Sen bilan baxt sari
Bir necha daqiqa oldin uyg'ongan Jungkook allaqachon yuvinib ishga ketish uchun kiyinishni boshlagandi. Kuz oyi tugab hademay qish fasli ham kirib keladi va ko'pchilik bolalar yoqtiradigan qor mavsumi boshlanadi. Hali qish kirib kelmagan bo'lsada havo yetarlicha sovuq shu sababli ham Jungkook shkafidan tim qora rangdagi paltosini qo'liga oldi. Xonasidan chiqib pastga qavatga tushib biroz kattalikdagi zalga kirib keldi. Unchalik uzun bo'lmagan stolda yolg'iz nonushta qilib o'tirgan Joshua eshik tagida turgan Jungkookni ko'rib ichkariga kirishga undadi.
Do'stiga savol bergancha o'z o'rniga joylashdi Jungkook
- deyarli uhlay olganim yo'q, shu bosi savolinga aniq javob berolmayman.
Dasturxon atrofiga ikkinchi boshlig'i jo'ylashganini ko'rgan Yura tezda Jungkook yoqtiradigan sutli qahvani tayyorlab olib keldi.
Hizmatchi hozirgina olib kelgan qahvani qo'liga olgan Jungkook uni ichishdan oldin hizmatchisiga Saewonni chaqirishini aytdi.
- janob Saewon hali ishga kelmadi.
- Nima? Soat nechchi bo'ldi nega u haligacha ish joyida emas?!
Saewonni hali ishga kelmaganini eshitgan Jungkookni biroz jahli chiqdi. Qoshlarini chimirgancha qo'pol ohangda hizmatchisiga gapirarkan hizmatchi qiz esa bu ovozdan qo'rqib ketdi.
- nega u ishga kelmagan bo'lishi mumkin?
Saewonni ishga kelmaganini o'zicha tahmin qilgan Joshua ayyorona kulib qo'ydi.
- demka o'sha ayg'oqchi Saewon. Seni tirik qaytganingni ko'rib qochib qolgan bo'lsa kerak.
- Joshua men tekshirib chiqdim ayg'oqchi u emas.
- balkim u ma'lumotlarni sohtalashtirgandir? Ahir Jungkook o'zing ham buni yaxshi bilasan bunday ma'lumotlar yaratish unchalik ham qiyin emasligini.
- bas qil! Ertalabdan sen bilan urishmoqchi emasman. Men aytganimni aytdim oramizdagi ayg'oqchi Saewon emas.
Jungkookni jimgina ovqatlanishini kuzatib turgan Joshua hayoliga kelgan narsa tufayli asabiy kulib qo'ydi.
- nega uni bunchalar himoya qilyabsan?
- Nima? Men hechkimni himoya qilayotganim yo'q.
- Jungkook nima uni sevib qoldingmi? ... arzimas hizmatchiniya?
- bu bilan seni ishing bo'lmasin.
- nega endi men seni xafdan himoya qilyabman.
- men seni qayoqdagi Sera bilan yotib turishinga aralashyabmanmi?
- bo'ldi bas qil!!! Kimni sevish sevmaslikni menga o'rgatma tushundinmi? Do'stim bo'lganing uchun indamaybman boshqasi bo'lganda jag'iga musht tushurgan bo'lardim.
- bilib qo'y men baribir unga ishonmayman.
Qo'lidagi sanchig'ini tarqalatib qo'ygan Joshua jahl bilan turib zaldan chiqib ketdi.
"Ko'zlarimni og'riq bilan ocharkanman tanamdagi holsizlik sabab hatto barmoqlarimni ham qimirlatishga madorim yo'q edi.
Peshonam ustida qandaydir yengil og'irlikni his qilyabman, bu nima? Boshimni chap tomonga burgan onim yotog'im yonida joylashgan tokcha ustida bir nechta dori qutilari va bir idishda suv turganini ko'rdim. Holsiz tanamni ko'tarib o'rnimdan turishim bilan peshonamda turgan narsa qo'limga tushdi. Bir necha qatlam o'ralgan oq bint ekan. Qornimni to'yg'azish maqsadida oshxonaga kirib kelarkanman ko'zimga ko'ringan ilk narsa muzlatgich ustiga yopishtirilgan qog'oz bo'ldi, asta yaqinlashib uni qo'limga olib qog'ozga yozilganlarni o'qiy boshladim.
Saewon men ishga ketdim iloji boricha bugun ertaroq kelishga harakat qilaman. Kecha tunda harorating ko'tarilibdi qo'ldan kelgancha tushurishga harakat qildim agar yana takror harorating ko'tarilsa xonangda turgan apilsin rangli qutidagi dorini ichi. ...Yeonji.
"Yozilganlarni o'qib tugatgach bilinar-bilinmas yuzimga kulgu yugurdi. Sen haqingda qayg'urishsa qanday yaxshi.
Bir onda o'ylanib qoldim nega haroratim ko'tarilganini o'zim sezmadim, nima shunqadar qattiq uxladimmi kecha? Muzlatgichni ochib bir nimalar olib bir kishilik dasturxon tuzib doimgidek yolg'iz o'zim nonushta qildim. Bemalol nonushtabni qilib bo'lgach idishlarni yuvib oshxona devorida turgan soatga qaradim negadir ko'nglim g'ash. Ishga borishga shoshilmayabman ham endi u uyga aslo qadamimni bosmayman, bir necha kun uyda qolib so'ng yana ish qidirishni boshlayman balkim Hemin xolam taklif qilgan ishda ishlarman lekin u yerda ham menga zo'ravonlik qilishga tayyor dushmanim bor. Oshxonadan chiqib xonam tomon qadam tashlab borarkanman birdan uy qo'ng'iroqg'i chalindi. Odatda uyimizga hechkim kelmasdi faqatgina Yeonjindan tashqari, menimcha ishdan javob olib ertaroq kelgan bo'lsa kerak deya o'ylab eshikni ochgan onim boshqa bir insonni ko'rib harakatsiz qotib qoldim."
- Sen bu..buyerda nima qilyabsan, uyimni qanday topding?
- meni kimligimni yaxshi bilmaysan chog'a, menga seni yashasha joyingdan tortib qon guruhing qandayligigacha bilib olish umuman qiyin emas.
Qo'ng'iroqni chalgan odam Yeonji deb o'ylagan Saewon holsiz jilmaygancha eshikni ocharkan aksincha umuman kutmagan insonni, uni bir necha bor zo'rlashga uringan vaxshiyni ko'rib rangi oqarib ketdi.
- jahlimni chiqazishga urinma aks holda nima bo'lishini o'zing juda yaxshi bilasan shuning uchun men bilan to'g'ri gaplash.
Qizni ogohlantirgan Jungkook yoqimsiz kulib qizga biroz yaqinlashdi.
- boshqa odam bo'lganda albatta to'g'ri gaplashgan bo'lardim lekin sen bilan emas.
Jungkookni yaqinlashishi bilan bir qadam ortga yurgan Saewon nafrat bilan Jungkookni ko'zlariga tikilib turardi.
- shunaqa de... mayli unda men ham senga yomon inson bo'lib ko'rinishda davom etaman negaki sen meni yumshoq felimdan tog'ri foydalana olmading.. azizam.
Qizni gaplariga asabiy kulib qo'ygan Jungkook birsidira tilini yuzining ichki devorlarida aylantirb biroz oldingi tirjayish yuziga mana endi ayyorlikni ham qo'shdi.
- hozirni o'zida ish joyingda bo'lmasang otangni qotillik va qimorbozlikda ayiblab qamatib yuboraman.
- Nima telbamisan otam qotil emas bunga daliling ham yo'q.
- qimorboz odam uchun dalil shart emas uni harakatlari barini ko'rsatib turibdi. Doim mast holda kelib bechora qizini kaltaklashi esa otangni qamoqda uzoqroq qolishi uchun hissa qo'shadi.
Saewonni jahli chiqayotganini kuzatib turgan Jungkook bundan zavq olardi. Qizni qo'llari musht bo'lib tugulganini ko'rgach ko'z qorachig'ini qizni nigohlari bilan to'qnashtirib u tomon egilib yanada yaqin masofada gapira boshladi
- o'ylab olishing uchun 2 daqiqa vaqting bor.
Tishlari orasida vishillagancha gapirdi Saewon. Uni yuziga otasi tomonidan kaltaklanishi aytilarkan o'zini kamsitilgandek his qildi yetmaganiga buni qizga zo'ravonlik qilgan yigit jilmaygancha aytgani qizni g'ururiga tegdi.
- men kutyabman bo'laqol azizam.
- meni bunga majbur qilolmaysan.
- ammo shunday qilyabman biroz oldin senga imkon bergandim lekin sen undan tog'ri foydalana olmading.
"Yana uni oldida ojizdek turibman. Nima qilishni bilmayman, agar uni aytganini qilmasam otamni chindan qamatib yuborishi mumkin. Jin ursin barini! Qayoqdan ham o'sha ishga joylashdim?!
Asabiylashgancha sochini ortga taragan qiz jahil bilan Jungkookni ko'zlariga qaradi hozirgi aytmoqchi bo'lgan gaplarini o'ylab ichida o'zini-o'zi lanatlardi.
- ajoyib. Unday bo'lsa tezroq kiyinib chiq seni pastda kutaman.
Qizni javobini oldindan bilgan Jungkook o'zi kutgan so'zni eshitib g'olibona jilmayib qo'ydi. Saewonni jahil bilan yonib turgan ko'zlariga qaragancha huddi ustidan kulgandek jilmayib pastda kutishini aytgancha qizga ortini o'girib keta boshladi.
Avtobusdan tushgan qiz yelkasiga sumkasini ilib tog'risidagi katta qurilish binosi tomon shoshgancha yurib borardi.
- Yeonji xonim, yolg'iz keldingizmi?
- ha..haligi boshlig'imni muhim ishi chiqib qoldi, kela olmagani uchun afsusda ekanligini aytdi.
- tushunarli unday bo'lsa o'zimiz ishni boshlayveramiz.
Mujinni boshchiligida hali to'liq qurib bitqazilmagan bino ichkarisi tomon yurib borish davomida Yeonji bino ichini janob Mujinga tushuntirib ketardi.
- mana bu esa sizni do'koningiz. U deyarli bitib qolgan faqat bazi zarur ishlari bor, sizga ishonch bilan aytolamanki bu bino to'liq qurilib foydalanishga topshirilganda sizning ham do'koningiz allaqachon tayyor bo'ladi.
Yeonji deyarli qurib tugallab qolgan bino qarshishiga kelib uni janob Mujinga ko'rsatib tez orada do'kon butunlay qurib tugatilishi haqida gapirardi. Mujin qizni ortda qoldirib o'zi sotib olgan bo'lajak do'kon ichiga kirib atroflarini shoshilmasdan kuzatib chiqa boshladi.
- menimcha hammasi joyida. Tez orada ish yakunlanishiga ishonchim komil.
Ko'zlarini biton binolardan uzib eshik tagida turgan qiz tomon yo'naltirgan Mujin ikkisini nigohlari to'qnashganda mayin jilmayib qo'ydi. Yeonjinni sezilarli darajada katta ko'zlari, doimiy tarzda qizarib turadigan yuzlari va shirali ovozi janob Mujinni yaxshigina etiborini tortardi. Yetmaganiga ustiga kiyib olgan pushti rangli kiyim qizni yanada go'zalroq ko'rsatardi.
Ikki qo'lini ortiga birlashtirib qizni yoniga yurib kelgan Mujin binoning boshqa yerlarini ham ko'rib chiqishni xohlashini aytdi. Ertalab nonushta qilishga ulgurmagani bosi Yeonjinni qorni och u hamkoriga sotib olgan do'konini ko'rsatib bo'lgach uchrashuvni yakunlab yaqin o'rtadagi qahvaxonaga borishni rejalashtirgandi lekin birdan janob Mujinni binoni boshqa yerlarini ham ko'rish istagi paydo bo'lishi bilan qizni rejasi barbod bo'ldi.
- mana bu ikki do'konni esa "J Parking holding" kampaniyasi sotib olgan, shu bilan birga 3-qavatdagi kichik restaran ham ularga tegishli lekin u hali ishga tushmagan hamma do'konlarga o'xshab u restaran ham bino to'liq qurib tugatilganda ochiladi.
Yeonji ikki yonma-yon turgan binolarni janob Mujinga ko'rsatib ularni qaysi kampaniya sotib olgani haqida batafsil tushuntirib berishga harakat qilardi. Tinmay gapirgani sari Yeonjinni battar ochligi tutib ketardi.
Qizni gaplarini diqqat bilan tinglayotgan Mujinga uni gapiryotgandagi qo'l harakatlari va bazida u yoqdan bu yoqga borib kelayotgan ko'zlarini kuzatishni o'ziga maroqli vazifa deb ko'rardi. Bir necha soniyaga ko'zlarini qarshisidagi binoga qaratib yana qiz tomon nigohlarini olib o'tib bu safar uni tinimsiz qimirlayotgan lablariga etibor bera boshladi. Uning lablari boshqalarnikidan biroz kichiroq ekanligini sezib sekingina kulib qo'ydi.
- meni qornim ochdi agar boshqa ko'rsatadigan joy qo'lmagan bo'lsa qahvaxonaga borib biron narsa yeb olarmiz. O'zim mehmon qilaman.
Katta hovliga kirib kelgan mashina tohtagach ichidan birinchi bo'lib Saewon tushib keldi. Biroz tohtab atrofni kuzatib chiqarkan nigohlarida xafsalasizlik aks etardi. Jungkook ham mashinadan tushgach qizni jimib qolganini ko'rib u ham soniyalarga tohtab qizni kuzata boshladi so'ng yo'g'on ovoz bilan qizni chaqirib etiborini o'ziga qaratadi.
- bu yerga hayol surgani kelganing yo'q. Tezroq ortimdan yur.
Mashina eshigini kuch bilan yopib Saewonga ensa qotirgancha gapirib o'zi uy ichiga kirib ketdi. Jungkookni qilgan muomilasiga Saewon ham ensa qotirib asabiy sochini ortga taragancha uni ortidan yura boshladi.
- tezda barcha hizmatchi qizlarni to'pla muhim gapim bor.
Uy ichida Jungkookni baland ovozi yangrashi bilan qaysidir xonadan Sera chiqib keldi. Boshlig'i va Saewonni yonma-yon ko'rib kulib turgan yuzi birdan so'ndi va Jungkook gapini tugatmaguncha ko'zini Saewondan uzmadi. Saewon bu qarashlarni sezib u ham Sera tomon qarashi bilan Sera ensa qotirgancha hizmatchi qizlarni olib kelishga ketdi.
- hammangiz eshitib oling bugundan boshlab men uchun barcha ishlarni Saewon bajaradi. Ovqat tayyorlashdan tortib kiyimlarimni yuvishgacha, hatto xonamni ham u tozalaydi. Tushunarlimi?!
- yaxshi unday bo'lsa hamma o'z ishiga qaytsin.
- sen telbamisan?! Nima ovqat tayyorlashga ham endi men masulmanmi?! Ovqat tayyorlash qo'limdan kelmaydi.
Asabiylikdan ko'zlari kattalashib ketgan qiz Jungkookni chiqazgan qaroriga norozilik bildirdi.
- otangni panjara ortida ko'rishni istamasang aytganlarimni bajar... kichkintoy.
Jungkookga esa Saewonni asabiashayotgani huzur bag'ishlardi. Uni jahli chiqayotganini ko'rib kulgancha qiz tomon yaqinlashdi otasini qamash bilan tahdid qilarkan ohirgi so'zlarini shivirlab chiqazdi.
Qizga nisbatan ort o'girib ketayotgan yigit ortidan so'kingan Saewon o'zi xohlamayabkan ishlarini qilishga majburligini o'ylab asabiylashardi
Oddiy qahvaxonalarga o'xshagan qahvaxona lekin boshqalarnikiga qaraganda mijozlari ancha ko'proq. Bu yerda barcha shirinliklar Fransiya oshxonasiga tegishli, qahvaxona egasi Fransiyalik bo'lgani uchun faqatgina o'z davlatining shirinliklarini sotadi ham ular ancha mazili bo'ladi. Ichkarida shirali ayol qo'shiqchini musiqasi yangramoqda lekin odamlarning sho'vqini tufayli bazan baland bazan esa past bo'liq quloqga yetib keladi. Fransiyaning eski ko'chalari mo'y qalam bilan moxirona chizilgan surati devorga osib qo'yilgan bo'lib huddi shu surat tagida ikki inson mazali kruressandan tatib ko'rishmoqda faqat ulardan biri allaqachon navbatdagisini yeb tugatishga ulgurgan
- sekinroq yeng hozir tiqilib qolasiz.
Shoshgancha og'ziga ohirgi bo'lak kuressani joylagan qiz so'vib qolishga ulgurgan qahvasidan ho'pladi. Boyadan beri qarshisidagi insonni ovqatlanishini kuzatib o'tirgan Mujin og'zini to'ldirib bir lunjini ishirgancha egilib qahvasidan ho'plashini ko'rib yuzini burgancha kulib qo'ydi.
- kechirasiz meni bunday ovqatlanishimni ko'rib meni tarbiyasiz deb o'ylarsiz lekin o'z vaqtida ovqatlanmasam o'zimni yomon his qilaman va tezda ovqatlanishga tushib ketaman.
Mujin yuzini burganini boshqa narsaga deb o'ylagan qiz o'zi uchun kamchilik deb hisoblagan holatini tushuntirishga tushdi.
- tushunarli demak ertalab nonushta qilmabsizda. Nega shuni avvlroq aytmadingiz?
- ishni yakunlab keyin o'zim nonushta qilib olmoqchi edim.
- meni deb rejangiz o'xshamabdida.
O'ng qo'liga dahanini tirab kulgancha qizga qarab gapirdi Mujin.
Hamkori Yeonjinni sirini fosh qilgach qiz yigitni so'zlarini rad etdi.
- aybimni yuvish uchun bugun sizni o'zim mehmon qilaman istagan narsangizni buyurtma qilavering o'zim hammasiga to'layman.
Qaddini qayta tikkagan Mujin yuzini Yeonjindan uzib atrofdan afitsanni qidirgancha qo'l harakati bilan yoniga chaqirdi.
"Men ovqat tayyorlashni bilmayman emas bilaman lekin bular yeydigan ovqatni hayotimda biron marotaba ham tayyorlab ko'rmaganman. Odamga o'xshab oddiyroq narsa yesa bo'lmasmikan! Yaxshiyamki oshpaz ayol menga yordamlashib turdi yo'qsa umuman bunday noodatiy ovqatni tayyorlay olmasdim. Deyarli ishim tugab qoldi tez orada uyga ketaman, oshpaz ayol bir necha daqiqa oldin uyiga ketdi uni o'rniga men ovqat pishiryotganim uchun unga ertaroq javob berib yuborishdi. Jin ursin endi doim uyga kech qaytamanmi, otamga kech kelishim yoqmaydi jahli chiqishi aniq.
Ishlarini allaqachon yakunlab bo'lgan Saewon faqatgina bir sabab tufayli mana shu uydan ketolmayabdi. Gaz tepasida turib olib telefon tiktilarkan har-har zamonda qozonda pishayotgan ovqatga nazar tashlab qo'yardi. Intertdagi bo'sh ish o'rinlari joylashgan sayt orqali o'ziga mos ish qidirish bilan ovvora. Tog'ri Jungkook qizga ish joyida bo'lmasa otasini qamatib yuborishini aytdi lekin Saewon bu vaxshiyni qo'lida ishlashni xohlamasdi chunki u tegajonlik qilishga urinishi mumkin. Barmog'i bilan telefon ekranidagi e'lonlarni tepaga qarab ko'tarib boraverarkan birdan ekranda paydo bo'lgan telefon qo'ng'irog'i qizni cho'chitib yubordi.
Saewon qo'ng'iroqga javob berishi bilan Yeonjinni jaragdor ovozi qizni qulog'ini teshib yuboray dedi.
- uyga kelsam yo'q ekansan qayerga ketdin?
Yeonjinni qilgan ishidan asabiylashgan Saewon qoshlarini chimirib doq qilgandek bo'ldi.
- ishdan erta chiqardinku nega buncha qolib ketding?
- bir necha kun kechgacha ishlashim kerak.
- yaxshimisan harorating ko'tarilmadimi?
- hammasi joyida havotirlanma. Biron narsani sezsam darrov senga aytaman.
- menga aytib o'tirma ahmoq harorating ko'tarilganini sezsang apilsin rangli qutidagi dorini ichgin.
Birdan hayolidan kecha tungda Saewonni harorati ko'tarilgani yodiga tushgan Yeonji darhol dugonasini ahvoli haqida so'ray ketdi. Dugonasini havotirlanib gapirishini tinglab turgan Saewonni qoshlari yoyilib lablari esa biroz yuqoriga ko'tarildi.
- xo'p yaxshi. Mayli xayr tez orada ko'rishamiz.
Suhbat tugagach Saewon yana telefon titishga tushdi. Bir necha daqiqa devor ortida Saewon va Yeonjinni suhbatini tinglab turgan Joshua qizni ohirgi so'zlarini no'tog'ri tushundi. O'zicha Saewon haqidagi fikirlari tog'ri ekanligini o'ylab qoldi.