlashga ulgurgandi. Saewon ishini tugatib dori qutishini yopgancha qarshisida o'tirgan Sunghoonga yuzlanarkan uni qizga tikilib qolganini ko'rib biroz hayron qoldi.
- senga nima bo'ldi, nega unday qarayabsan?
- Saewon opa siz dunyodagi eng yaxshi odamsiz.
Sunghoonni birdan bunday deyishini kutmagan Saewon asta jilmayib qo'ydi.
- odatda sevib qolganlar shunday gaplarni gapirishadi. Eh nimalar deyabman ahir sen atigi 13 yoshda bo'lsang.
- nima sizningcha 13 yoshli bola kimnidir sevib qolishi mumkinmasmi?
Saewonni bu gapidan Sunghoonni jahli chiqib ketdi. Biroz oldin yuvosh mushukchadek o'tirgan bolakayni birdan teskari to'nini kiyib olgani qizni biroz cho'chitdi.
- men unday demadim. Seni yoshingda sevgiga nima bor undan ko'ra yaxshilab o'qi xo'pmi.
- yaxshi, endi picheynelaringni yeyishing mumkin.
Flash back tugadi | Hozirgi vaqt Faransiya
"O'sha kuni ilk bor unga nisbatan iliq hissiyotlarni tuygandim. Vaqt o'tib esa u hissiyotlar kattalashdi va men unga oshiq bo'lib qolgandim. To'satdan onam bilan bo'lgan hodisa meni undan uzoqlashishga majbur qildi. 15 yoshimda uydan qochib oradan 6 yil o'tib esa Farnsiyada yana o'zim ishlaydigan kasalxonada uni uchratdim. Menimcha bu taqdir, agar taqdirimizda yana uchrashish belgilangan bo'lsa birga bo'lish ham yozilganiga ishonchim komil.
Ertangi kun | Koreya soat 08. 15
Haftaning birinchi kunini begona uyda qarshi olgan Yeonji hozir yuvinish xonasida kiyimlarini almashtirish bilan band. Ertalab hizmatkor qizdan olgan kiymini kiyayotgan qiz oynadagi aksiga qaragancha tinmay gapirishdan tohtamasdi.
- jin ursin uyida tunab qolganim yetmagandek menga kiyim sotib olgani nimasi? Kechasi umuman uhlay olganim yo'q, arvohlar haqida aytgan ahmaqona gaplari tufayli hotirjam uxlolmadim. Bugunoq uyimni eshigini qanday qilib bo'lsa ham ochaman.
Kiyinib bo'lgacha sochlariga biroz ishlov berish maqsadida sochidagi bog'ichni olib tashladi.
- sochimni bundan ham biroz uzun qilishni xohlayman.
Bel qismiga tushib turgan sochlarini qo'li bilan tarab qo'yayotgan qiz uni yana uzun qilishni reja qilardi.
- bo'ldi tayyorman endi tashqariga chiqsam bo'ladi.
Sochlarini shunchaki yoyib olgan Yeonji soch bog'ichini bilagiga bezak sifatida taqgancha xonasidan chiqib pastgi qavatga tushsdi.
- tentak men qizni emas bolani pichoqlashni aytgandim qizni jarohatlashni menga nima keragi bor?
- yaxshi bugun tushda offesimda ko'rishamiz. Bilib qo'y menga bugunoq o'sha o'z boshimchani topib kel yo'qsa seni ham uni ham o'ldirib ikkingizni yonma-yon qabirga ko'maman eshitingmi?!
Jahil bilan qizil tugmani bosgan Mujinni asablari ancha tarang edi. Oshxonaga borish uchun ortiga o'girilarkan mehmonxona ostonasida turgan Yeonjiga ko'zi tushib qoldi.
- Yeonji sen qa..qachon kelding?
- hozir kim bilan gaplashyotgandingiz?
- kampanyamdagi hodimimni changini qoqdim. Yo'g'imda ruhsatimsiz ish qilibdi shunga qattiq urshyotgandim.
- tushunarli. Suhbatingiz tugagan bo'lsa nonushta qilamizmi?
Mujin va Yeonji dasturxona atrofiga o'tirishgacha hizmatchi qizlar tezda stolga narsalar qo'ya boshlashdi.
- bu savolmi yoki ustimdan kulyabsizmi?
- nega endi ustindan kularkanman?
- sizni ahmaqona gaplaringiz tufayli ko'zimga uyqu kelmadi. Xonamda biron narsa tiqirlasa o'sh ishni arvoh qilyabdi deb qo'rqdim.
- xaxaxa Yeonji ahir bu shunchaki hazil edi.
- men bunday qaltis hazillarni yoqtirmayman.
- tushunarli, Yeonji xonimni boshqa bunday hazillar bilan ranjitmayman.
Gapi yakuniga yetgacha Mujin va Yeonji oshxonani to'ldirgancha kulib yuborishdi. Ularni kuzatib turgan hizmatchi qizlar esa ho'jayinini birinchi bor bunday kulishini ko'rib hayron bir-biriga qarab qo'yishardi
Nonushta tugagach mashinaga o'tirib ishga qarab yo'l olishdi. Yeonji mashinani old o'rindig'ida o'tirib kim bilandir telefonda gaplashib ketardi. Kim bilanligi nomalum bo'lsada lekin yigit kishining ovozi shundoqqina Mujinga eshitilib turardi. Suhbat uzoq davom etar bundan Mujin asabiylashib ketardi. Qoshlari chimirilgan, qo'llari mashina rulini mahkam siqib olgan, oyog'i esa pedalni kuchli bosib tezlikni oshirardi. Bosh qismi tez-tez qiz tomon burilib turardi tezroq bu suhbat tugashini xohlardi. Nihoyat uzoq vaqtdan so'ng suhbat yakunlandi. Yeonji nomalum yigit bilan xayirlashib Mujin tomon vohimali qaragancha gapira boshladi.
- nima bizni avto halokatga uchratmoqchimisiz buncha tez haydamasangiz?
Sitafor tomon yaqinlashyotgan mashina qizil chiroq yonishi bilan kuch bilan harakatdan tohtagan payt ikkisi oldinga qarab kuch bilan silkinib ketdi.
- ... kechir qizil chiroq kutilmaganda yonib qoldi.
Qizning nima sababdan qoshlari chimirilganini tushungan Mujin shunchaki vaziyatni tushuntirishga urundi.
- qo'shnim bilan, u shundoqqina yonimdagi uyda yashaydi. U usta ya'ni kalitlar, har xil temir buyimlarni tuzatib yuradigan bir usta. Undan uyim eshigi qulufini to'g'irlab berishini so'ragandim.
- nima xo'sh? U rozi bo'ldi. Bugun kechgacha hammasini tugatib qo'yadi.
- bor yo'gi shu uchun shunchalar uzoq gaplashdingmi?
- yo'q albatta. U qulufni to'g'rilab berish evaziga uni kechki ovaqat bilan mehmon qilishimni aytdi va men .. rozi bo'ldim.
Mashinani kampaniya avtoturargohiga olib kelgan Mujin mashinani o'chirib mashinadan tushdi. Eshikni jahil bilan yoparkan hali mashinadan tushishga ulgurmagan Yeonji esa hayron yopilgan eshikga qarab qoldi.
Bino ichiga kirib kelgan Yeonji atrofdan Mujinni qidirgancha yurib borardi.
- senga ham salom Yeonji. Xo'sh ahvollar qalay?
- Yeonji keyingi hafta bizni kampaniya tomonidan qurilyotgan savdo do'konini ochilishi bo'ladi.
- bularni bariga o'zing bosh bo'lishingni xohlayman. Bilasan sendan boshqasiga ishonmayman. Hammasini qo'linga ol va menga doim ishlar bo'yicha hisobod berib tur.
- xo'p janob Lee barchasini siz aytgandek qilaman bunisidan tashvishlanmang.
- buni bilaman. Yaxshi unda senga ishda omad tilayman.
Janob Leeni bildiryotgan yasxhi tilaklariga javoban Yeonji yoqimli jilmayib qo'yardi. Bir necha soniyadan so'ng jilmayishdan cheklangan qiz ortiga o'girilishi bilan birdan paydo bo'lgan Mujin tufayli cho'chib tushdi.
- ja..janob Mujin, siz bu yerda nima qilib turibsiz?
- mana bu hisobotlarni qaytadan ko'rib chiq ko'pida xato qilibsan. Meni muhim ishim bor sen hisobotlarni tugatgunincha qaytib kelaman.
Mujinni biroz jahil va qo'pol ohangda gapirishidan hayron qolgan Yeonji nega uni bunday qilayotganini tushunmasdi.
- menimcha bugun chap yonim bilan turgan ko'rinadi.
Bugun yo'lda mashinalar doimgidan ko'proq bo'lgani sababli yo'lda bemalol yurib bo'lmaydi. Yetmaganiga havoni ham avzoyi buzuqligi battar yurakni g'ash qilmoqda. Mashinasini qizil chiroqda tohtatgan Mujin chap qo'lini mashina eshigiga tiragancha barmoqlari bilan labiga tegingancha hayolga cho'mdi.
"Haligi yigit Yeonjinga ancha yaqin ko'rinadi. Qanday qilib qo'shni yigit bilan shunchalar uzoq gaplashish mumkin? Yetmaganiga qo'shni yigit bilan kechgi ovqatni birga qilish bu ortiqcha. Jin ursin kampaniyada uni Xojun bilan kulib gaplashib turganini ko'rib battar g'azabim qo'zidi. Xojunni o'sha gapirish va kulishan tiyilmayabkan og'zini yulib olishni xohladim. Asablarimni tinchlantirishga urinishim kerak yo'qsa chindan ham birontasiga zarar berib qo'yishim mumkin.
Yashil chiroq yonishi bilan mashina yana yo'lida davom etdi. Katta yo'lda biroz yurgach birinchi muyilishdagi ko'chaga kirib bordi. Yana atigi 1 daqiqalik yo'ldan so'ng manzilga yetib keldi. Mashinadan tushib o'ziga tegishli bo'lgan bino ichiga kirib bordi. Eshik tagida turgan ikki soqchi uni ko'rishi bilan darhol tazim qilib salomlashdi. Yo'lidan kim chiqsa barchasi tazim qilib o'tib ketardi. Bu bino atigi 2 qavatdan iborat bo'lgani uchun lift o'rnatilmagandi shu bois ham yuqoriga ko'tarilish uchun zinadan foydalandi. Ikki zinani bir qilib tez-tez yuqoriga ko'tarilib xonasiga kirib kelarkan u yerda Mujinni 2 yigit kutib o'tirardi.
Ikki yigitni jiddiy qiyofa bilan kutib olgan Daniel tez yurib aylanma kursisiga joylashib oldi.
- yo'lda qiynalmay kelib oldingizmi?
- aslida bu gapmni men sizlarga aytishim kerak. Ahir uzoq joydan samalyotda uchib kelgan bo'lsangiz. Negadir yana bir yigitcha ko'rinmayabdimi?
Yigitlardan biri bergan ahmaqona savolga nisbatan Daniel ahmaqona kulib javob qaytardi.
- ha..haligi janob Daniel u yi..yigitni biz topolmayabmiz.
- nega endi? Ahir senga tongda aytgandimku u siz qaytib kelmagin deb.
- o'ylashimcha endi uni bizlar topolmasak kerak.
- Jungkook juda g'azabda. Qizni pichoqlanganidan o'zini yoqotib qo'ygan nima qilayotganini ham bilmaydi. Menimcha u allaqachon qizga suiqasd qilganni topib otib tashlagan yoki tiriklayin ko'mib yuborgan.
Ikkinchi yigit sherigiga qaraganda ancha bosiqroq va aqilli edi. U darhol boshlig'ini berayotgan savollariga to'liq javob berdi. O'z boshimchalik qilib qizni pichoqlagani uchun Jungkookni g'azabiga ro'boro kelganini va u allaqachon o'lib bo'lganini tushuntirdi.
Bu gaplar Danielga og'irlik qildi chog'a og'ir ho'rsinib yuzini qo'liga tirab oldi.
- ha janob. Janob Daniel o'ylashimcha sizning ham bu yerda bo'lishingiz xavfli, ular allaqachon siz ortingizdan kuzatib qayerdaligingizni bilib olishgani mumkin.
- buyog'iga sen aralashma. Shundog'am hamma ishni barbod qildingiz. Bundan buyog'iga o'z boshimchalik bilan ish qilmang tushunarlimi?
Suhbat tugagach ikki yigit xonadan chiqib ketgach Danielani yolg'iz o'zi qoldi.
"Koreyaga kelganimga 3 oydan oshdi. Bu yerga Jungkook va uni do'sti Joshuani yo'q qilish uchun kelganman. Birdaniga emas asta-sekin qadirdon narsalaridan, bor budidan ayirib so'ng ikkisini yo'q qilish maqsadim. Asli Koreyalikman lekin hamma meni Italyalik deb o'ylaydi. Men haqimdagi asil haqiqatlarni hechkim bilmaydi hatto tug'ilganlik haqidagi guvohnomam ham qalbaki. Koreyaga kelishim bilan Jungkookni asabiga tegib undan oshib ketishni u egalik qilayotgan binolarni tortib olishni reja qilgandim. Lekin Yeonjinni sevib qolishni emas. U bilan tanishganimdan buyon o'zimni boshqacha his qilaman. U bilan bo'lsam o'zimni kulgudan tiyolmayman. Hatto uni deb turmush tarzim ham o'zgarib ketdi. Deyarli uyda nonushta qilmayman doim ishga erta borib Yeonjinni kelishini kutaman, u kelgak ish joyimizga yaqin joydagi qahvaxonada birga nonushta qilamiz. Men bunday bo'lishini kutmagandim. Ochig'ini aytganda menga bunday harakterli qizlar yoqmasdi, ammo Yeonji meni o'ziga rom qilib qo'ydi. Saewon va Yeonji yaqin dugon ekanligini bilardim. Jungkook bilan Fransiyaga borganidan ham xabarim bor edi. Maqsadim Jungkook va Joshuani asabini qitiqlab qo'yish edi Saewonga zarar yetishini xohlamagandim. Lekin meni o'z boshimcha odamim Saewonni pichoqlab qo'yibdi. Bu voqeyadan kegin Jungkookni nima qilishini bilib bo'lmaydi, uni jahli juda yomon chiqqanini sesib turibman. Buyog'iga ularni Farnsiyada qaytishini kutish qoldi. Ular qaytgach esa yana o'yinimiz davom etadi, ungacha esa biroz o'zlari bilan ovvora bo'lishsin.
Fransiya | 3 kundan so'ng kasalxona soat 10. 26
- bilib qo'y sen haqingdagi sirni uzoq saqlab turolmayman o'zing tezroq qaytmasang opanga seni Farnsiyada ko'rganimni aytib beraman.
- aysh~ qayerdan ham sizni bu yerda uchratdim, boshimga balo bo'ldingizda.
- nima darrov joninga tegdimmi?
Qo'liga kichik sumka ko'tarib olgan Saewon kasalxona kalidorida oq halat kiyib olgan Sunghoon bilan ketish oldidan suhbatlashib turardi.
- Nima bo'lganda ham tirik ekanligingdan xursandman.
- Men esa sizni kutilmagan tarzda uchratganimda xursandman.
To'satdan hayoliga bir narsa esiga tushgan Saewon Sunghoonni oq halatining kichkina cho'ntagiga qistirilgan tur hil ruchkalardan birini olib yigitni kaftiga raqamlar yoza boshladi.
- bu meni raqamim Koreyaga borishing bilan menga qo'ng'iroq qil, kelishdikmi?
- hop albatta qo'ng'iroq qilaman.
Ikkisi bir-biriga tikilib turarkan hozirgi daqiqalar ohirgisi bo'layotganida xafa edilar. Saewon Sunghoonga huddi ukaside mehir bilan tikilsa Sunghoon esa chinakam oshig' ko'zlari bilan qizga tikilib turardi. Ketishidan avval Saewon oyoq uchida turib Sunghoonni quchib qo'ydi. Bunday bo'lishini kutmagan Sunghoon avvaliga biroz gangib qoldi so'ng o'ziga kelib u ham qizni quchib qo'ydi.
Kalidorni tutib ketgan bu jaragdor ovoz g'azab otiga mingan erkakga tegishli edi. Bu ovozni eshitgan qizni vahima bosdi. Ortiga o'girilishi bilan necha kundan beri ko'rinish bermayabkan Jungkookni ko'rib tanasi titirab ketdi.
- bo'lajak ering oldida begona erkakni quchoqlashga uyalmaysanmi?
Katta-katta qadam bosib qizni oldiga kelgan Jungkook uni kuch bilan o'zi tomon tortdi. Qiz Jungkookni bag'rida unga yaqinda qarab turarkan yuzida jarohatlarni yaxshiroq ko'rayotgandi. Qizdagi titiroq birgina diydor uchun emas yigitni yuzidagi jarohatlar tufayli edi.
- uyga borganda begona erkakni quchish qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yaman!
Jungkook juda o'zgarib qolgan o'zini huddi Saewonni eridek tutardi. Qizga aytilgan bu gaplar Sunghoonga ham eshitildi.
- Saewon sizni turmushga chiqayotganingizni bilmagandim.
Qo'lini Saewonni beliga qo'yib olgan Jungkook bosimni kuchaytirgancha asabiy kulib qo'ydi. Ularni kuzatib turgan Sunghoonni ham asab tolalari tobora taranglashib borar, huddi tomog'ida bir narsa turgandek tez-tez yo'talib qo'yardi.
- ismim Sunghoon Saewonni yaqin do'stiman, ya'ni do'sti desa ham bo'ladi. Aslida unda ham yaqinroqmiz.
Tanishish maqsadida qo'lini Jungkookga uzatgan Sunghoon uni ham o'zini tanishtirishini kutardi. Jungkook ensa qotirgancha avval yigitni ko'zi so'ng u tomon uzatgan qo'liga miq etmay qarab qo'ydi.
- bu uchrashuvimiz ohirgisi bo'ladi shu bois o'zimni tanishtirib o'tirmayman.
Sovuq ohangda gapiryotgan Jungkook so'zi yakunida Saewonni qo'lidan tutib kalidor bo'ylab yetaklab ketdi.
- Koreyaga borishing bilan menga qo'ng'iroq qilishni unitma!
Yurib ketgancha baland ovozda ortda qolgan Sunghoonga gapirgan Saewon bazor ikkinchi qo'lini ko'tarib silkib qo'ydi. Jungkook sababli bir soniyaga ham yo'lida tohtolmas tinmay tortqilashi tufayli esa ortiga qarolmasdi
- nima qilyabsan o'zi? Shoshma sekinroq yursangchi, senga gapiryabman!
Nihoyat ular kasalxonadan chiqishgach yo'lni o'rtasida turgan qora mashina tomon yura boshlashdi. Qizni tinmay chaqiriqlariga etibor bermayabkan Jungkook mashinaga yetib kelgach avval qizni mashinaga o'tqazib so'ng o'zi ham mashinaga o'tirgach mshina harakatga kelib yura boshladi. Mashina boshqaruvida Joshua bo'lsa kerak deb o'ylagan Saewon begona odamni ko'rib hayron qoldi. Sukunat ichra o'tirgan qizning qo'lidan hamon Jungkook tutib turardi. Bunday holatdan noqulay bo'layotgan Saewon ko'z qiri bilan Jungkook tomon qarab qo'yardi. Bir necha daqiqa borligini sezdirmagan Jungkook nihoyat harakatga kelib qo'lini qizning qo'lidan ayirdiyu lekin undan uzoqlashmadi. Ikki qo'lini belidan o'rab yelkasiga yuzini berkitgancha ko'zlarini yumdi.
- biz bugunoq Koreyaga qaytamiz shundaymi?
Noqulay bo'lgancha so'radi Saewon. Jungkookni bu darajada yaqin turishi qizni bezota qilarkan uni changalidan chiqish uchun o'zini ortga tortishga urinib ko'rdiyu lekin u o'ylagandek bo'lmadi.
Jungkook ko'zlarini yumib olgan huddi onasini bag'rida uxlayotgandek o'zini hotirjam his qilardi.
- senga nima bo'ldi, nega yuzingda jarohatlar bor?
- yelkalarim og'rib ketyabdi katta yotog'imda uxlashni xohlayman.
- Nima meni gapirtirishga urinyabsanmi? Men gapiradigan bo'lsam senga yaxshi bo'lmasligi mumkin.
Qizni savoliga javob berishdan qochayotgan Jungkook gapni boshqa tomonga burib yubordi.
- nega endi? Istaganingni gapir.
- yaxshi, unda boyagi yigit haqida bir ikki savolimga javob ber. U kim, u senga qanchalar yaqin?
- bu savollaringa javob bermayman.
- istaganingni gapir degan kim unda?
- shoshma, kel so'zlaringa biroz o'zgartirish kiritamiz. ..istagamini gapirish emas istagamini qil deya.
Tushunarsiz nigoh bilan Jungkookni ko'zlariga tikilib qolgan Saewon uni gaplarini yaxshi anglolmasdi. Birdan qiz tomon maksimal darajada yaqinlashgan Jungkook lablarini qizniki bilan birlashtirdi. Belidan zanjir kabi o'ralgan qo'lni birini chiqazib Saewonni mayin yuziga qo'ydi. Bir necha soniya jim turgan lablar asta harakatlanarkan qizaloqning tanasida jimirlash yuzaga kela boshladi. Lablar har uzilub qayta birlashganda qizdagi hayajon yanada oshib borardi. Ikkisi o'rtasida uchinchi bor bunday hodisa yuz berayotganiga qaramay Saewon uchun juda hayajonli holat edi. Nihoyat bir necha daqiqadan so'ng lablar bir-biridan ajrab uzoqlashdi. Jungkook chuqur-chuqur nafas olgancha qizga tikilib turib ikki og'iz so'z aytdi.