8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi chorak asrdan sal ko‘proq muqaddam 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.
Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’lon qilib, demokratik islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ijtimoiy o‘zgarishlar uchun asos bo‘ldi. Bu millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, tarixiy-madaniy an’analarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Ushbu xujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.
Buxoro davlat universitet 2-bosqich magistrlari Ramazonova Z. va Mardonova O.lar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Universitet ARMda tadbir o'tqazilib, 2023-yil aprel oyida Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarish va qo'shimchalar to'g'risida talabalar bilan muloqot olib borildi.
Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ro‘y berayotgan barcha o‘zgarish va yangilanishlar asosi, milliy qonunchiligimiz poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jahon hamjamiyatida zamonaviy demokratik qonunchilik namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizning shakllanishi va mustahkamlanishini, davlatimizning hududiy yaxlitligini, siyosiy va huquqiy tizimimiz barqarorligini, oldimizda turgan mas’uliyatli siyosiy va iqtisodiy vazifalarning ado etilishini, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishini, eng muhimi, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlaydigan muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.