CRAZY BUT KIND
2-qism
Muallif:ππππβ‘οΈ
Unchalik ham hashamdor bo'lmagan...oddiy ammo o'zgacha chiroyli xonadagi yotoqda, Jia shiringina bo'lib uxlab yotardi.Xona derazalari ochiqligi sabab, tashqaridan kirgan quyosh nuri, Jianing yuziga o'ng bo'lgandi.Jia nurning yuziga tushgani sabab bezovtalandi va sekin ko'zlarini ochdi.
Jia pov:Sekin ko'zlarimni ochdim....har doimgi mening sevimli xonam,ammo ortiq men bu narsalardan zavq ololmayman, yana qancha sinovlar boshimga keladi buni bilmayman.Lekin ,m...men bu sinovlarga qanday chidayman degan narsalar hayolimdan ketmas edi.Men yana ,o'zimni tutolmay qo'llarimni peshonamga qo'yib yotgan holatimda yig'lay boshladim.
Keyin xona eshigi sekin ochildi va ichkariga oyim kirib keldi, oyim meni ko'rishi bilan oldimga shoshilib keldi va meni o'tirg'izib uzoq vaqt quchdi!Men battar yig'lay boshladim va Onamga tinimsiz "Nega ,oyijon nega?Otamni gapi gap dedim lekin...lekin taqdirim-chi deb "nola qilardim.Onam esa hali hammasi yaxshi bo'ladi bolajonim Otang va meni ham tushungin deb meni ovutardi.
Biz ancha vaqtgacha shu holatda turdik, keyin Oyim nonushtaga tushishimni aytib, xonani tark etdi.Men ham ilojsiz holatda o'rnimdan sekin turdim yuz qo'limni yuvdim va pastga nonushta qilishga tushdim.
Tae bugun o'zgacha kayfiyatda uyg'ondi va har doimgidan o'zgacha tayyorlana boshladi... sababi ,bugun u o'zi istagan va sabrsizlik bilan kutgan, bir ko'rishda oshiq bo'lgan va o'ziga bog'lab qo'ygan... Jiani uyiga olib keladi, u bilan butun umr birga bo'ladi.
Tae pov:Men ertalab o'zgacha kayfiyatda uyg'ondim, nonushta qildim birinchi marta ,o'zgacha uslubda tayyorlandim hamda odamlarim bilan yo'lga tushdim...b....bugun,bugun men hayotim gulini ko'raman ,u meniki albatta meniki bo'ladi
Tae bir nechta odamlari hamda Kai bilan birga ,Jia o'qiydigon Univer tomon yo'l olishgandi.Ular yetib ham kelishdi ,Tae sekin gap boshladi.
Tae:Qiz chiqishi bilan ketamiz ungacha kutamiz
X:Hop bo'ladi janob
Univerda darslar tugadi, talabalar Univer darvozasidan birin ketin chiqib o'z uylari tomon ketishardi.Nohoyat ,Jia ham kayfiyatsiz yuz ifodasi bilan Univer binosidan chiqib ,darvoza tomon sekin yurib keldi.Darvozadan chiqqandi ham-ki, ko'rishi xohlamagan ,hamda kechagina, ich ichidan tinmay la'natlagan insoniga duch keldi.
Jia darvoza oldida turarkan atrofda 3taga yaqin bahaybat mashinani ko'rdi. So'ngra,Jia qarshisida... gavdali ,kelishgan,ayyorona tabassumli Taeni ko'rdi.
Tae:Demak Universitet malekasiman degin
Jia:Nima xohlaysiz?
Tae:Seni jonginam ,seni...menimcha xabaring bor! dedi va Jianing yuziga yaqin kelib ,sekin shivirladi.
Tae:Sen bugundan menga tegishli san...faqat menga
Sekin Jianing yuzidan uzoqlashib unga nima tabassum qildi.
Jia ich ichidan Taeni tinmay qarg'ardi.
Jia ichida o'ziga bir nimalar dedi Sendan nafratlanaman,nafratlanaman...seni hech qachon sevib qolmayman
Tae:Qani mashinaga chiq ,ketamiz
Jia bu gapni eshitdi va xayollaridan chiqib ketib,Taega yuzlandi.
Jia:Q...qayoqqa ketamiz ,biz hali turmush qurmadik
Tae bu gapni eshitib, g'zablandi va boshini uyoq buyoqqa burdi ,sekin cho'ntagidan dorisini olib ichdi va o'ziga o'zi gapira boshladi..
Tae:O'zingni bos ,u yosh qizaloq ,unga jahl qilish to'g'ri qaror emas ,agar sen hozir unga jahl qilsang ,seni yomon ko'rib qoladi
So'ng, Jiaga keskin yaqinlashdi va gapira boshladi.
** Tae:Qizaloq ,mashinaga borib o'tir.
Men gapirganda ikkita narsaga doimo amal qil ,o'zingga yaxshi bo'ladi.
birinchisi:hech qachon meni gapimga qarshi chiqma
ikkinchisi:hech qachon mening aytganimdan chiqma
Endi ketamiz! **
Ular mashinalarga o'tirishdi va ketishdi.
Mashinada ketisharkan, Jia oyna tomonga qarab, hayol surib ketardi... Tae esa, unga qarab to'ymasdi.
Jia hayol surib ketarkan....birdan qulog'iga tekkan Taening ovozi uning hayolini chalg'itdi.
Tae :Univerda ,umuman o'qimaysan...faqat uyda o'tirasan.Senga begonalar qarashini ,sen bilan gaplashishini xohlamayman
Jia:L..lekin
Tae:Qoidalarimni ,eslatishimni xohlaysanmi
Jia Taening yuz ifodasi va gapidan cho'chib birdan "aytganingizdek ,bo'ladi " dedi va jim bo'ldi.Ularni orasida yana sukunat hukmronlik qila boshladi.
Ular vanihoyat , Taening uyiga yetib kelishdi.Taening uyi shunchalar hashamatli edi-ki ,uy emas qasrni o'ziya.
Tae mashinadan tushdi va Jiaga ,mashina eshigini oldida turgan holda, gapira boshladi.
Tae:Tush
Jia ham mashinadan sekin tushdi va uyni ko'rib hayratdan qotib qoldi.
Jia:B...bu uy siznikimi?Nahot shunday katta uyda bir o'zingiz yashaysiz?
Tae:Ha mening uyim ,endi ikkimiz shu yerda yashaymiz!
Tae shunday dedi... so'ngra Jiani bilagidan tutib ,uyi tomon yo'l oldi.
Ular uyiga kirishi bilan ,uy ichkarisida ularga qarab, turgan qator xizmatkorlarni ko'rdi.Jia bu narsalarni hamda Taening mehribonchiligini ko'rib, ** unchalik yomon insonga o'xshamayapti... demak menga yomonligi yo'q, deb O'zini tinchlantirgan ediham-ki ,zinadan tushib kelgan qiz uni hayron qoldirdi.
O'sha qiz hot kiyimda bo'lib, tushishi bilan Taega suykala boshladi...tabiiyki, Tae ham unga javob qaytardi.
Jia atrofida bo'layotgan holatdan, shokka tushib qolgandi.
Jia sovuq nigoh bilan Tae va qizga qarab turardi.
So'ng ,Tae Jiaga qarab gapirdi.
Tae:Yuqoridagi o'ng tomondagi birinchi xonaga chiq va meni kut dedi va oldidagi qizning lablaridan ohista bo'sa ola boshladi.Jia ham noilojlikdan, zina tomon yurdi va tepaga chiqib ketdi.
Jia nega ketishga urinmayapti ,nega qarshilik qilmay indamay hamma narsaga rozi bo'votdi deb o'ylarsila ,sababi Jia agarda biror xatoga yo'l qo'ysa ,oilasi yo'q bo'ladi..Jia buni juda yaxshi bilardi