November 6, 2024
Ilmiy-pedogogik amaliyotdan lavhalar.
Joriy yilning 5-noyabr kuni Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti,Iqtisodiyot kafedrasi 70310501-Raqamli iqtisodiyot(qishki) yo'nalishi magistranti Ramazonova Zarnigor tomonidan 2-bino 518-o'quv xonasida 3-1LOG-23 guruhida Makroiqtisodiyot fanidan "Davlat budjeti, soliqlar va davlatning qarzi" mavzusida ochiq dars olib borildi.
Dars davomida zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanildi. Ochiq darsda kafedraning professor-o'qituvchilaridan dotsent M.M. Tairova, i.f.f.d.,Phd Giyasova, i.f.f.d.,Phd Odinayeva N.,o'qituvchilar Abdullayeva H., shuningdek magistrlar qatnashib, darsni tahlil qilib bordilar.
Dastlab o'tilgan mavzuni mustahkamlash bo'yicha talabalarga test berildi. Darsda amaliyotchi talabalarga slayd va videorolik,axborotlarni qidirib topish bo'yicha internet manbalarini taqdim etdi. Soliq tizimi bo'yicha talabalarni qiziqtirgan savollar misollar yordamida tushuntirib o'tildi.
Pedagogik amaliyot davomida tashkil etilgan darslar amaliyotchi magistrantlar uchun tajriba sifatida xizmat qilmoqda.