October 9

Sen bilan baxt sari

1-episod

Qachonlardir meni ham baxtli oilam bor edi... Men hozir ģamgin òtmishim bilan sizlarni yuragingiznin ezmoqchi emasman shunchaki bilib qòyishingiz kerak bòlgan bazi narsalarni aytib bermoqchiman.

Xullas hammasi 20 yoshimda boshlandi. Òsha kun hayotimni qora sahifasini boshlab bergan kun desam sira adashmagan bòlaman.

3 yil oldin

Bir yaqin dugonamni tuģilgan kunini nishonlash uchun tungi clubga yig'ildik hammamiz u yerda mazza qilib suhbatlashdik, o'yin-kulgu qildik shu bilan birga spirtlik ichimliklar ham juda ko'p ichib yuborgan edik. Men o'zimni bilmas darajada mast bo'lib qolgandim, klubdan chiqidimu oyoqda turolmaganim uchun tezda yaqin atrofdagi skamekaga kelib joylashdim. Bunday ahvolda uyga yetib ololmasligimni sezib telefonimni cho'ntagimdan chiqazib oyimga qo'ng'iroq qilib meni bu yerdan olib ketishlarini aytdim. Oyimga qo'ng'iroq qilgan paytim soat tungi 00. 30 edi. Men oyimni bir soatdan oshiq kutdim lekin u kelmadi ahir uyqum ustunlik qilib o'tirgan skamekamga cho'zilib ko'zlarimni yumdimu uxlab qoldim. Ertasikuni ham o'sha yotganim bo'yicha hali uyg'onmagandim uyg'onishnin xohlamasdim ham lekin ustimdan yomg'irdek quyilgan suv tasirida qanday qilib o'rnimdan turib ketganimni ham sezmay qoldim. Yuzimni kaftim bilan artib ko'larimni ochdimu tepamda turgan ikki kishini ko'rdim.

- Qizim bu yerda nima qilib uxlab yotibsan, oying qayerda? - Otam boshim uzra turib mendan vahima bilan oyim haqida so'radi.

- Nima? Oy..oyim uyda emasmi?

Men otamning gapidan hayratda qolib, o'rnimdan darrov turib ketdim.

Ovozim bazor chiqgan bo'lsa ham otamni yonida turgan palitsiyachi amaki gaplarimni juda yaxshi eshitganiga ishonchim komil. U avval menga sòng otamga hayron qarab tezlik bilan ratsiyasini oldiyu qolgan hamkasiblariga qattiy ovozda buyruq berishga tushdi.

- Diqqat qidiruvdagi shaxs hali ham topilmadi. Barcha Esmelarda tungi clubi atroflarini yaxshilab tekshirsin. Ayol haqidagi ma'lumotlarni tarqatib chiqilgan tezda uni qidirishni boshlang!!!

Otam palitsiyachini gaplarini eshitib turarkan qo'll-oyoqlari qaltirashni boshlagandi otamni holatini ko'rib men tezda yonidagi skamekaga o'tqazdim. Otam oyimni judayam qattiq sevardi uni yoqotadigan bo'lsa aslo yashay olmasligini doim aytib kelardi shu bosi ham hozir otamning ahvoli og'irlashishni boshladi.

- se....sen ayibdorsan - Bir nuqtaga qaragancha sukut saqlab turgan otam bir necha daqiqadan so'ng tilga kirdi.

- seni deb yo.....qoldi u

- ota

- ota dema meni! Agar oyinga biron narsa bo'ladigan bo'lsa bilib qo'y seni aslo kechirmayman! Aslo!

Meni erkalab doim boshida kòtarib yuradigan otamdan hozirgin daqiqada asar ham qolmagandi. Tik turgan holda otamga tikilib turarkanman o'z otamni taniy olmayabkandim.

Quyosh o'rnini oy egallagan bir paytda otam hali ham men joylashtirib qo'ygan skamegandan qo'g'almagandi. Bir necha bor "uyga boraqolaylik ota kech tushyabdi sovuqqotasiz " deyishimga qaramay " onangni topishmagunlaricha shu yerda o'tiraman " deb turib olgandi. Oradan qanchadir vaqt o'tgach boyagi palitsiyachi keldi, mashinasidan tushib ho'rg'in va mayus nigohlar bilan oldimizga yurib kelarkan otam uning nigohidan cho'chishni boshlagandi.

- ayolingizni topdik

- ro...rostanmi qayerda u hoziroq meni uni yoniga olib boring

- u morkda

- ... ni..nima de..deingiz tushunmadim?

- ayolingizni topdik faqat...jasadini.

Palitsiyachini aytgan gaplarini eshitib turgan joyimda muzlab qoldim qimirlashni istamasdim hatto. Tanamda esa yengil qaltirash yuzaga kelgandi. Palitsiyachi otamni yelkasiga qo'lini qo'yib sekingina qoqib qo'ydi .

- afsusdaman

Bir necha soniya va otam hushini yoqotdi.


Hozirgi vaqt

O'sha kundan boshlab hayotim zulmatga aylandi. Onamni o'limidan beri meni bir savol qiynab keladi. Otam ikkimiz onamni jasadini ko'rgani borganimizda onamni yuzini taniy olmagan edik, uni yuzini shunqadar yomon ahvolga solib qo'yishgan ediki sizlarga hozir tasvirlab ham berolmayman. Nega...nega ahir bunday qilishini kimga keragi bor edi. Biz oddiy oila edik, ayniqsa oyim judayam mehribon, ko'ngli ochiq ayol edi hech qachon birovga qattiq gapirganlarini ko'rmaganman. Bir kun kelib onamni vaxshiylarcha do'pposlab o'ldirib ketgan marazni topaman va o'z qo'llarim bilan uni o'ldiraman.

Soat tungi 02. 30 otam haligacha uyga kelgani yo'q u bunday paytda yoki tungi klubda yoki esa qaysidir bekatda mastd holda uhlab qolgan bo'ladi. 3 yil oldingi voqeya tufayli otam ancha o'zgarib qoldi, onamni o'limida meni ayiblab ichib kelib qo'l ko'taradigan odat chiqazib olgandi. Men bulardan juda charchadim shu bosi ham bu yerdan bu shahardan ketish uchun tezroq va ko'proq pul ishlab topishim kerak. Albatta bazi qizlarga o'xshab foxishalik qilib emas to'g'ri yo'l bilan topaman lekin oyiga 1000$ to'laydigan yaxshi ishni topish esa biroz mushkul.

Telefonimni olib internet orqali ish qidirishni boshladim. Bilasizmi bu ish meni kulik ishimga aylanib ulgurgandi, bo'sh qoldim deguncha internetdan ish izlash bilan ovvoraman. Ammo kundan kunga daromadli ish topishga bo'lgan umidim so'nib ketyabdi. Chuqur nafas chiqazib telefonimni o'chirib kravatimning bir burchagiga uloqtirib yubordim ko'zlarimni yumib yig'lashga tayyorlanyotgan paytim telefonimdan xabar kelganligi haqidagi signal yagradi cho'zilib telefonimni qayta qo'limga oldim va xabar kimdan kelganligini ko'rgach yuzimga kulgu yugurdi. Kulguyim sababchisi esa Yeonji edi meni yaqin dugonam u yuborgan qandaydir e'lonni o'qigan zahotim hayratdan qotib qoldim. Ha bu o'sha meni izlayotgan tezroq va ko'roq pul beradigan qulay ish.

E'lon

Katta uyga hizmatchi qizlarni ishga olamiz oylik moash 1000$


Italya | soat tungi 01. 15

Osmondagi quyosh o'z o'rnini oyga bo'shatib bergach butun olamni zulmat qopladi. Bunday paytda insonlar deyarli hech narsa qilishmaydi va ko'pchiligi issiqina o'rnida uxlashyotgan bo'ladi lekin... bazi qora niyatli odamlar esa ayni zulmat tushgan payt ishlashni boshlashdi huddi ko'rshapalakka o'xshab. Aslini olganda faqatgina qora niyatli odamlar emas balkim aqilli odamlar ham bunday paytda issiqina o'rnida uxlashdan ko'ra ishlashni afzal ko'rishadi.

Atrof to'la daraxtzor ular orasidan esa mayda qurt-qumursqalarni ovozi yangrab turardi. Yaqin o'rtada faqatgina bir tashlandiq bino bor holos u yerda esa mafia to'dalari kelishish maqsadida shu binoga yig'ilishgandi.

- men siz aytgan barcha narsani qildim lekin evaziga hech narsa olmadim janob Dino

- shoshilmang hali ish oxiriga yetqazilmadi

-nega endi? ... buyurtma bergan odamlaringizni barini o'ldirdim hatto isbot sifatida bosh barmog'ini kesib olib keldim lekin siz shunda ham menga ishonmayabsiz.

-Men sizga emas anavi do'stingizga ishonmayabman. Uni ko'rinishi negadir doim shubhali bizni jimgina tinglab o'tiradi hatto biron marotaba ham ovozini eshitmaganman

Shu payt tashlandiq bino devorlariga yelka berib suyanib turgan yigit telbanoma ovozda kula boshladi.

-xaxaxa sen ahmoq hali meni sotqinga chiqazyabsanmi? Nima pul to'lamaslikning yangicha usulimi bu? - yigit joyidan qo'zg'alib italyalik mafiya to'dasini boshlig'i qarshishiga kelib turdi biroz sukut bilan ko'zlariga tikilib so'ng yana kulib yubordi

-yaramas itvochcha sen kimni ahmoq deyabsan

-istasam bundan battar haqoratli so'zni ishlatishim ham mumkin yoki... boshqa narsalarni aytib beraqolaman - yigit ortiga o'girilib sherigiga yuzlandi - unday bo'lsa eshiting

Dino mag'rur turib telba yigitni harakatlarini jiddiy qabul qilmasdi shunchaki ensa qotirib qo'yardi holos.

- sen bizni sotish maqsadida palitsiya bilan til biriktirding va bizga bermoqchi bo'lgan pullaring esa bari sohta

- ni..nimalar deyabsan tuhmat qilishga qanday haddin siģdi jin urgur

- shoshmang men hali tugatmadim. Hatto orqamizdan ham odam yo'llab bizni kuzatgansan ham - yigit cho'ntagidan segareta qutisini chiqazib ichidan birini lablari orasiga olib tishlagancha qutidan sug'urib oldi va olov burgagich bilan segaretani yoqib uni so'rib tutunini esa janob Dinoni yuziga puflab yubordi - endi aytchi oramizda kim sotqin ekan?

- nima qilishni istaysan Joshua - dedi orqaroda turgan sherigi

- Jungkook kel yaxshisi bunday hoyinni qo'llarini chopamiz

- mayli men qarshi emasman

- shoshmang nima qilmoqchisiz?

- bizga hoyinlik qilgan ablahni qo'lini chopmoqchimiz

- to...toxtang o'tinaman toxtang!

Dino g'azabga berilgan ikki do'stdan shu darajada qo'rqib ketdiki qo'llari chopilishini eshitib joni shirinlik qilib yerga tiz cho'kdi

- nima desangiz barini qilishga roziman faqat menga tegmang yolvoraman

Joshua boyagindek kulib segaretasini oshmonga qaragancha puflab oyoqlari tagida o'tirgan Dino bilan bo'y baravar bo'lish uchun cho'kkalab o'tirib oldi

- mana ko'rdingmi sen hali mafiya ishlarida ancha xomsan. Sen hali bolakaysan tushunyabsanmi meni?... Kel yaxshisi bunday qilamiz sen kelishgan pulimizdan 2 barobar ortig'i bilan bizga o'z pullararimizni qaytarib berasan biz mafiyalar bo'lsak ham unchali bag'ritosh emasmiz 3 kun muhlat beramiz agar shu vaqtgacha pul qo'limizda bo'lmasa o'ldim deyaver ablah

Jeon Jungkook va Hong Joshua bu ikki do'st mafiya olamining eng yirik tòdasi ularni ishini shu paytgacha bironta mafiya guruhi uddalay olmagan hatto palitsiyachilar ham ular qilgan ishdan bironta dalil topisholmaydi. Bu ikki do'stni ko'ra olmaydiganlar esa palitsiya bilan birlashib ularni ushlab berishga kelishib olishadi lekin o'ylagan ishligi amalga oshmaydi. Shu dushmanlari orasida meksikada yashovchi kattaroq mafiya to'dasini boshlig'i Daniela ham bor, u doim qulay fursat yetdi deguncha Jungkookni o'ldirishga urunadi. Hozirda katta bizneslarni olib borayotgan Jungkook va Joshua Danielani qulay biznes qilishiga yo'l qo'yishmayotgandi. Ular ishligini juda puhta va hech bir dalilsiz qilishlari boshqa mafiya to'dasidigilarga ham juda maqul keladi va shuning uchun ham hamma ular bilan ishlashni xohlashadi.

Koreya

*Bir soat oldin telefonda gaplashgan ayol aytgan manzilga keldim ulkan ko'rinishi huddi qasirdek uyning darvozasi tagida turib o'sha ayol kelishini kutib turardim. 5 daqiadan so'ng qasirdek uydan yosh, chiroyli yurishlari huddi modellarnikidek bo'lgan bir ayol chiqib kelib meni uy ichiga olib kirib ketdi. Yo'l-yo'lakay o'zini tanishtirib ketarkan uni juda tez gapirishidan so'zlarini zo'rg'a tushunib olardim.*

- Meni ismim Sera men shu uyga qaraydigan qizman. Ya'ni uy egasi yo'q paytida uyda ishlaydigan hizmatchilarni nimalar qilishyotganini va nimalar qilish kerakliklarini buyurib turadigan inson

- tushunarli

- yaqinda bir hizmatchimiz homladorligi tufayli ishdan bo'shadi uni o'rniga esa bizga zudlik bilan yangi ishchi kerak edi va biz seni olishga qaror qildik. Boya telefonda gaplashganimizda menga tezroq va ko'proq pul to'laydigan ish kerak degan eding mana shu ish senga juda mos. Ishdan qochmasang bo'lgani qolgani esa juda oson. Demak ishni bugundan boshlaysan, ortinga o'girilib o'ng tomonga yursang bir xona bor o'sha yerga seni ishchi kiyimlaringni qo'yganman tezroq kiyib chiq keyin nima ish qilishing kerak ekanligini aytaman.

- xo'p

Sera aytganidek ishchi kiymini kiyib chiqganimdan so'ng u menga nima ish qilishim kerakligini tushuntira boshladi. Avvaliga yuqorida joylashgan xonalarni changini tozalattirdi, yo'laklarni polini ham so'ng pastki qavatning yuvinish xonasini tozalattirdi. Ochig'ini aytsam bu uyda Serasiz yursam adashib qolishim hech gap emas uy shu qadar katta ediki huddi bir shahardek gap. Xonalari va yo'laklari esa judayam daxshat qilib qurilgan bu uy egalari o'zi nima ish bilan shug'ullanarkin. Pastki qavat yuvinish xonasiga kirganimda esa og'zim lang ochilib qoldi ichkari shu qadar chiroyli ediki sizlarga tasvirlab berolmasdim. Hamma jihozlar zamonaviy, devorga qotirilgan kafellar esa durdek yarqalab turardi ko'rinishidan kichik bo'lgani bilan ichkari juda keng ekan. Yuvinish xonasini ichkkaroq qismida bir eshik bor ekan Sera telefonda gaplashgani chiqib ketganda men o'sha eshikni ochib boshimni ichkariga suqub kirgazdim va ko'rgan manzaramdan hayron qolgandim, bu eshik ortida katta basseyn bor ekan. Umrim bino bo'lib bunday antiqa uyni ko'rmaganman. Tashqaridan Serani ovozi yaqinlashib kelayotganini eshitishim bilan tezda ortga qaytib kirib rakvinalarni artishni boshladim.

- bo'ldimi ishingni tugatdingmi?

- ha tugatdim

- yaxshi ketishing mumkin.

- nima bo'ldimi?

- ha buguncha senga shular yetadi endi esa ketaver. Ertaga ham huddi shunday vaqtda kel

- xo'p

Men ishimni tugatgach kiyimlarimnin o'zgartirib uydan chiqib ketdim. Ortimga o'girilib uyning sahobatiga qarab turib qaniydi mana shu uy meniki bo'lib qolsa degan havas hayolimdan o'tdi bu uyga men malikalar makoni deb nom beraman chunki uy huddi malikalar yashaydigan qasirga o'shaydi.

Uyim tomon ketarkanman yo'l-yo'lakay dugonam Yeonjinga qo'ng'iroq qildim. Ahir unga men uchun topib bergan ishiga raxmat aytib qo'yishim kerak.

- Saewonieeee qalaysan

- yaaa Yeonji sal qolsa qulog'imni teshib yuborarding

- kechir seni juda sog'ingandim qo'ng'iroq qilganingni ko'rib sevinib ketdim.

- bilaman men ham seni juda sog'indim. Haligi...Yeonji. Senga raxmat aytmoqchi edim, menga ish topib berganing uchun.

- nimalar deybsan. Men hechnarsa qilmadim shunchaki internetda ko'rgan e'lonimnin senga yubordim holos bu uchun raxmat aytishing shart emas

- sen doimgidek kamtarlik qilyabsan

- mayli unda raxmat sifatida ertaga menga burger olib ber hopmi

- yaxshi. Unday bo'lsa ertaga ko'rishguncha

- xayr, xayr

Yeonji bilan suhbatlashib qanday qilib uyga tez yetib kelganimni bilmay ham qolibman. Uyga yaqinlashganim sari yuragim orqaga tortib keta boshaldi oyoqlarim u uy tomon yurishni xohlamasdi. Sekin asta uy ichiga kirib xonam tomon yura boshladim xonam shundoqqina otamning xonasini yonida edi bu juda qo'rqinchli agar u uyg'onib qolsa meni holim voy.

Tovushsiz xonamag kira oldim qoyil endi esa tezroq o'rnim ichika kirib olsam bas uyqu olamiga g'arq bo'laman.

Saewon mayda qadamlar bilan kravati tepasiga kelib ustidagi pijagini yechib shundoqqina yonida turgan uzun ilgichga kiymini osib ko'rpa ichiga kirib oldi

- bugungi kunim juda yaxshi o'tdi ertaga ham shunday bo'ladi degan umiddaman. Xayrli tun Saewon

U yon boshiga yotib ko'zlarini yumdiyu uxlab qoldi

1-qism tugadi

Aftor: #Kwon_Yeonji