Sen bilan baxt sari
Yo'lakdan kelib turgan xlor hidi bemorlarga qayerga kelganliklarini eslatib turardi. Oq halat kiyib olgan Fansuz ayolllari bemor tashxisi yozilgan qog'ozlarni ko'tarib shifokor xonasiga kirib ketishardi. Ayrimlari hali yosh turmush qurmagan va qolganlardan ancha chiroyliroq qizlar qabulxonada bazilari esa ro'yxatxonada ishlashardi. Qabulxonada ishlaydigan qizlardan birini etibori kalidorda u yoqdan bu yoqga yurib tinmay so'kinayotgan Jungkookga tushgandi. Hozir jahli chiqayotgani sabab qoshlari chimirilgan, ko'zlarida g'azab porlab turardi va uni bunday holatini haligi qiz kelishgan deb hisoblardi.
- jin ursin bu ishni kim qilganini bilaman bu aniq Danielani ishi.
Bir qo'lini beliga tiragan Jungkook boshqasi bilan sochini ortga tarab yonida turgan Joshuga gapirardi.
- o'zingni bos Jungkook, hozirgi vaziyatda jahilga yengilib bo'lmaydi
- Men u marazni o'ldiraman chin so'zim uni topib qiymalab tashlayman.
- Jungkook senga tinchlan dedim.
- qanaqasiga tinchlanay! Anavi xonada Saewon jon olishib yotibdi uni bu ahvolga men soldim tushunyabsanmi? Uni bu yerga olib kelmaganimda u hozir pichoqlanmagan bo'lardi, jarohat olmagan bo'lardi.
- o'zingni nohaq ayiblayabsan bunda seni aybing yo'q! Saewon seni jon kuydirishinga arzimaydi, bo'ldi o'zinga kel.
- hech tushunmayman Saewonni nimasini yoqtirmaysan, u senga nima yomonlik qildi?
- u keladidan beri ko'ngilsizliklar yuz beryabdi. Nahotki shuni sen sezmagan bo'lsang?
Bir muddat o'ylanib qolgan Jungkook devorga suyangancha bir nuqtaga tikilib qoldi. Jungkookni birdan jimib qolganidan shubhalangan Joshua ham jimgina uni harakatlarini kuzata boshladi.
- yo'q men bu yerda qo'l qo'vushtirib turolmayman.
Jungkook yana gapirishni boshladi. Saewonga qilingan ishni o'ylasa asabiyligi yanada ortib borardi, u bu yerda hechnima qilmay turishni xohlamasdi albatta bu ish uchun Danieladan qasos olishni xohlardi.
- men hoziroq bazim bo'lgan joyga borib kuzatuv kamerasiga yozilgan vidyolarni topaman va Saewonga kim pichoq sanchiganini aniqlayman. So'ng o'sha ablahni tug'ilganiga pushaymon qilaman.
- meni tohtatishga urinma Joshua meni bu fikrimdan hechkim qaytarolmaydi. Ortimdan borma shu yerda qol, Saewon aperatsiyadan chiqishi bilan menga xabar ber.
- Jungkook ahmoqlik qilib qo'yma!
Do'stiga biron narsa bo'lishidan cho'chigan Joshua Jungkookni yo'lini to'sib ketishiga imkon bermadi. Lekin Joshuani bu harakatlari Jungkookni tohtatib qololmadi Joshuaga shu yerda qolib Saewondan xabar olib turishini aytgancha katta qadamlar tashlab kasalxonadan chiqib ketdi. Kalidorda bir o'zi qolgan Joshua shunchaki Jungkookni ortidan qarab qoldi. Uni arzimagan bir qizni deb jonini hatargan qo'yayotganidan jahli chiqardi, g'azabdan rangi gizarib ketarkan shunchaki o'trib Saewonni aperatsiyadan chiqishini kutishni maqul deb o'ylab kalidordagi o'rindiqga o'tirdi.
- bemor Kwon Yeonji, u nimadandir qattiq siqilgan, ko'p stressga tushgan bo'lishi ham mumkin. Buni oqibatida qoni kamayib ketgan. Vaqtida ovqatlanmagani uchun ham juda holsiz.
- bunday bo'lishi mumkinmas u hechqachon ovqatlanishni kechikritmagan doim o'z vaqtida ovqatlanardi.
- unday bo'lsa yegan ovqati asabiylashish natijasida tez hazim bo'lib ketgan bo'lishi mumkin. Bemorni hechqanday doriga ehtiyoji yo'q unga parvarish kerak. Doim o'z vaqtida ovqatlanishini kimdir nazorat qilib turishi kerak. Siz bemorni vaqtida ovqatlangan deb aytganingizdan ham men bunga ishonolmayabman. Qon ko'paytirish uchun ko'proq shokolad tavsiya qilaman va sabzavotli salat yoki bo'lmasam ovqatlar. Muhimi uni doim o'z vaqtida ovqatlanishini va asabiylashmasligini nazorat qilib turish kerak.
- tushunarli hammasini siz aytgandek qilamiz. Uni qachon olib ketsam bo'ladi?
- hozir tinchlantiruvchi dori berganmiz o'ziga kelishi bilan olib ketishingiz mumkin.
Doktir bilan qilingan suhbat nihoyasiga yetishi bilan Mujin Yeonji yotgan palata tomon yura boshladi. Qizni uyg'otib yubormaslik uchun eshikni sekingina yopib qizni tepasiga kelib turdi.
- yolg'iz yashash qanchalik qiyinligini bilaman. Lekin seni nimadan bu darajada tashvishlanganingni tushunmayabman.
Uyquda yotgan qizni sochlarini mehir bilan silayotgan Mujin past ovozda u bilan gaplashardi. Uni har bir harakatida mehir mujassam edi. Nigohlarida ham, so'zlarida ham, sochlaridan silayotgan barmoqlarida ham hamma hammasida qalbdan chiqayotgan mehir bor edi.
- yoningda bo'la turib dard chekayotganingni sezmabman. Beg'ubor kulgularing ortiga uni juda ajoyib yashiribsan, meni shu kulguying bilan rom qilibsanu dardingni ichinga yutibsan. Bo'ldi sog'ayib ketmagunincha senga o'zim qarayman.
Kravatda yotgan qiz ko'zlarini pirilatib sekin ocharkan shundoqqina tepasida turgan chiroq yorug'ligi sabab ko'zlari qamashib ketdi. Boshi tepasida kimdir sochidan silayotganini his qilarkan bu odam kimligini bilish uchun ko'zlarini qayta ochdi.
- ishdan tashqarida meni shunchaki Mujin deb chaqirishingni aytgandim.
Past va bog'iq ovozda gapirdi Mujin
- kasalxonada, birozdan so'ng ketamiz.
- men qanday qilib bu yerga kelib qoldim?
- juda ko'p savol beryabsan o'zi hozirgina ko'zlaringni ochgan bo'lsang. Nima savoling bo'lsa ham keyin gaplashamiz.
- bu yerdan ketishni xohlayman.
- xo'p qani sekin o'rnindan tur.
Hali biroz dorini tasirida bo'lgan Yeonji eplab yurolmasdi. Mujin uni o'ziga suyab bir qo'lini yelkasidan oshirib yurishiga yordamlashardi. Bir amallab Mujinni mashinasiga yetib kelgach Yeonjinni old o'rindiqga joylashishiga ko'maklashdi. Yo'l davomida qiz shunchaki atrofni kuzatib ketardi uni yonida o'tirgan Mujin esa Yeonjinni birinchi bor bunday sokin holatda ko'rib ahvolidan tashvishlanardi va tez-tez u tomon qarab qo'yardi. Manziliga yetib kelgan Yeonji mashinadan tushishdan avval Mujinga raxmat aytib, xayirlashib mashinadan tushdi. Qizni ortidan kuzatib turgan Mujin qizni uyi tagiga borib olishini kutdi. Yeonji eshik tagiga kelarkan birdan tohtab qoldi.
- kalitim ichkarida qolib ketibdi aksiga olib qo'shimcha kalitimni ham yoqotib qo'ygandim.
Kayfiyatsiz ohangda gapirgan Yeonji yuzini uyi tomon burdi. Shu on Mujin paltosi cho'ntagida turgan uy kalitini sekin chiqazib unga tikilib qoldi.
- menimcha bugun dugonamnikida tunab qolsam kerak.
Yeonji yuzini Mujin tomon burishi bilan Mujin tezda qo'lidagi kalitni cho'ntagiga joyladi.
- uyinga kirolmaysan, dugonang hozir miriqib uxlab yotgan bo'lsa kerak. Kech bo'lganda borib uyqusini buzsang jahli chiqishi mumkin. Yaxshisi menikiga boramiz.
Mujinni gaplarini o'ylab qolgan Yeonji uyi tomon qarab qo'ydi. Chindan ham hozir Saewonni uyiga kech bo'lganda borsa uyat bo'ladi, bunday paytda uyiga mehmon kelishi Saewonni otasiga yoqmaydi, jahli chiqib janjal ko'tarishi mumkin. Boshqa chora yo'q, Mujinni uyida tunab qolishga majbur. Yetmaganiga kasalxonada qilingan tinchlantiruvchi dorining haligacha tasiri ketmagani uchun qizni ko'zlari yumilib ketardi.
- yaxshi. Qani mashinaga o'tir.
Yeonjin Mujinni taklifiga rozi bo'lganidan sevinib Yeonjinga bildirmagan holda jilmayib qo'ydi. Ikkisi mashinaga qayta o'tirishgach mashina Mujinni uyi tomon yo'l oldi. Manzilga yetib kelgan mashinani matorlari o'chirilib birin ketin Mujin va Yeonji mashinadan tushib kelishdi. Qasirdek uy darvozasi tagida turgan Yeonji uyni kattaligini ko'rib hayratdan qotib qoldi.
- ha aytgancha uyda yolg'iz yashayman. Oilam yo'q bir nechta hizmatkorlarimni aytmaganda bir necha yildan buyon yolg'iz yashab kelyabman.
Darvoza tagida turib qolgan qizga gapirayotgan Mujin uni hayron qarab turishini ko'rib kulib yubordi. Darvozani bir tomonini ochib ichkariga yurib borarkan ortda qolib ketgan Yeonji tomon ogirilib tezroq ichkariga kirishini aytdi.
- siz chindan shunday katta uyda yolg'iz yashaysizmi?
Hayratini yashirolmagancha gapirdi Yeonji
- ha, buni nimasi seni hayratga solyabdi ahir o'zing ham yolg'iz yashaysanku.
- to'g'ri ammo meni uyim siznikidan ancha kichik siznikini oldida chumolidek gap. Siz bo'lsa shunday qasirdek katta uyda yolg'iz yashaysiz, bir o'zingiz qo'rqmaysizmi?
- shuning uchun ham seni uyimga boshlab keldimda endi birga qo'rqib chiqamiz. Bilasanmi bu uyda arvohlar yashaydi ular kechasi uyimizga kelib har-xil tovushlar chiqazishadi bazan esa tushlarimga kirib qo'rqitib chiqishadi.
U bilan yonma-yon yurib kelayotgan qizni uyga hayrat bilan qarab chiqayotganini ko'rgan Mujin biroz u bilan hazillashishni o'ylab qoldi. Yeonji tomon egilib huddi sirli gap aytayotgandek u yoqga bu yoqga qarab pichirlagancha uyda arvohlar yashashi to'g'risida cho'pchak to'qiy boshladi. Bu cho'pchakni eshitgan Yeonjinni rangi oqarib ketdi. Ko'zlarini katta-katta ochgancha ulkan uyga qararkan qaltiragancha ortga qadam tashladi.
- ni..nima?! Yo'q men bu yerda qololmayman men uy..uyimga ketishni xohlayman.
- xaxaxa hoy Yeonji tinchlan. Ahir, ahir hazillashdimku. Bu uyda hechqanday arvohlar yashamaydi.
- telba! Baribir men endi chindan bu yerda qololmayman. Sizni gaplaringizni o'ylab qo'rqib chiqaman.
Yeonjinni oqarib ketgan yuzini ko'rib Mujin chidab turolmay kulib yubordi. Arzimagan yolg'ongan yosh boladek ishongani uni battar kulishga majbur qilardi.
Bir necha soat oldin Saewon aperatsiyadan sog'-omon chiqdi. Aperatsiya xonasidan tezda palataga olishdi. Doktirlar Saewonni ahvoli hozircha yaxshiligini ertaga o'ziga kelishini hozircha uni bezota qilmaslik kerakligini Joshuaga yaxshilab tayinladi. Saewon yotgan palataga kirib kelgan Joshua hissiz nigohlarini hushsiz yotgan qizga qadadi. Mana shu qizni deb qadirdon do'stini joni hatarda qolganini o'ylab qizdan jahli chiqardi. U kelganidan beri noxush vaziyatlar yuz beroyatgani uchun hech ikkilanmasdan Saewonni Danielani odami deb o'ylardi va shuning uchun ham bu qizni Jungkookni oldida ko'rishni xohlamasdi. Koreyaga qaytishligi bilan bu qizni uydan haydashni reja qilarkan bu haqida Jungkookdan so'rab o'tirishni ham xohlamasdi. Agar Saewonni ishdan bo'shatilishini Jungkook eshitsa aslo bunga yo'l qo'ymasligi aniq shu bois ham Jungkookdan sir saqlab birovga bildirmay tezda ishdan haydash kerak degan qarorga keldi.
"Saewon aperatsiyadan chiqdi, hozir palatada, ahvoli yaxshi. Qayerdasan?
Joshuadan kelgan xabarni o'qiyotgan Jungkook gap ohiridagi savolga javob bermay telefonni o'chirib cho'ntagiga joyladi.
Oq kapalak nomli banket zaliga kelib kuzatuv kameralariga yozib olingan vidyolarni ko'rib chiqayotgan Jungkook kim Saewonga pichoq sanchiganini aniqlashga urinardi. Kampyuter qarshisida o'tirgan yoshi kattaroq erkak ham vidyolarni diqqat bilan kuzatib chiqardi. Bir necha daqiqalardan so'ng nihoyat Jungkook o'ziga kerakli tasvirlarni topdi, Saewonga kim pichoq sanchigani ko'rib rangi gezarib ketdi.
Erkak vidyoni jinoyat sodir qilgan yigit tasvirlangan joyida tohtatdi. Jungkook telefonini olib o'sha yigitni telefoniga suratga tushurib oldi.
- raxmat janob menga katta yordam qildingiz.
Jungkook banket zalini qo'riqlovchi erkakga raxmat aytgancha hamyonidan pul chiqazib kampyuter yoniga qo'yib banket zalidan chiqib ketdi. Qadamlarini katta-katta tashlab mashinasiga yetib olishi bilan rulga joylashdi. Qo'ng'iroq qilish bo'limiga kirib yordamchisi Heeseungni raqamini terib qo'ng'iroq qila boshladi. Heeseung birinchi gudokdayoq qo'ng'iroqga javob berdi.
- Heeseung hozir senga bir yigitni rasimini yuboraman, tezda o'sha yigit haqida barcha ma'lumotlarni aniqlab berishing kerak. Ayniqsa hozir qaysi uyaga berkinib olganini aniqla tushundingmi?
- keyin ertaga birinchi reys bilan Farnsiyaga uchib kel, o'zing bilan bir nechta odamlarimizdan ham olib kel.
- biron gap bo'ldimi janob, istasangiz hoziroq yetib boraman?
- yo'q bugun emas ertaga kelaver. Kelganingdan so'ng nima bo'lganini bilib olasan.
Qo'ng'iroq yakunlandi. Telefonni qulog'idan tushurgan Jungkook charchoq bilan ko'zlarini yumdi. Soat ham deyarli tonga yaqinlashib qolgan, lekin haligacha ko'zda uyqu yo'q. Ko'zini bir nuqtaga qaratarkan hayolidan Saewonni o'tqaza boshladi.
- senga bo'lgan hislarimni o'zim ham tushunmayabman lekin doim nigohim senikiga tushganda o'zimni g'alati his qilaman. Senga yaqinlashsam, yoningda bo'lsam qalbim hotirjamlikni his qiladi.
Gapirishdan tohtab qolgan Jungkook asabiy kulib qo'ydi. Barmoqlarini peshonasiga yugurtirib yana gapirishga tushdi.
- Park Saewon menga nima qilyabsan o'zi? Bunaqasi ketmaydi, sen meni shunchaki hizmatkorim bo'lolmaysan.. bu menga kamlik qiladi qizaloq.
Ertangi kun | Fransiya soat 09. 30
Shifoxona kravatidan oyoqlarini osiltirib o'tirgan qiz og'riqdan yuzini burishtirdi. Endigina uyg'ongan Saewon barmoqlari bilan ko'zini ishqalab uyqusini o'chirishga urundi. Kechagi voqeyalarni asta-sekin eslab borarkan hayron nigohini yaralangan biqiniga qaratdi.
- kimga kerak ekan meni pichoqlash? Jin ursin o'sha paytda o'ldim deb o'ylagandim.
Pichoq sanchilgandan so'ng yerga qulaganini eslab asabiy kulib qo'ydi. Plastik parda bilan yopilgan derazaga shunchaki qarab o'tirgan qizning etiborini birdan ochilgan eshik ovozi buzib yubordi.
- o'zingni yaxshi his qilyabsanmi?
Telefonida Jungkookga xabar yozgancha palataga kirib kelgan Joshua nigohini telefondan uzgancha xona markazida joylashgan kravat tomon qaratdi. Kravat chetida oyoqlarini osiltirgancha o'tirgan qizni ko'rib biroz hayron unga qarab qoldi.
- doktir yana bir kecha shu yerda qolishing kerakligini aytdi. Olishing kerak bo'lgan yana bir nechta muolajalar bor ekan.
- men yaxshiman. Bu yerda qolishni xohlamayman.
- yaxshi o'zin bilasan. Unday bo'lsa men doktir bilan gaplashib seni ketishing haqida ogohlantirib kelay keyin ketamiz.
Saewon bilan qilingan qisqa suhbat nihoyasiga yetgach ketish uchun qadam tashlagan Joshuani ortidan kelgan ovoz tohtashga majbur qildi.
- bilmayman. Kecha tungda ketganicha hali qaytib kelmadi, hatto qo'ng'iroq va xabarlarimga ham javob bermayabdi.
- men ertagayoq Koreyaga qaytishni xohlayman. Koreyaga qaytishim bilan ishdan ketaman.
- nega birdan ishdan ketish haqida o'ylab qolding?
- bunday jarohat bilan biron ish qilolmayman buni o'zing ham juda yaxshi bilasan. Keyin Jungkookni harakatlari menga yoqmayabdi vaqtida undan uzoqlashganim yaxshi deb o'ylab qoldim.
- o'zim ham sen bilan shu mavzu bo'yicha gaplashib olmoqchi edim. Vaqtida to'g'ri qaror qabul qilganindan xursandman. Koreyaga qaytishimiz bilan ish haqqingni to'lab beraman hatto ortig'i bilan. Bundan sira ham tashvishlanma.
Saewon indamadi, shunchaki Joshuani gaplarini tinglab o'tirdi holos. Saewon biron so'z aytmagach Joshua ham indamay palatadan chiqib ketdi.
- bu yerga yangi xotiralar yaratish uchun kelgandim yangi chandiq yaratishni emas.
Bemorlar kiymida bo'lgan Saewon asta kiymini yuqoriga ko'tarib kecha tunda tibbiyot ipi bilan tikib qo'yilgan chandig'iga ko'z tashlab dedi. To'satdan eshik ochilganini sezgan Saewon shoshgancha kiymini tog'irlab kim kelganini bilish maqsadida ortga o'girildi. Ustiga oq halat kiyib olgan, ko'rinishidan Koreyalikga o'xshaydigan yosh yigitcha Saewonga jilmayib qarab turardi. Yigitni jilmashiga emas aksincha bu yigit qizga tanish tuyilganidan Saewon haligi yigitga hayron qarab turardi.
- hayirli tong Park Saewon xonim. O'zingizni yaxshi his qilyabsizmi?
Eshik tagida biroz turgan yigit jilmaygancha Saewon qarshisiga kelib u bilan salomlashdi.
- yuzimga biron narsa bo'libdimi hayron tikilib qoldingiz?
- yo'..yo'q shunchaki sizni kimgadir juda ham o'xshatyabman lekin eslay olmayabman.
- hmm shunday deng. Balkim o'zim sizga eslashingizga yordamlasharman. Mitti sutli picheyne.
Oq halatli yigit Saewonga o'tmishga alaqador bo'lgan narsalarni eslatishga urina boshladi. Yigitchaning bu uch og'iz so'zi qizga juda tanish tuyildi, qachonlardir bu gapni bir bolakay uchun aytgani sekin asta yodiga tusha boshladi.
- se..sen Sunghoonmisan? 6 yil oldin yoqolgan bolakay. Chin...chindan senmisan?
- ko'zlarimga ishongim kelmayabdi. Sen - Saewon kattargan ko'zlarini yigitni ust-boshidan kezdirib chiqdi - qanaqasiga bu yerda yetmaganiga shifokor lavozimida ishlayabsan? Ahir qondan juda qo'rqardinku qanday qilib bu kasbni tanlading?
- nima? Men buncha vaqt bu yerda qololmayman. Tezroq Koreyaga qaytishim kerak. Otamga Yeonjinni tobi yo'qligi uchun unikida 3 kun qolib qarab turaman deb aytganman. Agar yolg'on gapirganimni sezib qolsa oyoqlarimni sindiradi.
- qo'ysangizchi janob Park bu darajada qahri qattiq emas. Agar jahli chiqadigan bo'lsa Park xonim ikki og'iz so'zlari bilan uni eritib yuboradilar. Ha aytgancha Park xonim hali ham uyimiz yaqinidagi tamandixonada ishlayabdilarmi?
Sunghoon Saewonni onasi o'lganidan xabari yo'qligi bois kulgancha qizga savol berarkan birdan qizni yuzi mayuslashib ketganini ko'rib uni ham yuzi jilmayishdan chekindi.
- on..onam 3 yil oldin vafot etdi.
Park xonimni o'lganini eshitib Sunghoon o'zini yoqotib qo'ydi. Tanasi bo'shashib qo'lidagi ruchkani yerga tushurib yubordi.
- ni..nima? Qanday qilib? Park xonim hali ancha yosh ediku yoki davosiz hastaga uchradimi?
- yo'q sog'lig'ida hammasi joyida edi. Onam men sabab o'ldi. ...Iltimos bu qanday bo'lganini so'rama hozir gapirolmayman.
Saewonni yuzi bo'ylab ko'z yoshlar oqa boshladi. Yana o'tmishni yodga olarkan onasini o'limiga o'zi sababchi bo'lganidan o'zidan-o'zi nafratlanib ketardi.
- meni kechiring yarangiz yangillaganim uchun.
- qo'yaver sen qayoqdan ham bilarding, ahir sen bizlar bilan emasdin.
Pichoqlangani yodiga olgan Saewon birdan kulib yubordi.
- jonim shunchalar qattiq ekanki hatto pichoqlansam ham haligacha tirikman.
- ha ayollarning joni 40 ta deb bekorga aytishmaydi.
Mavzuni boshqa tomonga burish niyatida hazilomus gap aytgancha qizni kuldirishga urindi. Sunghoonni gapidan biroz jahli chiqgan qiz kafti bilan yelkasiga urib qo'ydi. Lekin Saewonni bu jahli uzoqga yetib bormadi, Sunghoon aytgan gapni eslab ikkisi baravariga kulib yuborishdi.