November 12

Sen bilan baxt sari

3-episode

"Uch yil mobaynida boshimdan ko'p qiyinchiliklar o'tdi. Otam onamni o'limida meni ayiblab ichib kelib do'pposlardi, yaqin deb bilgan do'stlarim ortimdan ish qilishdi, necha marotaba ish joyimdan arzimagan sabab uchun haydab yuborishdi. O'sha paytlarda bir necha bor o'zimni o'ldirishni o'ylab baland binolar ustiga chiqib olardim, pastki qavatga qarab turib odamlar qanchalik kichik ko'rinishlarini ko'rib kulib yuborardim. Aslini olganda hayotimizdagi bazi qiyinchiliklar uchun siqilib umirni shunchaki o'tqazib yuborish yaxshi ish emas, arzimagan kichik hatolar uchun o'zimizni o'ldirishgacha borish menimcha telbalikni o'zi. Men ham ayni tomda turgan paytim barini tushunib yetdim va o'zimni arzimas narsalar uchun qiynashni tohtadim, men tomon qanday tosiqlar kelsa barini oshib o'tishga urina boshladim. Bugungi bo'lgan mudhish voqeyani ham shunchaki unutib yuborishga harakat qilaman lekin buning uchun biroz vaqt sariflashga tog'ri keladi.

O'zimcha noma bergan "malikalar makonidan" chiqib Yeonji bilan uchrashishim kerak bo'lgan manzil tomon yura boshladim. Aniqrog'i u joy uyimdan 2 bekat uzoqroqda joylashgan tamandixona, tayyorlanadigan joy, bu yerni ovqatlari Yeonjiga juda yoqadi chunki u yerda tayyorlanadigan sandwich va burgerlar boshqalaridan ancha mazali edi. Oldinlari oyim bilan o'qishimga ketayotganimda doim o'sha tamandixonani katta qilib yozib qo'ygan nomini ichimda o'qib o'tib ketardim " Subway " oyimga doim bu nom g'alati tuyilgan lekin menga yoqardi. " Subway " tamandi xonasidan biroz uzoqroqda tohtagan aftobusdan tushib mayda qadamla bilan u tomon yura boshladim. Unitay deyabmanu lekin tanamdagi og'riqlar mudhish voqeyani unitishimga qo'ymayabdi, haligi devdek yigit oyoqlarim ustiga o'trib olganda shu qadar oyoqlarimni ezg'alab yubordiki huddi 5 kilolik un to'ldirilgan qopni oyoqlarimga tashlab yuborgandek bo'ldi. Iloji boricha o'zimdagi og'riqlarni boshqalarga sezdirmaslikga urinib tamandi xonaga kirib keldim, yuzimga biroz kulgu yugurtirib kassada turgan menga ancha tanish ayol yoniga keldim."

- salom Hemin xola.

- oo Saewon yaxshimisan anchadan buyon bu yerga kelmay qo'ygandin.

"Hemin xola meni ko'rib quvonib ketganini kulganda ko'zi atroflarida paydo bo'lgan ajinlardan bilib oldim. Men uchun chinakamiga qayg'uradigan ikki inson bor hayotimda biri Yeonji bo'lsa biri esa Hemin xola. Aslida u inson menga hech qanday tomondan qarimdosh emas lekin onamni yaqin dugonasi edi, shu bosi ham men uni xola deb chaqiraman."

- ha chindan ham ancha bo'libdi. Bilasizku ishlar bilan vaqtim bo'lmaydi faqat biron bayram kunlari kelishim mumkin.

- sen yana ish joyingni o'zgartidingmi? Menga yon qo'shning Guoyong aytdi

- shunaqaroq, lekin hali aniq bir qarorga kelmadim. Yangi ish joyimga ko'nikib ketishim biroz qiyin bo'lyabdi.

- Saewon o'zingni qiynashni bas qil! Mana shu yerga ishga joylash, muoshi ham yaxshi ham uyinga yaqin bo'lsa. O'zim ishga joylashishingda yordam beraman.

- bilmasam xolajon

- bilmasam dema. Seni uyinga borib yaxshilab o'ylab ko'r keyin menga qo'ng'iroq qilib javobingni aytasan xo'pmi?

- xo'p, yaxshi xolajon.

- judasoz.

"Hemin xola bilan o'zaro suhbatimiz tugagach bu yerga aslida nega kelganimni tushuntirib, unga Yeonji kelgandan so'ng buyurtma berishimni aytib bo'sh o'ringa joylashib Yeonjinni kuta boshladim."

Meni ish vaqtim ertalabki 10 : 00 dan kechki 18. 30 gacha. Bu vaqt ichida men uylarni tozalayman, oshxonadagi oshpaz ayolga ovqat qilishida yordamlashaman, uyning orqa xovlisida joylashgan bog'ga kirib yaqindagina ekilgan gullarga suv quyaman, so'ng 2 soat bizga dam berishadi va yana ishimizni qilishda davom etamiz. Ishim yomon emas ahir uyda ham shu ishlarni qilaman lekin bugungi voqeyadan kegin yangi ish topsammikan deya o'ylanib qoldim."

- buni qaranglar kimni ko'ryapmiz. Ahir bu Saewon xonim-ku

"Bo'sh stolga joylashib hayolga berilib o'tirgan paytim tamandi xona ishchi formasida men tomon yoqimsiz jilmaygancha yon qo'shnim Guoyong yurib kela boshladi"

- bu yerlarga qaysi shamol uchirdi yoki.. meni ko'rging kelib qoldimi?

- ahmoqona gaplaringni yig'ishtir Guoyong, sen bilan urshib o'tiradigan ahvolda emasman.

- istasang kayfiyatingni ko'tarishim mumkin. Saewon ish qidiryotgan ekansan istasang men senga ish taklif qilishim mumkin. - Guoyong qo'lidagi patnisni Saewonni stoliga qo'yib biroz u tomon egilgancha pichirlagan ovozda gapini davom ettirdi. - bir kechangni men bilan o'tqazsang senga 1000$ beraman, nima deysan?

- ...jin ursin senlarni

- nima deding tushunmadim?

- jin ursin hammangni marazlar!

Guoyongga etibor berishni xohlamagan Saewon chap qo'liga boshini tirab ko'zlarini yumib oldi, u o'ylagandiki men uni gaplariga etibor bermay jim o'tirsam uni o'zi ketib qoladi deya lekin bari aksiga ketdi, Guoyong jirkin taklifini eshitgan Saewon ko'zlarini ochib, tishini orasida vishillagancha uni haqorat qila boshladi. Qizni gaplari yigitga yaxshi eshitilmagani uchun u tomon yanayam egilib gapini takrorlashini so'ragan on Saewon sal oldin yigitni o'zi qo'ygan dumaloq patnisni olib boshiga qarab tushurdi, bunday bo'lishini kutmagan Guoyong esa boshini ushlagancha yerga o'trib qoldi

- Saewon nima qilyabsan?

Mijozlarga hizmat ko'rsatayotgan Hemin xola bu holatni ko'rib baland ovozda baqirib yubordi. Tamandi xonadagi barcha Saewonga qo'rquv bilan qarab turib pichirlashgancha uni qilgan ishini muhokama qilishardi. Saewon qo'lidagi patnisni yerga qarata uloqtirdiyu sumkasini olib bu tamandi xonadan chiqib ketdi

- ming lanat hammanga. Jin ursin hammangni. Nafratlanaman hammangadan nafratlanaman.

Guoyong aslida Saewonni yon qo'shnisi, ular Koreyaga Xitoydan 1 yil avval ko'chib kelishgan. Guoyong juda shilqim, be tarbiya yigit edi, Saewon chiroyli qiz bo'lgani uchun unga bazan gap otib turardi. Bir kuni u shavqatsiz ota o'z farzandini kaltaklashini guvohiga aylandi va shundan buyon u Saewonga yopishib olgandi. Otasini qizi bilan ishi yo'q deya o'ylab unga bemalol uyatsiz gaplar aytib hatto bir necha bor unga yotoqda birga bo'lsa ko'p pul berishini aytardi. Saewon esa bunday gaplardan tòyib ketgandi, uni so'zlariga iloji boricha etibor bermaslikga harakat qilib g'azabini bosishga urinardi lekin bugal u chiday olmadi bugungi bor alamini u o'sha yigitga sochib chiqazib oldi.

Uyiga yetib kelgan Saewon to xonasiga kirib olgunicha ko'zidan oqmoqchi bo'lgan daryoni ushlab turgach xonasiga kirishi bilan esa ularga erk berib yig'lab yubordi. Eshikni ichkaridan quluflab muzdek polga asta o'trib oyoqlarini yig'ib uni ustiga boshini qo'yib unsiz yig'lashda davom etdi.

Keyingi kun.

Tongni sutli qahva bilan boshlagan Jungkook qo'lida turgan gazetadan bugungi bazi yangiliklarni o'qib chiqardi.

- "18- dekabr Fransiyada Laudor Kriss zargarini auksoni bo'lib o'tadi". Ahir bu 90-yillarda juda mashhur bo'lgan zargarku, xotiram pand bermasa u Londin qirolichasiga ham taqimchoq yasab bergan edi. Men o'sha yerga albatta borishim kerak.

Gazetani o'qiyotgan payt Jungkook bir qiziq yangilikga duch keldi. 90-yillarda mashhur bo'lgan zargarni yasagan buyumlari Farnsiyada auksonga qo'yilishi Jungkookni hayron qoldirgandi. Uni ishi shu darajada ajoyib ediki u yasagan har qanday taqimchoqni qimmat narhga inkorlarsiz sotib olish mumkin edi. Boy oilada yashovchi oq suyak xonimlarning ko'pchiligi faqatgina mana shu zargar yasagan taqimchoqlarni taqishardi holos.

- janob narsalaringiz tayyor, janob Joshua sizni pastda kutyabdi.

- yaxshi hozir tushaman.

Jungkook qo'lidagi gazetani ikki buklab yonginasida turgan pakana dumaloq stol ustiga qo'yib xonasidan chiqib ketdi. Zinalar orqali pastki qavatga tushish paytida Jungkook cho'ntaklarini ko'vlab bazi kerakli buyumlari joyida turganligiga ishonch hosil qilib oldi.

- hayrli tong.

- senga ham.

- xo'sh Xitoydan qachon qaytib kelasan?

- ko'p emas uzog'i 3 kunda uyda bo'laman.

- balkim men ham sen bilan borarman.

- Nima menga biron narsa qilishlaridan qo'rqyabsanmi?

- harqalay yoningda men bòlsam zerkib qolmasdinda.

Joshua aytgan gapidan so'ng kulib qo'ydi.

- tashvishlanma sensiz zerkmayman. Mayli men ketdim

Jungkook ketishidan avval do'stini yelkasidan asta qo'qib sekingina jilmayib qo'ydiyu so'ng uydan chiqib ketdi.

"Ko'rpam ichiga o'ranib yotarkanman hech shu joydan chiqishni xohlamasdim. Kechagi voqeyalarni deb ancha asablarimni ketqazdim, negadir kundan kunga tez asabiylashadigan bo'lib qolyabman bunaqada 60 ga chiqib ulgurmasimdan sochlarimga oq tushib ketmasa bo'lgani."

"Ko'rpamni ustimdan olib o'rnimdan turgancha kravatimdan tushdim. Sochlarim yoyilgan ahvolda xonamdan chiqib oshxonaga kirib muzlatgichdagi muzdek suvni turgan holatda icha boshladim. Uy jim-jit menimcha otam kecha uyga kelmagan, jin ursin hozir u qayerda yotgan ekan? Suvni joyiga qo'yib xonamaga qaytib kirib ketdim va 10 daqiqada tayyorlanib chiqib ishim tomon yo'l oldim. To'q yashil rangdagi sumkamni chap yelkamga oshirib taqib olib ichidan hamyonimni chiqazib yo'l haqqi uchun kerakli pulni ajratib qo'yishni boshladim, hamyonimni ochishim bilan birinchi ko'radigan narsam bu oyimni surati. Birdan yurib ketayotgan yo'limda tohtab oyim tushgan suratni barmog'im bilan asta siladim"

- kecha sizga juda muhtoj bo'ldim. Boshimni oyoqlaringiz ustiga qo'ygancha dardlarimni aytishni xohladim, bir bor bo'lsa ham sizni ko'rishni xohladim oyijon..

"Ko'zim atrofiga yig'ilib kelayotgan yoshlarimni barmog'larim bilan artib yana yo'limda davom etdim."

- salom Saewon

- oh salom Yura yaxshimisan?

- menda hammasi joyida, o'zingdachi hammasi yaxshimi?

- ha tashvishlanma mendan hammasi yaxshi.

- bilasanmi janob Jungkook bugun tongda Xitoyga uchib ketibdi endi bemalol ishlasang bo'ladi. Uzog'i 3 kunlarda qaytarmush

- menga uni nima aloqasi bor. U borida ham ishlayveraman ahir bu meni vazifam.

Kiyimlarini yechib ishchi kiyimiga almashtirayotgan Saewon Yurani gaplariga beparvolarcha javob qaytardi.

- haligi aytmoqchimanki ahir kecha u seni zo'..zo'rlamoqchi bo'ldiku agar shu sababli undan qo'rqib..

- shoshma! Kecha meni zo'rlamoqchi bo'lgan yigit Jungkookmidi?

- ha janob Jeon Jungkookni shaxsan o'zi edi.

Biroz oldn beparvolarcha kiymini almashtirayotgan Saewon Yura aytgan gapni eshitib hayratlangancha yuzini Yura tomon burdi.

- nima hayron qolyabsanmi?

- yo'q shunchaki, u yigit oddiy bir qo'riqchi bo'lsa kerak deb o'ylagandim.

- hmm tushunarli. Men ketdim kiyinib bo'lib chiqarsan.

- xo'p.

"Men u yigitni ko'rinishidan qo'riqchi bo'lsa kerak deb o'ylagandim jin ursin agar u meni boshlig'im bo'lsa kechagi voqeyadan so'ng qanday qilib bu yerda ishlay olishim mumkin."

"Jahl bilan shkafim eshigini yopib kiyinish xonasidan chiqib oshpaz ayolga yordamlashish uchun oshxonaga yura boshladim. Boshimni egib olib kiymimni u yer bu yerini to'g'irlagancha oshxonaga kirib kelarkanman ishimni tugatib boshimni ko'tarishim bilan ko'rgan manzaramdan haykaldek qotib qoldim. Lanati bu nimasi endi?! Og'iz burun yopishib bir-biridan bo'sa olayotgan juftlikni kuzatib turib o'zimni yomon his qila boshladim. Haliyam bir joyda turarkanman na chiqib ketolardim va na biron narsa deyaolardim, ohiri juftliklardan biri meni eshik oldida qoziqdek qotib turganimga ko'zi tushdiyu tezda o'zidan yigitni itarib yubordi ular bir-biridan uzoqlashgach bu juftliklar kim ekanligini bilib esa battar jirkanib ketdim."

- Saewon sen qachon kelding?

"Sera xonim menimcha endi uni xonim deyishga ham hojat qolmadi. Ularning bo'sasiga guhov bo'lib qolganimdan uyalib sochini qulog'i ortiga olgancha meni savolga tutdi."

- biroz oldin kelgandim, oshpaz ayolga yordamlashish uchun bu yerga kirgandim. Mazur tuting sizlarga halaqit qilgan bo'lsam.

"Serani yonida turgan yigit unga ketaverishini pichirlab aytib uni oshxonadan chiqazib yubordi. Oshxonada men va haligi yigit bilan yolg'iz qolgach u men tomon tirjaygancha yurib kela boshladi."

- adashmasa sen Saewonsan shundaymi?

- ha janob.

- meni ismim Joshua seni ikkinchi boshlig'ing. Birinchi boshlig'ing esa Jungkook ya'ni..

- meni kecha zo'rlashga uringan yigitmi?

- ha. Men seni boshqa bu yerga kelmaysan deb o'ylagandim.

- men ham bu yerda ishlashni istamasdim lekin hozir pulga muhtojman. Tan olaman sizlar oylik muoshni boshqalardan ko'proq to'lyasiz shu sababli ham vaqtincha ishlab turmoqchiman.

- tushunarli. Unday bo'lsa ishingni qilishda davom etaver muoshingdan esa tashvishlanma o'z vaqtida hatto qo'shimchasiga ikki barobar qo'shib ham beramiz.

- nima uchun?

- ahir kecha o'zim senga aytimku " senga yetqazilgan zararni to'lab beraman " deb shuning uchun.

"Suhbatimiz davomida men uni ko'zlariga tikilgancha dadil javob qaytarardim. U meni bunday tarzda gaplashishimni kutmagani hayron qolgan yuz ifodasidan bilish mumkin edi. Suhbatimiz ohiriga yetib borgani sari so'zlarimiz ham biroz keskinlashgandek tuyildi menga, uni yuzidan tabbusim arimas ekan bir onda telba bo'lsa kerak deya o'ylay boshladim. Ketish oldidan Joshua qo'llarini cho'ntagiga tiqib menga muoshni nima uchun ko'proq to'lashini aytib kechagi voqeyani eslatib ko'zini qisgancha oshxonadan chiqib ketdi. Toki u bu yerdan chiqib ketgunicha ortidan kuzatib turdim oddiy emas nafrat ko'lari bilan kuzatdim uni. So'ng boshimni oshxona tomon burgach bu yerda hech kim yo'qligini ko'rib men ham tashqariga chiqib ketdim."

Shaxsiy samalyotida Xitoyga qarab uchib ketayotgan Jungkook madellardek qomatga ega bolgan stuardessa olib kelgan shanpan vinosini ichgancha kechagi hizmatchi qiz haqida hayol surardi. Uni gapirgan gaplari qilgan harakatlarini eslab qilgan ishidan o'zini ayibdor his qilardi.

"Òsha payt uni ko'zlari.. nega men ularga ertaroq etibor bermadim. Shu qadar hirsimga berilgandimki be ayib qizni nomusini tobtap qo'yishim mumkin edi. Zina tepasida turganda uni ko'zlari bilan ko'zim to'qnash kelgan on ularni yig'idan ishib ketganini sezdim, ko'zi ichida esa qizil tomirlar huddi ilon iziga o'xshab chiqib qolgandi. Zinadan tushayotgan payt bilinar-bilinmas cho'loqlanib tushayotganini ham sezib qoldim, oyoqlari ustiga o'trib olganimda tanam og'irligi oyoqlarini ezib qo'ygan ko'rinadi. Men shu paytgacha bironta ayol zotiga bunchalar etibor bermagandim, hech bir inson oldida o'zimni ayibdor his qilmagandim.. u faqatgina o'sha qiz menda shularni his qilishimga majbur qildi u qiz meniki bo'lishi kerak, vada beraman o'sha hizmatchi qiz albatta meniki bo'ladi.

3-qism tugadi

Avtor: #Kwon_Yeonji