Sevgi isxori
Qish fasli bòlganligi uchun havo ancha sòvuq, kamiga osmondan huddi tuz sepayotgandek qor yoģardi. Temmi quvongancha yoģayotgan qorga qarab kòzlarini yumgancha yuziga tushayotgan muzdek qor parchalarini his qilayotgandi. Temmi yana bir necha daqiqa shunday turib sòng òqishi tomon intildi.
- bugun darsdan kegin doimgi qahvaxonaga boramizmi?
Sinifga kirib kelgan qiz dugonasini ko'rishi bilan salomlashishni ham unitib hayoliga kelgan birinchi savolni aytdi.
- Nima balo ortingdan It quylab kelyabdimi? Buncha shoshilmasang, avval solomlash keyin savolingni ber.
- xo'p yaxshi salom. Endi savolimga javob ber.
Dugonasini harakatlari sabab chuqur nafas chiqazgan Chojin bir qo'lini beliga tirab ko'zlarini biroz qisgancha Temminga tikila boshladi.
Temmi sumkasini parta ustiga qo'yishi bilan sinifga ustoz kirib keldi va dars boshlandi.
Temmi va Chojin dasrdan chiqib qahvaxona tomon borisharkan yo'l davomida bir-biriga qor otib sira charchashmasdi.
- aysh~ hamma joyimni qor qilib tashlading. Ya ya ya ichimga qor kirb ketdi ey xudo u juda muzdak
Qahvaxonaga kirishdan avval ustidagi qorlarni qoqayotgan Chojin birdan kiyimi orasidan kirib kelgan qor tufayli cho'chib tushdiyu uni chiqazib tashlash uchun yengil sakray boshladi. Temmi dugonasini qilayotgan harakatiga kulgancha dugonasiga yordamlashardi.
Bu yerga tez-tez kelib turishgani uchun qahvaxona ishchilari ular nima buyirtma berishlarini juda yaxshi bilishardi. Temmi va Chojin bo'sh stolga joylashishgach afitsant qiz ikki qizni tepasiga kelib turgancha yoqimli jilmayib nima buyurtma berishlarini so'rashga tushdi.
Bir necha daqiqada buyurtmalari yetib kelishi bilan birinchi bo'lib issiqina qahvadan ho'plab muzlab qolgan tanasini shu yo'l bilan isitishga urinishdi.
- ahh issiqina qahvaga baribir hechnarsa yetmaydi
- ha ayniqsa qishning sovuq kunlarida ichsang
Ular issiq qahva ustida biroz suhbat qurib orada òqishdan berilgan vazifalarni ham qilib olishgach qahvaxonadan chiqshdi
Butun kòcha huddi kelin kòynak kiyib olgandek oppoq tusda edi va Temmi bunday manzaradan kòngli yorishib ketardi
Temmini bolalarga o'xshab osmonda yog'ayotgan qorga mo'ltillab qarashini ko'rib yengil kulib qo'ydi. Bunday turishdan zerkigach dugonasidan bir ikki qadam uzoqlashib ortidan yurishga undadi. Temmini hayolini osmondan yog'ayotgan qor parchalari egallab olgani bosi dugonasini chaqirig'i qulog'iga deyarli eshitilmagandi ham. Ko'zlarini osomdan uzmagancha oldinga qarab yurib ketayotgan Temmi birdan uzun bo'yli erkak tanasiga kelib urildi.
Temmi yo'lidan odam kelyotganini ko'rmay yurib ketayotgan payt bir yigitga kuch bilan urilish oqibatida burnida og'riq paydo bo'la boshladi.
- mazur tuting telefonga anqayib sizni ko'rmay qolibman.
Haligi yigit juda kelishgan, bo'ylari uzun yetmaganiga ustiga kiyib olgan uzun qora paltosi uni yanada ko'rkamroq qilib ko'rsatmoqda.
Yigit qizni telefon o'ynab kelayotgani uchun ko'rmay qolganini aytib kulgancha qo'lidagi telefoniga ishora qildi
Bir necha soniya qizga kulib qarab turgan yigitning yuz ifodasi birdaniga havotirli tusga kira boshladi. Aftidan Temmi haligi yigitga yaxshigina urilgan ko'rinadi burnidan qon oqa boshladi.
- jin ursin meni kechiring. Mana buni oling burningiz ustiga qo'ying.
Yigit Temmini burnidan qon oqayotganini ko'rib gangib qoldi shoshgancha cho'ntagidan dasrmolini chiqazib Temminga uzatdi.
Dasrmol bilan qon tohtadib bo'lmadi u oqishda davom etaverdi bundan yanada hovotirga tushgan yigit birdan qorga ko'zi tushdiyu egilib bir musht qorni olib qizni peshonasiga bosdi.
- muzdek harorat qonni tohtatishga yordam beradi deb eshitganman.
Boyadan beri mum tishlab turgan Temmi yigitni harakatlarini hayrat bilan kuzatib turardi. Nimadir turtki bo'ldiyu Temmi to'satdan kulib yubordi.
- harakatlaringiz juda yoqimli, begona odam uchun bunchalar jon kuydirishingiz shart emasdi.
- qo'ysangizchi ahir meni deb burningiz qonab ketdiku.
- judayam mehribon ekansiz. Sevgan qizingizga havasim keldi.
- nima?! Nahotki shunday kelishgan yigitni sevgan qizi bo'lmasa?
- ha shunday. Menimcha sevib qolish uchun insonni tashqi ko'rinishiga emas ichki olamiga etibor berish muhimroq. Kelishgan bo'lsamda menga juda ko'p qizlar hushomad qiladi lekin menga ularning hech biri qiziq emas sababi esa ularga faqat bir ikki haftalik yonida yuradigan va dugonalariga maqtanib keyin tashlab ketadigan qizlar emas doim yonimda bo'ladigan og'ir kunimda ham baxtli onimda ham men bilan bo'ladigan bir yor istayman.
- qoyil sizni kelishgan desam yozuvchi ham ekansizku.
Temmini bu gapidan so'ng ikkisi baravariga kulib yuborishdi. Bu ikkisi bu yerda gaplashib turgan payt Chojin allaqachon ketib bo'lgandi to'satdan telefoniga qo'ng'iroq qilgan onasi uyga tez kelishini aytdi. Bu vaqtda esa Temmi haligacha osmonga tikilib turgandi Chojin uyga tez borishini Temminga shoshgancha aytib ketib qoldi lekin Temmi uni bu gaplarini eshitmadi hayollari qor parchalarida edi
Do'stiga garovda yutqazib qo'ygan Tehyung shartni bajarish uchun do'stiga qahva olib kelishi uchun yo'lga chiqdi. Mashinasida ketma-ket qurilgan do'konlar yonidan o'tib borarkan bir qahvaxona yonida o'ziga tanish insonni ko'rib birdaniga mashinasiga kuchli tormiz berdi.
Tushunarsiz nigoh ila sevgilisi begona yigit bilan kulish gaplashib turganini kuzatib turardi. Chimirilgan qoshlar va peshonaga yig'ilgan chiziqlar Tehyungni hozirda asabiy holatda ekanligini ifodalab bsrardi. U mashinadan tushib eshikni qars etib yopishi bilan Temmi va haligi yigit jimib qolib ovoz kelgan tomonga o'girilishdi
- Tehyung siz bu yerda nima qilyabsiz?
Temmini sevgilisiga bergan ilk gapi shundan iborat bo'ldi. Uni to'satdan paydo bo'lganidan Temmi dovdirab qolgandi.
- suhbatingizga halaqit qildim chog'a.
Tehyung asabiy ohangda Temminga qarab gapirarkan ohirgi so'zlarini begona yigit tomon qarab aytdi. Tehyungni hozirgi holatdan jahli chiqayotganinin sezib turgan Temmi hozir ikkisi urshib ketmasin deya suhbatni tezroq yakunlashga urundi.
Noqulay sukunat. Bu jimjitlik odamni asabiga tegmoqda gapiray desa gapni nimadan boshlashni ham bilmaydi. Boshini egib olib tizzasi ustida turgan barmoqlarini kuzatib ketayotgan Temmi bu sukunatni buzishga harakat qilishga urinardiyu lekin gapni nimadan boshlashni bilmasdi.
- Nima? Haa~ haligi yigitmi? Nima desam ekan u bilan tasodifan uchrashib qoldim. Aniqrog'i unga behosdan urilib ketdim keyin burnim qonab ketdi u esa....
- shu gaplaringa ishonadi deb o'ylaysanmi? Hecham bugun tanishganga o'xshamaysiz hatto yosh bola ham bir ko'rishda seza oladi buni.
- bu gapingiz bilan menga xiyonat qilgansan demoqchimisiz? Men sizga haqiqatni aytdim chindan ham u bola bilan bugun tanishdim.
Ohangda sezilgan qo'pollik Tehyungni bu gaplarga ishonmaganini bildirib turardi. Shuncha vaqtdan beri yaqin bo'lib kelgan insoni gaplariga ishonmay yetmaganiga xiyonatda ayiblayotgani Temminga qattiq og'ir botdi. Ortiq gapirishni istamagan qiz yuzini oyna tomon burib ko'zlaridan achchiq yoshlarni chiqaza boshladi.
Bir nuqtaga tikilib hissizlarcha mashina boshqarib ketayotgan Tehyung sekingina boshini o'ng tomonga burdi. Temmini birdan jimib qolganini sababini sezgan Tehyung mashinani yo'lni chetida tohtadi.
Qizni yelkasidan ushlab o'zi tomon qaratarkan yuzidan oqib tushayotgan yoshlarni ko'rib tishlarini bir-biriga qattiq bosdi.
Tezda sevgilisini bag'riga kirib kelgan Temmi ho'ngrab yig'lab yubordi. Hayotingda eng qadirli odamingdan ishonchsizlikni his qilish o'ta og'ir tuyg'u ekanligini hozirgina anglagan qiz ortiq bunday tuyg'uni his qilmaslikni xohlardi.
- kechir seni xafa qilmoqchi emasdim seni boshqa birov bilan ko'rib jahlim chiqib ketdi.
- sizni sevaman chin qalbim bilan, sizga xiyonat qilishni istamayman siz o'zingiz yetarlisiz menga. Sizni yoqotishdan qo'rqa turib qanday qilib xiyonat qilishim mumkin?
Sevgilisi aytayotgan gaplardan Tehyungni bir maromda urayotgan yuragi bir joyda turolmay tipirchilab ketdi. Uni nohaq ayiblagani uchun ichida o'zini tinmay lanatlardi, bilmay turib xiyonatda ayiblagani sabab sevgilisini ko'zidan oqgan har bir yosh uchun tovon to'lashga ham tayyor edi.
Quchog'idagi qiz yig'lashdan tohtagach Tehyung anchadan beri amalga oshirmoqchi bo'lgan rejasini hozir bajarishni o'ylab qoldi.
- sevgilim meni kechir nohaq seni ranjitdim. Men ham seni sevaman ishon seni o'zimdan qizg'onar darajada yaxshi ko'raman. Qo'limni uchi senga teginishi bilan tanamda hayajonni his qilaman. Yuzimdan birgina o'pich qoldirsang kifoya yuragimni otilib ketgudek urishini eshitasan. Seni qalbinga ozor yetqazgan bo'lsam meni kechir.
Qizni bag'ridan chiqazib kastyumini ichki cho'ntagidan qora duxobali kichik qutini chiqazib ichini ochib Temmini ko'zlari yoniga olib keldi.
- sen meni hayotimga mazmun olib kriding, sen bilan hayotni yanada go'zlaroq ko'ra boshladim. Sevgilim Temmi bugundan boshlab bir umir yonimda bo'lib meni sevging bilan sarmast qilishga va katta yotog'imda meni yolg'iz qoldirmay qaynoq bag'rimda panoh topishga rozimisan.
Avvaligi yigitni gaplaridan Temmini yuzi qizarishni boshlagan bo'lsa Tehyungni kastyumi orasidan chiqazgan qutisini ko'rib ko'zlariga yosh keldi lekin bugalgi yosh quvonchdan edi. Tehyungni har bir gapini jon qulog'i bilan tinglab turarkan ko'ksida turgan yurak bechora tashqariga qarab intilaverardi, shu qadar tez urardiki huddi birdan charchab urishdan tohtab qoladigandek.
Tehyungni so'zlari yakunlangach sevgilisidan javob kutgancha yoshlangan ko'zlariga tikilib turarkan bu vaqt davomida uni ham ko'zi atrofiga yosh yig'ilib kela boshlagandi.
- ha roziman. Siz bilan umrimni ohirigacha birga bo'lishga roziman. Sizni sevaman.
Tezda biroz oldin bo'shatilgan quchoqga otilib kirgan Temmi yum-yum ko'z yosh to'kgancha Tehyungga roziligini aytdi.
- unda bu ko'z yoshlar nima uchun?
Yuzidagi yoshlarni kafti bilan artib tashlagan qiz sevgilisini so'zlaridan so'ng kulib qo'ydi. Tehyung qizni bag'ridan chiqazib barmog'iga uzukni taqishi bilan lablarini Temmining yumshoq lablari bilan birlashtirdi.